G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/203
Sana19.05.2023
Hajmi6,42 Mb.
#941315
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   203
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

 
8.1
6-rasm.Burchak qiymatlari ichki ko`rinish sxemasi 
Teodolitni nuqtaga markazlashtirish uchun uni o’rnatish vinti uchidagi 
ilgakka shovun osiladi, so’ngra shtativ nuqta ustiga aniq gorizontal holatda, shovun 
taxminan nuqtaga to’g’ri keladigan qilib o’rnatiladi, shtativ oyoqlari yerga botiriladi. 
O’rnatish vinti burab bo’shatiladi va asbobni shtativ ustiga surib, shovun joydagi 
nuqtaning markaziga to’g’ri keltiriladi, keyin o’rnatish vinti burab 
mahkamlanadi. Teodolit shovun yordamida ±5 
mm
aniqlikda markazlashtirilishi 
mumkin, bundan aniqroq markazlashtirish uchun optik shovundan foydalaniladi.
Teodolit aylanish o’qini vertikal holatga keltirish uchun teodolitning gorizontal 
doirasidagi adilak o’qi taglikdagi ikkita ko’tarish vintiga nisbatan parallel vaziyatga 


119 
keltiriladi, adilak pufakchasi naychaning qoq o’rtasiga kelguncha ko’tarish vintlari 
qarama-qarshi tomonga buriladi. Agar teodolitda ikkinchi adilak bo’lsa, taglikning 
uchini ko’tarish vintini burab uning pufakchasi ham naycha o’rtasiga keltiriladi. 
Agar bitta adilak bo’lsa, uning pufakchasi ikkita ko’tarish vinti yordamida o’rtaga 
keltirilgach, alidadani taxminan 90 
o
burib, adilakning o’qi taglikdagi uchinchi 
ko’tarish vintiga parallel qilinadi; so’ngra ko’tarish vintini burab, adilak pufakcgasi 
yana o’rtaga keltiriladi.. aylanish o’qi aniq vertikal holatga kelguncha bu ish ikki 
uch marta takrorlanadi. Teodolitning aylanish o’qini vertikal holatga keltirish 
teodolitni nivelirlash deb ham yuritiladi.
8.1-jadval 
Gorizontal burchakni priyomlarga bo’lib o’lchash jurnali 
Asbob 
o’rnatilga
n nuqtalar 
nomeri 
Kuzatilga
n nuqtalar 
nomeri 
Vernyerdan 
olingan 
sanoqlar 
O’rtacha 
sanoq 
Burchakla
r qiymati 
Burchaklarnin
g o’rtacha 
qiymati 

II 


168
o
26
’ 

27
’ 
168
o
26’30
2
73
o
34’30” 
73
o
35’ 

94
o
52 
52
’ 
94
o
52’ 


36
o
55’ 

57
’ 
36
o
56’ 
73
o
35’30” 

323
o
20
’ 
21
’ 
323
o
20’30



120 
Qarash trubasini joydagi buyum ravshan ko’rinadigan qilib moslash uchun 
truba orqali yorug’ fonga, masalan, osmon yoki oq devorga qaratiladi va truba iplar 
to’ri yaqqol ko’rina boshlanguncha okulyar aylantiriladi; keyin joydagi buyum aniq 
ko’ringunga qadar kramelyera vinti aylantiriladi. Trubani bunday sozlashga 
fokuslash deyiladi. Teodolit shu tarzda ishga taxt qilib qo’yilganidan so’ng 
burchakni o’lchashga kirishiladi. Gorizontal burchak priyomlarga bo’lib o’lchanishi 
va takrorlash usulida o’lchanishi mumkin.
Priyomlarga bo’lib o’lchash usuli. Gorizontal burchakni (8.16- rasmda ABC 
burchak) bu usulda o’lchashda (
B)
nuqtaga teodolit (AvaC) nuqtalarga esa nishon 
tayoqlar, ya`ni vexalar o’rnatiladi. Teodolit yuqorida aytib o’tilgan tartibda 
o’rnatilib sozlangandan keyin: 
a) teodolit o’rnatilgan nuqtadan o’ng tomondagi – (
C) 
nuqtadagi vexaga 
truba orqali qaraladi. Bu vaqtda gorizontal doira limbning mahkamlash vinti burab 
mahkamlangan, alidada va trubaning mahkamlash vintlari burab bo’shatilgan 
bo’lishi kerak. Vexa trubadan ko’ringach, alidada va trubaning mahkamlash vintlari 
burab mahkamlanadi. So’ngra iplar to’rining kesishgan nuqtasi yo’naltirish vintlari 
yordamida vexaning tubiga to’g’rilanadi va vernyerlardan sanoq olinadi. Burchak 
o’lchashda metall limbli teodolitlardan foydalanilganda uning I vernyerdan gradus, 
minut va sekund, II vernyerdan esa faqat minut va sekund, optik teodolit 
ishlatilganda sanoqlar shkalali yoki shtrixli mikroskopdan olinadi. Olingan sanoqlar 
jurnalda nuqtaning qarshisiga yoziladi (8.1-jadval). Jurnalning birinchi ustuniga 
teodolit o’rnatilgan nuqtaning, ikkinchi ustuniga esa kuzatilgan nuqtaning tartib 
raqami yoki nomi yoziladi. Vernyer yoki mikroskopdan olingan sanoqlar jurnalning 
uchinchi va to’rtinchi ustunlariga yoziladi. Burchako’lchanayotganda vertical doira 
trubaga nisbatan qaysi tomonda bo’lsa, sanoqlar ustiga o’sha tomon yoziladi; 
masalan, doira o’ngda (R) yoki doira chapda (L);
b) qarash trubasi orqali (
A) 
nuqtadagi vexaga qaraladi. Bunda alidadaning 
mahkamlash vinti bo’shatilib, truba (
A)
nuqta nuqta tomon buriladi; trubadan vexa 
ko’ringach, alidada va trubaning vintlari burab mahkamlanadi. Iplar to’rining 
kesishgan nuqtasi yo’naltirish vintlari yordamida vexa tubiga to’grilanadi va 


121 
yuqoridagi kabi, vernyerlardan sanoqlar olinadi. Bu sanoqlar ham jurnalning 
uchinchi va to’rtinchi ustunlariga, (
A)
nuqtaning qarshisiga yoziladi;
c) vernyerlardan olingan sanoqlarning o’rtacha arifmetik miqdori topilib, 
jurnalning beshinchi ustuniga yoziladi. Bunda faqat minut va sekundlarning o’rtacha 
miqdori topiladi, graduslar esa ko’chirib yoziladi; 
d) o’ng tomondagi nuqtaga qarab olingan o’rtacha sanoq (
a
) dan chap 
tomondagi nuqtaga qarab o’rtacha olingan sanoq (
b
) ayrilgach gorizontal 
burchakning qiymati kelib chiqadi (β=
a-b
). Chap tomondagi nuqtaga qarab olingan 
sanoq o’ng tomondagi nuqtaga qarab olingan sanoqdan kichik bo’lgan taqdirda 
burchakning qiymatini topish uchun o’ng tomondagi sanoqqa 360
o
qo’shiladi. 
Hisoblab chiqarilgan burchakning qiymati jurnalning oltinchi ustuniga yoziladi; 
e) burchakning to’gri o’lchanganligini tekshirib ko’rish va trubaning 
kolliminatsion xatosini yo’qotish maqsadida burchak ikkinchi yarim priyomda 
o’lchanadi. Bunda vertikal doira o’ng tomonda bo’lsa- chapga, chap tomonda bo’lsa 
- o’ng tomonga o’tkaziladi, ya`ni truba zenit bo’yicha 180
o
aylantiriladi. Limbdan 
sanoq olishda qo’pol xatoga yo’l qo’ymaslik uchun limb doirasining o’rni 
o’zgartiriladi ya`ni limbning mahkamlash vinti bo’shatilib doira taxminan 90
o
buriladi va vint yana mahkamlab qo’yiladi. 
Burchakni ikkinchi yarim priyomda o’lchash 
ham 
yuqoridagi 
tartibda 
bajariladi. 
Burchakning 
ikkinchi 
yarimi 
priyomda 
o’lchash to’liq priyomni tashkil qiladi; 
f) ikkinchi marta yarim priyomda 
o’lchab olingan natijalar ayirmasi vernyerning 
ikkilangan aniqligidan kam bo’lsa burchak 
to’g’ri o’lchangan, undan katta bo’lsa- 
noto’g’ri o’lchangan hisoblanadi. Agar 
burchak to’g’ri o’lchangan bo’lsa burchaklar 
qiymatining o’rtachasi topilib, jurnalning yettinchi ustuniga yoziladi. Noto’g’ri 
o’lchangan burchak qayta o’lchanishi lozim. 
 

Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish