41
A.A.Makarenko bolalar uchun yozayotganda
nima haqda yozish emas, balki qanday qilib
yozishning muhimligida
deb ko`rsatgan edi. Aytaylik, kattalar
turmushining murakkab
qirralarini ifodalovchi asarlarni bolalar o`qishi man` qilingani holda xuddi shunday mavzuda
bolalarbop qilib yozilgan Q.Muhammadiyning «Qo`ng`izoy bilan Sichqonboy» she`riy
adabiy ertagi tipidagi asarlarni bolalar o`qishiga tavsiya etiladi. Bunda muddao shundaki,
bolalar adabiyoti ijtimoiy ong shakli sifatida bolalarning borliqqa qarashlarini, voqealarni
baholashda esa, o`zlarigagina
xosliklarini, demakki, navqiron avlodning borliqqa estetik
munosabatlarini ifodalaydi.
Bolalar adabiyoti-ikki yo`nalishli adabiyotdir
.
U bolalarga muljallangan ekan, avvalo,
shularning adabiyoti.
Shu bilan birga kattalarning, demakki, ota-onalarning ham adabiyoti
hisoblanadi. Chunki bolalar adabiyoti xalq axloqiy qarashlarini badiiy aks ettiruvchi
pedagogik xrestomatiyadir. Bu jihatdan buyuk ertaknavis H.K.Andersenning tubandagi fikri
diqqatga sazovor: «Men nafaqat bolalar uchun, balki kattalar
uchun yozayotganimni ham
doim esda tutaman». Bolalarni ertaklarning fabulasi hammadan ko`proq qiziqtirsa, kattalarni
ularga singdirilgan g`oya qiziqtiradi». Chindan ham bolalar uchun asar syujeti muhim, shu
syujet qancha qiziqarli bo`lsa, bolalar uni shunchalik zavqlanib o`qiydilar. Kichkintoylar
asar g`oyasini ilg`ab olishga qiynaladilar. Chunki u yoki bu asar g`oyasini ilg`ab olmoq
uchun o`sha asar qaysi zamonda yozilgani va unda ifodalangan tarixiy sharoit xarakterini
bilish, demakki, asarni davr kontekstida o`qib-o`rganish zaruriyatga aylanadi, bu murakkab
jarayon, kichkintoylarning imkoniyatlari esa uni hazm qila olmaydi.
Chunonchi, Sharl
Perroning mashhur «Qizil shapkacha» ertagi har qancha sodda va quvnoq syujet asosida
qurilgan bo`lmasin, ham bolalarni, ham kattalarni qiziqtirgani holda unda ifodalangan «Qizil
shapkacha» li go`zallarni (qizil shapkacha-go`zallik ramzi, unda francuz qizlarining
umumlashma obrazlari ko`zda tutilgan) francuz burjuaziyasining shahvoniyatparastligidan
(Bo`ri qiyofasida fahshga mukkasidan ketgan burjuylar ko`zda tutilgan) ogohlantirishdan
iborat g`oyani faqat asar ijod etilgan tarixiy davr mantiqidan
uqa olgan kattalargina
ilg`ashlari mumkin. Shu ma`noda bolalarga mo`ljalangan badiiy asar, avvalo, hammabopdir.
Bunda hammaboplik mohiyatini V.G.Belinskiy shunday ta`riflagan edi: «...bolalar uchun
kitob yozish kerak va zarur, biroq bolalar uchun shunday yaxshi va foydali asarlar yozmoq
zarurki, ular kattalarni faqat bolalarga atalganligi tufayligina emas, balki chinnakam badiiy
asar sifatida hammaga mo`ljalanganligi bilan qiziqtira olsin».
Bolalar adabiyotida voqelik bolalarga badiiy tafakkur sintezining natijasi tarzida
tasvirlanadi. Bunda tasvirning o`ziga xos
jihatlari, asosan, quyidagilardan iborat:
a)
Do'stlaringiz bilan baham: