Reflektor va teleskopik tizimlar. Bunday teleskoplarning nur yigiuvchi
qismi, ob’ektivi, botiq ko’zgu bo’lib, u teleskop quvri yoki tanasining quyi (pastki)
qismiga o’rnatiladi. Bosh ko’zguning nur qaytaruvchi sirti parabolik (parabolani
o’qi atrofida aylanishdan xosil bo’lgan sirt) shaklga ega va uning fokusi teleskop
quvri ichida bo’ladi. Fokusni quvr tashqarisiga chiqarish maqsadga muvofiqdir.
Buni birnecha usullari bor va har xil kuzatishlar bajarishga imkon beradigan
birnecha optik elementlardan tashkil topgan teleskopik tizimlar ishlab chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |