atroflga
o`zi kabi dovyurak yigitlarni
to`plab, zulmkorlarga qarshi kurashga undaydi.
Halolligi, mardligi, adolatliligi, yetimparvarligi uchun xalq
Namoznl
yaxshi ko`radi va
uni Go`ro`g`liga qiyos qiladi. «Go`ro`g`libek Namozboy qiyofasida paydo bo`lgan emish.
Afsun o`qisa ko`zdan g`oyib bo`lib qolarmish, Undan o`q o`tmas emish, qilich chopmas
emish...»
Namozning mardligi, jasorati xalq qalbida mangu yashab kelayotganligi«Qasoskorning
oltin boshi» da yaxshi chizib berilgan.
Talantli bolalar adibi Xudoyberdi To`xtaboyevning «Sir ochildi», «Akyuka Omonboy bilan
Davronboyning qishloqqa gaz olib kelganlari haqida jn qissa», «Besh bolali yigitcha», «Shirin
qovunlar mamlakatida yoki sehrgarili jangi», «Mungli ko`zlar», «Jarmati odamlar» kabi yirik
asarlarining vujudga
kelishi o`zbek bolalar adabiyotining yutug`i hisoblanadi. U bolalar
iieliu yanada o`qimishli asarlar yaratish maqsadida tinimsiz izlanmoqda.
Farhod Musajon
O'zining qisqa hajmli va hayajonli hikoyalari, mazmundor qissa lari,kichkintoylami
to'lqinlantiradigan pesalari bilan bolalarning quvonchlariga quvonch ulashib kelayotgan
qalamkashlardan biri Farhod Musajon 1933yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. 1956 yilda
ToshMUning Sharq fakulteti! tamomlaydi. Bir necha yil O'zbekiston radiosida,
«O'zbekiston madaniyati»gazetasida, «G'uncha» jurnalida mehnat qiladi. 1966 yildan esa
«0'zbekfilm»da muharrir, bosh muharrir vazifalarida ishlab kelmoqda.Farhod Musajonning
ilk asari 1955 yilda e’lon qilingan. Shundan so'ng
«Daradagi qishloqda» (1960), «Turdi, qizil bog'ich va men» (1970), «Oftobni quvlab»
(1970), «Chin do'stlik» (1976), «Chevar qiz» (1982), «Buloq suvi»(1982), «Turdi,
velosiped vamen» (1983), «Glotokrodnikovoy vodbi»,«Tekin tomosha» (1989) kabi
kitoblarining maydonga kelishi bolalar uchun katta bayram bo'ldi.1997 yilda adib o'zining
bolalaiga atab yozgan barcha hikoyalarinijamlab, yigirma ikki taboqdan iborat katta
kitobini qayta ishlagan va to'ldirilgan holda chop ettirdi. Bu kitobini ham ilgarisiga o'xshab
«Tekin tomosha» deb atadi. Oldingisidan farqli oiaroq bu kitob uch qismdan iborat:
kichkintoylar,o'rtanchalar va o'smirlarga.Farhod Musajon ijodining o'ziga xos
xususiyatlaridan biri shundaki, uning aksar hikoyalari quvnoq yumor hissi bilan
sug'orilgan. Adibning barcha hikoyalarida beg'ubor va zavqli bolalik davri ruhiyati
saqlangan. Shuning uchun uning hikoyalari oson o'qiladi, oson hazm bo'ladi. Natijada
ta’sir kuchi ham ortadi. Adib ijodining yana bir jihati u o'z personajlarini yomon
yoki yaxshi, adabiy atamalar qo'Uab aytadigan bo'lsak, salbiy yoki ijobiyga
ajratmaydi. Ulaiga baho berar ekan, fe’li-atvori qandayligini tasvirlar ekan hech qachon
kuchli iboralami, «ablah, iblis, yaramas, gazanda» va hokazo haqoratomuz, qattiq-quruq,
so'zlarni ishlatmaydi. Zero, inson sifatida endi shakllanayotgan bolalaiga nisbatan bunday
o'tkir so'zlarni ishlatish insofdan va adolatdan emasligini tushunadi. U o'z
qahramonlarini qandayligidan qat’i nazar — o'yinqaroqmi, lapashangmi, ayyormi,
94
dangasami, maqtanchoqmi — hammasini birday sevadi va sevib tasviriaydi. Uning uchun
mutlaqo yomon bola umuman yo'q, kamchiligi bo'lishi mumkin, deylik yolg'onchiroq,
xasisroq, xudbinroq, lekin nokas bola yo'q, har qanday bolani ham to'g'ri yo'lga solib
yuborish mumkinligiga ishonadi. Va shu muborak maqsad yo'lida ijod qiladi. Farhod
Musajonning o'ziga xos uslubi bor. Uning asarlaridan bir parchagina o'qigan odam
muallifning kimligini aniqlab olishi mumkin. U aniq, sodda, tushunarli va ixcham yozadi.
Shu sababli katta mahorat evaziga yillar davomida paydo bo'ladigan va shakllanadigan
badiiy soddalik tufayli uning asarlari o'qimishli chiqadi. Bolalar tili bilan aytsak,
hikoyalari «rostakam bo'lgan voqeaga o'xshaydi». Darhaqiqat, adib voqealarni xuddi
hayotdagidek ishonarli va qiziqarli qilib so‘zlab beradi. Bu juda muhim. Negaki bolalar
hikoya voqealariga ishonmasalar, asarning ta'sir kuchi yo'qqa chiqadi. Mana shu omil —
ishontira olisn mahorati F. Musajon ijodining eng muhim xususiyatidir. Farhod Musajon
barcha yoshdagi bolalar uchun yozadi. Uning kitoblari orasida maktabgacha tarbiya
yoshidagi, maktab yoshidagi, kichik hamda o‘rta va katta yoshdagi bolalarga va o‘s rniriaiga
bag'ishlangan asarlarni ham uchratish mumkin. Bolalarning pedagogik-psixologik
xususiyatlarini yaxshi o'rgangan Farhod Musajon kichik yoshdagi bolalarga bag'ishlab
«Eng yaxshi bobo», «Shodiyona kun», «Shiqildoq». «Pahlavon va nimjon», «Sovg'a»,
«Ajoyib buzoqcha», «Yaxshilik», «To lab ber», «Varrak», «Dor» kabi o'nlab hikoyalar
yaratgan. Adibning «Varrak» asari mazmuni oddiygina varrak yasash voqeasi asosiga
qurilgan. Asarda kichkinoylami bolalikdan boshlab mustaqil harakat qilishga chaqiriladi.
Ana shunday jozibali asarluridan yana biri «Eng yaxshi chana» dir. Bu hikoyada qo'li
ochiq, sahovatli, bag'ri butun bo'lishlik, xasis, ziqna bo'lmaslik kabi g'oyalar
kichkirtoylar ongiga yetkaziladi: Latifjonga dadasi chana olib kelib beradi. Quvonc hdan
bolaning boshi ko'kka yetay deydi. Latifjon boshda ancha qizg'anchiq bo'ladi. Shuning
uchun chanada bitta o'zi uchadi. Boshqalami chanaga yaqin keltirmaydi, unga birovning
qo'li tegib ketsa, chanani ko'tarib uyiga chopadi. Latifjonning dadasi o'g'lidagi bunday
qizg'anchiqlikni payqaydi, lekin unga pand-nasihat qilib o'tirm lydi. Aksincha, quyidagi
ibratli hikoyatni keltiradi: — Bilasanmi, — dedi dadasi o'g'liga, — men bu ajoyib
chanani qaerdan oldim? Bunaqasi magazinda sotilmaydi, bu buyurtma bilan qo'lda yasalgan
chana. Yoshi oltmishda. Ha, oltmish yil burun bitta og'ayninming dadasi olib bergan ekan.
Og'ayi .im o'sha paytda sendek ekan. Chananing chiroyliligini ko'rib uchishga unin3 ham
ko'zi qiymabdi. Kattaroq bo'lganimda ucharman, hozir bolalar tortib olib eskitib qo'yishadi,
deb asrab yuraveribdi. Adibning «Sovg'a» hikoyasi bolalami mehnatkash bo'lishga
da'vat etadi. Oqiljonning gul ekishi, uni mehr bilan parvarish qilishi kichik kitobxonda
katta taassurot qoldiiadi. «Turdi, qizil bog'ich va men» hikoyasi uzoq yillardan beri
yosh kitobxonlaming sevimli asarlaridan biri sifatida e'zozlanib kelinadi. Hikoyada
ozodalik, shahar tozaligi uchun kurashish bosh masala qilib qo'yiladi. Turdi va G'iyos
kabilarning shahar tozaiigida faol qatnashmaganliklari, dangasaliklari fosh qilinadi.
Xullas, Farhod Musajon o'zining maktabgacha va maktab yoshidagi kichik bolalaiga
bag'ishlab yozgan hikoyalarida salmoqdor fikrlami sodda, bolalarbop shaklda aytadi. Adib
nasihat qilish yo'lidan bormaydi, aksincha, bolalar hayotida ko'p uchrab turadigan oddiy
voqealami tasvirlaydi va aytmoqchi bo'lgan muhim gaplami ana shu voqealar mag'ziga
singdirib yuboradi. Farhod Musajonning «Orzuga ayb yo'q», «Bo'sh kelma, Aliqulov»,
«Buloq suvi» kabi boshqa qissalari o'zbek bolalar adabiyotida muhim o'rinda turadi. Farhod
Musajon dramatuig sifatida ham yoshlaming mehrini qozongan. «Xayolparastlar», «Oq
kabutar», «Sabil qoldi», « 0 ‘g‘limni qaytarib beringlar» pesalari shular jumlasiga kiradi.
Bular orasida ayniqsa, «O'g'limni qaytarib beringlar» asari mashhur bo'ldi. Dramaturg
uning nomini o'zgartirib «Najot istab» deb qaytadan ishladi. U Hamza nomidagi Akademik
drama teatrida muvaffaqiyat bilan qo'yildi. Dushanbe, Olmaota shaharlarida, Tataristonda
sahna yuzini ko'rdi. Pesada asosan bola taibiyasida ota-onaning o'ynaydigan beqiyos kata
roli haqida gap boiadi. Farhod Musajon kattalarga bag'ishlab «Bahor nafasi», «Bu
95
ko'zlaiga ishonsa bo'ladi», «Xotin kishining ra'yi», «Ko'r shofyor», «Zo'raki kashanda»,
«Nozik masala», «Kallapocha», «Himmat», «Bog‘ ko'cha» kabi kitoblar yozgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |