‘z b e k ist o n r esp u b L ik a si oliy va 0 ‘rta maxsus ta’l im V a zir L ig I


 -§ . „Jamiyat va iabiat“ tizimidagi global muammolar



Download 7,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/295
Sana19.05.2023
Hajmi7,77 Mb.
#940670
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   295
4 -§ . „Jamiyat va iabiat“ tizimidagi global muammolar
Kishilik jamiyatining tabiat bilan m unosabatlari va ularning 
ifodasi b o ‘lgan faoliyat turlari g‘oyat xilma-xildir. U lar ichida 
belgilovchisi moddiy ishlab chiqarish faoliyati hisoblanadi. Bu 
faoliyat tufayli sayyora qiyofasi shunday o ‘zgardiki, oqibatda bir 
qator jiddiy m uam m olar kelib chiqdi. Ular — 
ekologik m uam ­
m olar
deb atalmoqda.
Ekologik m uammolarning birinchisi — biosfera tabiiy jara- 
yonlari uch u n xosdir. M asalan, v u lq o n lar o tilish id an hosil 
bo'ladigan o ‘zgarishlar natijasida global miqyosda zararlar kelib 
turadi. Ekotizimda muvozanat tezroq tiklansa-da, lekin ularning 
oqibatlari hiyla vaqt bilinib turishi mumkin. Ekologik falokatlaming 
ikkinchi shakli — tabiiy h o d isalarb o ‘lib, u inson faoliyati ta ’sirida 
yuz beradi.
XX asr boshlaridan, ayniqsa, uning ikkinchi yarmi davomida 
ekologik falokatlar soni ko‘payib bormoqda. Agar 60-yillarda inson 
va atrof muhit uchun xavfli oqibatlar keltirgan 45 ta yirik ekologik


falokat yuz bergan bo ‘lsa, 80-yillarda bularning soni 80 ga yetdi. 
Ekologik muammolar rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda 
birday uchraydi. Ayni vaqtda Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasi 
mintaqalarida birinchi turkumdagi ekologik muammolar uchrasa, 
sanoati rivojlangan Yevropa, Shimoliy Amerika kabi mintaqalarda 
ikkinchi turkumdagi, ya’ni texnologik falokatlar oqibatlari uchraydi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda ham bu turkum muammolar asta- 
sekin paydo b o ‘lib borm oqda. C hunki, texnikaviy ravnaq bu 
mamlakatlar hayotiga qanchalik tez kirib borsa, undan oqilona 
foydalanish talabi shunchalik o ‘tkir bo ‘lib bormoqda.
Inson ishlab chiqarish faoliyatining umumbashariy xarakteri 
bilan bog‘liq quyidagi ekologik o ‘zgarishlar sodir bo'lm oqda:
1. Yer yuzidagi o ‘rm onlar hajmi har yili 11 mln gektarga 
qisqarib bormoqda. Osiyo va Lotin Amerikasi tropik mintaqalaridagi 
o ‘rmonlarda esa, yangilanib turadigan o'simlik resurslarining asosiy 
zaxiralari to ‘plangan. Bundan tashqari, Sayyoramizning boyligini 
tashkil etgan bu o ‘rm onlar biosfera a n ’anaviy „Planeta o ‘pkasi“ 
funksiyalarini saqlab qolishda katta ahamiyatga ega. 0 ‘rmon zaxiralari 
faqatgina xomashyo manbayi emas, balki ular tabiiy suv aylanishini 
ham t a ’m inlaydiki, o ‘rm onlardagi suv bu g ‘lanishi hisobiga 
yog‘ingarchilikning 1/2 qismidan ko‘prog‘i to ‘g‘ri keladi. Bu esa, 
tuproq yuzasiga m a’tadil ta ’sir ko'rsatadi, oziqa boiadigan m ine­
ral moddalarning tiklanib turishi ta ’minlanadi.
2. Rivojlangan mamlakatlardagi 31 mln gektarga yaqin yerlar 
„kislotali yomg‘ir“lardan zararlangan va bug‘langan. Bu ,,yom- 
g‘irlar“ biosferada tez tarqalib, o ‘rmonlarga salbiy ta ’sir etadi, 
barglari sarg‘ayib tushib ketgan daraxt oqibatda halok b o ‘ladi. 
Zararlangan daraxtlarning fiziologik kuchsizlanganligi natijasida 
o ‘simlikxo‘r hasharotlar ko‘payishi uchun qulay sharoit yaratiladi. 
Kislotali yog'ingarchilik havo va suvni zaharlashi tufayli kishilarda 
yurak, o ‘pka, oshqozon-ichak kasalliklari avj oladi va allergiyaga 
moyillik kuchayadi.
Tuproq eroziyasi tufayli ishlanadigan yer m aydonining 26 
mln gektarida har yili hosildorlik pasayib bormoqda. Suv va havo 
eroziyasidan AQSHda har yili 3,1 mlrd tonnagacha unum dor 
tuproq ishdan chiqm oqda. Bu — yetishtirilgan bir tonna bug'doy 
hisobiga 6 tonna tuproq yo‘qotilishini bildiradi. Shuning uchun 
A Q SH da dehqonchilik ixtiyoriy qisqartirilib, yer zaxiralarini 
saqlaydigan fermerlarga har yili har bir akr (0,4 ga) yer uchun
48 dollar to ‘lanishi to ‘g ‘risida qonun qabul qilingan.
248


3. XX asrning ikkinchi yarmida „katta qurg‘oqchilik“larning 
tez-tez bo‘lib turishi natijasida cho'llar maydoni yiliga 6 mln gektarga 
kengaydi. Natijada, o‘simlik va hayvonot olamida salbiy o‘zgarishlar 
yuz bermoqda. Ilgari ch o ‘llar hosil b o ‘lishi faqat tabiiy yo‘l bilan 
yuz bergan b o ‘lsa, endilikda insonning o ‘rmonzorlarga o ‘tka- 
zayotgan ta ’siri, o ‘rm on va qishloq xo'jaligiga yaroqli yerlar 
nisbatining buzilishi, aholining tinimsiz ko‘payishi natijasida sun’iy 
tarzda sodir bo‘lmoqda.
4. Sanoatlashgan mamlakatlardagi minglab ko‘llar biologiyaviy 
o ‘lik holga kelib qolmoqda. H ar yili jahon suv havzalariga 32 kub 
km tozalanmagan sanoat oqava suvlari kelib tushm oqda. Turli 
m aqsadlar uchun suvga b o ‘lgan ehtiyoj tobora oshib borishi 
natijasida, suv sarfi ham shunga yarasha ko‘payib borm oqda. 
Afrika, Shimoliy Amerika va boshqa qator m intaqalarda yer osti 
suvi manbalari kamayib, sifati keskin yomonlashib bormoqda.
5. Atrof muhitga antropogen ta ’sir etish, uni texnogen bul- 
g‘ash oqibatida hayvonot va o‘simlik olami uchun jiddiy xavf yuzaga 
keldi. H ar yili ko‘plab hayvon va o ‘simlik turi yo‘qolishi oqibatida 
20 yildan so‘ng mavjud turlarning beshdan bir qismi batam om 
barham topishi mumkin. Bu esa, hayvonot va o'sim lik olami 
genofondining qisqarishigagina olib kelmay, Yer biosferasida oqibati 
jiddiy bo‘lgan o'zgarishlarni keltirib chiqaradi.
6. Yer yuzidagi ekologik o‘zgarishlar oqibatida 2050-yilga borib 
atmosferadagi o'rtacha harorat 1,5—4,5 darajagacha ko'tarilishi 
kutilayotir. Atmosfera yuqori qismlarida ozon qatlami siyraklanib, 
Antarktida va Arktika ustidagi ,,tuynuklar“ kengayib bormoqda. Ozon 
qatlam ining yemirilishi natijasida, barcha jonli mavjudotlarga 
halokatli ta ’sir etadigan quyosh radiatsiyasi nurlari uchun yo‘l 
ochilib, ekologik falokatlar (o ‘simliklarda fotosintez jarayonining 
qisqarishi, konserogen m o d d alar t a ’sirida kelib chiqadigan 
kasalliklarning ko‘payishi va h.k.) ro‘y berishi mumkin.
7. Tabiatda inson sog'ligi uchun xavfli b o ‘lgan m etallar va 
ular birikm alarining yig‘ilib qolishi tufayli zam ondoshlarim iz
tanasida, ibtidoiy odam lardagiga qaraganda, kadm iy (yurak 
kasalliklarining sababchisi) 70 m arta, q o ‘rg‘oshin (ateroskleroz 
va buyrak kasalliklari sababchisi) — 10, simob (asab kasalliklarini 
chaqiruvchisi va gepatik o ‘zgarishlar sababchisi) — 19 m arta ko‘p 
to ‘plangan.Havoni bulg‘ovchi m oddalarning soni 100 dan ortadi, 
ularning ko ‘pi zaharli, b a’zilari esa, konserogen xususiyatlarga 
egadir.
249



Download 7,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish