40
1-MA`RUZA MASHG‘ULOT MAVZUSI:
Adabiyot. Bolalar adabiyoti. Bolalar kitobxonligi haqida.
Reja:
1. Bolalar adabiyotining o`ziga xos xususiyatlari.
2. Bolalar adabiyoti-ikki yo`nalishli adabiyot.
3. Bolalar adabiyotining boshqa fanlar bilan hamkorligi yoxud adresliligi.
4. Bolalar kitobxonligi.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
istiloh, qo`llanma,
xrestomatiya, omil, genezis, folklor, bolalar adabiyoti, bolalar kitobxonligi, adreslilik, olam,
so`qma so`z, munaqqid, nasr, nosir, nashr, noshir, muharrir, musavvir, matbuot,
kitobatchilik, xarakter, tur, janr, dinamika, emotsionallik, komiks, animal kitob, lirik mayl,
komik mayl, matbaa, realistik adabiyot, m ushtaraklik, mazmun, shakl, obraz, voqelik,
ilmiylik, psixologiya, pedagogika, nazariya, voqelik, tasvir, munosabat, idrok, mohiyat,
hodisa, tasnif...
Bolalar adabiyoti so‘z san’ati va tarbiya vositasidir. Kichkintoylar uchun yoziladigan
har qanday badiiy asar ulaming yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos, kitobxonlar qalbida
o‘y-fikr!ar uyg'otadigan, yorqin obrazlarga boy,yuksak g'oyalaiga, ulkan va porloq
ishlaiga ilhomlantiradigan bo'lishi zarur.Eng muhimi mavzular tushunarli, sodda va qiziqarli
tilda ifodalanishi kerak.Bolalar adabiyoti yoshlami imon-e’tiqodli kishilar sifatida va
vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda mustaqil mamlakatimizning qudratli qurolidir.
Faqat chinakam badiiy asarlaigina bolalarga kuchli ta’sir ko'rsatib,ana shu yuksak
talablarga javob bera oladi. Shu sababli bunday kitoblar pedagogik nuqtai nazardan ham
alohida ahamiyat kasb etadi.Bolalar kitobi bu vazifani bajarishda badiiy tilga suyanadi.
Adabiy asarning tili uning g'oyaviy mazmunini aniq va ifodali ochib berish vositasidir.
Yaxshi, aniq, ravon, obrazli, boy til bilan yozilgan asar yozuvchining
maqsad va fikrlari ni kitobxonlarga tez va oson yet kazadi.Alisher Navoiy «Mahbubul
qulub»da tilni «ko'ngil xazinasining qulfi», deb ta'riflaydi. Buyuk shoir kishilami qisqa va
mazmunli, chuqur mantiq bilan so'zlashga chaqiradi. Bu talab, shubhasiz, bolalar
yozuvchilariga ham taalluqlidir.Bolalar yozuvchisi sodda, ravon, qiziqarli va mazmundor
qilib yoza bilishi kerak. Buning uchun esa u xalq tilini puxta bilishi lozim. Ravon til
bilan yozilgan badiiy asarlar kitobxonning nutqiga ham katta ta’sir ko'rsatadi,so'z boyligini
oshiradi.Bolalar yozuvchilarining eng yaxshi kitoblari yosh avlodni hayotga to'g'ri
munosabatda bo'lishga o'rgatadi, ona-diyorimizga, mehnatga muhabbat,
zamonamizga sadoqat ruhida tarbiyalaydi, ulami yurtimizning munosib farzandlari
bo'lishga chaqiradi. Kitob bolaning dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi,
xarakterini taibiyalaydi. Um-fanga muhabba^ni oshiradi. Kitob alqimizning o'tmishi, ilg'or
madaniyatimiz, fan va texnikamiz yutuqlari bilan tanishtiradi, faxr-iftixor tuyg'ulanni
o'stiradi.Bugungi kunda qudratli qurol bo'lgan adabiyotdan keng foydalanmay turib, yangi
jamiyat quruvchisini har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalash mumkin emas.Bolalar
kitobxonligini o'quvchilarning pedagogik-psixologik
xususiyatlariga ko'ra uruhlarga ajratish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: