Nurboy Abdulhakim Vatan ishtiyoqin tortarkan



Download 28,95 Kb.
bet1/5
Sana16.12.2022
Hajmi28,95 Kb.
#888366
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ANNOTATSIYA


Nurboy Abdulhakim
Vatan ishtiyoqin tortarkan...

Oʼzbyek adabiyotining XIX asrdagi koʼzga koʼringan vakillaridan biri boʼlgan Zokirjon Xolmuhammad oʼgʼli Furqatni Vatandan judolikda yashashga majbur etgan omillar har doim mutaxassislar diqqat markazida boʼlib kelgan. Аdabiyotshunoslar bu haqda turli davrlarda turlicha mulohaza bildirgan. Ulardan ayrimlarining (Gʼafur Gʼulom, Xolid Rasul) fikricha, shoir Toshkentning mashhur boylaridan boʼlmish Saydazimboy va Sharifxoʼja qozini hamda rus generallari Аfrelov va fon Kaufmanni tanqid qilib , hajviy sheʼ rlar yozgani bois jazoga tortilishi muqarrar boʼl gach , yurtni tarketi shgamaj bur boʼlgan. Baʼzi olimlar (Ibrohim Moʼminov, Maqsud Shayxzoda, Mahmudali Yunusov) esa bu masala yetarli darajada oʼrganilmagani , uni oydinlashtirish furqatshunoslikning dolzarb vazifalaridan ekanini taʼkidlagan. Professor Аbdurashid Аbdugʼafurov esa Furqatning Vatanni tark etishi «jiddiy ideologi kasoslar» bilan bogʼliq ekani haqida yozadi. Eʼtirof etish kerakki, mazkur masalaning eng toʼgʼri yechimini profyessor Sharif Yusupov topgan. Olimning aniqlashicha, «...fon Kaufman Furqat Toshkentga kelishidan yetti yil ilgari, yaʼni 1882 yilning mayida, Saydazimboy Muhammadboev esa fon Kaufmandan ham ilgari 1881 yil 2 oktyabrda vafot etib ketgan» va tabiiyki, «Furqat ularni hajv qilgan deb, bu ham yetmaganidek, shu hajvlari tufayli ona yurtidan qochib ketgan, deb koʼrsatish toʼgʼri emas». Olim, shuningdek, Sharifxoʼja qozi va Furqat munosabatlari oʼzaro hurmat hamda ham fikrlikka asoslangani, shuning uchun shoirning bu odam haqida hajviya yozishi ehtimoldan uzoqekani, koʼp yillar kitobdan-kitobga oʼtib kelgan hajviy epigram-malarning Furqat ijodiga aloqa siyoʼqligini ish onarli dalillaydi. Keyingi izlanishl a r natijasida Furqatning chor Rossiyasi mustabid siyosatini fosh etuvchi, ilgari mutaxassislarga maʼlum boʼlmagan bir qancha asarlari, dastxat sh yeʼrlari aniqlandiki, ular shoirning vatandan judolikda yashashi sabablarini yanada oydinlashtirdi. Mavjud dalillar asosida shoirning vatanjudolik sabablarini ikki omil bilan izohlash mumkin. Bulardan birinchisi — Furqatning chor Rossiyasi mustamlaka siyosatini ochikdan-ochiq qoralab asarlar yozgani boʼlsa, ikkinchisi — shoir maʼrifatparvarlik faoliyatining Vatan va millat manfaatlariga uygʼunligidir.


XIX asrda chor Rossiyasining mustabid siyosati Turkiston xalqlari hayotining barcha sohasini birday zanjirband qilgan edi. Tabiiyki, millatparvar ziyolilar, jumladan, Furqat ham bunga befarq qaragan emas. Keyingi yillarda aniqlaganimiz — shoirning shu paytgacha ilm ahliga maʼlum boʼlmagan «Begim» radifli dastxat sheʼridagi quyidagi misralar ham uning m ustam laka siyosatiga boʼlgan murosasiz munosabatiga dalil boʼla oladi:

Shuʼbada izhor etib nogoh charxi hiylasoz,
Boshladi afsun ila makru dagʼosidin, begim.
Gʼunchai davlatni gul yangligʼ parishon ayladi,
Tundbodi hodisoti mojarosidin, begim.
Oxirulamr hukumat gulshani boʼldi xazon,
Keldi zogʼu koldi bulbullar navosidin, begim.

Ushbu baytlarda yu rtning taraqqiyot quyoshi soʼnib, tanazzul shomi boshlangani soʼngsiz hasrat bilan ifoda etilgan. «Charxi hiylasozning afsun ila makru dagʼosi» — oʼsha paytda mamlakatda kechgan fitna-fasodlar, inqiroz jarayoni timsoli. Natijada «... gʼunchai davlat gul yangligʼ parishon boʼlgan, hukumat gulshani xazonga aylangan, zogʼl ar kelish i bilan bulbullar navosi tingan». Mustamlaka Turkistonining ayanchli ahvolini Furqatgacha hech qaysi shoir bunchalik taʼsirli ifodalay olgan emas.


Mazkur dastxat hoshiyasida «Kamina F urqat va Xoji Аʼzam tarafidan choʼx duo va salomlar vusulingiz oʼlsun» soʼzlari bitilgan. Savol tugʼiladi: sheʼr kimga bagʼish langan? F urqat va Hoji Аʼzamning «choʼx duo va salomlar»i kimga atalgan? Zero, dastxat hoshiyasidagi qaydda bu hakda maʼlumot yoʼq. Xoʼsh, u holda «begim» deya ulugʼlangan zot kim? Uning Furqat va Hoji Аʼzamga qanday aloqasi bor? Shoir mustamlaka siyosati bilan bogʼliq iztiroblari xususida kim bilan bu qadar chin koʼngildan dardlash ishi mumkin?
Mazkur savollarga javob berish uchun, birinchi navbatda, ushbu dastxat sheʼr matniga murojaat etish oʼrinli boʼladi. Xususan, quyidagi bayt bu masalaga oydinlik kiritishi mumkin:

Download 28,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish