Литература
1.
Память воды. Апокриф гибридной эпохи. Книга третья
2.
А б д у к а р и м о в Д. Т., Т. С а ф а р о в, Т. Э. О с т о н а қ у л о в. Д а л а
э к и н л а р и с е л е к ц и я с и, у р у г ч и л и г и в а г е н е т и к а а с о с л
а р и. Т., М е х н а т, 1 9 8 9.
3.
Б о ч к о в Н. Г е н ы и с у д ь б ы. М., М о л о д а я г в а р д и я, 1990
4.
Доспехов Б. А.Методика полевого опыта.М., Колос, 1 9 8 5
5.
Симонгулян Н. Г., Мухаммедханов С. Р., ШафринА. Н.Генетика,
селекция и семеноводс тв охлопчатника. Т., М е х н а т, 1 9 8 7
6.
Э г а м б е р д и е в А. Э. И н д у ц и р о в а н н а я н а с л е д с т в е н н а я
и з м е н ч и в о с т ь х л о п ч а т н и к а. Т., Ф а н. 1 9 8 4
403
ФИО автора:
Turg‘onboyeva Durdona Davron qizi
Samarqand davlat chet tillar instituti
1-bosqich talabasi
Название публикации:
«TILSHUNOSLIK VA TIL»
LINGUISTICS AND LANGUAGE
Annotatsiya:
Tilimizga hurmat darajasini oshirish,uni dunyoga tanitish va tilimizdagi
lug‘atlar bilan ishlashga bag‘ishlanadi.Bunda til va tilshunoslikuzviy bog‘likligi tahlil
qilinadi.Bundan tashqari til va jamiyat bog‘likligi ham tahlil ostiga olingan.
Abstract:
This article works with dictionaries in our country to incrase respect for our
language and intraduce it to the word.This article analyzes the relationship between
language and linguastics and the role of language in society.In addition the relationship
between language and society is analyzes.
Kalit so‘zlar:
tilshunoslik,til,frazeologiya,tobu,the late,evfimizm,fonetika,leksikon,
aloqa vositasi.
Key words:
Linguastics, language, tobu, Euphimism, Lexion, phrasology, Phonetics,
Means of comunication.
Tilshunoslik fani-tilning paydo bo’lishi uning qo’llanilish rivojlanish tarixi, til
va Jamiyat munosabatlari,tilning jamiyatdagi o’rni, ichki tuzilishi,uning tasnifi va
tilimizdagi so’zlar va shu so’zlarning taroqqiyotini o’rganadi.Tilni tilshunoslikdan
Boshqa fanlar yani falsafa va mantiq ham o’rganadi.Tilshunoslik fani tilni,kengroq va
chuqurroq o’rganadi.Va bu borada biz tilga e’tiborli bo’lmog’imiz kerak. Til –
bilamizki u aloqa vositasi hisoblanadi.Biz u yordamida kimgadir o’zimizni.
Tanishtirishimiz mumkun yoki undan qandaydir yordam olishimiz
mumkun.Umuman o’z ehtiyojlarimizdan kelib chiqqan holda ichki kechinma va
Hissiyotlarimizni ifoda etamiz.Malumki til qadimdan paydo bo’lgan va olimlar til
404
haqida shunday deydi:”Til kishilarning eng muhim aloqa vositasi “deydi.Bu fikr to’g’ri
lekin bu degani til yakka- yu yagona aloqa vositasi degani emas.Aloqa boshqa vositalar
orqali ham o’rnatilishi mumkun.Masalan imo ishoralarni olaylik Yoki qadimgi
Afrikaliklar nog’aralar yordamida ya’ni uning tovushlari bilan aloqa Qilib bir birini
tushunganlar.Yoki KANAR orollarida yashovchi qadimgi odamlar HUSHTAK
yordamida aloqa o’rnatishgan.Til qachon qayerda qanday paydo bo’lgan u dastlab
nechta til bo’lgan bu kabi savollar juda ko’p lekin bu savolga haligacha javob topilgan
emas.bazi olimlarning tadqiqotlari, ularning ilmiy tadqiqotlari shunday deydi:Til
bundan besh yuz ming yil avval paydo bo’gan.Endi shuni o’ylab ko’rsak til besh yuz
yil avval, qanday bo’lgan, qanaqa ko’rinishda bo’lgan,albatta nomalum yani bizda bu
haqda hech qanday ma’lumot yo’q.Shunchaki bizda farazlar mavjud xalos.Farazlar
ham ko’pchilikni tashkil etadi.
Ulardan hozir hammamizga ma’lum bo’lgan: Tovushga taqlidni olsak.Malumki
har xil tovushlar mavjud masalan hayvonlardagi tovushlarni oladigan bo’lsak
hayvonlar o’ziga xos tovushlar chiqaradi.Demoqchimanki qadimgi odamlar ham bir
birlari bilan shunaqa tovushlar bilan aloqa qilishgan,Shu kabi tovushlar orqali turli
nomlar paydo bo’lgan.Lekin shu narsani ham hisobga olish kerakki:Tabiatda tovush
chiqaradigan narsalarga qaraganda uning aksi ya’ni tovush chiqarmaydigan narsalar
ko’pchilikni tashkil etadi.Tovush chiqaradigannarsalarni o’sha tovushning nomi bilan
atashgan deb olsak,tovush chiqarmidigan narsalarchi ular qanday nomlangan degan
savol tug’uladi.Bu kabi farazlar ko’pchilikni tashkil etadi.Albatta bular aniq fakt
emas.Bu
kabi
farazlarga
quydagilar
kiradi:Undov
farazlari,Mehnat
chaqiriqlari,Ijtimoiy kelishuv farazlarini olsak ular ham tilni turlicha talqinda
bo’lganligini takidlaydi ya’ni aniq maqlumot yo’q. Yana til jamiyat bilan uzviy bog’liq
vosita hisoblanadi,ular ikkalasi bir birisiz yashay olmaydi desak mubolag’a
bo’lmaydi.Tilni jamiyatdagi o’rni beqiyos bo’lganligini hech qanaqasiga inkor qilib
bo’lmaydi,shuningdek til ham jamiyatsiz hech narsa.
Yana takidlash joizki til rivojlanmasa jamiyat ham rivojlanmaydi,til kamol
topmas ekan demak jamiyat ham kamol topmaydi.Jamiyat ham aloqani mana shu til
405
yordamida amalga oshiradi.Tilimizning ichki tuzilishi, ulardagi so’zlar,fonetik
o’zgarishlar bularning barchasi o’ziga xosliklarga,murakkabliklarga egadir.Malumki
tilimizda TOBU degan tushuncha bor.Tobu(polinezcha-taqiqlash)degan manoni
beradi.Bilamizki tilimizdagi ba’zi so’zlar jamiyatda xalq orasida qo’llanilish tavsiya
etilmaydi,bunaqa so’zlar nafaqat bizda balki boshqa mamlakatlarda ham
mavjud.Masalan bizda “o’ldi” “o’lgan”kabi tobu so’zlarni olaylik ularni kimgadir
to’g’ridan to’g’ri aytib bo’lmaydi,uning o’rniga”olamdan o’tdi” “rahmatli bo’ldi”kabi
so’zlarni ishladsak maqsadga muvofiq bo’ladi. Ingliz tilida esa “o’lmoq”so’zi
quydagicha,”The late” “The departed” kabida ishlatiladi.Yana bu kabi so’zlar rus tili
va boshqa tillarda ham turlicha evfimizmlarda qo’llanadi.albattaki kimningdir yoniga
borib shu kishi o’ldi deb bo’lmaydi,unda o’sha kishi xabarni yetkazgan inson haqida
yomon fikrga boradi chunki u inson til meyorlariga amal qilmagan bo’ladi.Uning
o’rniga evfimizmlardan foydalangan holda bunaqa xabarlar yetkazilsa maqsadga
muvofiq bo’ladi.Bilamizki evfimizim –chiroyli gapirish degan manoni
beradi.Umuman tilimizda so’zlar juda ko’pchilikni tashkil etadi,malumki so’z ko’p
bo’lgandan keyin albatta lug’atlar bizga ko’makka keladi.Bizda lug’atlar ham
ko’pchilikni tashki etadi.Bilamizki lug’at tuzish qiyin masalalardan hisoblanadi,lug’at
tuzish uchun uzoq vaqt,ulkan sabr,bilimva ancha yillik ko’nikma kerak
bo’ladi.Lug’atlarning turlari ko’pchilikni tashkil etadi dedik masalan:Imlo lug’atini
olaylik.unda lug’atlar tarjima qilinmaydi,shu bilan birga izohlar ham
berilmaydi.Chunki imlo lug’atida shunchaki so’zlarning to’g’ri yozilishi va imlo
qoidalari o’rganiladi.Yoki frazalogiya atamasini olaylik,bu nuqtai nazarda semantik
jihatdan bir biriga tobe so’zlar yani(erkin bo’lmagan)hamda nutq jarayonida
gapiruvchi,o’zi hohlagandek erkin so’zlarni bir biriga qo’shib ishlatmaydigan,til
leksikonida tayyor bo’lgan so’zlar kiradi.Yana bizda frazalogik iboralar degan
tushuncha haqida malumot bor.Yana –iboralar ma’nosi bittaga so’zga teng bo’lgan
so’z birikmalari hisoblanadi,yani bunda so’z bir qancha so’lar bilan ifodalanadi
masalan:”Og’zi qulog’ida’’ iborasini olaylik bu so’zning tub manosi –
xursand,degani.Yoki “Tomdan tarasha tushgandek”iborasini olaylik,bunda tub ma’no
quydagicha-bunda insonni haddan tashqari hayratda qolgani ifodalanadi.Tilimizda bu
406
kabi go’zal iboralar juda ham ko’pchilikni tashkil etadi va bu tilimizning naqadar
jozibadorligini va bebaholigini ifodalaydi.Endi xulosa qilib shuni ayta olamizki
tilshunoslik fani tilning barcha ichki guruhlarini qamrab olgan holda,uni har
tomonlama o’rganadi.Tilimiz naqadar boy,faqatgina biz undan to’g’ri foydalana olsak
bo’lgani.Yani demoqchimanki tilning qonun qoidalariga uning meyorlariga rioya
qilgan holda qo’llasak yaxshi bo’lardi.Cunki ko’plab insonlar bu narsani afsuski
tushunmaydilar,ular biror gapni boshlashsa albatta biror chet tillarini qo’shib sof tilni
buzushadi.Yani ular tildan o’zlari bilgandek foydalanadilar.Bu esa tilimiz uchun
haqiqiy fojea emasmi,unga bo’lgan xurmatsizlik emasmi?.Sizlardan shuni iltimos qilib
qolardimki ona tilimizni asraylik, unga qilinyotgan nohaqliklarni oldini olaylik.Chunki
tilimiz bebaho!!!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |