Сборник докладов республиканской научно-методической конференции вопросы применения современных систем и технологий


RUS TILI VA ADABIYOTI DARSLARIDA INTERFAOL USULLARDAN



Download 4,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/192
Sana16.05.2023
Hajmi4,83 Mb.
#939330
TuriСборник
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   192
Bog'liq
NIODV16odDrn6UImasWEOZYBtCBrWptH

RUS TILI VA ADABIYOTI DARSLARIDA INTERFAOL USULLARDAN 
FOYDALANISH USULLARI 
Jiyanov O.P., Usmanov A.Sh., Shodmonov J.A., TATU Samarqand filiali
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson manfaatlarini 
mukammal ravishda ro‘yobga chiqarish, xalqimizga farovon turmush tarzini yaratib 
berishdek ezgu maqsadlarga yo‘naltirmoqda. Ushbu vazifalarning qisqa muddatlarda 
muvaffaqiyatli hal qilinishi bugungi kunda nafaqat davlatimiz, balki o‘zimiz 
yashayotgan jamiyatning har bir a‘zosining bu boradagi sobitqadam va ongli faoliyati 
bilan ham bog‗liqdir. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadallik bilan rivojlanishi, 
axborotlar hajmining keskin oshib borishi, turli xil axborot tizimlarining ishlab 
chiqilishi, internet tarmog‗i xizmatlarining ortib borishi, turli ta‘limiy portallarning 
ishlab chiqilishi muhandis pedagogdan AKT sohasida keng bilim va malakaga ega 
bo‘lishni talab etadi. 
O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo‘ygan 
ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma‘rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz. 
Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoev O‘zbekistonning yangi parlamentiga 
murojaatnomasida to‘xtalib o‘tdi. ―Buning uchun, avvalambor, tashabbuskor 
islohotchi bo‘lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali 
yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur‖ deb ta‘kidladi.
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta‘limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasida ―Uzluksiz ta‘lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, 
shuningdek professional kadrlarni tayyorlash, o‘qitish metodikasini takomillashtirish, 
ta‘lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq 
etish‖ kabi muhim vazifalar belgilangan. 
Respublikamizning barcha sohalarda keng ko‘lamli, yuqori natijalarni 
ko‘zlovchi islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘qitish jarayoniga zamonaviy pedagogik 
texnologiyalarning kirib kelishi ana shu o‘zgarishlarning biridir. Endilikda 


383 
o‘qituvchidan ijodkorlik va izlanuvchanlik, dars jarayoniga o‘quvchilarni jalb qila 
olish, shogirdlarining intellektual ongi haqida yaxshi tasavvurga ega bo‘lish talab 
etilmoqda. 
Bularni 
bilish 
uchun 
ustoz, 
eng 
avvalo, 
yangi 
pedagogik 
texnologiyalardan yaxshi xabardor bo‘lishi lozim. 
Demak, har bir pedagog bugungi zamon talabidan kelib chiqqan holda o‘z 
oldidagivazifasini a‘lo darajada bajarishi kerak. Ustoz o‘quvchiga zamon talabiga 
mos dars bera olishi alohida ahamiyatga ega. Buning uchun esa innovatsion jarayon, 
interfaol usullarni ta‘lim tizimiga izchil olib kirib kerak. 
Rus tili va adabiyoti darslarida interfaol usullar qo‘llansa, bolalardagi chet tilini 
o‘rganishga ishtiyoq, ijodkorlikka intilish, his-tuyg‗u, sezgi, idrok faollashadi. Dars 
ruhiyati rus yozuvchilari ijodidan audiolavhalar, sifatli, mazmun-mohiyatiga ko‘ra 
qiziqarli va ta‘sirli tayyorlangan ko‘rgazmalar, slaydlar, hikmatli so‘zlar, maqollar va 
iboralar bilan boyitilsa, o‘quvchilarni his-tuyg‗u orqali bilishga, tafakkur etishga, 
go‘zallikni ko‘ra olishga, borliqqa bo‘lgan munosabatini shakllantirishga xizmat 
qiladi. Quyida mana shunday usullardan bir nechtasini ko‘rib chiqamiz. 
―Muammoli vaziyat‖ usulida
 
asosiy e‗tibor ta‘lim oluvchi o‘quvchilarni 
muammoli vaziyatning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning yechimini 
topish bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratiladi. Bunda muammoli vaziyat 
tavsifi beriladi. O‘quvchilar muammoning hal etish, yechish yo‘llarini ishlab 
chiqadilar, muammoli vaziyatning kelib chiqish sababini aniqlaydilar. Jamoa holatida 
muammoli vaziyat oqibatlari haqida fikr yuritiladi va eng to‘g‗ri yechimlar tanlab 
olinadi. Ushbu usul badiiy matnni tahlil qilish darslarida qo‘l keladi. 
―Tanqidiy fikrlash‖
 
usulida o‘quvchiga muammoli savol beriladi. Masalan, 
A.S.Pushkinning Yevgeniy Onegin she‗riy romanida Onegin va Lenskiy o‘rnida siz 
bo‘lganingizda nima qilgan bo‘lar edingiz? yoki Onegin va Lenskiyning fojiasiga 
qaysi omillarni sabab sifatida ko‘rsatasiz? kabi. So‘ng o‘quvchi o‘z fikrini bayon 
etadi, dalillaydi, gaplarini isbotlaydi, xulosa chiqaradi. Keyin boshqa 2-3 ta 
o‘quvchining ulardan farqli fikrlari tinglanadi. So‘ng birinchi o‘quvchiga qaytiladi va 
uning fikrlari keying do‘stlarining qarashlari bilan solishtiriladi, tanqidiy nuqtai 
nazardan ko‘rib chiqiladi. Shu asosda bir yoki bir nechta masala yuzasidan tanqidiy 
fikrlash asosida muammo yechimini topishga harakat qilinadi. Muhokama yakunida 
o‘qituvchi natijalarni umumlashtiradi va muhokamada faol qatnashgan o‘quvchilarni 
baholaydi. Bu usulning afzalliklari shundaki, o‘quvchilarning ko‘p qismini 
muhokamaga jalb qilish imkoni bor. O‘quvchilarda baxsli savollarni yechish 
jarayonida o‘zgalarni tinglash, muloqot olib boorish, turlicha fikrlarni taqqoslash, 
analitik fikrlash, to‘g‗ri yechimlarni tanlash malakalari hosil bo‘ladi. Erkin muloqot 
muhitida o‘quvchilar zerikmaydi, charchamaydi, ularda baxslashish madaniyati 


384 
shakllanadi, o‘z fikrini va boshqalar fikrini tanqidiy ko‘rib chiqishni o‘rganadi. 
Kamchiligi ko‘p vaqt talab qiladi. 
―Guruhlarda ishlash‖ usuli
 
orqali ham dars samaradorligini oshirish mumkin. 
Bunda sinf o‘quvchilari teng miqdorda ikki yoki uch guruhga bo‘linadi. Har bir guruh 
rus tili grammatikasiga oid ma‘lum bir mavzuga tayyorgarlik ko‘radi. Guruhlar o‘z 
taqdimotlarini namoyish etgach, o‘qituvchi ularni xulosalaydi. Bu usulning afzalligi 
bir dars mashg‗ulotida bir necha mavzuni o‘rganish imkonini beradi. Jamoa bo‘lib 
ishlash har bir o‘quvchida o‘zini namoyon etish qobiliyatini shakllantiradi. 
Ta‘lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish 
bugungi kun talabidir. Darhaqiqat, zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta‘lim 
jarayonining unumdorligini oshiradi, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini 
shakllantirib, ularda bilim olishga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, ilmiy axborotlarni 
mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va 
malakalarini shakllantiradi. Pedagogik texnologiyaga asoslangan ta‘lim jarayonida 
o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyat doirasi aniq belgilanadi, ta‘limni tashkil etishning 
aniq texnologiyasi ko‘rsatildi. Bolaning ongi va tafakkuri ayni shakllanayotgan ta‘lim 
jarayonida o‘qituvchining mahorati, uning pedtexnologiyalarni amaliyotga tadbiq eta 
olishi, ta‘lim berishning yangi-yangi usul va yo‘l-yo‘riqlarini izlashi, ilg‗or 
pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir. Ta‘lim jarayonida 
interaktiv metodlardan foydalanish ta‘lim samaradorligini oshiradi, o‘quvchini 
ta‘limning markaziga olib chiqadi. 
Bu metodlarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o‘quvchining 
birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik 
jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: 
- o‘quvchining dars davomida befarq bo‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish 
va izlanishga majbur etishi; 
- o‘quvchilarni o‘quv jarayonida bilimga bo‘lgan qiziqishlarini doimiy ravishda 
bo‘lishini taminlashi; 
- o‘quvchining bilimga bo‘lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga 
ijodiy yondoshgan holda kuchaytirishi; 
- pedagog va o‘quvchining hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi. 
Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi – bu o‘qituvchi va o‘quvchining 
belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun 
tanlagan texnologiyalariga bog‘liq deb hisoblaymiz, yani o‘qitish jarayonida, maqsad 
bo‘yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo‘llaniladigan har bir talim texnologiyasi 
o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi 
ijobiy natijaga erisha olsa, o‘quv jarayonida o‘quvchilar mustaqil fikrlay olsalar, 


385 
ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o‘zlari xulosa qila olsalar, o‘zlariga, 
guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, o‘qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari 
uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, ana shu o‘qitish jarayonining asosi 
hisoblanadi. 

Download 4,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish