70
maktabga kelib, qalamga oshno bo`lgani va shu tufayli aqli raso, ilm-u adab egasi bo`lgani
hamda barcha orzu umidlari ro`yobga chiqqanini ta`rif-tavsif etadi:
O‘qudim, chiqdi savodim ham xatim yaxshi bo`lub,
G‘ayratimga yarasha ishlar mango qildi qalam.
Harna kim yozmish qalam so`zidin also chiqmadim,
Ul mani ham aytganim axir bajo qildi, qalam.
Shoir bolalarni maktabga qiziqtirish, o`quv qurollariga havas uyg`otish, qolaversa,
ilmning xosiyatini teran idrok etadi. Yosh qahramon tilidan “Bor edi ko`nglumda bo`lmoq
podsholik orzu, O‘tmadi fursat bu hojatim ravo qildi qalam. Bir gadoni o`g`li erdim podsho
qildi qalam”,–deya ma`rifatni ulug`laydi.
Natijada, shoir she`ri va talqinidan insonning
jamiyatdagi mavqei, qanday inson sifatida bo`y ko`rsatishi ana shu ilm sharofatidan
ekanligi anglashiladi.
Hamzaning bolalar uchun yozgan yana bir she`ri “Bir kishining bor edi to`rt bolasi”
deb nomlanadi. Aslida bu mavzu o`tgan asr boshlaridagi o`zbek bolalar adabiyotida alohida
yo`nalish sifatida ko`zga tashlanadi. O‘sha davr o`qish kitoblaridagi axloq-odob mavzusi
insoniylikning turli yaxshi va yomon jihatlarini qamrab olgan. Saxiylik va baxillik,
to`g`riso`zlik va yolg`onchilik, mehnatsevarlik va dangasalik, sabr va sabrsizlik, qanoat va
ta`magirlik, sadoqat va bevafolik, adolat va jabr-zulm singari insoniylikning qarama-qarshi
qutblarida turgan o`nlab fazilat va illatlarning yaxshi va yomon jihatlari xususida fikr
yuritilib, yaxshisidan o`rnak olishga, yomonidan hazar qilishga undovchi she`r va
hikoyalarga keng o`rin ajratilgan. Hamzaning yuqoridagi she`ri shu mazmunni o`zida ifoda
eta oladi. Unda hikoya qilinishicha, bir oilaning to`rt farzandi bo`lib, uylariga kelgan
mehmonning puli yo`qoladi. U pulni hech biri oldim demaydi, ko`rganim yo`q deydi.
Shunda ota bolalarni
tergash befoydaligini anglab, hiyla ishlatishga majbur bo`ladi: tort
bolasini ham bir uyga qamab, oldiga qora kuya qo`yadi va deydi:
“Kimki rost esa gar so`zi,
Qora bo`lur o`zicha ikki yuzi;
Kimni agar yolg`on erursa so`zi,
Bor-yo`g`i qora bo`lur o`ng yuzi”.
Bolalarning kattasi pulni olganligi uchun bu hiylani tushunmay, o`ng yuzim o`zicha qora
bo`lsa, chap yuzimni o`zim qora qilay, deb kuyani surkaydi. Ota bolalarni tashqariga
chiqarganida kattasining chap yuzi qoraligini ko`radi, qolganlarining yuzi esa oq bo`ladi.
Shunda kimning o`g`ri ekanligi bilinib, xolaning puli qaytib beriladi. Shu tufayli bu fe`lini
tashlagan bolani shoir yosh kitobxonlarga ibrat qilib ko`rsatar ekan, qissadan hissa
tariqasida:
Kimi bo`yla xiyonat qilur,
Bir kuni o`zini shuyla xijolat qilur, deb ta`kidlaydi.
H.H.Niyoziyning “Mevalar mojarosi” turkumidagi she`rlari ham bolalarbopligi bilan
diqqatni tortadi. Unda bolalarga xos xarakter xususiyatlar, chunonchi,maqtanchoqlik,
baxillik, manmanlik, chaqmachaqarlik, mushtumzo`rlik odatlari mevalar mojarosi misolida
ko`rsatib berilgan.
Hamza she’riyatining ohangi va shakli xalq qo`shiqlarinikiga juda yaqin.
U xalq
qo`shiqlari musiqiyligidan foydalanib, o'z davri ijtimoiy-siyosiy voqealarini umumlashtirgan
holda zulm va jaholatni qoralovchi, adolat va yuksak insoniy fazilatlarni, insoniy
qadriyatlarni tarannum etuvchi zamonaviy ruhdagi yangi qo`shiqlar yaratdi. Shoir xalqning
o`z hasratlarini ifoda etuvchi mungli, biroq shirin tuyg`ular uyg`otuvchi, tez va oson yodda
qoluvchi, ohangdor va musiqiy qo`shiq hamda laparlaridan foydalanib, o`zi tanlagan mavzu
va g`oyani o`quvchiga tez va qulay yetkazishga urindi. Hamza xalq orasidan turli
mazmundagi qo`shiq va ashulalarni yig`ib, ularning ayrimlari uchun o`z davri hayot
voqealarini aks ettiruvchi matnlar yozgan. Hatto u yozgan qo`shiqlarning ayrimlari hajviy
holatni ifodalaydi. Shoirning bunday she’rlari uning "Oq gul", "Qizil gul", "Yashil gul",
71
"Pushti gul", "Sariq gul", "Safsar gul" kabi ramziy nomlar bilan nashr ettirilgan "Milliy
ashulalar uchun milliy she’rlar majmuasi" kitobidan o`rin olgan. Hamza folklorga xos nozik
poetik uslub elementlarini chuqur o`zlashtirib, ulardagi ilg`or gumanistik g`oyalarni
rivojlantirdi. Ayniqsa, uning xalq ijodida keng tarqalgan "Kelin salom qo`shiqlariga xos
tasvir va ifoda yo`llaridan ijodiy foydalanib yaratgan hajviy, yumoristik asarlari bu
jihatdan ibratlidir:
Olti pullik taqadek,
Ko`zi irg`ib baqadek,
Och muxlisning qo`lida
O‘tmay qolgan chaqadek
Shayx hazratlariga salom!
Hamza "Muhtarama onalarimiza xitob" she'rida onalarning
farzand tarbiyasidagi
unutilmas xizmatlarini yod etar ekan, ularni:
Siz edingiz millati chin rahbari,
Turmushu insonni butun sarvari,
Koni hidoyat biza siz edingiz,
Tarbiya dunyosini payg`ambari -
singari satrlarda ulug`lash bilan birga dilidagi bunday gina- kudurati va iltimosini ham
bayon etadi:
Muncha uyqu bosdi sizi, onalar,
Fikr etingiz o`ylab u peshonalar,
Ilm-maorif bila begonalar,
Bo`ldingiz siz olamga afsonalar.
Mazlumalar, jonlara jononalar,
Qizlaringizni o`qiting, onalar!
U 1914-yilda yaratgan "Yengil adabiyot" nomli 1-sinf o`quvchilariga
atab chiqargan
darsligidayoq:
Maktab – millatni guli,
Millat aning bulbuli,
Maktabsiz qolgan millat
Boshqa chamanning quli, – deb yozgan edi.
Hamza darsliklarni yozar ekan, ta'lim-tarbiya maqsadini ko`zlab, xalq og`zaki ijodi
namunalaridan mohirona foydalangan. "O‘qish kitobi"da ibratli she'riy masallarni keltirgan.
Hamzaning bolalar uchun yozgan she'rlari ajoyib xususiyatlarga ega bo`lib, ularo g`ayrat-
shijoat to`lib-toshgan,
zavq va ilik tuyg`ular bilan sug`orilgan, oddiy, erkin, yengil tilda yozilgan, o`zining
ravonligi bilan yashgnab turgan asarlar edi. Mazkur she'rlar xalq tilining talaffuzi va
ohanggini saqlab qolgan jonli va sho`x til bilan yozilib, ulardagi satrlar qisqa-qisqa, har bir
bayt aniq, ravshan ifodalangan, tarbiyaviy ta'sir ko`rsatish uchun tanlangan eng muhim
so`zlar bir-biriga qofiyadoshdir.
Xullas, Hamza ilm-ma'rifatning kuchiga juda katta ahamiyat berdi.
Uning fikricha,
bilimlarni xalq ommasi orasiga yoyish, ommaning ongini uyg`otishga yordam berishi
mumkin. Agar yaxshi tarbiya insonning eng qimmatli boyligi bo`lsa, noto`g`ri tarbiya uning
uchun chinakam baxtsizlikka, hatto, halokatga aylanishini uqtirgan. Shuning uchun maktab
tarbiyasi bilan bir qatorda, oila tarbiyasiga ham juda katta ahamiyat bergan. Bolalar ijobiy va
salbiy ta'sirga, ayniqsa, go`daklik chog`larida juda beriluvchan bo`ladilar. Buni yaxshi
bilgan Hamza ularga yoshlikdan to`g`ri tarbiya berib borish lozim, oilada to`g`ri yo`lga
qo`yilgan tarbiya maktab uchun katta madaddir va aksincha, oilada tegishli tarbiya ishlari
olib borilmasa, bu hol maktabning ta'lim-tarbiya ishini juda qiyinlashtirib qo`yadi, deb
yozgan. Ayrim ota-onalar o`z bolalarining farovon yashashini ta'minlash to`g`risida jon
kuydirsa ham, ularni tarbiyalash bilan
mutlaqo qiziqmasligini qoralab, tarbiya bo`lmasa,
72
moddiy jihatdan ta'minlanganlik yaxshi oqibatga olib bormasligini, moddiy jihatdan
ta'minlangan, lekin tarbiya ko`rmagan bolalar yaxshi odam bo`lib yetishmasligini uqtirgan.
Hamzaning pedagogik faoliyati, umuman, o`quvchilarda to`g`rilik, rostgo`ylik, halollik kabi
yuksak fazilatlarni tarbiyalashga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: