103
obrazlar yaratuvchigina emas, balki ijodining kata qismida bolalar dunyosi, ruhiyatini ham
tasvir etgan.
She`r haqida so`zlab berish, aslida nochorlikning ishi. Yaxshi she`rni o`qiganga, undagi
voqea yoki mantiqni shoir qalbiga yaqinlashib his qilganga nima yetsin! Aslida, she`r shuning
uchun yoziladi. Bu bizning - shoirlikka ixlosmand odamning nuqtai nazarimiz.
Bolalar ham xuddi shunday. She`r haqidagi chuqur ilmiy mulohazalar, bahslar,
jimjimador fikrlar-u, balandparvoz ovozalar ular uchun mutlaqo ahamiyatsiz. Dunyoni
tanib kelayotgan yosh qalb atrofidagi hamma narsa, hodisa, munosabatlarga qalb ko`zlarini
katta-katta ochib qaragani, talpingani kabi, hayotning jonli parchalariga aylangan she`rga ham
do`st tutinadi. Bolalar she`riyatining mas`uliyati, o`ziga xosligi hambolalaming mana shu
xislatlandan kelib chiqadi. Qisqasi, bolalarga sodda, samimiy, qiziq, tabiiy, chiroyli, zavqli
she`rlar kerak. Xuddi mana bu she`r kabi:tabiat, ko`ngli daryo odamlarga mehru
muhabbatimiz rishtalarini bog`lagan o`tgan kunlarimizni sog`inamiz. Shu sog`inchning
ildizlari qalbimizda qanchalar chuqur bo`lsa, demak, taqdir bizni siylabdi.
Abusaid Ko‘chimov 1951 yili Samarqand viloyatining Urgut tumanida tug‘ildi. O‘rta
maktabni bitirganidan so‘ng Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining
o‘zbek tili va adabiyoti fakultetida o‘qidi. “O‘qituvchi” nashriyotida musahhih, “Tong
yulduzi” gazetasida muxbir, bo‘lim mudiri, mas’ul kotib va bosh muharrir, “Sharq yulduzi”
jurnalida mas’ul kotib, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida, mas’ul lavozimlarda ishladi.
1997–2005 yillarda O‘zbekiston Davlat teleradiokompaniyasiga rahbarlik qildi.busaid
Ko‘chimovning birinchi she’r va maqolalari matbuotda e’lon qilinganida u o‘rta maktab
o‘quvchisi edi. Keyinchalik uning “Kashfiyotchi bolalar” (1978), “Mening O‘zbekistonim”
(1979), “Toshburgut” (1981), “Mening yulduzim” (1984), “Chanoq” (1985), “Halqa”
(1987), “Ikki bahor” (1990), “Umid daraxti” (1992) kabi kitoblari chop etildi. “Yosuman”
(doston, 2000), “Baland tog‘lar” (Saylanma, 2002), “Ko‘zlarimning qarog‘idasan” (2006),
“Muhabbat bog‘lari” (2008), “El suv ichgan daryo” (esselar, 2009), “Saylanma” (to‘rt
tomlikning 1-jildi, 2011) she’riy asarlari nashr etildi; ikki qismli “Boychechak” (2001), to‘rt
qismli “Baland tog‘lar ortida” (2003) badiiy filmlari ekran yuzini ko‘rdi.
U tabiatni e’zozlash mavzuidagi turkum publitsistik maqolalari uchun YUNYeSKO
mukofotiga sazovor bo‘ldi. “Halqa” kitobi uchun esa Yozuvchilar uyushmasining G‘afur
G‘ulom nomidagi yillik mukofoti bilan taqdirlandi.Abusaid Ko‘chimov ham shoir, ham
nosir sifatida bolalar adabiyoti rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Agar u “Chanoq”,
“Ikki bahor” kabi she’riy to‘plamlarida bolalar va o‘smirlar hayotidan poetik lavhalar
chizgan bo‘lsa, hikoya va qissalardan iborat “Mening yulduzim”, “Halqa” majmualarida
ko‘proq qishloq hayoti, bolalar xarakteriga xos voqealarni tasvirlaydi.A. Ko‘chimov
tarjimon sifatida qardosh xalqlar adiblarining bir qator she’r va hikoyalarini o‘zbek tiliga
o‘girdi. O‘z navbatida uning asarlari ham xitoy, rus, qirg‘iz, turkman, qoraqalpoq tillariga
tarjima qilingan.Abusaid Ko‘chimov 1994 yili “Shuhrat” medali, 1999 yilda “Mehnat
shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: