Samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta`lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi roʻyxatga olindi



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet77/178
Sana23.05.2023
Hajmi5,04 Kb.
#942758
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   178
Bog'liq
980a97b329243b1218de368664888683 ONA TILI VA BOLALAR ADABIYOTI

 
Savol va topshiriqlar 
1. Xudoyberdi To‘xtaboyev hayoti va ijodi haqida gapiring.
2. “Sariq devni minib”, “Qasoskorning oltin boshi”, “Besh bolali yigitcha” asarlarining 
badiiy xususiatlari haida mulohaza yuriting? 
3. Farhod Musajon hayoti va ijodi haqida gapirin. 
4. Farhod Musajonning maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarga bag‘ishlangan 
hikoyalarida ilgari surilgan g`oyaviy dolzarbligi nimada?
5. Farhod Musajon kichik yoshdagi bolalarga bag'ishlab qanday kitoblar yozgan 
Uzoq yillardan buyon bolalarga atab 20 dan ortiq she’riy kitoblar va yuzlab quvnoq 
qo‘shiqlar yozgan shoir Qambar O‘taev /Qambar ota/ning ijodi, ayniqsa, mustaqillik 
yillarida ham mazmunan, ham sifat jihatidan gurkirab o‘sdi. Endilikda u mustaqillikning 
Vatanimiz hamda xalqimizga keltirgan sharofati tufayli yosh yuraklarda namoyon bo‘lgan 
ozod Vatan sevgisi, g‘urur va faxr tushunchalarini ulug‘ muhabbat bilan tarannum etishga 
qalb qo‘rini bag‘ishlamoqda. 
Shoirning so‘nggi yillarda yaratgan «Toshpolvon va ishpolvon haqida ertak», «Qush 
bilan gaplashdim», «Tomda uxlagan bola» kabi to‘plamlariga kirgan axloqiy-didaktik 
xarakterdagi asarlari kichkintoylarni yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalashga qaratilishi 
bilan alohida e’tiborga loyiq. Shuning uchun ham qariyb 30 yillardan beri sara she’rlari 
maktab darsliklari, darsdan tashqari o‘qish kitoblaridan bolalar bog‘chalari va maktablar 
uchun metodik qo‘llanmalardan tushmay keladi. Jumladan, birinchi sinf «Odobnoma» 
darsligiga kiritilgan «O‘zbekiston – onajon», 1-sinf «O‘kish kitobi»dagi «Yer», 2-sinf 
«O‘qish kitobi»dagi «Bog‘da», 4-sinf «O‘qish kitobi»dagi «Non qaerdan keladi?» kabi talay 
she’rlari kichkintoylarni atrofimizdagi olam bilan tanishtirish orqali Vatanga muhabbat 
tuyg‘ulariga turtki beradi.
Shoirning «Ay-yay-yay…», «Bolalarning ko‘zlari», «Toy bola», «O‘zbekiston – 
Onajon!», «Bunday o‘lka qayd

bor?!», «Bola aziz», «Kulishlaring», «Suyukli navro‘zim», 
«Oftobjonim – o‘rtoqjon», «Gul-loladan jamalak», «Gul yaxshi, lola yaxshi», «Polvonman» 
kabi qo‘shiqlarini kichkintoylar, ayniqsa, sevib ijro qilishadi. 
Shoirning «Toshpolvon va ishpolvon haqida ertak» asarida qahramonlarning 
mustaqillikka mos ravishda kasb-korga qiziqishi, tadbirkorligi tufayli hayot yo‘lini topishi 
tasvirlansa, «Vatan sog‘inchi», «Tabarruk qabul» dostonlarida Vatanga yuksak muhabbat 
tuyg‘ulari ulug‘lanadi. Bunday baquvvat asarlar bolalarni haqqoniylik ruhida tarbiyalashga, 
Vatanni sevishga da’vat etishi bilan ajralib turadi.
Qambar O‘taevning yuqorida nomlari tilga olingan kitoblaridagi «Aziz Vatan», 
«Rubobim», «Ertaksevar quvnoq bola» щe’rlarini o‘qiganingiz sari dilingiz yorisha boradi. 
Kitoblardagi she’rlarning sarlavhasidanoq zavqlana borasiz: «Quyosh bola, oy bola», 
«Sog‘lom avlodga balli!», «Baxt-omadi chopag‘on», «Erka qushim» va hokazo. 
Shoirning «Tomda uxlagan bola» deb nomlangan kitobini qo‘lga olgan o‘quvchi, 
tabiiyki, bu qanday bola ekan, deb o‘ylaydi. She’rlar bilan tanishish jarayonida uning 
dastlabki xayoli tamoman o‘zgaradi. Yoz issig‘ida sho‘x bolaning tunda tom ustiga chiqib 
yotishida o‘zga ma’no borligini bilgach, tengdoshining qiliqlaridan zavqlanadi. Bunday 
hazilnamo she’rlardan «G‘ildirak ichida yugurgan olmaxon», «Hazilkashlar», «Qovoqlar», 
«Yayrab yurgin, echkicham» kabi she’rlar bolalar dilini yayratadi. Xullas, bolalarni ham 
quvnatadigan, ham fikrga chorlab, o‘ylatadigan asarlarida taniqli shoir Qambar O‘taevning 
talanti yorqin namoyon bo‘lgan.
«Tug‘ilishimda doyalik qilgan buvimning aytishi bo‘yicha Navro‘z bayrami 
boshlanishiga 12 kun qolganda tavallud topgan ekanman, – deb yozadi shoir. – Tug‘ilganlik 
haqidagi guvohnomani 1957 yili Kattaqo‘rg‘on shahrida olganman. 


96 
Ismim – Qambar. Bu so‘z ikki xil ma’no anglatadi; biri – yangi oy, ikkinchisi – 
yulduzlar turkumi. Har ikkalasining ma’nosi bir-biridan yaxshi. Yangi ko‘ringan oy – 
yaxshilik alomati. Yulduzlar turkumi – turfa-turkum do‘stlar, turfa yorqin ishlar hamrohi 
bo‘lsin, degan ma’noda menga bu ismni qo‘yganidan minnatdorman». 
Taqdir taqozosi bilan bo‘lajak shoirning bolaligi Koson va Chiroqchi dashtlarida, 
Urgutning Bahrin qishlog‘ida, Darg‘om anhori bo‘ylarida, Pastdarg‘om tumani dalalarida, 
Kattaqo‘rg‘on shahrida va undan sollanib oqib o‘tuvchi /O‘sha paytda to‘lib tinib yayrab 
oquvchi/ hayotbaxsh Kattaqo‘rg‘on anhori va Nahripoy va undan nariroqda Qoradaryo 
bo‘ylaridagi so‘lim jiydazor, o‘rikzor, uzumzorlar, turfa-tuman mevazorlarga to‘lib toshgan 
unutilmas go‘shalarda o‘tdi.
Vatan haqidagi birinchi she’ri Kattaqo‘rg‘ondagi Miriy nomli maktabda 
o‘qiyotganida tuman gazetasida yorug‘lik ko‘rdi. Ko‘p o‘tmay “Yong‘oq” sarlavhali masali 
chiqdi. So‘ng birin-ketin Samarqand viloyat gazetasida, “G‘uncha” jurnalida she’rlari paydo 
bo‘la boshlaydi. Ko‘p o‘tmay, to‘liqsiz o‘rta ma’lumot bilan Samarqand temir yo‘l 
texnikumiga o‘qishga kirdi, so‘ngroq Samarqand suv xo‘jaligi texnikumida o‘qish 
barobarida 69-kechki maktabga o‘qishga qatnab, 1962 yili birato‘la bitirdi. Xuddi shu 
yilning o‘zida Alisher Navoiy nomli Samarqand davlat universitetining o‘zbek filologiya 
fakultetiga o‘qishga kirdi. Bu davr ichida uning ancha-muncha she’rlari turli nashrlarda 
ko‘zga ko‘rinib, tanilib qolgandi.
Ijodga qattiq ko‘ngil qo‘ygan shoir 1974 yilda oilasi bilan Toshkentga ko‘chib kelib 
G‘afur G‘ulom nomli Adabiyot va san’at nashriyotida ish boshlaydi. Bisotida ancha yetilib 
qolgan she’rlarini to‘plab “Vatan tuprog‘i”, “Bizning kosmos” nomli kitoblarini chop ettirdi. 
She’rlari va ertak-dostonlari tiniqib, tilga tusha boshladi. Ayniqsa, bolalarga atalganlari 
soddaligi, oddiyligi, dilga yaqinligi bilan kichkintoylar quvonchiga quvonch qo‘sha bordi. 
Yillar osha Respublikamizning atangan kompozitorlari shoirning o‘ziga yoqqan she’rlaridan 
tanlab qo‘shiqqa aylantirishdi. Pedagog-olimlar tarbiyaviy ahamiyati katta bo‘lgan, talant 
bilan yozilgan asarlarini turli maktab darsliklariga, darsdan tashqari o‘qish kitoblariga, 
metodik qo‘llanmalarga, qo‘shiqlarini esa musiqa darsliklariga kiritishda davom etdi.
Shoir Qambar otaga yozgan asarlari ichida vatanparvarlik, ta’lim tarbiyaga oid “Sadoqat”, 
“O‘zbekiston, onajon”, “Vatan sog‘inchi”, “O‘xshamay ketgur...”, “Qo‘ng‘izlar jangi”
“Bola aziz”, “Sardor afsonasi”, “O‘tgan gap” kabi teran mazmunli she’rlari va talant bilan 
yozilgan “Erka egizaklar”, “Bog‘bon hikoyasi” dostonlari, yuzlab qo‘shiqlari shuhrat 
keltirdi. Shoirning ijodi 1999 yilda Prezidentimiz tomonidan II-darajali “Sog‘lom avlod 
uchun” ordeni bilan taqdirlandi.
O‘zbek bolalar adabiyotining taniqli vakili 

Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish