Shah hayoti durjida bir dur eding, boʼldung yatim,
Qadring oshdi dahr atab koʼygʼon bahosidin, begim
Shoirning ushbu soʼzlaridan «begim» deb ulugʼlangan insonning shoh farzandi ekani maʼlum boʼladi. F urqatning qaysi shoh farzandi bilan yaqin munosabatda boʼlgani, kimga «begim » deya murojaat etishi mumkinigi tasavvur etilsa, bu shaxs Xudoyorxonning oʼgʼl i Fansurullobekekani maʼlum boʼladi . Chunki shoir Istanbuldan yozgan, mutaxassislar tomonidan «Sabogʼa xitob» deya nomlangan sheʼriy maktubida ham Fansurullobekka «begim» deya murojaat etadi:
Begim, jonim, afandim Fansurulloh,
Zihi shahzodai zul-izza ul-joh.
Na man tanho, ulus shahzodasidur,
Hama shahzodalar ozodasidur.
Qolaversa, Furqat Toshentda yashagan davrid a Fansurullobyek bilan juda yaqin munosabatda boʼlgan. Ikkinchi tom ondan, Fansurullobekning qaynotasi Joʼrabek dodxoh ham Furqat bilan gʼoyat yaqin munosabatda ediki , qaynotasining Qorasuvdagi katta bogʼida boʼlgan suhbatlarda ham u shoir bilan bir necha bor uchrashgan boʼlish i ehtim oldan uzoq emas. Dastxat sheʼrdagi quyidagi misralar Fansurullobekka otasi Xudoyorxon va foti , «charxi hiylasoz» ning shundan keyingi «makru dagʼo»lari munosabati bilan ham d ard l ik yoʼsinida yozilgan:
Odam oʼgʼli yoʼq erurkim, arsai olam aro,
Boʼlmasa ozurdadil davron jafosidin, begim.
Kimsa mehr ushbu jahondin, koʼrdikim, koʼz tutqomiz
Bu jahon ichra jahon ahli vafosidin, begim?
Mango qilgʼon zulmini koʼrgilki,oʼyla bor edim,
Sen kibi shahzodani xayli gadosidin, begim.
Taʼkidlash joizki, ushbu 17 baytdan iborat sheʼr shaxsan Fansurullobekka bagʼishlangan boʼlsa-da, uning mazmun-mohiyati umummilliy ahamiyatga ega. Bino- barin, «gʼunchai davlatning gul yangligʼ parishon boʼlishi, hukumat gulsh anining xazonga aylanish i, bulbullar oʼrnini zogʼlar egallashi» faqat Fansurullobek boshiga tushgan musibat emas edi. Bu — millatning dardi, xalqning musibati edi. Xech shubha yoʼqki, F urqat buni teran his etgan. Bugina emas, shoir millat dardi bilan yoʼgʼrilgan qalb kechinmalarini, koʼngil iztiroblarini quyma misralar orqali bayon etgan. Sheʼr quyidagi duo-baytlar bilan yakunlanadi:
Jonsiporu qadrdonligʼdin bejuz bir tuhfa yoʼq,
Hazratingga Furqatiy xolis duosidin, begim.
Soyai Tangri nasib etgay saning boshingga ham,
Zoyil oʼlmas bobaqo davlat humosidin, begim.
Kun kelib, millatning bosh iga davlat humosi albatta koʼnajagi haqidagi orzu-niyat ifoda etilgan ushbu baytlar va bugun humo qush ining mustaqil Oʼzbe- kisto nning davlat ram ziga aylanish i tasodifiy hodisa emas. Bu — Furqatdek millatparvar ajdodparimiz duolarining mustajob boʼlganidir. Gʼafur Gʼulom nomidagi (F argʼona viloyati) Аdabiyot muzeyi xazinasida 7050-raqam i bilan saqlanayotgan «Sharhi risolat ashshamsiya va ayyana fiyhi al-mantiqiya» asari qoʼlyozmasining hosh iyasiga bitilgan «Munojoti musaddas» ham sh oirning shunday asarlaridandir. 108 misradan iborat mazkur musaddasning joriy imlodagi toʼliq matni А. M adaminov tomonidan tayyorlanib , R. T o j i b o ye v soʼzbosh isi bilan «Oʼzbekiston adabiyoti va sanʼati» gazetasining 1997 yil 20 iyunь sonida eʼlon qilindi. Sh uning uchun u haqtsa batafsil toʼxtalib oʼtirmaym iz.
Furqatning mustabid siyosatga, jabru zulmga, adolatsizlikka boʼlgan nafrati boshqa asarlarida ham aks etgan. Jumladan, «Boʼldi» radifli muxamma- sida shoir shunday yozadi:
Bahor ayyomi oʼtti, na gulu sarvu suman qoldi —
Ki, bulbul birla kumri oʼrniga zogʼu zagʼan qoldi,
Na jomi marg ichmay lolai xuning, kafan qoldi,
Chamanlardin nishon hech qolmadi, illo, tikan qoldi,
Zimistoni ajalni bodidin bori xazon boʼldi.
Bahor — taraqqiyot ramzi. Sh oirning yozishicha, u oʼtib boʼlgan. Sh uning uchun ham
bulbul birla qumri oʼrnini zogʼu zagʼan egallagan. Bu — milliy davlatchilik oʼrnini Rusiya mustamlakasi zabt etganiga ishora. Аjal zim istoni — istibdod timsoli. U bor tiriklikni xazonga aylantirgan. B inobarin, istibdod tuf ayli milliy anʼanalar toptaldi. M illatning bosh iga qora kunlar tushdi, uning huquqi, erki poymol etildi.
Shoir millatning bu ahvolga tush ishi sabablarini aj dodlarning asriy anʼanalari unutilgani, «musulmon xalqim izning toʼgʼri yoʼldan adashib, maʼsiyat sori ravon boʼlgani, ato birla oʼgʼul oʼrtasida mehru shafqat, ano birla qiz orasida zarra hurmat, agʼniyolarda xayru saxovat, f aqiru benavolarda sabru qanoat qolmaganligi, Xudo birla rasul baʼzi kish iga oshu non boʼlgani» bilan izohlaydi.
Furqat mazkur «Boʼldi» radifli muxammasini shunday misralar bilan da- vom ettiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |