Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №37 (том 4)



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/207
Sana13.05.2023
Hajmi8,66 Mb.
#938155
TuriСборник
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   207
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2023. Том 4

ФИО научного руководителя: 
Nurboboyev Shokir Boynazarovich
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 
Psixologiya fakulteti o’qituvchisi 
Название публикации:
«ZAMONAVIY RAHBAR QIYOFASI VA IMIDJ 
FENOMENI» 
Annotatsiya:
Ushbu maqolamizda bugungi kunning dolzarb mavzularidan biri 
bo’lgan rahbar kadrlarning psixologik nuqtai nazardan qiyofalari va imidjlari qanday 
bo’lishi kerakligi haqida hikirlar bayon etilgan. Shuningdek rahbarlik inidj 
ko’nikmalari haqida turli qarashlar tahlil qilinadi. 
Kalit so’zlar:
Imidj, qiyofa, ijtimoiy xulq, kasbiy mahorati, verbal, kinetik, 
vizual, muloqot o’rnatish, Imijni boshqarish, Imij turlari, vazifalari, kognitiv. 
Imij – (ing. imij – qiyofa, tasvir) odamlar ongida muayyan shaxs, tashkilot yoki 
boshqa ijtimoiy ob’ektga nisbatan yuzaga keluvchi, idrok etilayotgan ob’ekt haqidagi 
axborotni o’zida mujassamlashtirgan va ijtimoiy xulq-atvorga da’vat etadigan 
muayyan sintetik obraz.
Zamonaviy rahbar imijini yaratish – bu uning yuzi, kiyinishi, qalbi, sog’lom 
fikri, muomala madaniyati, boshqaruvchilik san’atini mukammal egallovchi 
shaxs, kompetentlik: bilimi, tafakkuri, kasbiy mahorati, farosati, kamtar, 
xushmuomalali kabi insoniy fazilatlar, go’zallik, axloqiylik, o’git va ibrat, ustoz va 
shogird an’analariga tayangan holda insonning nufuzini ko’tarish, obro’yini oshirish, 
hurmatga sazovor bo’lishdir. Vositalari: verbal, kinetik, vizual. 
Rahbar imijini taqdim etish – birinchi ta’surot qoldirish. Menkonsepsiyasi, qabul 
qilish. Vositalari: muloqot o’rnatish, tabassum qilish, qo’l siqib ko’rishish, ismi sharifi 
bilan chaqirish, vizitkalar bilan almashish, do’stona munosabat o’rnatishda xajviyadan 
foydalanish, ko’z qarashlarda so’zlarni ifoda etish. Ko’zlar inson qalbining ko’zgusi 


116 
hisoblanadi. Qat’iy, o’ziga ishonch qarashlar – qat’iyatli imij sanaladi. Atrofdagilarga 
innovatsiyani olib kirish. 
Imijni boshqarish – vaqtdan unumli foydalanish, yozma ish yuritish, qattiq ruhiy 
holat, hayajonni boshqarish. Vositalari: sog’lom turmush tarzini ta’minlash (uyda, 
ishda), uy, ishxona, farzand tarbiyasi, xizmat safarlari orasidagi tenglikni saqlash, ong 
ostida omadni dasturlash (programmalashtirish), his-hayajonni oldini olishda o’z 
vaqtida muammolarni hal qilish, hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash, mehnat 
unumdorligini oshirish, o’ziga hamda atrofdagilarga real yondashuv, uyishxonada 
emotsional his-hayajonni bartaraf etishda madaniyatni rivojlantirish, innovatsiyani 
pozitiv qabul qilish, turli his-hayajonni bartaraf etish monitoringini olib borish, 
g’oyalar yo’nalishlarini o’zgartirish ya’ni ba’zan biz “ovuntirish” usuli ham deyishimiz 
mumkin. 
Imij turlari 
Korporativ imij
(kompaniya, firma, korxona, muassasa, siyosiy partiya, jamoat 
tashkiloti va hokazolarning imiji);
Ob’ektiv – sub’ektiv.
Bu tashkilot (korxona, korporatsiya) faoliyatining sirtdagi 
ko’rinishlari sifatida tushuniladi. Bunda tashkilot (korxona, korporatsiya) mahsuloti, 
xodimlarining uniformasi va xulq-atvor uslubi, korporatsiya doirasidagi munosabatlar 
kiradi.
Tabiiy – sun’iy.
Tashkilot imijini ikki xil usul yordamida yaratish mumkin. 
Birinchisi, kompaniya tovarlarini xarid qilish, xizmatlaridan foydalanish. Ikkinchisi
o’ziga vazifa “yuklash” xususiyatlariga qaratilgan. 
Kognitiv – emottsional.
Tashkilot imiji xayoliy obrazlar va ruhiy komponentlar 
yig’indisi sifatida tavsiflanadi. Xayoliy obrazlarga kognitiv jarayon tavsiflari, ya’ni 
eshitish va ko’rish orqali axborot olinganidan so’ng yaratiladigan obrazlar vositasida 
fikrlash tizimlari kiradi. Imijning emotsional jihatlariga ayni holda assotsiatsiyalar, 
sezgilar, ruhiy holatning shaxsiy xususiyatlari, sharoit ta’siri va hokazolar kiritiladi.
Imij vazifalari: 

hozirgi zamon odamini tarbiyalash;

turli soha mutaxassislari kasbiy mahoratini oshirish; 


117 

kasbiy faoliyatning piar bo’yicha mutaxassis, stilist, imijmeyker kabi turlarini farqlash; 

odamlarga xos bo’lgan jismoniy tortinchoqlikni engish va ularning ma’naviy boy 
dunyosini namoyon etishga yordam berish; 

shaxsda yashirinib yotgan ijobiy fazilatlarni aniqlash va ularni ro’yobga chiqarishga 
yordam berish; 

turli yoshdagi odamlarga imij haqida bilimlar berish, ularni o’zlashtirishda hamda 
shaxslararo va ishga doir munosabatlarni yo’lga qo’yishda ushbu bilimlardan mohirona 
foydalanishda ko’maklashish.
Djonatan Svift ta’kidlagan: “Jamiyatda yorqin ko’rinish ko’pchilikka ham 
berilavermaydi, ammo ko’pchilik insonlar yoqimtoy bo’lishi mumkin”.
Imijda Notiqlik san’ati asosiy o’rinni egallaydi.
Napoleon shunday degan edi: “Nutqini ushlay olmaganlar, rahbar bo’la 
olmaydilar”. Rahbar - boshqaruvchilik yuz tuzilishi, auditoriya oldida hamkor bo’lsin 
yoki qo’l ostidagi ishchi bo’lsin so’zlashni bilishi zarur. 
5-7 minutlik ma’ruzada ishdagi hamkorlarga yoqishi uchun quyidagilarga 
ahamiyat berishi lozim:
birinchidan, o’z aqlingiz bilan fikrlang.
ikkinchidan, auditoriyaning sizga bergan tavsiyalarni tezda tutib olishingiz 
zarur. O’zingiz xohlagan narsalarni gapirmang. Ba’zan auditoriya uchun dolzarb 
bo’lgan muammoda to’xtalib o’tishingiz mumkin.
uchinchidan, asosiy nuqtalarga e’tiboringizni qarating, real hayotni qanchalik 
bilishingizni ko’rsating, insonlarning turmush sharoiti hamda biznesda nimalarga 
erishishni xohlashi haqida so’zlang va b.q.
to’rtinchidan, o’z fikrlaringizni mantiqan o’ylab gapiring.
beshinchidan, ma’ruzada insonlarning e’tiborini tortadigan joylarni aniqlab 
oling. Siz ko’tarib chiqqan muammolarning eng asosiy va echishi lozim bo’lganlari 
tushunarli bo’lishi lozim. Nima uchun siz bunday o’ylaganingiz haqda, albatta, aytib 
o’tishni unutmang.
oltinchidan, auditoriya sizning fikrlaringizni qo’llab quvvatlamog’i lozim. 


118 
ettinchidan, sizdan oldingi ma’ruzachidan qolgan taa’surotlardan auditoriyani 
olib chiqishga o’rganing.
sakkizinchidan, tinglovchilarga qarata ajoyib so’zlarni aytish mumkin. Masalan, 
hamkorligi, tushungani uchun o’z minnatdorchiligingizni bildiring. qanchalik 
jarangdor qilib aytilsa, shunchalik siz bilan muloqotga kirishuvchilar ko’payaveradi.
Shuningdek zamonaviy rahbar imidjini yaratish – bu uning yuzi, kiyinishi, qalbi, 
sog’lom fikri, muomala madaniyati, boshqaruvchilik san’atini mukammal 
egallaganligi, kompetentlik: bilimi, tafakkuri, kasbiy mahorati, farosati, kamtar, 
xushmuomalalik kabi insoniy fazilatlari, go’zallik, axloqiylik, o’git va ibrat, ustoz va 
shogird an’analariga tayangan holda insonning nufuzini ko’tarish, obro’yini oshirish, 
hurmatga sazovor bo’lishidir. 
Boshqaruv tizimida rahbar xodimning faoliyati muhim o’rin egallaydi. Bu esa, 
o’z tavsifi bo’yicha siyosiy va mumtoz faoliyatdir. Rahbar xodim davlat 
ko’rsatmalarini ro’yobga chiqaradi, u xo’jalik tizimida davlatning vakili hisoblanadi. 
Boshqacha qilib aytganda, haqiqiy rahbar xodim Ushbu jamoaning ilg’or kishisi bo’lib, 
u o’z korxona va tashkilotining foydasini ko’zlovchi va korxona sha’nini himoya 
qiluvchi shaxsdir. 
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, hech kim rahbar bo’lib tug’ilmaydi, faqat o’zi – 
sidqidildan qilgan mehnat va uning samarali natijalari bilan shaxs o’zining rahbarlikka 
loyiq xususiyatini namoyon qiladi. Rahbar xodim mehnatning muhim omili - qaror 
qabul qilish va uni bajarishda har xil boshqaruv apparati bo’g’inlari harakatini to’g’ri 
yo’naltirishdan iboratdir. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 
1.
Sh.M.Mirziyoyev. “O’zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha 
harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi pf-4947-sonli farmoni.
2.
Андреева Г.М. Сотсиальная психология: Учебник для учебньх заведений / 
Г.М. Андреева.-М.: Аспект Пресс, 2003 - 364 с.
3.
Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya. Oliy o’quv yurtlari talabalari uchun 
darslik.- T., 2012 – 196 b. 


119 

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish