122
ФИО авторов:
Namangan davlat unversiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Tarix yo’nalishi
2-bosqich
Talabalari
Erkinjonov Elomon, Xakimjonov Axrorbek
va Pop tuman 11-maktab tarix
o’qtiuvchisi
Sardor Ubaydullayev
Название публикации:
«KO’CHKUNCHI SULTON AVVLODLARI BAYONI»
Anatatsiya:
Ushbu maqolada Shayboniylarning Ko’chkunchixon
avlodlaridan
bo’lgan Sultonlar taqdiri haqida ma’lumot berilgan va ularning siyosiy tarixi yoritilgan.
Bundan tashqari ularini hayoti haqida ham qisqacha ma’lumotlar berilagan va ularni
ayanchli taqdiri yoritilgan.
Kalit so’zlar:
Ko’chkunchixon, Abusaidxon, Abdulatifxon,
Sulton Saidxon,
qo’shhokimyatchilik, AbdullaxonII, Javonmardalixon,
Baroqxon, Sulton Sulaymon
Qonuniy.
Shayboniylar sulolasi 1510-yildagi Marv jangidan so’ng og’ir siyosiy va iqsodiy
vaziyatni boshidan o’tkazdi. 1511-1512-yillarda
Movarounnahrga Zahiriddin
Muhammad Bobur va Eron qizilboshlari hujumi sodir bo’ldi. Dushman hujumini
qaytarish maqsadida Shayboniylar birlashishishiga to’g’ri keldi. 1510-yil
Shayboniyxon vafotidan so’ng barcha Shayboniylar Suyunchixo’jaga bayat berishadi.
Biroq, harbiy jihatdan ustun bo’lgan Ubaydullaxon xonlik taxtiga eng yoshi ulug’i
sifatida Ko’chkunchixonni ilgari surishni taklif qildi. 1512-yil Shayboniylar dushmani
quvib chiqarishgach Ko’chkunchixonni xonlik taxtiga o’tirg’izdirishdi. Natijda,
Ko’chkunchizodalar 1512-yildan to 1578-yilgacha Samarqandda hukmdorlik qilishdi.
Ko’chkunchixonni o’zi qaryib yigirma yil davomida mamlakatni idora etdi.
Ko’chkunchixon hukmronligi davrida xon mamlakatda rasman sulola boshlig’i
bo’lsada, harbiy hokimyat to’liq Ubaydullaxon qo’l ostida qoldi. Qizilboshlar hujumi
quvib chiqarilgach, rasman Ko’chkunchixon xonlik taxtiga o’tirdi.
Samarqandda oq
kigizga o’tirgizdirilib hukmdor deb e’lon qilindi. Ko’chkunchixon Shayboniyxonni
o’g’li Temur Sulton bilan 1514-yilgacha Samarqandni birgalikda boshqardi.
Uning
vafotidan so’ng Samarqandni Ko’chkunchixon vorislari 1578-yilgacha boshqardi.
123
Ko’chkunchixondan keyin, valiahd tayyorlash an’anasiga ko’ra Suyunchixon
taxt vorisi deb e’lon qilindi, biroq Suyunchixon vafot etib qolganligi sababli, xon voris
etib Shayboniylarni ko’zga ko’ringan vakili
Jonibek Sulton tayinlanib, valiahd deb
e’lon qilinadi. Hali Ko’chkunchixon tirikligidayoq Jonibek Sulton ham vafot etadi.
Natijada, yoshi ulug’ bo’lganligi tufayli Ko’chkunchixonni o’g’li Abusaid qolg’a etib
belgilanadi. 1529-yilning oxirlar, 1530-yillar boshlarida
Abusaid Sultoni otasi vafot
etdi. Chingiz yasoqi va Turkiy an’analarga ko’ra Abusaidxon oq kigizga o’tirgizilib
xonlik taxtiga o’tirdi. Xon ikki yili ikki oy taxtda o’tirdi, ayrim manbalarda esa uch yil
hukmdorlik qilgan. Uning siyosiy faoliyati haqida ma’lumotlar kam, yoki hali tarjima
qilinmagan. Abusaid 1533-yilli vafot etadi. Abusaidxon hukmdorligida biror-bir harbiy
yurishni amalga oshirmagan bo’lsada, taxtga o’tirmasdan oldin, 1512-yil Eron
qizilboshlariga qarshi kurash paytida G’ijduvon qa’lasini mudofaa etadi. Bu to’g’risida
Shayboniylar haqida qimmatli ma’lumot berib o’tgan Muhammad Arab ibn Qatag’on
asarida shunday deyiladi
Do'stlaringiz bilan baham: