Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №19 (том 3)



Download 17,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/408
Sana14.05.2023
Hajmi17,75 Mb.
#938851
TuriСборник
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   408
Bog'liq
a62191 a8700ac5993e4660a861ac08c38fb696

Kes-kes o‘yini.
Bu o‘yinda to‘rt qadam kattalikdagi doira chiziladi. Doira 
markazida onaboshi turadi. Doira chetida esa barcha o‘yinchilar turadilar. Ular 
doiradan kesib o‘tib doiraning narigi chetiga chiqishga harakat kiladilar. Onaboshi esa 
yugurib o‘yinchilarga qo‘l tekkizadi. Qo‘l tekkan o‘yinchi o‘yindan chiqadi. Doirani 
ko‘p kesib o‘tgan va qo‘l tekkizmagan o‘yinchi g‘olib chiqadi. Bu o‘yin bolalardan 
chaqqonlikni, tez yugurishni, doirani kesib o‘tishni talab etadi va o‘ziga ishonchni 
tarbiyalaydi. 
Lanka 
– o‘zbek milliy bolalar o‘yini. U mavsumiy bo‘lib, asosan kuz faslida 
o‘ynaladi. Bobolarimiz qadimdan bolalik davrlarida lankani muntazam o‘ynab 
kelishgan. Lanka shunchaki oddiy o‘yin emas, balki o‘ynovchi bolani ham jismonan, 
ham ruhan tarbiyalovchi, chinakam ma’nodagi xalq o‘yinidir. Sharq xalqlari 
etnografiyasi hamda madaniy hayoti bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar fikricha, 
lanka o‘ynaydigan bolaning nafas ritmi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilarkan. Ya’ni, bir maromda 


480 
to‘g‘ri nafas olinishi natijasida qorin va ko‘krak qafasi kislorod hamda qon bilan yaxshi 
ta’minlanadi. Natijada yurak faoliyati yaxshilanadi. O‘yin paytida qorin, xususan, 
ovqat hazm qilish a’zolari faoliyati qorin mushaklari ishlashi natijasida yaxshilanib 
boraveradi. Bu esa o‘z navbatida ichaklar, o‘t pufagi, oshqozon osti bezi faoliyatiga 
ijobiy ta’sir o‘tkazib, turli xastaliklardan asrar ekan. Eng asosiysi, lanka tepayotganda 
ovoz chiqarib sanab borish natijasida diqqat bir joyga jamlanadi hamda inson xotirasi 
mustahkamlanib boradi 

5


Tarixiy taraqqiyot jarayonida xalq o‘yinlarining tadrijiy rivojlanishining va 
mana shu o‘yinlardan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq masalalarni 
ko‘rib chiqishda xalq o‘yinlarining har bir o‘ziga xos jihatlarni nazarda tutish kerak.
O‘yinlar xalq tomonidan yaratilgan va kishilarning kundalik hayotidagi voqealar 
hamda hodisalarni obrazli aks ettirib, ularning hayotiy taassurotlarini, kuzatishlarini, 
tajriba va hissiyotlarini gavdalantirib, o‘zida so‘z, musiqa, raqs shakllarini 
mujassamlashtirgan. Masalan, ibtidoiy tuzumda bolalarni tarbiyalashning xarakterli 
jihati ularni urugning urf-odatlari, an’analari, tarixi bilan, shuningdek, xalq og‘zaki 
ijodi, rivoyatlar, qo‘shiqlar va raqslar bilan tanishtirishdan iborat bo‘lgan. 
Xalq o‘yinlari xalq ma’naviy madaniyatining ko‘rinishlaridan biridir. Ularda 
etnik tarixga borib taqaladigan an’analar, ijtimoiy munosabatlar, mafkura-e’tiqodning 
ayrim elementlari, axloqiy-estetik me’yorlar aks etadi. Xalq o‘yinlari mamlakatning 
milliy xususiyatlarini, katta yoshli kishilarning fe’l-atvorini, odatlarini, mehnat 
jarayonlarini, jug‘rofiy sharoitlarni ifodalaydi. Shunga ko‘ra, o‘zbek xalq o‘yinlarini 
xalqning axloqiy-estetik tarixini, madaniyatini, boshqa xalqlar bilan aloqalarini 
o‘rganishning manbalaridan biri sifatida qarab chiqish lozim. O‘zbek xalq o‘yinlari 
tarixini o‘rganishda xalq ma’naviy madaniyatining rivojlanish bosqichlarini yoritish 
juda muhim ahamiyatga molikdir.
Shu boisdan jamiyatimizda o‘z salohiyati, aqliga ishonib yashaydigan, jamiyat 
manfaatini o‘z shaxsiy manfaatlari bilan uyg‘un tarzda ko‘radigan yetuk yoshlarni 
tarbiyalashdan iborat vazifa nafaqat bugun, balki kelajakda ham mahalladek nufuzli 
uyushmaning muhim kundalik faoliyatiga aylanishiga shak-shubha yo‘q. Zero, oilada 
sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ma’naviy muhitni barqarorlashtirishda har 


481 
tomonlama sog‘lom yetuk, ma’naviy barkamol farzandni tarbiyalash, yoshlarni oilaviy 
hayotga tayyorlash masalalarida ota-onalarning huquqiy, ma’naviy-axloqiy va 
ijtimoiy-siyosiy bilimlarini oshirishda mahallaning o‘rni va ta’siri benihoya kattadir. 
Bir vaqtlar bolalar (ba’zan kattalar) o‘rtasida mahallalarda o‘tkaziladigan milliy 
o‘yinlarni tiklash vaqti keldi. 
O‘zbek xalq o‘yinlarining tarbiyaviy ahamiyati haqida gap borar ekan, shuni 
alohida ta’kidlash lozimki, ular eng avvalo bolalarda o‘z qishlog‘iga, shahriga, 
tabiatga, mamlakatimizda yashovchi barcha xalqlarga muhabbat ruhida tarbiyalaydi. 
Eng muhimi o‘zbek xalqining milliy madaniyati, o‘tmishdagi va hozirgi turmushiga, 
milliy an’analari hamda san’atiga muhabbat uyg‘otadi. Shuningdek, bolalarni 
halollikka, saxovatpeshalikka o‘rgatadi, kattalarning tajribasini bolalar va yoshlarga 
yetkazishning vositasi sifatida xizmat qiladi. O‘g‘il va qizlarda mehnatga ongli 
munosabatni shakllantiradi. Ularning kuchli, chaqqon, serharakat, ziyrak, topqir, 
o‘zaro hamkor bo‘lishlariga yordam beradi. 

Download 17,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish