Teleskoplar mavzusini o’qitish usuli. I. Mambetova


 Teleskoplar mavzusini yangi pedagogik texnologiyalar asosida



Download 3,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/66
Sana30.12.2021
Hajmi3,93 Mb.
#93026
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66
Bog'liq
yangi pedagogik va axborot texnologiyalar negizida teleskoplar mavzusini oqitish usuli

1.3 Teleskoplar mavzusini yangi pedagogik texnologiyalar asosida 

o’qitish masalasi va uning o’zgachaliklari. 

Astronomiya  fani  miloddan  avvalgi  bir  necha  ming  yillar  kishilarning 

hayotiy ehtiyojlarini qondirish yo’lidagi say-harakatlari oqibatida vujudga kelgan 

bo’lib, bizlarni koinotni ming yillik sirlaridan ogoh qiladi. Astronomiya qadimiy 

sivilizatsiya  markazlaridan  sanalgan  Sharqda-Hindiston,  Xitoy,  Misr,  Iroq, 

Arabiston,  Eron,  O’rta  Osiyoda  jadal  rivojlandi.  Jumladan  Movorounnahrda 

astronomiya  ancha  rivoj  topgan  fanlardan  biri  edi.  Bu  yerda  yetishib  chiqqan 

o’nlab  vatandoshlarimizning  o’z  kashfiyotlari  bilan  jahon  astronomiya  fani 

tarixida o‘chmas iz qoldirganliklaridan barchamiz faxrlansak arziydi. Bular ichida 

IX  asrlarda  fan  va  madaniyat  markazi  sanalgan,  Bog’dod  shahrida  shakllangan 

“Donishmandlar uyi” (“Ma’mun akademiyasi”)da faol ishtirok etgan Muhammad 

al-Xorazmiy,  Ahmad  al-Farg’oniy,  X  asrda  yashab  ijod  etgan  Abu  Mahmud 

Xo’jandiy,  XI asrda Xorazmda Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Mansur ibn Iroq 

sal keyinroq Umar Hayyom, Nasriddin at-Tusiy kabi buyuk yurtdoshlarimiz ilmiy 

meroslari-astronomiya  fani  erishgan  dastlabgi  durdonalardan  sanaladi.  Bugungi 

kunda  astronomiya  fanini  o’tishda  akademik  litseylarda  36  soat  ajratilgan. 

“Teleskoplar”  mavzusiga  2  soati  berilgan.  Hozirda  ta’lim  tizimidagi 

o’zgarishlardan  asosiy  maqsad,  o’quvchilar  bilim  ko’nikma  va  malakalarini 

yanada  oshirish,  yaxshilash  hisoblanadi.  Hozirgi  vaqtda  ta’lim  tizimini 

rivojlantirishda bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Shular jumlasidan maktab, 

akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlari  shuningdek  oliy  o’quv  yurtlarida  dars 

o’tish  jarayonida  yangi  pedagogik  texnologiyalardan  foydalanish  yaxshi  yo’lga 

qo’yilgan.  Bundan  asosiy  maqsad  o’quvchilarni  darsga  bo’lgan  qiziqishini, 

faolligini  yanada  oshirish  ta’lim  sifatini  yaxshilash  o’quvchilarning  bilim 

saviyasini  oshirish  ko’zda  tutilgan.  Shu  borada  ta’lim  tizimida,  dars  o’tish 

jarayonida  yangi  innovatsion  texnologiyalardan  foydalanish,  darsda  o’quvchilar 

faolligini yanada oshirish o’qituvchi va o’quvchi orasidagi kommunikativ aloqani 

yanada kuchaytirish noan’anaviy dars turining negizi hisoblanadi.

 


Download 3,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish