Samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti maktabgacha ta`lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi roʻyxatga olindi


badiiy obrazning ham, voqelikning ham aniq-tiniqligi, ko`rimliligi



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/178
Sana23.05.2023
Hajmi5,04 Kb.
#942758
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   178
Bog'liq
980a97b329243b1218de368664888683 ONA TILI VA BOLALAR ADABIYOTI

badiiy obrazning ham, voqelikning ham aniq-tiniqligi, ko`rimliligi.
Bu xususiyat 
bolalar tafakkurining predmetliligi, aniqligi va ko`rimlilikka asoslanishi natijasidir. 
K.Chukovskiyning «Ikkidan beshgacha» kitobida keltirilgan tubandagi misol,jumladan, 
xarakterlidir: Dashtni ilk bor ko`rgan bola uning qanday atalishini so`rasa, otasi «pusto`nya» 
deb javob beribdi. «Hech vaqosiz, ship-shiydon maydon» ma`nosidagi bu tushunchani bola 
idrok qilolmabdi. Chunki bu mavhum tushuncha bo`lganligidan bola uni anglashga qodir 
emasdi. Har qanday mavhumlik bola idrokiga, tasavvuriga sig`maydigan hodisadir. Buning 
ustiga otasi dasht deb atagan maydon har xil o`simliklar bilan qoplangan, ularning butalari 
yo erga yopishgan, yo erdan tikkasiga ko`tarilgan. Bola ularni ko`rib turibdi, shu zahotiyoq 
o`z tushunchasiga moslashtirib, analogiya usulida o`zicha so`z yasab, ko`rib turgan 
maydonini «kusto`nya»-«butazor», deb atabdi. Bola fikrlashiga xos bunday aniqlik va 
predmetlilik badiiy obrazning ham aniqligini, predmetlilik asosida ko`rimli va ko`zda 
chalinarli bo`lishini taqozo etadi. K. Chukovskiy e`tirof etganidek, bolalar uchun yozilgan 
har bir satr mazmuni asosida rasm chizish mumkin bo`lmog`i shart. G‘afur G‘ulomning 
«O‘ylashni o`rganamiz» she`rida eng mavhum hodisa ham o`yin shaklida o`ziga xos 
ko`rimlilik kasb etgan, shu vajdan bu she`r har bir kichkintoyni zavqlantira oladi, eng 


42 
muhimi, 
tushunarlidir. 
S.Jo`ra, 
Q.Muhammadiy, 
A.Muxtor, 
Sh.Sa`dulla,H.Nazir, 
X.To`xtaboev, T.Adashboev, S.Barnoev, M.A`zam, A.Obidjon va boshqalarning bolalarga 
atagan aksariyat asarlari ana shunday fazilatga ega. 
b
)Hikoya qilishda lirik yoki komik maylning kuchliligi
.
V.G.Belinskiy bolalar 
adabiyotining asosiy xususiyati-uning emotsionalligi, deb ko`rsatib, bolalar kitobi «samimiy 
hislarga to`lib-toshmog`i» lozimligini qayta-qayta ta`kidlagan edi. Hissiyotning samimiyligi 
faqat lirika uchungina emas, balki yumorga ham xos fazilatdir. Zotan, «quvnoq yumor», 
«beozor yumor» iboralari zamirida yumorga xos samimiyat tuyg`usi zuhur topgandir. 
N.G.Chernishevskiy ana shularni hisobga olib, bolalarga mo`ljallangan badiiy asarda «O, 
qanday dahshat?!» yoki «Bay-bay, muncha yaxshi!» YOinki, «Ey, muncha kulgili!?» 
kayfiyatlarini qo`zg`ovchilik alomatlari bo`lmasa, yosh kitobxonlarni to`lqinlantira olmaydi, 
deb hisoblar edi. Ruhshunos olimlar o`tkazgan tajribalar ham bugungi kunda bolalar 
xotirasida lirik ko`tarinkilik yoki quvnoq yumorga sug`orilgan holda tasvirlangan voqealar 
mustahkam muhrlanishini, uzoqroq yashay olishini tasdiqladi. Zotan,hikoya qilishda lirizm 
qancha chuqur yoki yumor qancha yorqin va quvnoq bo`lsa, estetik ta`sirchanligi, 
hayajonbaxshligi ham shuncha chuqur va samimiy bo`ladi. G‘. G‘ulomning «Shum bola» 
asarini kulmay turib, o`qib bo`lmasligi siri shundadir. H.Nazirning «Yonar daryo», 
X.To`xtaboevning «Besh bolalik yigitcha» asarlarida lirik mayl ustun bo`lsa, «Sariq devni 
minib» va «Sariq devning o`limi» dilogiyasida, «Sehrgarlar jangi, yoxud, «shirin qovunlar 
mamlakati» romanida, shuningdek, Anvar Obidjonning quvnoq she`rlari, qissalari va 
pesalarida yumoristik ruhning ustuvorligi sezilarlidir. 
v) 

Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish