Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №19 (том 3)



Download 17,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet255/408
Sana14.05.2023
Hajmi17,75 Mb.
#938851
TuriСборник
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   408
Bog'liq
a62191 a8700ac5993e4660a861ac08c38fb696

Название публикации:
«O’ZBEK TILIDA TO’G’RI YOZISH NAFAQAT BIZ 
UCHUN, BALKI KELAJAK AVLODNING SAVODI UCHUN HAM MUHIMDIR» 
Annotatsiya:
 
U
shbu maqolada o’zbek tilining qadr qimmati, ahamiyati va 
xalqimizning ona tilimizga bo’lgan e’tibori, shuningdek davlat tiliga berilayotgan 
e’tibor, o’zbek tilidan foydalanish bo’yicha tartib, qonun qoidalar bayon etilgan; 
Kalit so’zlar:
ona tili, qonun to’g’risidagi qaror, lotin alifbosi, eski o’zbek tili, badiiy 
asarlar. 
Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o’z 
madaniyati, azaliy qadriyatlari va o’zining ona tilisi bilan namoyon bo’ladi. 
Xalqimizning ko’p asrlik madaniy, ilmiy-ma’rifiy va badiiy tafakkuri, intellektual 
salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli bo’lgan o’zbek tili jahondagi boy va qadimiy 
tillardan biridir. 
Mutaxassislarning fikricha, turkiy tillar qadimda mo’g’ul va tangus-manjur tillari 
bilan birgalikda bitta oilani tashkil etgan va bu til oltoy tili deb atalgan. Keyinchalik
oltoy tili tarmoqlanib ketgan. Afsuski, bu davrdan xabar beruvchi yozma yodgorliklar 


685 
bizgacha yetib kelmagan, lekin qadimgi turkiy til davriga oid bir qancha yozma 
manbalarga egamiz. 
O’zbek adabiy tili miloddan oldingi davrlardan to X asrlargacha bo’lgan davr. Bu 
davrdagi til fanda qadimgi turkiy til deb yuritiladi. Qadimgi xalq og’zaki ijodi 
namunalari o’rxun-enasoy yodgorliklari (VI-VII asrlar) shu tilda yaratilgan. 
XI-XIV arslarda amalda bo’lgan til eski turkiy til deb ataladi. Mahmud 
Koshg’ariyning “Devonu lug’ot-at turk” (“Turk tillari devoni”), Yusuf Xos Hojibning 
“Qutadg’u bilig”(“Saodatga yo’llovchi bilim”), Ahmad Yugnakiyning “Hibbat-ul 
haqoyiq” (“Haqiqatlar armug’oni”), Xorazmiyning “Muhabbatnoma”, Rabg’uziyning 
“Qissasi Rabg’uziy” asarlari shu tilda yaratilgan. 
XV asrdan XIX asrning ikkinchi yarmigacha qo’llangan tile ski o’zbek adabiy tili deb 
nomlangan. Atoyi, Sakkokiy, Sayfi Saroyi, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, 
Turdi, Maxmur, Gulxaniy,Furqat, Zavqiy va boshqa ko’plab ijodkorlarning asarlari shu 
tilda yaratilgan.
XIX asrning ikkinchi yarmidan hozirgi davrgacha ishlatib kelinayotgan til hozirgi 
o’zbek adabiy tili deb ataladi. “Turkiston viloyati gazetasi” nashr qilina boshlangan 
vaqtdan (1870-yildan) e’tiboran to hozirgi kungacha yaratilgan barcha asarlar hozirgi 
o’zbek adabiy tilining namunalari hisoblanadi. 
O’zbek adabiy tili XI asrdan boshlab mustaqil til sifatida shakllana boshladi va XIII 
asrda eski o’zbek adabiy tili shakllanib bo’di.
Eski o’zbek tilining rivoji buyuk Alisher Navoiy bilan bog’liqdir. U eski o’zbek 
tilining keng imkoniyatlaridan foydalangan holda ajoyib asarlar yaratibgina qolmasdan 
bu tilni ilmiy jihatdan chuqur tadqiq qiluvchi “ Muhokamat-ul lug’atayn” nomli yirik 
ilmiy asar ham yozdi va unda o’zbek tilining boshqa tillardan hech kam emasligini 
ishonarli misollar bilan isbotlab berdi. 


686 
O’zbekistonda 1989-yil 21-oktabrda davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi 
mamlakatimizning mustaqilligi sari qo’ygan dastlabki qadam bo’ldi. Aynan mana shu 
qonun davlatimizni mustaqillikka erishish ostonasida turganligidan dalolat bergan. 
Ushbu qonun 30 moddadan iborat bo’lib “ Til millatning boyligi va bebaho mulki” 
ekanini tan olgan. Qonun o’zbek tili butun O’zbekiston bo’yicha davlat tili sifatida 
amal qilinishining huquqiy asoslarini belgilab, ish yuritishda davlat organlariga 
murojaat qilishda o’zbek tilining mavqeini birinchi o’ringa olib chiqqan.
1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan “davlat tili to’g’risidagi qonunning 7-moddasi 
“ O’zbekiston Respublikasida muassasa, korxona,tashkilot va birlashmalarda ish 
respublika davlat tilida yuritiladi. 
Mehnat ahlining ko’pchiligi o’zbek tilini bilmaydigan korxona, muassasa tashkilot 
va birlashmalarda ish Respublika davlat tili bilan bir qatorda rus tili yoki boshqa 
tillardsa ham olib boriladi. Bunday korxonalarning ro’yxati xalq deputatalari, rayon, 
shaxar sovatlarining taqdimiga binoan, O’zbekiston Respublikasi Ministrlar soveti 
tomonidan belgilanadi va fikrimizni asoslab turadi. 
O’zbek tili turkiy tillar oilasiga mansub eng yirik tillardan biridir. Dunyo miqqiyosida 
bu tilda 50 millionga yaqin odam so’zlashadi. 
Biz bir narsani tushunishimiz kerak, milliy tilning ravnaqi uchun faqat tilshunos 
emas, millatning har bir vakili jon kuydirishi shart. Odam o’z milliy tiliga befarq bo’lar 
ekan, til me’yorlari buzilaveradi. Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1995-yil 24-avgustda “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini 
joriy etish to’g’risida” gi 339- sonli qarorini eslab o’tishimiz kerak.
Afsuski til me’yorlarining buzilishini kundalik hayotimizda, internet tizimida, 
ko’chalardagi reklama va e’lonlarda ko’proq uchratamiz. Biz xatolarni qancha tez 
tuzatsak, o’tmish madaniyatimiz uchun ham, kelgusi taraqqiyotimiz uchun ham 
shunchalar kata savob ish qilgan bo’lamiz. O’zbek tilida sof so’zlashaylik! 


687 
Reklama va e’lonlar matnida milliy tilimiz darajasini qanday baholaysiz? Bujarayonda 
tilning amaldagi me’yorlariga to’la amal qilinyaptimi?Bu haqida ommaviy axborot 
vositalarida muntazam gapirilib, jamoatchilik e’tibori shu masalaga qaratilmoqda. 
Bugun ko’chalarimizdagi katta-katta afisha, reklama va e’lonlarga qaraganimizda 
ingliz, rus tillarida aralashtirib yozilgan jumlalarni ko’p kuzatamiz. Ba’zilar “Bu zamon 
talabi “ deya izoh beradi. Reklama sohasi rivoji uchun bu ishlar kerakdir. Ammo bu 
ona tilimizni buzib foydalanish mumkin deyilgani emasku. Reklamalarda o’zbek 
tilidagi so’zlar muqobilidan foydalanib mahsulotning foydaliligi haqida aholiga axborot 
berish mumkin. Aslida o’z mahsulotini sotayotgan tadbirkor faqat o’z manfaatini 
o’ylamay, reklama orqali o’zbek tilidan unumli foydalanishi kerak. Dunyodagi eng 
mashxur tijorat kompaniyalari tajribasida ham bu masalaga alohida ahamiyat beriladi. 
Shu orqali ularni taniyapmiz va bilyapmiz, axir! 
Krilcha harflar bilan yozilgan bannerlarda xatoliklar ko’p. Negaki so’nggi chorak asr 
mobaynida lotin alifbosida o’qigan avlod krilcha yozuvlarda oqsab qolyapti. Shu 
sababli reklama bannerlarini chop qilishda albatta, imlo va grammatik qoidalarga 
rioya etish maqsadga muvofiq. 
Bunday statistika bannerlar, plakatlar, videoroliklar va yuguruvchi satrlar eskizlarini 
ishlab chiqarayotgan dizaynerlar brinchi navbatda loyihaning ijodiy jihatiga, 
savodxonlik qoidalariga e’tibor qaratishlari lozim. 
Turkiy tillarning katta oilasiga mansub bo’lgan o’zbek tilining tarixi xalqimizning 
ko’p asrlik kechmishi, uning orzu intilishlari, dard-u armonlari, zafarlari va g’alabalari 
bilan chambarchas bog’liqdir. 
Ajdodlarimiz, ota –bobolarimiz aynon ona tilimiz orqali jahonga o’z so’zini aytib 
kelganlar. Shu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan ilmiy kashfiyotlar, badiiy 
durdonalar yaratganlar. 


688 
O’tmishda o’lkamizmni bosib olgan turli yovuz kuchlar bizni avvalo o’z tilimizdan, 
tariximiz va madaniyatimizdan, din-u diyonatimizdan judo qilishga qayta-qayta 
urindilar. Ular el yurtimiz boshiga qanday azob- uqubatlar va musibatlar solgani 
tarixdan yaxshi ma’lum. 
Umuman olganda davlat tili maqomiga ega tilimiz rivoji uni asrash va taraqqiy 
ettirish har bir fuqaroning burchidir. 

Download 17,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish