Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №19 (том 3)



Download 17,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/408
Sana14.05.2023
Hajmi17,75 Mb.
#938851
TuriСборник
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   408
Bog'liq
a62191 a8700ac5993e4660a861ac08c38fb696

ФИО автора
Artikova Muhayyo Botiraliyevna 
ADU dotsenti, p.f.d. 
Название публикации:
«MILLIY O‘YINLAR BARKAMOL AVLODNI 
TARBIYALASHNING SAMARALI OMILI SIFATIDA» 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida 
“Bugungi tez o‘zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi, buyuk 
imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko‘rilmagan turli yovuz xavf-
xatarlarga ham duchor qilmoqda. G‘arazli kuchlar sodda, g‘o‘r bolalarni o‘z ota-
onasiga, o‘z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo‘lmoqda. 
Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz murabbiylar, jamoatchilik, 
mahalla-ko‘y, bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. 
Bolalarimizni birovni qo‘liga berib qo‘ymasdan, ularni o‘zimiz tarbiyalashimiz lozim. 
Buning uchun yoshlarimiz bilan ko‘proq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish
dardini bilish, muammolarini yechish uchun amaliy ko‘mak berishimiz kerak”

1


degan fikrlari har birimizga katta mas’uliyat yuklaydi. Ushbu vazifani amalga oshirish 
uchun esa xalqimizda mavjud bo‘lgan qadriyatlar, an’analar hamda xalq 
pedagogikamiz imkoniyatlaridan unumli foydalanishimiz kerak. Ana shunday samarali 
vositalarda biri, shubhasiz, o‘zbek milliy o‘yinlaridir. 
Milliy o‘yinlar xalq ijodining o‘ziga xos turi bo‘lib, ko‘p asrlik tarixga ega. Har 
bir xalqning o‘z milliy o‘yinlari mavjud. Ular o‘sha xalqning madaniyati, urf-odatlari, 
ijodi, mehnat faoliyati asosida vujudga keladi. Shuningdek, o‘zbek xalq milliy o‘yinlari 
xalqimizning buyuk merosi sifatida qadim zamondan bugungi kungacha saqlanib
sayqallanib kelinmoqda. Qadimda o‘zbek xalq milliy o‘yinlari katta sayllarda, 
ommaviy tadbirlarda keng qo‘llanilgan. Ularning tuzilishi, mazmuni turlicha bo‘lib, 
xalqimizning moddiy, maishiy va ma’naviy tarixini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb 
etadi. Ular yosh avlodni har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishishida alohida 
o‘rin egallaydi. 


476 
Bolaning o‘sishi va har tomonlama rivojlanib borishi uzluksiz davom etadigan 
jarayondir. Uning shaxs sifatida shakllanishi, ilk bor olamni atrofidagi ashyoviy 
buyumlar orqali anglab, undan o‘zicha ma’no topishiga intilishi, qiziqishi va 
hissiyotlarining rivojlanishini ular o‘ynayotgan o‘yinlari orqali kuzatish mumkin. 
Maktabgacha yoshdagi bola uchun bu – hissiy boyitilgan va idrok etilgan tarzda 
o‘rganish uchun ideal sahnadir. Milliy o‘yinlar bolani har jihatdan rivojlantiradi. 
Inchunun, o‘yin – turli ifodali vositalar bilan ma’lum qoida yoki oldindan kelishilgan 
shartlar asosidagi jismoniy musobaqalar, bellashuvlar, tafakkur bahslari va ijrochilik 
talablaridan vujudga kelgan milliy qadriyat hisoblanadi. “Bola o‘ynab rivojlanadi, 
undagi shartli reflekslar birinchi va ikkinchi signallar tizimi, doimiy ravishda organizm 
atrof-muhit bilan o‘zaro faoliyat va tarbiyaning hal qiluvchi ta’siri paytida tashkil 
etilgan pedagogik jarayon sifatida shakllanadi. Shaxsning shakllanish va rivojlanish 
jarayoni insonning ijtimoiy tajribasini o‘zlashtirish jarayoni hamdir” 

2;11-b.

.
Milliy o‘yinlar tarixini o‘rganishda Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘otit 
turk” asarining o‘rni beqiyos. Asarda xalq o‘yinlarining bir yuz ellikdan ziyod turi tilga 
olingan. Jumladan, “qorang‘uni” (qorong‘ida qo‘rg‘on olish), “bandol” (asir olish), 
“o‘tish-o‘tish” (davra o‘yini), “chavgon” (to‘p o‘yini), “o‘t bandal” (tayoq o‘yini), 
qilichbozlik, nayzadorlik va boshqa o‘yinlar haqida ham ma’lumot beriladi. Lug‘atda 
izoh berilgan o‘yinlarning bir nechtasi hozirgi kunda ham bolalar uchun qiziqarli 
mashg‘ulot sanaladi. 
“Alpomish” dostoni xalq o‘yinlarini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi. 
Unda kurash, ot, poyga, uloq, nayza sanchish, kamondan o‘q otish, qilichbozlik, 
merganlik kabi o‘yinlar negizida mardlik, jangovarlik, oriyat, matonat, ma’naviy va 
jismoniy komillik kabi fazilatlar o‘z ifodasini topgan. 
O‘zbek pedagogikasi tarixi ravnaqiga katta hissa qo‘shgan iste’dodli shoir, 
mohir tarjimon Muhammad Rizo Ogahiy (1809-1870) “Ta’vizul-oshiqin” devonida 
o‘zbek milliy o‘yinlari: chavandoz, ot ustida kurash tushish, ot ustida qilichbozlik, 
chavgon, yog‘och ot, chillak, sopqon, kamondan otish bo‘yicha merganlik, shatranj, 
dorboz, poyga, varrak, yog‘och xukka, masharabozlik, tosh ko‘tarish, pachoq o‘yini, 
oshiq o‘yini, to‘p o‘yini va boshqalar to‘grisida ma’lumotlar berib, bu o‘yinlarning 


477 
qoidalarini birma-bir izohlaydi. Ogahiy “Kurash” she’rida xalq milliy sport 
o‘yinlaridan bo‘lgan kurashni juda yaxshi bayon etadi. 

Download 17,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish