Samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta`lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi roʻyxatga olindi



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet80/178
Sana23.05.2023
Hajmi5,04 Kb.
#942758
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   178
Bog'liq
980a97b329243b1218de368664888683 ONA TILI VA BOLALAR ADABIYOTI

Savol va topshiriqlar 
5. Muhammad Alining xalq afsonalari asosida yaratgan asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar 
dolzarbligi nimada?

6. Muhammad Alining temuriylarga bag‘ishlab yozilgan romanlari haqida fikr yuriting? 
7-
MA`RUZA MASHG‘ULOT MAVZUSI: 
Anvar Obidjon va Abusaid Ko‘chimov ijodi
 
Reja: 
1. Qambar Otaning maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarga bag‘ishlangan
she`rlar turkumiga munosabat bildiring? 
2.Qambar Ota yaratgan doston va doston-ertaklarda ilgari surilgan g‘oyalar dolzarbligi 
nimada?

3.Muhammad Ali yaratgan tarixiy romanlardagi bolalar obrazlari haqida mulohaza yuriting? 
4.Muhammad Alining ona-tabiat tasviri chizilgan asarlariga munosabat bildiring? 
1.Anvar Obidjon ijodi o‘zbek bolalar adabiyotidagi yanigicha yo‘nalish sifatida.
2.Anvar Obidjon she’rlarida kitobxon ongiga ta’sir qilish emas, qalbiga yo‘l topishga
bo‘lgan urinishlar. 
3.Anvar Obidjonning “Sen eshitmagan qo‘shiqlar” turkumi – o‘quvchilarning eng sevimli
to‘plami. Anvar Obidjon – ustozlar e’tirofida. 


102 
4. Abusaid Ko‘chimovning hayoti va ijodiy faoliyati. 
5.Abusaid Ko‘chimovning kichkintoylarga bag‘ishlangan she’rlarida ilgari surilgan
g‘oyalar.
6.Abusaid Ko‘chimov ertak va dostonlarining o‘ziga xos xususiyatlari. 
.
O‘zbekiston xalq shoiri 
Anvar Obidjon
1947-yilning 8 –yanvarida Farg`ona viloyatining 
Oltiariq tumanida tug`ilgan. U o`zbek bolalar adabiyotini o`zining qisqa va mazmunli 
she`rlari, qiziqarli hikoya, qissa, pesalari bilan boyitib kelayotgan adib va dramaturgdir. 
A.Obidjon hozirgi O‘zbekiston milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. 
U bir qator gazeta va jurnallarda xodim, bo`lim mudiri bo`lib ishlagan.
A.Obidjon sermahsul ijodkor. Uning “Ona Yer” (1974, she`rlar), “Bahromning 
hikoyalari” (1980, she`rlar), “Ey, yorug` dunyo” (1983, qissa), “Olovjon va uning do`stlari” 
(1983, qissa va hikoyalar), “Bezgakshamol” (1985, hajviy she`rlar), “Masxaraboz bola” 
(1986, she`rlar), “Akang qarag`ay Gulmat” (1987, qissa va hajviyalar) , “Juda qiziq voqea” 
(1987, she`rlar), “Oltin yurakli Avtobola” (1988, qissa va hikoyalar), “Dahshatli 
Meshpolvon” (1989, qissa va pyesalar) , “Yerliklar”(1990, hajviyalar), “Alamazon va 
Gulmat hangomasi” (1992, qissa, pyesa, she`r), “Ajoyibxona” (1993, she`riy taqvim), 
“Meshpolvonning janglari” (1994, qissa va doston), “Alisher ila Husayn yoki uch dono va 
o`g`ri” (1996, doston va she`rlar), “Alamazon va Gulmat” (1998, qissa va she`rlar), “Oltiariq 
hangomalari”, (1999, hajviyalar), “Bulbulning cho`pchaklari” (2001, she`r va hikoyalar), 
“Odobli bo`lish osonmi?” (2001, hikoya), “Meshpolvon” (2003, qissa), “Bezgakshamol-2” 
(2003, hajviy she`rlar) kabi to`plamlari nashr etilgan. 
Respublika yosh tomoshabinlar teatri hamda Farg`ona, Qarshi, Qo`qon, Guliston
teatrlarida Anvar Obidjonning “Qo`ng`iroqli yolg`onchi”, “Pahlavonning o`g`irlanishi”, 
“Topsang, hay-hay”, “To`tiqul”, “Qorinbotir”, “Navro`z va Boychechak” pyesalari 
sahnalashtirilagan. Uning asarlari asosida “O‘zbekfilm” kinostudiyasi tomonidan “Tilsimoy-
g`aroyib qizaloq ”, “Dahshatli Meshpolvon” komediyalari kino tasmasiga tushirilgan. Anvar 
Obidjon she`rlariga bastalangan qo`shiqlarning asosiy qismi bolalarga bag`ishlangandir.
Uning «Kulchalar» va «Botirvoyning kundaligi» turkumlaridagi qahramonlarning deyarli 
hammasi turli yoshdagi bolalardir. Bu she`rlarda bolalik tuyg`ularining sofligi, orzu-
umidlarining beg`uborligi, tabiatan bir oz shumligi, quvnoqligi kata iste`dod bilan ochib 
beriladi, o`quvchini goh yayrab-yayrab kulishga, goh jimgina o`ylashga, fikrlashga, 
xulosalar chiqarishga undaydi. Adibning mahorati shundaki, u bola dunyoqarashidagi 
o`ziga xosliklarning tub-tubini ko`ra oladi. Ichki olamini, o`y-xayollarini, kichik
qalbida kechayotgan ruhiy jarayonlarni nozik did bilan kuzatadi. Bir qaraganda, juda oddiy 
ko`rinadigan kichik-kichik she`rlarda inson tabiati shakllanishining dastlabki bosqich 
jarayonlari keng ko`lamda tahlil etib beriladi. Samimiy yumor, yengil hajv elementlari 
yorqin ko`zga tashlanadi. Shoirning «hali o`zim bolaman-ku!», «Sinchkov bola», «Shu 
ham fil-mi?» kabi o`nlab she`rlari shu jihatdan nihoyatda xarakterlidir. 
Dadajonim, Axir kimga 
Dadajon, «Ota»man? 
Otim nega Shuni o`yla-a-ab 
Otajon? Yotaman. 
She`rni o`qiganda endigina so`zlar ma`nosini anglay boshlayotgan bolakayning holati 
koz o`ngimizga keladi. Uning kutilmagan «muammo»li masala oldidagi o`ychanligi 
o`quvchining labiga nurli tabassum paydo qiladi, qalbida kichkintoyga nisbatan issiq bir 
tuyg`uni uyg`otadi. 
Anvar Obidjonning «0099 - raqamli yolg`onchi», «Ey, yorug` dunyo», «Alomazon va 
uning piyodalari» kabi qissalarida hamda, «Botinkaning tufliga xati» tipidagi turkum 
she`rlari ham o`quvchini befarq qoldirmaydi. O‘zbekiston xalq shoiri, ko`p qirrali adib, 
shoir va dramaturg Anvar Obidjon faqat tabiatni tasvirlovchi, turfa xil ramziy, majoziy 


103 
obrazlar yaratuvchigina emas, balki ijodining kata qismida bolalar dunyosi, ruhiyatini ham 
tasvir etgan. 
She`r haqida so`zlab berish, aslida nochorlikning ishi. Yaxshi she`rni o`qiganga, undagi 
voqea yoki mantiqni shoir qalbiga yaqinlashib his qilganga nima yetsin! Aslida, she`r shuning 
uchun yoziladi. Bu bizning - shoirlikka ixlosmand odamning nuqtai nazarimiz. 
Bolalar ham xuddi shunday. She`r haqidagi chuqur ilmiy mulohazalar, bahslar, 
jimjimador fikrlar-u, balandparvoz ovozalar ular uchun mutlaqo ahamiyatsiz. Dunyoni 
tanib kelayotgan yosh qalb atrofidagi hamma narsa, hodisa, munosabatlarga qalb ko`zlarini 
katta-katta ochib qaragani, talpingani kabi, hayotning jonli parchalariga aylangan she`rga ham 
do`st tutinadi. Bolalar she`riyatining mas`uliyati, o`ziga xosligi hambolalaming mana shu 
xislatlandan kelib chiqadi. Qisqasi, bolalarga sodda, samimiy, qiziq, tabiiy, chiroyli, zavqli 
she`rlar kerak. Xuddi mana bu she`r kabi:tabiat, ko`ngli daryo odamlarga mehru 
muhabbatimiz rishtalarini bog`lagan o`tgan kunlarimizni sog`inamiz. Shu sog`inchning 
ildizlari qalbimizda qanchalar chuqur bo`lsa, demak, taqdir bizni siylabdi.
Abusaid Ko‘chimov 1951 yili Samarqand viloyatining Urgut tumanida tug‘ildi. O‘rta 
maktabni bitirganidan so‘ng Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining 
o‘zbek tili va adabiyoti fakultetida o‘qidi. “O‘qituvchi” nashriyotida musahhih, “Tong 
yulduzi” gazetasida muxbir, bo‘lim mudiri, mas’ul kotib va bosh muharrir, “Sharq yulduzi” 
jurnalida mas’ul kotib, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida, mas’ul lavozimlarda ishladi. 
1997–2005 yillarda O‘zbekiston Davlat teleradiokompaniyasiga rahbarlik qildi.busaid 
Ko‘chimovning birinchi she’r va maqolalari matbuotda e’lon qilinganida u o‘rta maktab 
o‘quvchisi edi. Keyinchalik uning “Kashfiyotchi bolalar” (1978), “Mening O‘zbekistonim” 
(1979), “Toshburgut” (1981), “Mening yulduzim” (1984), “Chanoq” (1985), “Halqa” 
(1987), “Ikki bahor” (1990), “Umid daraxti” (1992) kabi kitoblari chop etildi. “Yosuman” 
(doston, 2000), “Baland tog‘lar” (Saylanma, 2002), “Ko‘zlarimning qarog‘idasan” (2006), 
“Muhabbat bog‘lari” (2008), “El suv ichgan daryo” (esselar, 2009), “Saylanma” (to‘rt 
tomlikning 1-jildi, 2011) she’riy asarlari nashr etildi; ikki qismli “Boychechak” (2001), to‘rt 
qismli “Baland tog‘lar ortida” (2003) badiiy filmlari ekran yuzini ko‘rdi. 
U tabiatni e’zozlash mavzuidagi turkum publitsistik maqolalari uchun YUNYeSKO 
mukofotiga sazovor bo‘ldi. “Halqa” kitobi uchun esa Yozuvchilar uyushmasining G‘afur 
G‘ulom nomidagi yillik mukofoti bilan taqdirlandi.Abusaid Ko‘chimov ham shoir, ham 
nosir sifatida bolalar adabiyoti rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Agar u “Chanoq”, 
“Ikki bahor” kabi she’riy to‘plamlarida bolalar va o‘smirlar hayotidan poetik lavhalar 
chizgan bo‘lsa, hikoya va qissalardan iborat “Mening yulduzim”, “Halqa” majmualarida 
ko‘proq qishloq hayoti, bolalar xarakteriga xos voqealarni tasvirlaydi.A. Ko‘chimov 
tarjimon sifatida qardosh xalqlar adiblarining bir qator she’r va hikoyalarini o‘zbek tiliga 
o‘girdi. O‘z navbatida uning asarlari ham xitoy, rus, qirg‘iz, turkman, qoraqalpoq tillariga 
tarjima qilingan.Abusaid Ko‘chimov 1994 yili “Shuhrat” medali, 1999 yilda “Mehnat 
shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish