18
II bob. Nazariy bo’lim
2.1 Teleskopning umumiy xossalari.
Teleskopni astronomik kuzatishlarda qo’llashdan maqsad osmon
yoritqichidan kelayotgan keng parallel nur dastasini yig’ish va yuqori sifatli tasvir
hosil qilishdir. Nur yig’uvchi sifatida qabariq linza yoki botiq ko’zgu qo’llanishi
mumkin. Linzali teleskop refraktor, ko’zguli teleskop reflektor deb ataladi.
Refraktorning nur yig’uvchi qismi - ob’ektivi - bitta yoki bir nechta
(to’rtagacha) har xil navdagi (filint, kron) shishadan yasalgan va har xil sirtga
(qabariq, botiq, yassi) ega linzalardan iborat bo’lishi mumkin. Ob’ektivning
markazidan uning sirtiga tik holda o’tuvchi chiziq yoki nur teleskopning optik o’qi
deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: