‘z b e k ist o n r esp u b L ik a si oliy va 0 ‘rta maxsus ta’l im V a zir L ig I


Falsafaning jamiyat hayoti va taraqqiyoti uchun ahamiyatli



Download 7,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/295
Sana19.05.2023
Hajmi7,77 Mb.
#940670
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   295
Falsafaning jamiyat hayoti va taraqqiyoti uchun ahamiyatli
tomonlaridan yana biri — adolatparvarlikdir.
Inson bu yorug1 olamga bir m arta keladi. Shu sababli inson 
qadri-qim m atini ulug‘lash, m anfaatlarini, huquqlarini himoya 
qilish ham jamiyat taraqqiyoti masalalariga falsafiy qadriyatlardan 
kelib chiqib oqilona, odilona yondashishning asosiy shartlaridan 
biridir. Jam iyatda inson h aq q i-h u q u q larin i him oya qilishga 
qaratilgan k o ‘plab qon u n lar mavjud. Asosiy gap — ularning 
borligida emas, balki qanday va qay darajada amalga oshiri- 
layotganidadir. D em okratik davlat, fuqarolik jam iy atin i ham
ijtimoiy adolat mezonlari to ‘la tantana qilayotgan mamlakatdagina 
barpo etish mumkin.
Falsafiy tafakkur muttasil haqiqatni izlash, jamiyat hayotidagi
barcha jarayonlarni, fan yutuqlari natijasida qo‘lga kiritilgan
yangiliklarni mutlaqlashtirmaslikdir.
28


Faylasuflar jamiyat hayotidagi har bir tartibot tizimiga, ijti­
moiy, iqtisodiy, siyosiy m unosabatlarning shakllariga, ilmiy kash- 
fiyotlarga „Bu nima uchun shunday?“ , „Bundan yaxshiroq bo‘lishi 
mumkin em asm i?“ , degan savollar asosida yondashadi. Jamiyat 
hayoti va ta ra q q iy o tid a , fa n la r so h asid a b u n d a y sav o llar 
qo ‘yilmagan zam onlar bo ‘lmagan. Bu savollarga javob insoniyat 
taraqqiyotining yangi y o ilari, shakllari, imkoniyatlarini izlashni 
taqozo qiladi. Zero, ularga javob topishga qaratilgan amaliy 
jaray o n lar jam iyat, fan-texnika taraqqiyoti, inson m a’naviy 
kamolotining asosiy sabablaridandir.
Faylasuflarning mustaqil, ijodiy fikrlashlari, ya’ni fikr erkinligi
ham bu fanning jamiyat taraqqiyotiga ta’sirini kuchaytiradigan
sabablardandir.
M uam m oni aniqroq tushunish uchun XIX asrda yashagan 
rus faylasufi Speranskiyning quyidagi fikrlarini keltirish mumkin: 
,Rossiyadagi erkin kishilarni uch guruhga bo ‘lish mumkin. Bular —
daydilar, qashshoqlar va faylasuflardir“. 
Bu o'xshatish qo'polroq 
bo‘lsa ham, unda m aiu m haqiqat bor. Daydining erkinligi shundaki, 
uning uyi, joyi yo‘q, qayerda boshpana bo‘lsa, u o ‘sha yerda bemalol 
yashayberadi. Qashshoq uchun esa, qayerda qorni to ‘ysa, o ‘sha 
joy jannatm akon b o iib k o iin a d i. Faylasufning erkinligi — fikr 
erkinligidir, ijodiy o ‘ylash mustaqilligidir.
Haqiqiy faylasuflar barcha zamonlarda ham o'zlari yashayotgan 
davrlardagi turg‘un aqidalar, avtoritar ko‘rsatmalar, siyosiy anda- 
zalar chegarasidan chiqib, erkin, mustaqil o ‘ylashga, fikrlashga 
harakat qilganlar. Fikr qaramligi, tafakkur qulligi barcha davrlarda 
ham falsafa taraqqiyoti yo‘lidagi asosiy g‘ov bo'lgan. Erkin fikrlash
— inson o ‘z iymoni, e ’tiqodiga tayanib, aqidaparastlik, siyosiy 
mutelik iskanjalaridan qutulib, mustaqil o'ylashi, fikrlashi, keng 
qamrovli, xolis um um iy xulosalar qila bilishidir. Faqat erkin, 
m ustaqil tafakkurgina jam iyat hayotida b o ig a n , b o iay o tg an
hodisalarni bir-biri bilan bog'lab, um um lashtirib, ertangi kunni 
oldindan ko‘rishga imkon beradigan xulosalar qilishga y o i ochadi. 
Jamiyat taraqqiyoti, inson m a’naviy kamolotiga zamin yaratib 
beradigan teran falsafiy g‘oyalar faqat shu y o i bilan yuzaga kelishi 
mumkin.
Aqidaparastlik, avtoritar qarashlar, siyosiy andazalar ta ’siri 
ostida qolib ketgan faylasuflar ilg‘or g‘oyalarni yaratish imkoniga 
ega emaslar. Ularning fikrlari, xulosalari konkret bir davrda ko‘klarga 
k o iarib maqtalsa ham, vaqt o ‘tishi bilan butunlay ahamiyatini
29


yo‘qotadi. Erkin fikrlash imkoniga ega bo'lm agan kishi haqiqiy 
faylasuf bo ‘la olmaydi. Erkin o ‘ylash, fikrlash imkoni bo'lm agan 
jamiyatda falsafa fan sifatida rivojlana olmaydi. Shuning uchun ham 
qadimgi dunyoning buyuk faylasuflaridan biri Seneka: 
„Inson
haqiqiy erkin bo ‘lishi uchun falsafaga qul bo ‘lishi kerak
degan 
xulosaga kelgan edi.
Darhaqiqat, jahon tarixidagi barcha yirik faylasuflar — siyosiy 
g‘oyalar iskanjasini yorib chiqib, mustaqil, ijodiy xulosalar qilgan, 
yangi ta ’limotlar yaratgan kishilardir.

Download 7,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish