73
Odamning donasimiz.
Biz o’sib ulg’ayamiz,
Olim bo’lish g’oyamiz.
G’afur G’ulom yetimlikda ulg’ayganini umr bo’yi unuta olmadi. Yetimlik uni o’ksik qalb
sohibiga aylantirgan va mudom ta’qib etganligi tufayli bolalarga
atab qaysi mavzuda
she’r yozmasin, o’sha zahoti xotirasi qatlaridagi yetimlik armonlari uyg’onishi tabiiy edi.
Kattalar uchun yozilgan va XX asrdagi o’zbek she’riyatida voqeaga aylangan «Sen yetim
emassan»da ham, bolalarga atab bitilgan «Bayram maktubi» va boshqa qator she’rlarida
ham bu holni kuzatish mumkin. Inchunin, shoirning roppa-rosa ellik ikki yasharligida
yaratgan «Bayram maktubi» she’rida o’qiymiz:
O’ttiz sakkiz yil burun
Bugungi siz bilan teng
O’n to’rt yoshlarda edim.
Tongsiz,
uzun kechqurun
qora qo’ynin ochar keng
Ko’z o’ngida uchurum.
Maktab qayoqda deysiz?
Nonning hatto o’zi yo’q,
Bo’z yaktak, yirtiq ishton,
Eshiksiz, o’tsiz, nursiz,
Vayronalar qup-quruq,
Halq tentirar parishon
Oq
podshoning urushi
Yurtni yergacha toptab,
Tekkan edi tinkaga.
Och qo’shinning yurishi
Er yuzini gur o’rtab,
O’xshardi alangaga.
Rus mustamlakachiligi siyosatining butun fojeasini bolalik xotirasi vositasida shu xilda
fosh etarkan, qonxo’r fashistlar ming-minglab bolalarni ota-onalaridan ayru etib, yetim
qoldirayotganidan jirkanganida yana o’sha «o’ninchi yillar sargardonligi»ni eslamay,
o’tolmaydi:
G’.Gulomning o’smirlar kitobxonligining asosini tashkil etgan «Netay», «Yodgor» va
«Shum bola» qissalarida shu muammo tahlil qilindi. Adib asarlarida
etimlikni keltirib
chiqargan sabab va oqibatlarga badiiy nazar solish yo’lidan boradi. Uning talqinicha,
yetimlik-mohiyat e’tibori bilan o’gaylik ham. Chindan-da, o’z otasi yo onasi (ba’zan har
ikkovi)dan bevaqt ajralib, o’gay ota yoki o’gay onadan shafqat emas,
shafqatsizlik
ko’rgan bolakayning achchiq va alamli qismati-shunday foje’ qismatdir. Bunday holatda
yetimning o’gayligi birmuncha shaxsiy fojea sanalishi mumkin. Ammo G’afur G’ulom
masalani shu holda echish yo’lidan bormagan, aksincha u o’tmishdagi nobop tuzum va
bemehr jamiyatning shafqatsizligi ham o’lganni tepkilab, etim-esirlarga o’gaylik qilishi
fojeasini ochishga harakat qildi va aytish mumkinki, bunga muvaffaq ham bo’ldi. Bu
jihatdan Netay va SHum bola-qoravoyning etimlik qismati talqini e’tiborni tortadi.
«Yodgor» qissasida yetimlik syujetni harakatga solgan motiv. Unda yetim go’dak
Yodgorning qismatiga munosabat hal qiluvchi rol o’ynaydi. S.Mamajonov to’g’ri
ta’kidlaganidek: «Yodgor» poetik ma’lum jihatidan ramzli nom. Go’dak Yodgor asarda
tasvir ob’ekti bo’lmasa ham yozuvchi uchun yangi insoniy munosabatlarni ko’rsatib
berish uchun bola bir vosita rolini o’ynaydi, xolos. Bu go’dak Mehri va Jo’ralar, ularning
ota-onalarining qalb dunyosini
ochib beruvchi bir kalitdir, ohu go’dak asar voqeasini
74
yaratadi, konfliktga keskin tus beradi, syujetni o’stiradi va uni ikkiga bo’lib tashlab, keyin
yana bir-biriga qo’ohadi, Shu go’dak
xarakterlarni rivojlantiradi, ochadi. U asardagi
voqealar va odamlarni bir-biri bilan munosabatga kirituvchi, asarning hamma bo’lagini
yozuvchining ko’rish markaziga bog’lab, tortib turuvchi magnitdir: Mehrining o’z
sevganiga shu go’dak halaqit beradi. Jo’raning «aybsiz aybdor» bo’lib onasi, aka va
ammalari oldida ta’naga qolishida shu go’dak sababchi bo’ladi,
xuddi suningdek,
Jo’raning insoniyligini ochib beruvchi, Saodat sevgisini sinovdan o’tkazuvchi va Mehriga
hayot haqiqatini tushuntirgan ham shu go’dak – «Yodgordir».
Quddus Muhammadiy XX asr o`zbek bolalar she'riyatini mavzu mundarija hamda janriy
xilma-xillik bilan boyitgan zabardast shoir. Uning ijodi o`tgan asrning 30-yillaridan, to
yangi asr bo`sag`asiga qadar keng qamrovli shakl va tamoyil kasb etdi. Shu davr mobaynida
shoir she'rlarini bog`cha bolasidan tortib, maktabni tamomlayotgan o`spirinlargacha
birdek
sevib o`qidi, qo`shiq qilib kuyladi. Q.Muhammadiyning alohida chop etilgan she'riy
to`plamlari, ertak-dostonlaridan tashqari, birgina maktab darsliklariga kiritilgan asarlarining
o`ziyoq, uning ommabop va hammabop she'rlar yozganidan dalolat beradi. Muhimi, ana shu
ehtiros hali-hanuz so`ngani yo`q. Shoir she'rlari mustaqillik bolalari tomonidan ham birdek,
sevib o`qilmoqda. Shunga yarasha ijodkor badiiy olamining talqini o`zining yangi qirralari
bilan to`lishib bormoqda.
Quddus Muhammadiy butun umrini, ijodini kichkintoylarning katta adabiyotiga
bag`ishladi.
Do'stlaringiz bilan baham: