Reja: Nutq madaniyati va adabiy meyor olchovi



Download 16,43 Kb.
Sana26.03.2022
Hajmi16,43 Kb.
#511308
Bog'liq
Hujjat (1)


Mavzu: Adabiy til va nutq madaniyati
Reja:

Nutq madaniyati va adabiy meyor olchovi.


Adabiy til meyorlari.


Nutq odobi-umumiy axloqni belgilovchi mezon.


Oqituvchi nutqining adabiy meyorlarga mosligi.

Nutq madaniyatiga erishishning asosiy omili tilni, ayniqsa adabiy til meyorlarini egallash, ulardan unumli va orinli foydalanishdir. Hozirgi adabiy til meyorlariga rioya qilib tuzilgan nutq aniq, tog’ri va tasirchan holda tinglovchiga yetib boradi.
Meyor-sozning mavjud bolgan manosi, fonetik tuzilishi. S.I.Ojegov fikricha, “Meyor-bu ijtimoiy jarayonda birga mavjud bolgan, bor bolgan, yangi paydo bolgan yoki otmishning kam ishlatiladigan til unsurlarini (lug’aviy, talaffuz, morfologik, sintaktik) tanlashning natijasi sifatida shakllangan, jamiyatga xizmat qiladigan foydali til vositalari yig’indisidir, keng manoda bu unsurlarni baholashdir”. Adabiy meyor oz holicha shakllanadi. Uning shakllanish va taraqqiyotiga tilning tarkibiga kiruvchi lahja, shevalar turlicha hissa qoshadilar. Qaysi hududda savdo, fan madaniyat taraqqiy etgan bolsa, meyorga ham osha hududdagi shevalarning ulushi koproq boladi. Meyor til qurilishi unsurlarining hammasiga tegishli. Adabiy meyor umumiy meyordan olinadi, unga suyanadi. Adabiy meyor umumiy meyorning xususiy korinishi bolgani uchun undan hajm jihatidan kichikdir.
Og’zaki adabiy normaning rivojlanishiga xalq qiziqchilari, askiyachilari, ertakchi, latifachi, dostonchi, xalq shoir-baxshilari katta hissa qoshadilar.
Nutq madaniyati adabiy meyorlarni tadqiq etar ekan, u meyordagi mustahkam va zaif orinlarni belgilaydi. Adabiy meyor adabiy til bilan birga tug’iladi, badiiy adabiyotning, xalq madaniyatining taraqqiyoti bilan rivojlanib, oz qonun-qoidalarini mustahkamlab boradi.
Sozlovchi yoki tinglovchi gapirganda yoki eshitganda malum odob, axloq meyorlariga rioya qiladi, chiroyli va tasirchan gapirishga intiladi, tilga hurmat bilan munosabatda boladi, oz gapi va ozgalar gapiga etiborli boladi, orinli sozlash va tinglash madaniyati, suhbat va munozara madaniyatiga amal qiladi. Bular umum-meyor darajasidagi talablardir.
Nutq madaniyatida ham adabiy til meyori-olchovi zarur. “Til meyori-bu til birliklari va uning qurilishini ozaro yaxshi tushunish zaruryati tufayli paydo bolgan, undan foydalanuvchi xalq tomonidan yaratilgan amaldagi qoidalar yig’indisidir” -deb takidlaydi olim B.N.Golovin.
Til unsurlarining xalq ortasida kopchilikka maqul bolgan variantini tanlash-adabiy til meyori hisoblanadi.
Ozbek adabiy tilining meyorlari:

Fonetik meyorlar.


Bunda hozirgi ozbek adabiy tilidagi unli va undosh tovushlarning qollanilishi meyor hisoblanadi.


Leksik-semantik meyor (soz qollash)lar.


Soz variantlaridan hamma uchun tushunarli bolgan korinishini tanlab olish hozirgi ozbek tilining lug’aviy meyori hisoblanadi.


Imlo, talaffuz, tarjima lug’atlarida lug’aviy meyor oz aksini topadi.
Sozning manosini bilmay ishlatish, shevaga xos sozlarni qollash, paronimlarning manosini tushunmasdan ishlatish rus tilidan tog’ridan-tog’ri kalka-tarjima qilish meyor hisoblanmaydi.
Masalan: bolsa ornida bosa sozini ishlatish, yorug’ ornida yoruq sozidan foydalanish. Rus tilidan tarjima qilish asosida: Bazm kechasining aybdorlari.

Talaffuz meyorlari (orfoepik).


Til birliklarining og’zaki nutq jarayonida adabiy til meyorlariga muvofiq kelishi. Ruscha sozlarni yozma shakliga taqlid qilib aytish-(Moskva tog’ri aytilishi Maskva) sozlarni ozbekcha aksent bilan talaffuz etish (Angiliya) shevaga xos talaffuz (yol-jol) talaffuz meyorlarini egallashda orfoepik lug’atlarning ahamiyati katta.


4. Aksentologik (urg’uning tog’riligi) meyorlar.
Bunda soz va gaplarda urg’uni tog’ri qollash meyori tushuniladi. Urg’uni tog’ri ishlatmaslik soz manosiga tasir qiladi: olma-meva, olma-buyruq feli.
5. Grammatik meyor:
Turlovchi va tuslovchi shakllarning eng maqbul variantlari hozirgi tilimizda tanlab olingan va ular nutqda barqaror shaklda ishlatiladi. Ammo kelishik qoshimchalarini notog’ri qo’llash uchraydi. Bazan –ning ornida –ni, -lar ornida –la ishlatiladi. Direktorni xonasida kordim. (direktorni oz xonasida kormoq). Direktorning xonasida kordim. (Boshqa birovni direktor xonasida kormoq).
6. Soz yasalish meyorlari:
Soz yasovchi qoshimchalarning fonetik tuzilishi jihatidan bir qolipda ishlatilishi soz yasalish meyori hisoblanadi. Bazan nuqtda sifat yasovchi –li va ot yasovchi –lik qoshimchalari farqlanmay ishlatiladi. Paxtali chopon ornida paxtalik chopon.
7. Imloviy meyorlar (orfografik).
Hozirgi ozbek adabiy tilining meyorlari 1956-yil “Ozbek orfografiyasining asosiy qoidalari” ga tayanadi. 72 paragrafdan iborat. 1995-yil yangi lotin alifbosiga otish haqida qaror qabul qilindi.
Lotin alifbosiga asoslangan yozuvda ham yangi orfografik qoidalar yaratildi. Bog’in kochirish qoidalariga ozgartirishlar kiritildi. Demak, imloviy meyor sozlarning tog’ri, xatosiz yozilishiga asoslanadi.
8. Grafik (yozuv) meyorlari:
Hozirgi yozuvimiz lotin alifbosiga asoslangan bolib, 29 ta harf va 3 ta harf birikmasidan iborat.
9. Punktuatsion meyorlar:
Bu meyor 10 ta tinish belgisi asosida ish yuritadi (nuqta, vergul, ikki nuqta, nuqtali vergul, tire, undov belgisi, soroq belgisi, kop nuqta, qoshtirnoq, qavs)
10. Uslubiy meyor:
Nutq sharoitiga qarab til birliklarining eng maqulini qo’llash adabiy tilning uslubiy meyori hisoblanadi. Sinonimlardan notog’ri foydalanish, soz takror ayrim eskirgan sozlarni qollash nutqni uslubiy jihatdan buzadi.
Ozbek tilida sozlashuvchi kishilar va ijodkorlar uchun ozbek adabiy tili meyorlariga rioya qilish majburiy sanaladi.
Nutq odobi-umumiy axloqni bezovchi mezon hisoblanadi. Orta Osiyoda axloqiy tarbiya oz ananalariga ega. Axloq haqidagi ibratli fikrlar qadimgi turkiy yodnomalar buyuk allomalarning asarlari, yozma yodgorliklar orqali bizgacha yetib kelgan.
Orta asrlarda axloq fan sifatida yuzaga keldi. Farobiy, Ibn Sino, Nasriddin Tusiy, Jaloliddin Davoniy, Sabzavoriy, Giyosiddin Mansur kabi olimlarning asarlarida axloq fanining mavzusi vazifalari, maqsadi nazariy va amaliy jihatdan isbotlab berildi. XIII asrda yashagan Ibn Arabiyning “Tahzibul axloq” (“Xulqiy tarbiya haqida”), “Kitobul axloq” (“Axloq kitobi”), Abu Bakr Qalandarning “Qalandarnoma” asarlari, XV asrda yashagan Husayn Voiz Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy”, XVI asrda yashagan Poshshoxoja Abduvahobxojaning “Gulzor”, “Miftoh ul- adl” (“Adolat kalidi”), XVII asrda yashagan Abdurahmon ibn Abdukarimning “Muftoh u-l axloq”, XVIII asrda yashagan Hakim Qoniyning “Parishon” va “Guliston”, XIX asrda yashab ijod qilgan Abu Tohir Xojaning “Axloqi Muzaffariy”, va “Axloqi Muhammadiy”, Abdurahmon Sharafning “Ilmi axloq”, Salohiddinning “Mahosini axloq” (“Axloq fazilatlari”), XIX asrning oxiri XX asr boshlarida yashagan Abdurahmon Sayyohning “Meyori axloq” kitoblarida sharqona meros bolgan axloq masalalari ilmiy mushohada etib beriladi. Orta Osiyo xalqlari boy axloqiy merosga ega hisoblanadi. Demak, axloqni belgilovchi nutq odobiga rioya qilish bizning xalqimizga ajdodlardan qolgan meros. Ota-bobolarimiz qadimgi davrlardan boshlab axloqiy tarbiyaga katta etibor berganlar. Odobli sozlash uchun ham avvalo ozbek adabiy tili meyorlarini mukammal organmoq zarur.
Oqituvchi nutqi adabiy til meyorlariga tola mos kelishi uchun bu adabiy meyorlarni u mukammal organmog’i hayotiy zaruratdir. Agar oqituvchi nutqi adabiy til meyorlariga to’la mos kelsa bu oquvchilarning yutug’idir. Chunki bola ustozidan talim oladi, hattoki unga taqlid ham qiladi. Tog’ri, boshqa soha vakillaridan ham adabiy til meyorlariga rioya qilgan holda sozlash talab etiladi. Ammo oqituvchi kelajak avlod tarbiyachisi sifatida bola dunyoqarashini shakllantiradi. Shuning uchun ham oqituvchi har qanday vaziyatda va har qanday sharoitda oz nutqiga etiborli bolmog’i talab etiladi.
Adabiyotlar:
1. Qilichev E., Qilichev B. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. Buxoro, 2002.

2. Qongirov R, Begmatov E. Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. T., 1992.

3. Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. T., 1993.

4. Begmatov E., Boboyev A., Asomiddinova M. Adabiy norma va nutq madaniyati. T., 1983.



5. Tojiyev Yo, Hasanova N, Tojimatov H, Yoldosheva O. Ozbek nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari. T., 1994.
Download 16,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish