O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. A. Ikramov, G. N. Davranova, A. A. Ikramova


-rasm. Buyuk Britaniya ta’lim tizimining asosiy bosqichlari



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/109
Sana22.05.2023
Hajmi5,01 Kb.
#942424
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   109
Bog'liq
QIYOSIY PEDAGOGIKA O\'QUV QO\'LLANMA yangi

2.1-rasm. Buyuk Britaniya ta’lim tizimining asosiy bosqichlari. 
Buyuk Britaniyada ta’lim tizimi quyidagi to‘rt bosqichga bo‘linadi:

boshlang‘ich ta’lim (Elementary shool) – 5–11 yoshdagi bolalar;

o‘rta ta’lim (Secondary school) – 11–16 yoshdagi bolalar va o‘smirlar; 

keyingi ta’lim (Further school) – 16–18 yoshdagilar; 

oliy ta’lim (Higher education) – 18 yoshdan yuqori bo‘lgan talabalar.
2
2
2 Вяземский Е.Е. Современная система образования в Великобритании. // Журнал «Проблемы 
современного образования». 2010, № 6. 3 
Buyuk Britaniyada ta'limning ijtimoiy modellari. 


27 
Ba’zi adabiyotlarda Buyuk Britaniyaning ta’lim tizimi quyidagi bosqichlarga 
ajratgan holda tadqiq qilingan: maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, umumiy 
o‘rta ta’lim, keyingi ta’lim tizimi va oliy ta’lim.
Buyuk Britaniyaning ta’lim tizimi ma’muriy jihatdan va an’analarga binoan 
quyidagi uch tizim osti guruhlarga bo‘linadi:
1) Angliya va Uels; 
2) Shimoliy Irlandiya; 
3) Shotlandiya ta’lim tizimlari. 
Ta’kidlash lozimki, Angliya va Uels hamda Shimoliy Irlandiyaning ta’lim 
tizimlari bir-biridan unchalik ko‘p farq qilmaydi. Biroq, Shotlandiyaning ta’lim 
tizimi o‘ziga xos an’analari va xususiyatlariga ega.
Angliya va Uelsda ta’lim 5 yoshdan boshlanadi va 11 yoshgacha bolalar 
boshlang‘ich maktablarda yozuv, o‘qish va arifmetika bo‘yicha o‘z saviya va 
ko‘nikmalarini shakllantiradilar. 11 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar o‘rta 
maktablar (umumta’lim – comprehensive schools, fanlarni chuqurroq o‘rgatuvchi 
maktablar - grammar schools va maxsus o‘rta maktablarda - secondary modern 
schools) o‘qishni davom ettiradilar. 16 yoshga to‘lgandan keyin esa yoshlar 
yuqorida qayd etilgan tartiblarda ish tutishlari mumkin bo‘ladi.
Shotlandiyada esa bolalar boshlang‘ich maktablarida 4 yoshdan boshlab 12 
yoshgacha o‘qiydilar. So‘ng deyarli barcha o‘quvchilar 6 yil umumta’lim maktab 
(Comprehensive schools)larida ta’lim oladilar. Tog‘li hududlarda esa o‘qituvchilar 
yetishmovchiligi bois o‘quvchilar 4 yil o‘qib, keyin o‘qishlarini bi ron-bir 
umumta’lim maktabiga ko‘chiradilar. Shotlandiyada ko‘plab maktablar ta’lim 
kengashlariga qarashli bo‘lib, ular o‘z kengashlari tomonidan moliyalashtiriladilar. 
Bir qancha (19ta) maktablar ta’lim grantlari asosida moliyalashtirilib, ko‘ngilli 
tashkilotlar tomonidan boshqariladi. Bolalarning ota-onalari o‘z ovoz berish orqali 
ba’zi maktablarni mahalliy kengashlarning moliyalashtirishidan departament 
tomonidan moliyalashtirishga o‘tkazishlari mumkin. Shimoliy Irlandiyada esa 
bolalar 4 yoshdan 11 yoshgacha boshlang‘ich maktabda ta’lim oladilar. O‘rta ta’lim 
maktablari o‘quvchilarning diniy mansubligi va qobiliyatiga binoan tashkil etilgan. 
«Nazoratdagi maktab (Controlled schools)» to‘liq hukumat tomonidan 
moliyalashtiriladi. «Ko‘ngillilar maktabilar (Voluntary schools)»ning ma’lum qismi 
turli ko‘ngilli tashkilotlarga, ko‘p qismi esa cherkovlarga qarashli bo‘lib, ular turli 
xayriya fondlari tomonidan moliyalashtiriladi. «Ko‘ngillilar maktablari»ning bir 
qismi nasroniylar maktablari bo‘lib, ular Shimoliy Irlandiyaning ta’lim 
departamentidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri subsidiyalar oladilar.
Shuningdek, Buyuk Britaniyada oddiy o‘rta maktablar bilan birga maktab-
pansionatlari (Boarding schools) keng tarqalgan. Bunday maktablarda o‘quvchilar 8 
yil davomida yashab, o‘qiydilar. Ular faqat ta’tillarni o‘z uylarida o‘tkazadilar. 
Maktab–pansionatlarda ish yuzasidan ko‘plab xizmat safarlarida bo‘ladigan va turar 
joylarini bir yerdan boshqa yerga ko‘chirib turadigan ota-onalarning farzandlari 
tahsil oladilar. Buyuk Britaniyada pansionatlar uzoq davrlardan buyon faoliyat 
ko‘rsatib kelmoqda. Ular xizmatidan o‘ziga to‘q, yuqori darajadagi nufuzga ega 
bo‘lgan oilalar farzandlari ham foydalanadilar. Mamlakatda ikki turdagi, ya’ni 


28 
mustaqil va xususiy (Independent and Private Boarding Schools) pansionatlar 
faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Buyuk Britaniyaning ta’lim tizimida o‘rta umumtalim asosidagi «Keyingi 
ta’lim» tizimi alohida ahamiyatga ega. Bu mamlakatda «Keyingi ta’lim» bizning 
tushunchamizdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarimizni anglatuvchi ta’lim 
tizimining tarkibiy qismidir. Mazkur ta’lim tizimi turli kollej, o‘quv markazlari va 
institutlarni qamrab olgan tizim bo‘lib, bu ta’lim muassasalari turli kasbiy-texnik va 
oliy darajadagi mutaxassislarni tayyorlaydilar. Buyuk Britaniyaning «Keyingi 
ta’lim» tizimida hammasi bo‘lib 700 ga yaqin ixtisoslashgan kollejlar mavjud.
Ularda 16-18 yoshdagi o‘quvchilar ishlab chiqarishdan ajralmagan holda 
tahsil oladilar. Bulardan tashqari «keyingi ta’lim» tizimida 7000 dan ko‘proq tungi 
institut va katta yoshdagilarni o‘qitish markazlari faoliyat yuritadi. Bu o‘quv 
muassasalari turli mutaxassisliklar bo‘yicha kadr tayyorlaydilar va yoshi 
kattalarning kasbiy ma’lumoti, malaka va madaniy darajasini oshirishga xizmat 
qiladi. Buyuk Britaniyadagi barcha «keyingi ta’lim» muassasalari faoliyati mahalliy 
organlar tomonidan nazorat qilinadi. Albatta tizimdagi qirol xartiyasiga ega bo‘lgan 
ta’lim muassasalari bundan mustasnodir. 60-yillarda «keyingi ta’lim» tizimida qator 
o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu tizimdagi ta’lim muassasalariga akademik darajalarni 
berish huquqi berildi, ya’ni endilikda texnik va tijorat kollejlari huzuridagi 
politexnik ta’lim muassasalarida o‘qib, oliy ma’lumotga ega bo‘lish imkoniyati 
yaratildi.
O‘z navbatida kasbiy tayyorgarlik 4 darajadan iborat: (turdosh ishlarni 
bajaruvchi (1-daraja), mustaqil va mas’uliyat bilan ish bajaruvchi (2-daraja), 
murakkab va o‘xshash ishlarni bajaruvchi (3-daraja), maxsus xususiy topshiriqlarni 
bajaruvchi (4-daraja).
Britаniya оliy tа`limi o‘zining sifаti bilаn mаshhurdir. Оliy o‘quv yurtlаri 3 
turgа bo‘linаdi: 


Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish