Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №19 (том 3)



Download 17,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/408
Sana14.05.2023
Hajmi17,75 Mb.
#938851
TuriСборник
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   408
Bog'liq
a62191 a8700ac5993e4660a861ac08c38fb696

 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.Zufarova M.E. Umumiy psixologiya. –T.: “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti 
2.Ibragimov X.I., Yo‘ldoshev U.A.,Bobomirzaev X., Pedagogik-psixologiya (o‘quv
qo’llanma)- T.: “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2009y. 490 b. 
3.G’oziyev E.G’. Psixologiya-T.. “O’qituvchi” nashriyoti. 2008y. 352 b. 
 
Internet saytlari: 
1.
www.psychologies.ru 
2.
www.psychologies.ru 
3.
psychologytoday.ru 
Kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatga erishish uchun o’zingizni ko’nikma va malakalaringizni 10 balli 
shkalada baholang? 
1 2 







10 11 
12 13 14 
15 
1.
1ball 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2.
2ball 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3.
3ball
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

7,1%
4.
4
ball
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

21,4%
5.
5ball 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

35,7%
6.
6ball 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

35,7 
%
7.
7ball 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
8.
8ball 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
9.
9ball 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
10.
10ball 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


461 
ФИО автора: 
Xushnayeva Mohinur Qahramon qizi 
Toshkent davlat yuridik universiteti
2-kurs Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik 
fakulteti 2-bosqich talabasi 
Название публикации:
«GENDER TENGLIK» 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ayollar va erkakalarning tengligi, ayollarning jamiyat 
hayotidagi o‘rni yuqori ekanligi va barcha ayollar huquq va erkinliklari uchun 
kurashishi kerakligi bayon etilgan. 
 
Kalit so‘zlar:
Gendir tenglik, erkinlik, oila munosabatlari, bola tarbiyasi, siyosiy 
hokimiyat, hurmat-ehtirom.
Hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan biri bu gender tengsizligidir. Bu 
muammo bugun yoki kecha paydo bo’lgan emas, balki necha asrlar davomida hal qilib 
bo‘lmayotgan muammodir. Biz, avvalo, bu muommoni bartaraf etish va unga qarshi 
kurashishni muhokama qilishdan oldin, “Gender tenglik nima? degan savolga javob 
topsak, maqsadga muvofiq bo’lar edi.” 
Gender tenglik – erkaklar va ayollar ijtimoiy sohada teng huquq va mas`uliyatga 
hamda teng sharoitlarga (manba va imkoniyatlarga teng tarzda erishish) ega bo`lsalar 
va ulardan qonunda belgilangan tarzda rasmiy tenglik (“hujjat asosidagi tenglik”) 
asosida foydalana olsalargina, tenglik o`z aksini topadi. 
Gender tenglikda xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi munosabatlarning jamiyat 
hayoti va faoliyatining barcha siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, 
taʼlim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy jihati ko‘rsatilgan. 
Demak, gender tushunchasi faqat ayollar manfaatlarini ifodalamaydi. Balki har ikki 
jins vakillarining o‘z orzu va maqsadlari sari dadil odimlashi, hayot sifatini oshirish 
uchun bir xil imkon berish kerakligini ilgari suradi, xolos. Aynan rivojlangan 
jamiyatning talablaridan biri bu erkak va ayol huquqlari tengligining 
taʼminlanishidadir. 


462 
Darhaqiqat, qadimgi yunon olimlari Suqrot, Arastu, Aflotun eng yaxshi davlat 
sifatida jamiyatda tenglik va adolat hukm surgan polisni nazarda tutishgan. Eng yaxshi 
qonunlar sifatida ham barcha tengligini kafolatlagan qonunlarni ilgari surishgan. Erkak 
va ayollar tengligi g‘oyasini yunon olimi Antifont o‘z asarlarida qo‘llagan holda: 
“Tabiat barchani: ayollarni ham, erkaklarni ham teng qilib yaratadi, lekin odamlar 
insonlarni tengsiz holatga soluvchi qonunlarni ishlab chiqishadi”, deb taʼkidlagan. 
Sharq qomusiy olimlaridan Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida tenglik 
hukm surgan davlatni fozillikka intilgan davlat sifatida qayd etgan
28
bo‘lsa, 1791-yilda 
Olimpiya De Guj tomonidan tayyorlangan fuqarolik va ayol huquqi deklaratsiyasida 
ilk bor ayollarning erkin fikrlash va o‘z fikrini bildirish huquqiga ega ekanligi eʼtirof 
etilgan. Gender tengligining huquqiy rivojiga eʼtibor beradigan bo‘lsak, eng avvalo, 
gender tenglikning huquqiy asoslari xalqaro va milliy qonunchilikni tarixiy-nazariy va 
huquqiy jihatlarini tahlil etish joiz. Albatta, barchamizga maʼlumki, 1948-yilda BMT 
Bosh assambleyasi tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon 
deklaratsiyasida erkak va ayollarning tengligi alohida eʼtirof etilgan bo‘lib, 
Deklaratsiyaning 1-moddasida “ “ Hamma odamlar o‘z qadr-qimmati hamda 
huquqlarida erkin va teng bo‘lib tug‘iladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan, 
binobarin, bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda bo‘lishlari kerak”
29

deya taʼrif berilgan. BMT tomonidan 1966 yilda qabul qilingan yana bir xalqaro hujjat 
– Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 3-moddasida 
taʼkidlanishicha, «Mazkur paktda ishtirok etuvchi davlatlar erkaklar va ayollar uchun 
ushbu Paktda ko‘rib chiqilgan barcha fuqarolik va siyosiy huquqlardan bir xilda 
foydalanishini taʼminlash majburiyatini oladi.»
30
Gender tenglikni o’rnatish uchun butun dunyo miqyosida juda ko’plab ishlar amalga 
oshirildi. Lekin jamiyatda gender tengligi to‘laligicha o‘rnatilmadi. Olimlar gender 
tengligi o‘rnatilmasligiga ayollarning hammasi ham birdek harakat qilmasligi va 
hamma bir xil kuchga ega emasligini sabab qilib ko‘rsatishadi. 
28
Farobiy “Fozil odamlar shahri” 
29
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi 1-moddasi 
30
– Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning 3-moddasi 


463 
“Ayollar huquqlarini isbotlash kitobi” muallifi Mari Vullstonekraft ham
“despise 
the freedom which they have not sufficient virtue to struggle to attain. Require some 
time to convince women that they act contrary to their real interest”
31
, ya’ni teng 
huquqqa erishish uchun hamma ayollarda ham birdek kuch mavjud emas. Hammani 
jamiyatda tenglik o‘rnatilishiga ishontirish uchun biroz vaqt talab qilinadi degan edi. 
Necha ming yillar ortga nazar tashlasak ham, ayollarning huquqlari 
cheklanganini ko‘rishimiz mumkin. Demokratiyaning Vatani bo’lgan Yunonistonga 
ham ayollar huquqsiz, tengsiz yashashgan. Masalan: ayollar siyosiy faoliyatda ishtirok 
etishmagan. Ular davlat boshqaruvi bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildira olishmagan. 
Bunday huquqga faqat erkak fuqarolargina ega bo‘lgan. Nafaqat Yunoniston, balki 
boshqa davlatlarda ham ayollarga siyosiy faoliyat uchun huquq berilmagan edi. Yangi 
davrga o‘tib, jamiyatda sanoatlashish boshlangan bir davrda ham, ayollar huquqsiz 
bo‘lib qolaverdi. Fransiyada Napoleon hokimiyat tepasiga kelganida beshta kodeks 
qabul qiladi va bularda ayollarni erkaklar bilan teng huquqliligini belgilaydi. Lekin bu 
faqat qog’ozda qolib ketdi, amalda esa ayollar erkaklar bilan teng huquqqa ega emas 
edi. 
Napolyeon Kodeksining er-xotinlardan birining xiyonati sababli nikohni bekor 
qilishga taalluqli moddalari o‘ziga xos bo‘lgan. “229– moddada ko‘rsatilishicha, 
xotinning xiyonat qilishining o‘ziyoq erning nikohni bekor qilishni talab qilishi uchun 
kifoya qilgan. 230-modda erning xiyonati uchun xotinning nikohni bekor qilish 
huquqini boshqacha, qo‘shimcha shartlar bilan belgiladi. Masalan, xotin eri xiyonat 
qilganda, agar u umumiy uyda o‘z maʼshuqasini ushlab tursagina, nikohni bekor 
qilishni talab qilishi mumkin”
32
edi. Ayollarni kamsituvchi bu shart 1884 yilda bekor 
qilinadi. 
Ayollarning teng huquqli emasligi ularning oiladagi mulkiy ahvolida ham 
namoyon bo‘lgan. Umumiy qoida bo‘yicha, er va xotinning mulki uchun umumiy rejim 
nazarda tutilgan. Bunday rejim sharoitida oila mulkini boshqarish to‘liq erga taqdim 
qilingan edi. Bu kamsitilishlar yana uzoq yillar davom etib keldi va 
1975 yilga kelib 
31
“Ayollar huquqlarini isbotlash kitobi” Mari Vullstonekraft 
32
Haydarali Muhammedov “Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi” T,. “Adolat” 1999 


464 
Xalqaro xotin-qizlar yilining Butunjahon konferensiyasi tomonidan "Ayollarning 
tengligi to'g'risida" deklaratsiya va "Konvensiya", 1979 yilda Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining Bosh assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Ayollarga nisbatan 
kamsitilishning barcha turlarini yo'q qilish” bo’yicha konvensiya ishlab chiqildi. Bular 
ayollar huquqlarini tenglashtirish bo’yicha qilingan dastlabki ishlar edi. BMT 
tomonidan “Pekin deklaratsiyasi”, “Ming yillik rivojlanish dasturi” va shu kabi boshqa 
konvensiya, deklaratsiyalar ishlab chiqildi.
Lyuis va Smitson dunyo davlatlarida gender tenglikni holatini o’rganib chiqdilar. 
Ularning tadqiqotlari shuni ko’rsatdiki beshta mamlakat ( Norvegiya, Shvedsiya,
Portugaliya, Irlandiya va Buyuk Britaniya) da gender tengligi yuqori ko’rsatkichga ega. 
Eng past ko’rsatkich esa Afrika mamlakatlariga to’g’ri keldi. 
Afrika mamlakatlarida ham hozirgi kunda ayollar huquqlarini tenglashtirish 
bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. 
Afrikada ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish va gender tenglikni ta’minlash 
maqsadida Afrika ayollarining o’n yillik jamg’armasi ijro kengashi qaroriga muvofiq 
ayollarning o’n yillik tanlovi tasdiqlandi. Bu jamg’armaning maqsadi ayollarni jamiyat 
hayotidagi o’rnini oshirish, ularning erkin va barcha huquqlarga ega bo’lishini 
ta’minlashdir.
Shu o‘rinda bizning mamlakatmizda gender tengligi mavjudmi va gender tenglikni 
o’rnatish uchun qanday ishlar qilinmoqda? Degan savollar tug’ilishi tabiiy.
Davlatimiz mustaqillikka erishganidan boshlab gender tenglikka erishish, 
ayollarning teng huquqliligini ro‘yobga chiqarish yo‘lida juda katta ishlarni amalga 
oshirmoqda. Oilaning ijtimoiy muhofazasi, onalik va bolalik masalalariga mas'ul 
bo‘lgan Bosh vazir o’rinbosari rahbarligida 1991-yilda Xotin-qizlar qo’mitasiga asos 
solinganligi bilan institutsional rivojlanishda sezilarli o‘sishga erishildi.
Davlatimizda gender tengligini o‘rnatilishida dastlabki qadam asosiy qonunimiz 
hisoblangan Konstitutsiyamizda aynan “ Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidir “ 
degan normaning kiritilishi bo‘ldi. Bu normaning o‘rnatilishi jamiyatimizning barcha 
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma’rifiy sohalarda ayollar erkaklar bilan teng 
huquqli ekani va jamiyatda ayollar ham asosiy, ham boshqa sohalarda faol ishtirokchi 


465 
ekanini bildiradi. Tariximizga nazar tashlar ekanmiz, ayollar siyosiy faoliyatdan, 
davlat boshqaruvida ishtirok etishdan chetlatilganini ko‘rishimiz mumkin. Hattoki 
ayollar saylov huquqiga ham ega bo‘lmagan. Mustaqillikka erishib, konstitutsiyamizni 
qabul qilganimizdan so‘ng ayollar huquqlariga katta e’tibor qaratila boshlandi. 
Oʻzbekiston 1995-yilning iyun oyida BMTning Xotin-qizlarni kamsitishning 
barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisida konvensiyasiga qoʻshildi. BMT ning 
barcha dasturlarida, shu jumladan, Pekin deklaratsiyasida ham davlatimiz faol ishtirok 
etib kelmoqda.
Yurtimizda xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash va himoya qilishning huquqiy 
asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida 2019-yil sentyabr oyida “Xotin-qizlar 
va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi hamda 
“Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida” gi Qonunlar qabul 
qilindi. BMTning deyarli barcha agentliklari, jumladan BMT Taraqqiyot Dasturi, BMT 
Aholishunoslik jamgʻarmasi (YUNFPA), BMT Bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF), 
BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi, BMTning Narkotik 
moddalar va jinoyat boshqarmasi, Xalqaro migratsiya tashkiloti ushbu ikki qonun 
boʻyicha oʻz izoh va takliflarini berishdi. Jumladan, UNFPA ijrochi direktori 
mamnuniyat bilan soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish, xotin-
qizlarni ragʻbatlantirish, gender tengligi va reproduktiv salomatlik sohasida ijobiy 
oʻzgarishlar amalga oshirilganligini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, hukumatning 
barcha darajalarida va ijtimoiy hayotda ayollarning ijtimoiy faolligi oshib bormoqda. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2019- yil iyun oyida Oliy Majlis Senatidagi 
nutqida shunday degan edi:“Meni kishilarimizning ongida paydo boʻlgan stereotip 
koʻp oʻylantiradi. Odatda biz ayolni, avvalambor, ona, oila qoʻrgʻonining qoʻriqchisi 
sifatida hurmat qilamiz. Bu, shubhasiz, toʻgʻri. Ammo bugun har bir ayol oddiy 
kuzatuvchi 
emas, 
balki 
mamlakatda 
amalga 
oshirilayotgan 
demokratik 
oʻzgarishlarning faol va tashabbuskor ishtirokchisi ham boʻlishi kerak.” 
Prezidentimizning bu so’zlari o’z amaliy ifodasini ko’rsatgan holda shu kuni 
mamlakat tarixida ilk bor Senat raisligiga ayol kishi Tanzila Norboyeva saylandi. 
Shuning o’zi ham yurtimizda ayollarga katta ishonch bildirilayotganining yorqin 


466 
misolidir. Bundan tashqari jamiyat hayotida ayollar rolini oshirish maqsadida xotin-
qizlarga o’qish grantlarining joriy qilinishi va ularni qo’llab-quvvatlanishi ayollarning 
davlat faoliyatidagi rolining oshishiga sabab bo‘lmoqda.
2019-yil dekabr oyida Oliy Majlisga va mahalliy kengashlarga oʻtkazilgan saylov 
natijalariga koʻra, ayol deputatlar soni Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy 
sonining 32 foizini, ayol senatorlar esa Senat aʼzolarining 25 foizini, mahalliy 
Kengashlarda esa xotin-qizlar ulushi 25.6 foizni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich boʻyicha 
Oʻzbekiston parlamenti jahondagi 190 ta parlament orasida 44-oʻrinni egallaydi. 
Taʼkidlanganidek, bugungi kunda yangilanayotgan Oʻzbekiston islohotlari inson 
manfaatlari ustunligini taʼminlash barobarida jamiyatda xotin-qizlar mavqeyini 
oshirish, ularning huquq hamda imkoniyatlarini ustuvor qadriyatlardan biri sifatida 
himoya qilishga qaratilgan. Bunda, ayniqsa, ayollarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy 
faolligini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida 
roʻyobga chiqarilmoqda. 
Xususan, soʻnggi uch yilda gender tenglikni taʼminlashning qonunchilik va 
institutsional negizini mustahkamlash yoʻlida muhim choralar koʻrildi. Xotin-
qizlarning huquq va manfaatlari himoyasiga qaratilgan qariyb 20 ta normativ-huquqiy 
hujjat, shu jumladan 2 ta qonun, 1 ta Prezident qarori, 4 ta Prezident Farmoni, 13 ta 
Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi. 
BMT tomonidan gender tenglikni o’rnatish maqsadida “Pekin deklaratsiyasi”qabul 
qilindi. Unda tanlov erkinligi va imkoniyatlar tengligi tamoyillari mustahkamlangan. 
Deklaratsiyada, xususan, barcha qizlar va ayollar zo‘ravonliksiz yashash, ta’lim olish 
va erkaklar qatori teng ish haqi olish huquqiga ega ekanligi ta’kidlanadi. Lekin 
“Chorak asrda dunyoning birorta ham mamlakat xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha Pekin 
deklaratsiyasini to‘liq bajarishga yaqinlashmadi, dunyoda hukumat vakillari va 
rahbarlarining faqatgina 25 foizini ayollar, qolgan 75 foizini erkaklar tashkil etmoqda 
deya ta’kidladi BMT matbuoti. 
“Mazkur reja faqat qisman amalga oshirildi. Biz hali ham erkaklar hukmronlik 
qiladigan dunyoda yashayapmiz, madaniyatimiz hanuzgacha erkaklarga yo‘naltirilgan 
va bu vaziyat o‘zgarishi kerak», — dedi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish. 


467 
Biz tan olishimiz kerakki, ayrim mamlakatlarda ayollarning o‘rni oshxonada, degan 
qarashlar hali ham butkul yo‘qolmagan. Shu o‘rinda bizning mamlakatimizda ham 
ayollar asosan uy yumushlari va bola tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lib qolmoqda. Eng 
achinarlisi shundaki, shuncha chora-tadbirlarga qaramasdan hali-hamon ko‘pchilik 
ayollar huquqsiz va kamsitilgan holda yashashmoqda. Ichki ishlar vazirligi rasmiy 
bayonotiga ko‘ra 7 mingdan ziyod ayollar ichki ishlar organlariga himoya ordinini 
so‘rab murojaat qilishgan. Butun dunyo koronavirusga qarshi kurashayotgan bir vaqtda 
ayollarga tazyiq va zo‘ravonliklar ko‘payib ketdi, qisqa vaqt davomida “ishonch
telefoni” xizmatiga 3 mingga yaqin murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 40% 
ayollarga nisbatan zo’ravonlik bo‘yicha. Aslida ayollarga nisbatan har qanday 
zo‘ravonlik barcha aqlli jamiyatlarda, jumladan, Islomda ham qoralanadi. Ayollarga 
nisbatan kuch ishlatish tajovvuz hisoblanadi. Ularga nisbatan hech qanday kuch, 
zo‘ravonlik, urish, kaltaklashni ishlatib bo‘lmaydi. Dinimizda ayolni to‘g‘ri yo‘lga 
solish uchun, avvalo, nasihat qilish, u kor qilmasa, sekin turtib ogohlantirish, u ham 
kor qilmasa, yotoqlarida tark qilish ko‘zda tutilgan. Lekin ijtimoiy tarmoqlarda ham, 
kundalik hayotimizda ham ko‘p ko‘ramizki, o‘z qo‘liga kuchi yetmagan ba’zi 
qo‘shtirnoq ichidagi erkaklar ayollariga o‘z kuchini ko‘rsatishadi. Jamiyatimizdagi 
ba’zi bir insonlar ongida ayol uy ishlari va bola tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi shaxs 
sifatida qotib qolgan. Biz davlatimizda gender tenglikni to‘liqligicha o‘rnatish uchun, 
avvalo, insonlar ongidagi ayollarga nisbatan fikrlarini o‘zgartirishimiz darkor. Buning 
uchun mahallalarda, ayollarning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni juda muhimligi 
to‘g‘risida tushuntirishlar olib borilishi, jamiyatning faol bo‘lmagan ayollarini har 
tomonlama qo‘llab-quvvatlash va faollikka jalb qilish zarur. Davlatda gender tenglikni 
o‘rnatish uchun barcha sohada ayollarning rolini ta’minlash zarur. Ayollar kamchilikni 
tashkil etuvchi sohalarda ayollarning rolini oshirish uchun ularga oliygohlarga kirish 
uchun ham, ishga joylashishda ham alohida kvotalar ajratsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Ya’ni bunda xotin-qizlar o‘qish davridanoq o‘z sohasi bo‘yicha malaka oshirishi va 
ishga joylashishda ham imtiyozlar berilishi ko‘zda tutiladi. Chunki jamiyatning faol 
a’zosi, Oliygohlarning yetakchisi bo‘lgan qizlar ham oila tashvishlari, bola tarbiyasi 
uchun ko‘p vaqtlarini sarf qilishi natijasida o‘z ish faoliyatini chetga surib qo‘yishi 


468 
yoki o‘z tengdoshlaridan ortda qolib ketishi kabi holatlar kuzatilmoqda. Agar davlatda 
ayollar uchun hamma sohada ish o‘rni belgilansa, ularning jamiyat va davlat 
faoliyatidagi roli oshadi. Gender tengligi yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan 
Indoneziyada ham xuddi shunday ayollar uchun alohida ish o‘rinlari ajratilgan. Bizning 
davlatimizda ham xuddi shunday islohotni amalga oshirish darkor. Shundagina faol 
bo‘lmagan ayollarni ham jamiyatning muhim a’zosiga aylantirishimiz mumkin bo‘ladi. 
Shu o‘rinda xotin-qizlar tashkilotlarining faoliyatini kengaytirish, har bir tuman, 
shaharcha, qishloq, ovullarda ham bu tashkilotning bo‘limlari faoliyat yuritishini 
taminlash darkor. Ayollar huquqlarini himoya qiladigan, ularni qo‘llab-quvvatlaydigan 
turli-tuman jamoat birlashmalari tuzish, mahallalarda ayollar bilan ishlaydigan, ularga 
ham ruhiy, ham ma’naviy jihatdan maslahat va tavsiyalar beradigan lavozim joriy 
qilinsa, ayollarning huquqlari kafolatlanadi va turli tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya 
qilingan bo‘lardi.
Qachonki mamlakatimizda ayollar va erkaklarning chinakam tengligini o‘rnatsak, 
shunda haqiqiy demokratiyaga erishgan bo‘lamiz. Buning uchun, avvalo, oilada ayol 
va erkakning tengligiga erishishimiz darkor. To‘g‘ri, bizning jamiyatimizda ota oila 
boshi, barcha oila a’zolari otaning so‘zidan chiqmasligi asosiy qoida qilib o‘rnatilgan. 
Bu to‘g‘ri chunki oila mustahkam bo‘lishi uchun albatta oila boshi bo‘lishi zarur. 
Shuning uchun ham Gender tenglikni yevropadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, o‘zgartirishsiz 
ko‘chirib olmasdan, o‘zimizning mentalitetimizga moslagan holda qabul qilishimiz 
kerak. Yevropada bo‘lgani kabi ota-onalar va farzandlar bir-biriga hurmatsizlik 
qilishini gender tenglik deb uni qonuniylashtirib qo‘yishimiz yaramaydi. O‘zimizning 
milliyligimizdan kelib chiqqan holda oiladagi mehr-oqibat, oila a’zolarining bir-biriga 
hurmati va shu kabi tushunchalarni asrab qolishimiz va kelajak avlodga ham 
yetkazishimiz darkor. Ayollarning jamiyat hayotidagi, siyosiy faoliyatidagi rolini 
oshirish davr talabidir. Negaki ular bo‘lajak ona, bolalarni asosiy tarbiyalovchisi. Ular 
qachonki o‘zlari jamiyatda o‘z o‘rnini topsagina, bolalarni komil, barkamol shaxs qilib 
tarbiyalaydi.


469 

Download 17,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish