Biri-biriga zo‘r izhor aylab,
Yiqorga ne allakim bor aylab.
Bo‘yun olib bariga ko‘rguzib sho‘r
Biri changak solib, izhor etib zo‘r,
Madad chun biriga tam’ yeturdi,
Ko‘tarib birni andoq yerga urdi.
Ogahiy fikricha, kurash bilan shugullanish bolalarni qat’iy intizomga
odatlantiradi, u kuchiga ishonch hosil qilish bilan birga, ularning jismoniy va aqliy
kamolotiga ijobiy ta’sir qiladi. U «Poyga ta’rifida» asarida poygaga tibbiy va jismoniy
tarbiya nuqtayi-nazaridan baho beradi. “Otda yelish bolaligida gavdasini tutolmaslikka
mubtalo bo‘lgan kishilarni aqlining susayishidan, yurak hurujlaridan xalos etadi va
jismonan baquvvat qiladi, uni orzu-umid bilan yashashga, intilishga undaydi», - deydi.
Bolalar o‘yinining yana bir foydalisi chavgon o‘yini bo‘lib, u bolalarni jangga
o‘rgatib, toblab, chiniqtirib, jismoniy kuch-quvvatini oshirib boradi. Bu haqda u
shunday yozadi:
Chiqib maydon aro to kuy-u chavgon o‘yinni ko‘ring,
Agar mushkul desang, mushkul va gar oson desang oson...
Ogahiy shu tarzda o‘zbek milliy o‘yinlari bolalarni ziyraklikka o‘rgatishda,
jismonan baquvvat bo‘lib o‘sishda muhim tarbiya vositasi ekanini ifodalab bergan.
Ibn Sino “Tib qonunlari” asarida kurash va jismoniy mashqlarning kishi badan
tarbiyasidagi o‘rni, o‘yinning shifobaxsh xususiyatlari haqida to‘xtalgan. Kaykovus,
Umar Hayyom, Abulqosim Firdavsiy, Beruniy chavgon, nard, shaxmat, tirandozlik,
qilichbozlik, chavandozlik kabi yuzlab o‘yinlar xususida yozib qoldirgan. Alisher
Navoiy asarlarida bayramlar, tantanalar, to‘ylar munosabati bilan tashkil etilgan
o‘yinlar haqida ko‘plab ma’lumotlar bor. Ularda o‘yinlarning uyushtirilishi, ijrochilari,
o‘tkazish qoidalari bayon etilgan.
Xalq milliy o‘yinlarini tashkil etish va bolalarga o‘rgatishda quyidagi qoidalarga
rioya qilish zarur:
478
1. Bolani o‘yinga ruhiy jihatdan tayyorlash.
2. O‘yin jarayonida bolalarning jismoniy tayyorgarligi va yosh xususiyatlariga
e'tibor berish.
3. Har bir o‘yinning pedagogik tomonlarini nazardan qochirmaslik.
4. O‘yinlarni ijtimoiy foydali mehnat bilan bog‘lagan holda hayotga tatbiq etish.
5. O‘yin davomida o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash.
6. Jamoa bo‘lib birgalikda harakat qilish, jamoa manfaatiga hurmat va e'tiborli
bo‘lish
4
.
O‘zbek xalq o‘yinlarini hozirgi kunda ham inson shaxsini tarbiyalashdagi o‘rni
beqiyosdir. O‘zbek xalq o‘yinlari o‘zining turli yosh, jins, shahar va qishloqqa
mo‘ljallangan keng qamrovliligi bilan ajralib turadi. Biroq bu jihatlarning kam
yoritilganligi va kam o‘rganilganligi sababli o‘zbek xalq o‘yinlariga har tomonlama
tasnif berish o‘ta mushkul. Shunga qaramasdan, ularni nazoratdan o‘tkazish va
o‘rganish o‘yinlarni shartli ravishda quyidagidek turlarga bo‘lib chiqish imkoniyatini
beradi:
1)
turli yoshdagilar o‘yinlar (go‘daklik, bolalik, o‘spirinlik va h.kazolar);
2)
turli jinsdagi odamlar o‘yinlar (o‘g‘il bolalar, qiz bolalar, erkaklar va
ayollar);
3)
mavsumiy o‘yinlar (bahorgi, yozgi, kuzgi, qishki);
4)
turli ifoda vositalaridan foydalanishga asoslangan o‘yinlar (so‘z, kuy,
qo‘shiq, raqs, pantomima, syujetli, sahna, turli xususiyatli va hokazolar).
Tashkiliy jihatdan o‘yin quyidagi turlarga bo‘linadi
3;15-b.
:
Ov o‘yinlari (Jambil, Oshiq, Lappak, Chirgizak va boshq.);
Cho‘pon o‘yinlari (To‘ptosh, Ko‘tarma tosh, Echkio‘yin, Cho‘pon va
shoqol, Qadama tayoq, Chillik, Podachi, Chuv-chuv va boshq.);
Qo‘l san'ati o‘yinlari (Dandarak, Charhpalak, Beshbarmoq, Paqilloq, Lanka,
Chig‘iriq, Uzuk soldi, Varrak, Sartarosh, Ko‘z bog‘lar va boshq.);
Qishloq xo‘jaligi o‘yinlari (Palahmon, Jon burgam, Somonsepdi, Chanoq
o‘yin, Shaftoli shakar, Qo‘riqchi va boshq.);
479
Imitativ o‘yinlar (Xola-xola, Topaloq, Kim oladi-yo, Ayiq o‘yin, Xo‘roz
urishtirish, Oqsoch turna, Bosari, Asalari, G‘ozlar va boshq.);
Motorli o‘yinlar (Chunka shuvoq, Chim otish, Kim tez, Xurkach, Tufaloq,
Mushuk-sichqon, Yogoch oyoq, Durra solish, Halinchak va boshq.);
So‘z o‘yinlari (Kim chaqqon, Botmon-botmon, Juftmi-toq, Oqquyonim
alomat, Oqterakmi-ko‘kterak, Pirr etdi va boshq.);
Uchrashuv o‘yinlari (Gap-gashtak, Podsho-vazir, Podsho-o‘g‘ri, Arshia’lo
va boshq.);
Xalq milliy kurashi va unga aloqador o‘yinlar (Milliy kurash, Polvonbozlik,
Elkada kurash, Bel olish kurashi va boshq.);
Chavandozlar o‘yini (Chavgon, Uloq-ko‘pkari, Piyoda poyga, Oltin qoboq,
Qizquvish, Eshak mindi va boshq.).
O‘yinlar inson shaxsini kamol toptirishda asosiy vosita hisoblanadi. O‘yin bola
uchun birinchi maktab. Bobolar va buvilarning qattiqqo‘l ota-onalarga “Bolalarning
o‘yiniga xalaqit bermanglar!” deb tanbeh berishlari bejiz emas. Milliy o‘yinlarimizda
tez harakatli va aqliy o‘yinlar mavjud. Masalan, «Kes-kes» va «Olib qochar»
o‘yinlarini qarab chiqaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |