Adabiyotlar
1. ”Rus klassik musiqasi va uning tarixi” T.1993 y.
2. ”Chaykovskiy musiqa ijodi” M. 1978 y.
485
ФИО автора:
Akramova Rashidaxon Valiyevna
Mirzo Ulug’bek nomidagi Ozbekiston Milliy universiteti
Filologiya fakulteti O’zbek adabiyotshunosligi kafedrasi
Adabiyotshunoslik (o’zbek adabiyoti) yo’nalishi
II bosqich magistranti
Название публикации:
«UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA SAMARALI
USULLAR VOSITASIDA JADID ADABIYOTINI O’QITISH»
Annotatsiya.
Umumta’lim maktablarida jadid adabiyotini o’qitishda qo’llanadigan
samarali usullar haqida fikr-mulohazalar bildirildi, adabiyot darslarida o’quvchilarga
pedagogik qarashlarni singdirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Аннотация.
Высказаны мнения об эффективных методах, используемых при
обучении современной литературе в общеобразовательных школах, даны
рекомендации по привитию педагогических взглядов на уроках литературы.
Abstrakt.
Opinions are expressed on effective methods, brought in accordance with
the requirements of modern literature in general education schools, recommendations
are given for instilling pedagogical views in literature lessons.
Kalit so’zlar:
maktabda adabiyot o’qitishning samarali usullari, jadid adabiyoti, badiiy
matn tahlili, pedagogik qarashlar, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy,
Abdulla Qodiriy, Cho’lpon.
Ключевые слова:
эффективные методы обучения литературе в школе,
современная литература, художественный анализ текста, педагогические
взгляды, Абдулла Авлони, Хамза Хакимзада Ниёзи, Абдулла Кадири, Чолпон.
Keywords:
effective methods of teaching literature at school, modern literature,
artistic text analysis, pedagogical views, Abdulla Avloni, Hamza Hakimzada Niyozi,
Abdulla Kadiri, Cholpon.
486
Ta’lim berish jarayonlarini zamon talablari asosida, dunyo standartlariga mos
holda, o’quvchi shaxsi va yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish, ya’ni
ta’lim modelini o’zgarishi bugungi kun talabi ekanligi hech kimga sir emas, albatta.
Bu yangilanishlar birinchi navbatda o’qituvchi uchun o’quv materialini o’quvchiga
yetkazishda ma’lum qulayliklar tug’dirsa, ikkinchi navbatda o’quvchilar uchun o’quv
materialini oson o’zlashtirish imkonini beradi. Bu jarayonda endi o’qituvchi faqat
so’zlovchi yoki bayon qiluvchidan ta’lim jarayonini tashkil etuvchi, boshqaruvchi,
yo’naltiruvchi sifatida namoyon bo’ladi va o’z navbatida o’quvchilarning bilim
olishlari, tarbiyalanishlari hamda shaxsiy rivojlanishlari uchun sharoit yaratadi.
Ma’lumki, bugungi kun o’quvchisining ta’lim olishga bo’lgan talab va ehtiyojlarining
o’ziyoq ta’lim jarayonini tashkil etishni tubdan isloh qilishni taqozo etmoqda. Balki
shu sabab “innovatsiya”, “novatsiya” kabi tilimizga yangi kirib kelgan tushunchalarni
ta’lim jarayoniga tatbiq etish zarurati tug’ilayotgandir.
“Innovatsiya” – “yangilik kiritish”, “yangilik” ma’nolarini beradi, ta’limda
innovatsiya degani esa ta’lim jarayonlarini tashkil etishda yangiliklar yaratish,
o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatini noana’naviy shakllarda tashkil etish deganidir. Bu
borada dars jarayonlarida interaktiv metodlardan foydalanish yaxshi samara beradi.
O’qituvchi o’quvchilar bilan birgalikda jamoa bolib fikrlashni yo’lga qo’yishi muhim
ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda jamoaviy fikrlashni tashkil etishning bir qancha
turlari mavjud va ularning aksariyati tajribalarda sinab ko’rilgan va ijobiy natija
berganligi e’tirof etilgan. Ular qatoriga “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Davom ettir’,
“Taqdimot”, “Blits-so’rov”, “Aql charxi”, “Muammoli vaziyat’, “Charxpalak”,
“Bumerang” kabi keng foydalanib kelinayotgan interfaol metodlarni kiritish mumkin.
Shu o’rinda, aytish mumkinki, adabiyot darslarida ham yuqorida sanab o’tilgan
metodlardan foydalanish yaxshi samara beradi, albatta. Alohida aytish kerakki, “Ha,
yo’q”, “Men kimman?”, “Ta’rif egasini top”, “Domino’ kabi didaktik o’yinlardan ham
o’quvchininhg yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda foydalanish
o’quv materialining o’zlashtirilishida yaxshi samara beradi.
487
Bizningcha, badiiy asar muallifining hayoti va ijodi yuzasidan batafsil va tayyor
ma’lumotlarni darslikda bergandan ko’ra, o’quvchini muallif haqida tashqaridan o’zi
mustaqil holda ma’lumot to’plashga undovchi topshiriqlar berish o’rinli bo’ladi.
Hozirda foydalanib kelinayotgan 5-sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan
“Adabiyot” darsligining 2020-yildagi nashrining 193-199-sahifalarida Abdulla
Avloniy hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlar, bu ma’lumotlar ichida ma’rifatparvar
bobomizning Vatan haqidagi qarashlari hamda “Vatan” she’ri keltirilgan. 200-204-
sahifalarda esa “Chin do’st”, “Yalg’on do’st”, “Xurus ila bo’ri”, “Janjalchilik zarari”
hikoyalari va bu hikoyalar haqidagi mualliflar talqinlari berilgan. Avloniy ijodini
o’rganishga 2 soat ajratilgani holda Abdulla Avloniyning hayoti va ijodiga oid
materiallar, “Vatanni suymak”, “Vatan” asarlari”, “Chin do’st”, “Yalg’on do’st”
hikoyalarini o’qish, tahlil qilish”, “Xurus ila bo’ri”, “Janjalchilik zarari” hikoyalarini
o’qish, tahlil qilish” shuningdek, darslikning 205-207-sahifalarda mustaqil mutolaa
uchun berilgan “Maktab” she’ri, “Saxiylik” hikoyasi ham mavjudki, bu o’quv
materiallarining hajmi hisobga olinsa, 5-sinf o’quvchisi uchun noqulayliklar tug’dirishi
tabiiy.
Tajribalardan ma’lumki, 5-sinf o’quvchilarining yosh va psixologik
xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularning hali ertaklar olamiga oshufta, tantanavor,
musiqiy ohangdorligi yuqori she’rlarni o’qishga va yod olishga moyilliklari yuqori
ekanligini e’tiborga olib, qolaversa, shoir yoki yozuvchining hayoti va ijodi
to’g’risidagi uzundan uzoq ma’lumotlarni o’zlashtirish ularning yoshida anchayin
zerikarli ekanligini inobatga olib, adib haqidagi ma’lumotlarni iloji boricha
qisqartirish, asosiy va zaruriy faktlarni keltirish, asosiy e'tiborni hikoyalarni tahlil
qilishga qaratish hamda o’quvchininh shaxsiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish
maqsadida darslikda berilgan hikoyalar tahliliga oid mualliflarning qarashlarini olib
tashlash kerak bo’ladi, shundagina bola hikoya haqidagi tayyor fikrlar yo’qligi bois
o’zi fikrlashga majbur bo’ladi.
Dastlab adibning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlarni o’zlashtirishda 5-sinf
o’quvchilarining yosh xususiyatlariga mos holatda “Men kimman?”, “Ta’rif egasini
top” kabi didaktik o’yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
488
Abdula Avloniy bola kamolotida zakovat va fikrning ijobiy ta’sir kuchiga g’oyat
zo’r baho berar ekan, u shunday deydi: “Zakovat insonning eng yaxshi
fazilatlaridandir. Zakovatli kishilar biron ishni boshlamoqchi bo’lsalar uni har
taraflama o’ylab ko’radilar. Shuning uchun ham ular katta hayotiy tajriba orttirib,
kamolatga erishadilar. Zakovat hayotning barcha mushkul va jumboq masalalarini hal
qilishda odamga hamrohdir. Fikr tarbiyasi esa, eng kerakli, ko’p zamonlardan beri
taqdir qilinib kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan
vazifadir”.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, Avloniy hikoyalarini o’rganishda ularni tez
va samarali o’zlashtirishning birqancha usullaridan foydalanish mumkin bo’ladi.
Bugungi adabiyot o‘qituvchisidan o‘quvchi ma’naviyatining sog‘lomlashuvi asosi
bo‘lgan bir qator an’anaviy va mantiqiy metodlar (suhbat, evristik, tadqiqot,
taqqoslash, induktiv, deduktiv) bilan birga «fikriy hujum», «6x6» va hk. interfaol
metodlardan ham samarali foydalana bilish talab etiladi.
Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish. Adabiyot ta’limida ushbu yondashuv
5-sinf o’quvchilarining yosh xususiyatlariga juda mos keladi. O’quvchilarning kichik
guruhlardagi o’quv faoliyatini o’yin (turnir, musobaqa) shaklida tashkil etish orqali
o’quv materialining tez va oson o’zlashtirilishiga erishiladi. Kichik guruhlarda ijodiy
izlanishni tashkil etish metodi 1976 yili Tel-Aviv universiteti professori SH.Sharan
tomonidan ishlab chiqilgan. Bu metodda ko’proq o’quvchilarning mustaqil va ijodiy
ishiga e’tibor qaratiladi. Musobaqalar, bellashuvlar individual tarzda ham tashkil
etilishi mumkin.
Kichik guruhlarda topshiriq yuzasidan munozara o’tkaziladi. Guruh a’zolari
birgalikda ma’ruza tayyorlaydi va sinf o’quvchilari o’rtasida o’z ijodiy izlanishlari
natijasini e’lon qiladi. Kichik guruhlar o’rtasida o’tkazilgan o’quv bahsi, munozara
o’quvchilar jamoasining hamkorlikda bajargan mustaqil faoliyatining natijasi,
yakuni sanaladi. Hamkorlikda ishlash natijasida qo’lga kiritilgan muvaffaqiyatlar
sinf jamoasining har bir o’quvchining muntazam va faol aqliy mehnat qilishiga,
kichik guruhlarni, umuman sinf jamoasini jipslashtirishga, avval o’zlashtirilgan bilim,
489
ko’nikma va malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qo’llanib, yangi
bilimlarning o’zlashtirishiga bog’liq bo’ladi.
Kichik guruhlarga topshiriq berishda o’qituvchi hikoyalar matni asosida
ularning mazmunini ochib beradigan savol va topshiriqlarni tuzishga ahamiyat berishi
kerak.
Shuningdek, Abdulla Avloniy hikoyalarini bir-biriga solishtirish, voqealar,
qahramonlarni bir-biridan farqlash orqali ham ularni tahlil qilish mumkin. Shu asnoda
hayotda oq va qoraning, yaxshi va yomonning, rost bilan yolg’onning, ezgulik bilan
yovuzlikning doimo yonma yon yurishini o’quvchi anglab boradi.
Hamza, asosan, mehnatkash xalq ommasi va uning bolalarini o’qitish va
tarbiyalashga katta e’tibor bergan. U: “…bir iloj qilib kambag’al bolalarni aqchasiz…
tarbiya va o’quvga boshlarini band qilmoq“ choralarini izlaydi, she’r va maqolalarida
bolalarni o’qishga chaqiradi. Hamza xalqni o’qitish, savodxon qilish uchun tinimsiz
intiladi va kurashadi. Maktablar uchun darslik va qo’llanmalar yozadi. Adib yozgan
darsliklar va uning o’sha davrdagi dunyoqarashi, badiiy ijodi, bolalar adabiyotini
tushunishi haqida ko’pgina ma’lumot beradi. Ikki adib ham bolalar tarbiyasiga e’tibor
qaratar ekan, bolalarning o’qib, ta’lim olishida maktabning o’rni beqiyosligini
ta’riflaydi.
Masalan, AbdullaAvloniyning “Maktab” she’rida kimki maktabga borsa, o’qisa,
savodxon bo’lsa, juda ko’p narsalarga erishishi chiroyli ta’riflanadi:
Maktab dur-u gavhar sochar,
Maktab sizga jannat ochar,
Maktab jaholatdan qochar,
G’ayrat qilib o’qing o’g’lon!
Maktab sizni inson qilur,
Maktab hayo ehson qilur,
Maktab g’amni vayron qilur,
G’ayrat qilib o’qing o’g’lon!
490
Hamzaning esa “ Maktab xususinda” she’ri alohida ajralib turadi. U bu she’rda
maktabni millatning quyoshiga , guli va bog’iga o’xshatib ta’riflaydi:
Maktab millat quyoshi,
Balki ko’z ila qoshi.
Ko’zsiz, qoshsiz kishining
Qanday xunukdir boshi.
Maktab millat saroyi,
Ilmu adabning joyi.
Dunyoda eng saodat
Axtarganlarning joyi.
Maktab millatning guli,
Millat aning bulbuli,
Maktabsiz qolgan millat
Boshqa chamanning quli.
Ikki ijodkorning ikki she’ri mazmun va ifoda uslubi jihatdan bir-biriga yaqin,
qolaversa, har ikki she’rda ham musiqiylik, ohangdorlik yuqori ekanligini hisobga olib,
har ikki she’rni taqqoslash, solishtirish orqali o’rganish mumkin, bu yosh o’quvchida
XX asr boshlaridagi adabiy jarayon, muhit va millatning ijtimoiy ahvoli haqida
dastlabki tushunchalar shakllanishiga xizmat qiladi.
Hamza ijodi haqida gap ketganda 2022-yil nashrdan chiqqan va 2022-2023-
o’quv yilidan boshlab foydalanib kelinayotgan 7-sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan
“Adabiyot” darsligida berilgan ma’lumotlarga e’tibor qaratish zarur bo’ladi.
Ma’rifatparvar shoirning “Jonlarni jononi Vatan” she’ri yangi avlod darsligida
Sirojiddin Sayyidning “Vatanni o’rganish” she’ri bilan birgalikda berilgan.
Darslikning 88-sahifasida har ikki ijodkor haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan, 89-
92-sahifalarda “Jonlarni jononi Vatan” she’ri hamda “Vatanni o’rganish” she’ri,
she’rlar yuzasidan savol va topshiriqlar, ijodiy ishlar uchun yo’nalishlarberilgan.
Shuningdek, 93-95-sahifalarda Hamzaning “Salom ayting”, “Qalam” she’rlari,
Sirojiddin Sayyidning “Mensiz yasholmaydi”, “Onamning kalishlari” she’rlari
mustaqil mutolaa uchun berilgan. O’quv materiali quyidagicha taqsimlangan:
491
1-mavzu: “Hamza “Jonlarni jononi Vatan”, Sirojiddin Sayyid “Vatanni
o’rganish” she’rlari. Tahlil. Solishtirish.
2-mavzu: Hamza va Sirojiddin Sayyid lirikasini solishtirish. Jami 2 soat.
Hamza va Sirojiddin Sayyidning she’rlari o’rganilar ekan, 7-sinf
o’quvchilarining yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda she’rlar tahlili jarayonida
suhbat metodidan foydalanish yaxshi samara beradi. Bunda suhbat mobaynida har bir
o’quvchining fikri inobatga olinishi, har bir bildirilgan fikrni hurmat qilish muhim
ahamiyat kasb etadi.Ta’lim amaliyotida hamisha yetakchi o‘rinlardan birini egallab
kelgan suhbat metodi o‘quvchi tafakkuri mustaqilligini ta’minlashda ham qo‘l
keladigan metodlardandir. Metodika ilmida bu metodga bag‘ishlangan anchagina
ishlar mavjud. Jumladan, A.Tojiyevning “Adabiyot darslarida suhbat” qo‘llanmasida
adabiy ta’lim samaradorligini ta’minlashda suhbat metodining o‘rni va ahamiyati
haqida so‘z yuritilgan.
Bugun ta’limda yangi bilimlar, ma’naviy sifatlarning “kashf etilishi” o‘quvchilar
ishtirokida o‘qituvchi tomonidan emas, balki o‘quvchilarning o‘zlari tomonidan
o‘qituvchi ishtirokida amalga oshirilishi talab qilinmoqda. Bunday qayta kashfiyotlar
asar ustida ishlash davomida o‘qituvchi va o‘quvchining jonli muloqotida, tom
ma’nodagi izlanuvchi suhbatlarda amalga oshadi. Darsda yaxshi tashkil etilgan
suhbatning ahamiyati shundaki, u yosh kitobxonning o‘qiganlariga o‘z munosabatini
bildirish, qarashlari bilan o‘rtoqlashish kabi ehtiyojlarini qondiradi.
Sirojiddin Sayyidning “Vatanni o‘rganish” she’ri ham sinfda o’qib o’rganiladi,
bu she’r matni ham berilgan savollar asosida muhokamaga tortiladi.
She’r matnini tahlil qilish jarayonida o‘quvchi asar haqidagi dalillarni aniq
bilgandagina o‘z qarashlarini aytishi mumkin. Lekin ko‘pincha, bunday vaziyatlarda
bilimning, dalilning o‘zi kamlik qiladi. O‘quvchi asarni mustaqil tahlil qila bilishi,
xulosalar chiqara olishi kerak bo‘ladi.
Asar matni yuzasidan izlanishga undaydigan tarzda tuzilgan savol-topshiriqlar
ham shunga qaratilishi lozim. Yaxshi savol ahamiyatli, keng qamrovli, o‘ylashga, his
qilishga, izlanishga majbur etadigan, kashfiyotlar qiladigan, tasavvur uyg‘otadigan
492
bo‘ladi. Jaloliddin Rumiy hazratlari: «Yaxshi savol yarim bilimdir», – deb bejiz
aytmagan.
Suhbatlarda o‘quvchilar o‘zlarini teng huquqli suhbatdoshlar darajasida his
qilgandagina maqsadga erishiladi. Suhbatdagi tenglik, shu bilan birga undagi tabiiylik,
samimiylik, erkinlikni o‘qituvchi tashkil etadi. Sinfga tashlangan umumiy savol
ba’zan ayrim yo‘naltiruvchi qo‘shimcha savollarni ham taqozo etadi.
Shuningdek, suhbat metodidan nasriy asarlar matni ustida ishlanganda ham keng
foydalanish mumkin.
Umumta’lim maktablarida Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi 7-sinfda o’rganilishi
to’g’risida ma’lumotlar keltirib o’tildi. Bu sinfda yozuvchi hayoti va ijodi yuqori
sinflardagi kabi bir xilda tarzda o’rganilmasligi ham ma’lum etildi.
Z.Mirzayeva, K.Jalilovlar hammuallifligidagi 2022-yilda nashdan chiqqan va
hozirda umumiy o’rta ta’lim maktablarida foydalanib kelinayotgan 7-sinf o’quvchilari
uchun mo’ljallangan “Adabiyot” darsligida Abdulla Qodiriy ijodi haqida qisqacha
ma’lumotlar hamda “Mehrobdan chayon” romanidan parcha berilgan bo’lib,
“Mehrobdan chayon” romanini о‘tish 3 soatga mо‘ljallangan bо‘lib, bizningcha,
birinchi soatda “Mehrobdan chayon” romanining yaratilishi tarixi haqida qisqacha
ma’lumot berish, roman haqida dastlabki tushunchalarni hosil qilish va undan keyin
roman matni bilan ishlash zarur.Chunki har qanday asar yuzasidan, undagi obrazlar
haqida qisqacha ma’lumot berilishi o’quvchini asarga bo’lgan qiziqishini orttiradi,
faqat bu ma’lumotlar o’qituvchi tomonidan qisqa, lo’nda qilib yetkazilishi kerakki, toki
o’qituvchining ma’ruzasi asar mazmuning bayoni bo’lib qolmasligi kerak. Keyingi
soatda esa romanning “Qо‘rqinch bir jasorat” nomli parchasi tо‘liqligicha
о‘quvchilarga yetkazib berilishi maqsadga muvofiq bo’ladi, chunki bu parchada
o’quvchi zulm va adolatsizlik oldida insonlar qay ahvolga tushishlariga o’zlari guvoh
bo’lsinlar va romanning boshqa qismlarini o’qib, Anvar tushgan vaziyatning
sabablarini asardan izlab topishga astoydil harakat qilsinlar.
Berilgan matn bilan tanishilgach, о‘qituvchi va o’quvchilar roman qahramonlari
xususida sо‘z yuritish mumkin. Xususan, asarning bosh qahramonlaridan biri
493
hisoblangan Anvar, uning ko’ngil qo’ygan qizi Ra’no obrazlari haqida, о‘qituvchi
o’quvchilar bilan birgalikda alohida–alohida tо‘xtalib, ularni yanada ravshanroq ochib
berishga harakat qilsalar, maqsadga muvofiq bо‘ladi. Romandagi har bir obrazlar:
Xudoyorxon, Abdurahmon domla, Shahodat mufti, Kalonshoh Mirzolarning
xarakterlari, ularning insoniylikdan yiroq bo’lgan yaramasliklari, iflosliklari haqidagi
fikrlarni o’quvchilar asarning qolgan parchalarini o’qiganlaridan keyin bildiradilar,
natijada Anvarning Xudoyorxon ga qarshi isyoni sabablari ochila boradi. Romanning
tili va badiiy xususiyati haqida tahlil jarayonida diqqat qilinadi. Shu bilan birga, roman
bо‘yicha ishlangan kinofilmdan kichik bir videorolik kо‘rsatilsa, yaxshi bо‘ladi.
Asar qahramonlarini tahlil qilishda o’qituvchi “Klaster” “Mosini top”,
“Tarmoqlash” “BBB” kabi metodlardan foydalanishi mumkin va shu orqali
o’quvchilarquyidagicha savollarga javob topadilar:
1.”Mehrobdan chayon” romani yaratilgan davr haqida nimalarni bilasiz?
2.Anvar obrazi sizda qanday taassurot qoldirdi? Sizningcha, Anvarning
Xudoyorxonga nisbatan qilgan isyonini qanday baholaysiz?
3. Asarga ”Mehrobdan chayon” nomi berilishiga nima turtki bo’lgan, deb
o’ylaysiz?
4.Mulla Abdurahmon obrazi haqida fikringiz?
5.Xudoyorxon nutqida kо‘proq qanday illlatlar ochiladi?
6.Solih Maxdum ko’z oldingizda qanday odam sifatida gavdalandi?
7.Yozuvchi Anvar obrazini yaratishda qanday kamchiliklarga yo’l qo’ygan, deb
o’ylaysiz? Ra’no obrazida-chi?
8.Anvarning sadoqat borasidagi qarashlarini qanday izohlaysiz?
9. Asarda yana qanday obrazlariga duch keldingiz?
10.Asardagi Kalonshoh, mulla Abdurahmon, Shahodat mufti kabi obrazlarda
qanday odamlarni ko’rdingiz?
11. Asardagi Kalonshoh, mulla Abdurahmon, Shahodat muftilar tomonidan
Anvarga nisbatan qilingan xatti-harakatlarga siz qanday izoh berasiz?
12. Anvarning hukm ijro etiladigan joydagi nutqiga e’tibor qarating. Ushbu nutq
Anvarning qaysi xislatlarini namoyon etmoqda.
494
13. Asar mazmuni yuzasidan ijodiy ish qiling. Ijodiy ish shaklini o’zingiz
tanlang.
Umuman olganda, romanni o’rganish jarayonida o’quvchilar bilan ishlashda
o’zaro tenglik, hurfikrlilik, bahs-munozaralarda o’zaro hurmat kabi tamoyillar asosida
darslarni tashkil etish yaxshi samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |