Samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta`lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi roʻyxatga olindi


Binafsha bahorda ochiladi. Uning gullari kishiga ko‘tarinki kayfiyat, jur’at



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet81/178
Sana23.05.2023
Hajmi5,04 Kb.
#942758
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   178
Bog'liq
980a97b329243b1218de368664888683 ONA TILI VA BOLALAR ADABIYOTI

Binafsha bahorda ochiladi. Uning gullari kishiga ko‘tarinki kayfiyat, jur’at, 
jo‘shqinlik baxsh etib, aqlni charxlash va teran mulohaza qilishga yordam beradi. 
Shuningdek, 
undan 
tabobatda 
keng 
foydalaniladi.
Insonga ko‘tarinkilik va jur’at bag‘ishlab, ulkan maqsadlarga undaydigan bu gul nomi 
sevimli yozuvchimiz Abdusaid Ko‘chimov qalamiga mansub “Binafsha” hikoyasidagi ayol 
ismida qo‘llanilishida ham o‘ziga xos ramziylik bor. Negaki, asarda hayotdagi achchiq 
sinovlar uni biroz yo‘ldan adashtirsa-da, binafsha gulidek o‘zining nimaga qodirligini 
namoyon etgan, turmush sinovlarida toblangan, aql-zakovati bilan nazarga tushgan Binafsha 
obrazi talqin etilgan. Hikoyadagi hayotiy voqelik va inson taqdirining badiiy ifodasi, til 


104 
jozibasi va orzu-istaklar ro‘yobi kitobxonni ezgulikka, yangi maqsadlarga undaydi, 
ko‘nglimiz mulkini boyitadi Yaqinda G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi 
tomonidan taniqli adib va shoir Abdusaid Ko‘chimovning “Binafsha” nomli qissa va 
hikoyalar to‘plami chop etildi.Toshkent shahridagi “Kitob olami” ma’naviy-ma’rifiy savdo 
majmuasida o‘tkazilgan tadbir mazkur kitob taqdimotiga bag‘ishlandi Davlatimiz rahbari 
Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 12-yanvardagi "Kitob mahsulotlarini chop etish va 
tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda 
targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida"gi farmoyishi ijrosi doirasida tashkil 
etilgan mazkur tadbirda adabiyotshunos olimlar, yozuvchi va shoirlar, yosh ijodkorlar 
hamdaommaviy 
axborot 
vositalari 
xodimlari 
ishtirok 
etdi.
Filologiya fanlari doktori, professor Nasimxon Rahmonov, adabiyotshunos olim Rahimboy 
Jumaniyozov, shoir Muhammad Ismoil va boshqalar Abdusaid Ko‘chimovning she’riy va 
nasriy asarlarida ona zamin mavzusi, uning tabiati, yurtimiz jamoli va o‘zgarishlar, odamlar 
hayoti, ularning istak-xohishlari o‘ziga xos ifodasi bilan o‘quvchilar qalbidan mustahkam 
o‘rin egallagani hamda uning ijodi yoshlarning ma’naviy olamini boyitish, adabiyotga 
qiziqishini uyg‘otish va ularni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga 
ega ekanini ta’kidladi. “Binafsha” kitobi – yozuvchining yangi ijod mahsuli. O‘ziga xos 
uslub va yondashuv mevasi bo‘lgan bu to‘plamga kiritilgan “Binafsha”, “To‘y”, “Telefon 
jim edi”, “Ishqiboz”, “Oq ilon”, “Biz” kabi hikoyalarida Vatan va oilaga muhabbat, yorga 
sadoqat, mehr-oqibat, qadr-qimmat, do‘stlik va ahillikka alohida urg‘u berilgan. “Peshona” 
qissasida esa milliy adabiyotimizda deyarli tilga olinmagan mavzu – qariyalar uyidagi 
mahzun hayot, u yerda yashayotgan keksalar hayoti, ularning achchiq kechmishi va 
armonlari 
ta’sirli 
ochib 
berilgan.
– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini 
nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini 
oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida“gi qarori 
bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirishda muhim bosqichni boshlab berdi, – deydi 
filologiya fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo‘ldoshev. – Bugungi kitob taqdimotining 
mazmun-mohiyati ana shunday ezgu amallarga qaratilgani bilan katta ahamiyatga ega. 
Abdusaid Ko‘chimov keng qirrali ijodkor. U yozgan esselar, she’rlar va asarlar allaqachon 
o‘z o‘quvchisini topgan. Muallifning “Binafsha” kitobi ham odamzodning ichki dunyosi
ruhiy olamiga xos bo‘lgan rangin his-tuyg‘ularning badiiy bo‘yoqlari bilan o‘quvchini 
bee’tibor qoldirmaydi. Ayniqsa, asarlardagi turfa qahramonlar talqini, inson botinidagi 
tug‘yonli kechinmalar, ulug‘ fazilatlarning ravon va xalqchil ifodasi yozuvchining teran 
nigohi va dil-qalb prizmasi, mahorati va tajribasi ulkanligini yaqqol ko‘rsatadi. Shu ma’noda 
ishonch bilan aytish mumkinki, mazkur asarni kitobxonlar katta qiziqish va taassurotlar 
bilan o‘qib chiqadi. 

Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish