: ”Muhammad Temurxon, Fo’lad Sulton, Abusaid Sulton
Bayrambek boshliq qizilboshlar kelayotganidan xabar topgach, G’ijduvon qa’lasiga
kirib bekindilar. …Muhammad Temurxon, Fo’lod Sulton, Abusaid Sulton qa’la
(G’ijduvon nazarda tutilgan) atrofini mustahkam qilib, har kunni jangovar
o’zbeklardan bir guruhini urush uchun qa’ladan tashqariga chiqarib turdilar…“
12
Bundan ko’rinadiki Abusaidxon Eron qiziboshlariga qarshi kurashda Shayboniylarni
birlashgan tarkibida bo’lgan. 1512-yil G’ijduvon jangida o’z qo’shini bilan
Shayboniylarni chap qanotiga qomondonlik qiladi. Bundan tashqari Shayboniylarni
Xurosonga harbiy yurishlari chog’ida ham o’z qo’shini bilan ishtirok etadi.
Abusaidxon hukumdorligi qisqa bo’lgan bo’lishiga qaramay u taxtga
o’tirmasligidan avval o’z elchilarini Ko’chkunchixon elchilari qatorida Hindistonga
Bobur Mirzo huzuriga 1528-yili jo’natadi. Bobur Mirzo o’zini “Boburnoma“ asarida
Shayboniy elchilarni qanday kutib olinganligini quydagicha ifodalaydi: ”
Katta osh
tortilganidan keyin Xoja Abdushahid bilan Xoja Kalonga avrasi tuya junidan to‘qilgan
matodan bo‘lgan qunduz to‘nlar munosib sarpolar bilan kiydirildi. Mulla Farrux
12
Муҳаммддиёр ибн Араб Қатағон. ‘’Мусаххир ал-билод’’ (Мамлакатларнинг эгалланиши).Янги аср
авлоди.Т.:2009. Форс тилидан таржима: И.Бекжонов, Д. Сангирова.139б.
124
hamda hofiz boshchiligida kelganlarga chakmonlar kiydirildi. Ko‘chumxonning
elchisiga va Hasan Chalabiyning ukasiga ham ipak, bosh kiyim (boshlik), tugmalik
qunduz to‘nlar va shunga yarasha sarpolar in’om bo‘ldi. Abusaid Sulton, Mehribon
xonim va uning o‘g‘li Po‘lod Sultonning elchilariga va Shoh Hasanning elchisiga
tugmalik chakmonlar, ipak to‘nlar in’om bo’ldi.
13
“
Bundan ko’rinadiki Abusaid o’z
elchilarini jo’natish orqali o’zaro munosabatlarni yaxshilash uchun urungan.
Abusaidxonni Sulton Said Sulton, Javonmardalixon, Xudoyberdi Sulton, Sulton
Muhammad ismli farzandlari bo’lgan, tarixiy manbalarda ularning onalari haqida
ma’lumot kam. Ayrim hollarda uchramaydi. Abusaidxonning to’ng’ich o’g’li
Ubaydullaxon taxtga chiqishi natijasida, Samarqand Ko’chkunchizodalarga mulk qilib
beriladi. Aynan, o’sha davrda Sulton Said amakisi Abdulatifxon xizmatida bo’ldi, uning
vafotidan so’ng Samarqand Toshkent hukumdori Baroqxon tamonidan egallanadi va
Sulton Saidxonni o’g’li Do’stum Sulton bilan birga Buxorodagi Burxon Sultonga qarshi
yurishga jo’natadi, biroq, Burxon Sulton Jonibek Sulton avlodlaridan yordam so’raydi.
1554-yil Abudulla ibn Iskandar Sulton Farab mavzeida bo’lgan jangda ma’lubiyatga
uchraydi. Baroqxon bundan g’azablanib, Sulton Saidxonni 1555-yil Qo’shg’arga
surgun etadi. 1556-yil Baroqxon vafot etgach, Qo’shg’ar voliysi Rashidxon uni
Samarqand ustiga qo’shin bilan jo’natadi. Samarqandni egallab, Samarqand yaqinidagi
Qorabog’lig’ manzilida yana Abdullaxondan mag’lub bo’ladi, bu jangda o’g’li Bahodir
Sulton va ukasi Xudoyberdi Sulton vafot etadi. Yana bir o’g’li Xo’ja Husayn Sulton
keyinchalik mag’rurligi tufayli Majo’yin jangida dushmanlari tomonidan o’ldiriladi.
Sulton Saidxon 1573-yil yanvarida vafot etadi. Saidxon o’n besh yildan ortiq vaqt
davomida Samarqandni idora etdi.
Abusaidni keyingi o’g’li Javonmardalixon dastlabki, davrlarda jiyani Gadoy
Sulton bilan Samarqandni birgalikda idora etib, Toshkentdagi Suyunchixon avlodlariga
qarshi turdi, biroq Toshkent Sultonlarini Samarqandga yurishi arafasida AbudullaxonII
dan yordam so’raydi, 1576-yili Ko’kgumbaz mavzeida Toshkent Sultonlari mag’lub
13
Захириддин Мухаммад Бобур.Бобурнома.T:.2019.’’Янги нашр’’.259б.
125
etildi. Lekin, xonning katta o’g’li otasiga qarshi isyon ko’tarib, Buxorodan yordam
so’raydi, natijada 1578-yil Javonmardalixon mag’lub bo’lib, asir olinadi.
Javonmardalixon Navqo qa’lasida 1578-yil 6-oktabrida katta o’g’lini qilmishlari uchun
ikki begunoh o’g’illari Mahdi va Do’stum Sultonlar bilan birgalikda Abdullaxon
farmoniga ko’ra Eshimbiy jaloyir tamonidan qatl etiladi. O’z padariga qarshi turgan
Abulxayri Sulton ham 1579-yil Abdullaxon farmoniga ko’ra Amir Do’stum devonbegi
tomonidan bo’g’izlab o’ldiriladi. Javonmardalixonni ikki o’g’li Muzaffar Sulton va
Ko’chum Sultonlar taqdiri ham ayanchli yakun topadi. 1580-yil Abdullaxondan qochib
Hisor hududiga borib qolgan Muzaffar Sulton Hisor hokimi O’zbek Sulton tamonidan
qatl etilib, boshi Abdullaxon II ga jo’natiladi. Ko’chum Sulton esa, 1579-yil Toshkentda
qatl etiladi. Deyarli barcha Ko’chkunchizodalar Abdullaxon II tomonidan yo’q
qilingan, Nasaf hokimi Xudoyberdi Sulton va uning vorisi Yusuf Sultonlar 1556-yilda
va 1581-yilda Abdullaxon yohud uning amirlari tomonidan qatl etilganlar. Ayub ibn
Xudoyberdi Sulton esa cho’lu biyobonda xor-u zorlikda o’lib ketadi. Abusaidni keying
vorisi Sulton Muhammad Sulton 1578-yil o’z ajali bilan vafot etadi. Uning vorislari
Shayxim, Bo’zaxo’r yohud Ahmad va Bobo Sultonlar Sayram hokimi Amir Shohimbiy
tomonidan 1582-yil qatl etiladi. Shu tahlit Abusaidxonni barcha o’g’ilalari (Sulton Said,
Javonmardalixon, Xudoyberdi, Muhammad Sultonlar) va deyarli barcha nabiralari
Abdullaxon tomonidan qirib tashalnadi.
Abusaiddan keyingi Abdullaxon I 1540-1541-yillar oralig’ida taxtni boshqardi.
Uni O’g’on Sulton ismli o’gili bo’lib, u otasi vafotidan so’ng 1542-yil to’sadan g’oyib
bo’lib qoladi va keyin tarixiy asarlarda uning nomi zikr etilmaydi.
Ko’chkunchixonni kichik o’g’li Abdulatifxon mamlakatni akalariga nisbatan
uzoq idora etdi. U siyosiy mahoratga ega va diplomatik elchlik aloqalarni yo’lga
qo’ygan shaxs hisoblanadi. 1533-yili Samarqandga xonlik taxtini egalash uchun kelgan
Ubaydullaxonni shaharga kiritmaydi.
14
Natijada, bir tomondan qo’sh hokimyatchilikni
vujudga kelishga olib keldi. 1541-yil Abdulatifxon oliy hukmdor deb e’lon qilindi,
biroq Abdulaziz ibn Ubaydullaxon o’zini Buxoroni oliy hukmdori deb e’lon qilishi
14
A.Zamonov.Buxoro xonligi tarixi.T.:Bayoz.2021.56b.
126
qo’sh hokimyatchilikni vujudga keltiradi. Biroq, Abdulatifxon Toshkentdagi
amakivachasi Baroqxon bilan Buxoroni markaziy hokimyatga bo’ysundirishga iltilgan.
Abdulatifxon hukmdorligini dastlabki yilidayoq Usmonli Sultoni Sulton
Sulaymon Qonuniyga o’z elchilarini jo’natadi. Elchilik ha’yati asosan Usmoniylar bilan
Eron qizilboshlariga qarshi turish uchun yordam so’rab yuborilgan edi.
15
Usmonli
davlati bilan aloqalarni iliq va do’stona olib boorish, o’sha davrdagi Xorazm
Shayboniylari, Eron qizilboshlari, Boburiylar imperyasi bilan muvozanatni ushlashga
imkon bergan. Aynan Abdulatifxon shunday siyosiy vaziyatni inobatga olib, Usmonli
Turkiyasi bilan muzokaralar olib borib, o’ziga muhim ittifoqchi topolgan. Xususan,
xonning hukmdorligi oxirlarida Usmonli Sultonida elchilar kelgan biroq, Abdulatifxon
vafot etib qolganligi bois, ularni Baroqxon qabul qilgan. Bu haqida mashxur turk
tarixchisi Seyid Ali Rais o’z asarida shunday deb yozadi:
“…Samarqand podshohi
Abdulatifxon vafot etib, Baroqxon xonlik taxtiga o’tirgan edi,… “
.
16
Tarixiy asarlarda
Abdulatifxon haqida aniq ma’lumotlar juda ham kam. Biroq, saroy tarixchilari asarlari
orqali biz Shayboniylar hukmdorlarni sifati haqida ma’lumot olishimiz mumkin.
Abdulatifxonning ikki o’g’li bo’lib, Gadoy Sulton O’ratepada, Abdol Sulton esa
Zomin hudularida hukmdorlik qilishar edi. 1578-1579-yillarda dastlab, Gadoy Sulton,
keyinchalik esa Badaxshon voliysi O’zbek Sulton tamonidan qatl etiladi. Abdol Sultoni
o’g’li Ko’chak Sultonning 1581-yil Yusuf ibn Xudoyberdi Sulton bilan birgalikda qatl
etilganligidan so’ng, Ko’chkunchixon xonadonidan birorta erkak zuriyot qolmaydi va
Ko’chkunchizodalar shajarasi uziladi. O’z davrida Ko’chkunchizodalardan to’rtasi oliy
xonlik taxtiga ikkitasi Samarqand taxtiga o’tirgan. O’zaro kurashlar natijasida,
Abdullaxonning markaziy hokimyatni yaxlitligini ta’minlash uchun olib borgan siyosati
tufayli 1582-yilga kelib butun boshli Ko’chkunchixon erkak vorislari qirilib ketadi.
Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, 1551-yil Abdulatifxondan keyin, deyarlik barcha
Ko’chkunchizodalar Abdullaxon II tamonidan qirib tashlangan.
15
Türk-ışlam medenıyetı.Konya.2010.118.b.
16
Сейди Али Раис.Мирот ул Мамолик.Ўзбекистон ССР фанлар академяси.Т.1963.97.б.
127
Do'stlaringiz bilan baham: |