Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №37 (том 4)



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/207
Sana13.05.2023
Hajmi8,66 Mb.
#938155
TuriСборник
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   207
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2023. Том 4

 
 
 
 


476 
ФИО автора: 
Ro‘ziyev Jonibek Ulug‘bek o‘g‘li
Qarshi davlat universiteti
o‘qituvchisi
 
Название публикации:
«TABIAT SEHRINI RANGLARDA AKS ETTIRGAN 
RASSOM» 
Annotatsiya
. Ushbu maqolada mohir mo`yqalam sohibi O`rol Tansiqboyev 
ijodi uning yaratgan asarlari xususida so`z boradi. Bundan tashqari Toshkent 
shahridagi “O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyi”da va boshqa shaharlarda saqlanayotgan 
rassomning asarlari tahlili borasida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar: 
San’atdagi yangilanishlar, manzara, rang, asar, miniatyura.
Аннотация. 
В данной статье рассказывается о творчестве мастера живописи 
Урола Тансикбаева. Кроме того, приводится информация по анализу 
произведений художника, находящихся в «Доме-музее Урола Тансикбоева» в 
Ташкенте и других городах. 
Ключевые слова: 
Обновления в искусстве, пейзаж, цвет, произведение,
миниатюра
.
 Annatation
. In three articles, the work of master paintbrush artist Urol Tansikbayev 
is discussed. In addition, information on the analysis of the artist's works stored in 
"Urol Tansikboyev House-Museum" in Tashkent and other cities is given.

Key words: 
Updates in art, landscape, color, work, miniature. 
 
San`at ostonasiga endigina qadam qo`yayotgan yosh avlod san`atning yetuk 
darg`alari haqida ma`lumotga ega bo`lishlari, ular bosib o`tgan ijod yo`lining past-u 
balandi haqida doimo yodda tutishlari lozim. San`at - turli yo`nalishlarni o`zida 
birlashtirgan bo`lib, ularning ichida insonga estetik zavq beradigan, uning kechmishi, 
buguni haqidagi xotiralarni jonlantiradigan, barcha xalqlar uchun tushunarli ya`ni 
tarjimaga muhtoj bo`lmagan turi bu rangtasvir san`atidir. Rassom bo`lish uchun 
avvalo, insonda toza qalb, boshqalarga o`xshamagan fikr, g`oya va albatta katta 
iste`dod bo`lishi kerak. Chunki bu sohada ranglar tilga kiradi: shakllar jonlanadi. 
Shunday nozik san`atning yetuk namayondalaridan biri, manzara janrining asoschisi, 


477 
tabiat kuychisi mohir mo`yqalam sohibi O`rol Tansiqboyevdir. U Yevropa 
madaniyatiga yuzlanib, Yevropacha avangard usullarini egallagan, o‘zgacha 
dunyoqarash ila yorqin shaxsiyati shakllantirgan chinakam vatanparvar ruhidagi ilk 
rassomlardan edi. 
U yaratgan asarlar, bugungi kunda ham o`z qadri o`z qiymatini yo`qotmagan.
Rassomning ijod yo`li haqida gapiradigan bo`lsak, har bir yaratgan asarida o`sha 
davrning shukuhi sezilib turadi. Ijodining dastlabki yillaridanoq o`z uslubi va 
yo`nalishi ega bo`lgan. O`rol Tansiqboyevning o`tgan asrning yigirmanchi yillaridan 
o`ttizinchi yillar oxiridagi ishlarini kuzatadigan bo`lsak, undagi yashirin intilishlarni 
payqash mumkin. Rassomning dastlabki ko`rgazmasi o`zi ishlagan zavodning klubida 
namoyish etilgan.
Ko`plab omillar sabab, Tansiqboyev avangard yo‘nalishi tomon 
shiddat ila qadam qo`ya boshladi. Bunga sabablardan biri esa malaka oshirish 
maqsadida Moskvaga borganda tashrif buyurgan muzeydagi xotiralar bo`lgan.
Muzeyda ko‘rgan zamonaviy Yevropa tasviriy san’ati taassurotlari va avangard 
usullarini Sharqning an’anaviy bo‘laklari bilan uyg‘unlashtirish g`oyasi paydo bo‘lib,
bu esa rassom uchun yangi mahorat maktabi bo‘lib xizmat qildi. Munozara va 
ko‘rgazmalar muhiti, Tansiqboyevdan yigirma yoshlar katta bo‘lgan va o‘zining 
ijodkor sifatida aniq yo‘nalishiga ega bo‘lgan A. Volkov, M. Kurzin, A. Nikolayev, A. 
Podkovirov kabi rassomlar bilan yelkama-yelka ishlash mas`uliyati yosh iste`dod 
sohibiga ichki g`oyalarini amalga oshirish uchun dadil izlanishlar va erkin ijod 
imkoniyatlarini ochdi. Shu vaqtdan e’tiboran, betinim izlanishlar, mustaqil yo‘nalish 
tanlovi sari intilishlar boshlanadi. 
“A.Toshkentboyevning portreti” dan boshlab, 30-yillar o‘rtalarigacha bo`lgan 
davrda yaratgan asarlarining aksariyatida Tansiqboyev XIX - XX asrlar Yevropa 
tasviriy san’atning motivlarini qo`llagan. Ularni tomoshabin asarning kompozitsion 
yechimida ham sezishi mumkin. Har bir zamonaviy rassom uchun muhim qadam 
bo‘lgan impressionizm yo‘nalishini O`.Tansiqboyev o‘zining aynan ushbu asari orqali 
ochib berdi.. U havoni, ta’sirchan muhitning yorqin ranglarini yetkazib berishni 
o‘rgandi, tabiat bilan uzviy bog‘liqlikka ega bo‘ldi. Divizionizm bilan qiziqib 
(“Karvon”), Sezannga va Kubizmga yaqin bo‘lgan ishlarida (“Pushti manzarada 


478 
yigitcha shakli”, “Xojikent”) va rasmlarida (“Hovuz bo‘yida”, “Eski shahar burchagi”) 
postimpressionizm tasviriy san’atida ranglarining kuchaytirish o‘rni (“Qizil kuz”) va 
fovizmda (“Bog‘da peshin”) muvaffaqiyatli rivojlandi. O‘rol Tansiqboyev talabalik 
kezlaridayoq, tasviriy san’at tartiblari, ularning rivojlantirish yo‘llari haqida izlanishlar 
olib borgan. 1927-yil ikkita badiiy mohiyatni namoyish etgan asarlar yaratdi: biri (“A. 
Toshkentboyev portreti”) - impressionizmga va boshqasi (“O‘zbek portreti”) - 
sharqona bezaklar, o`zbekona ruh bilan to‘ldirilgan.
1934-yil Moskva hamda 
Filadelfiyada bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston san’at asarlari ko‘rgazmasidan so‘ng uni 
“O‘zbek rangshunosligining cho‘qqisi”, deb atay boshlashgan. Yillar o‘tgani sari 
uning ijodida voqe’lik yo‘nalishidagi manzara ta sviriga mayli kuchliroq namoyon eta 
boshlaydi. U inson va tabiat g‘oyasini o‘z asarlari orqali yetkazadi. 
San’atshunoslarning ta’kidlashicha, O‘rol Tansiqboyev o‘zining ijodiy izlanishlari 
tufayli, o‘zbek manzarashunoslik san’atini butunlay o‘zgartirgan. U yaratgan 
asarlarning o`ziga xosligi shundaki, har bir asarda masshtab mavjud. Ularni 
kattalashtirib, uzoqlashtirib ko`rsa ham manzara ajoyib holda gavdalanadi. 
O‘rol 
Tansiqboyevning ijod yo`li O‘zbekistondagi boshqa san’at asoschilar kabi mushkul, 
og‘ir yillarda, ya`ni dunyoda urush va boshqa dramatik hodisalar yuz bergan vaqtlarda 
to`g`ri keladi. Rassom ularni chetlab o‘tmay, ularda san’atning go‘zal sahifalariga 
bo‘lgan ishonchni baralla kuylay oldi. O‘z davrining og‘ir masalalariga u munosib 
tarzda javob qaytarib, rassomning eng yaxshi asarlari esa - milliy madaniyat tarixidagi 
atoqli ustaning mahoratidan dalolatdir.
O’rol Tansiqboyev asosan, liroepik rassom edi. 
Uning har bir asarida jonajon o’lkaga nisbatan cheksiz muhabbat bor. Ana shu 
muhabbat bilan O’zbekiston manzarasining ulug’vor tasvirini chizdi. U jamoat arbobi 
sifatida ham qator ishlarini amalga oshirdi.
1940 yili yaratilgan «Alisher Navoiy» 
portreti uning ijodida alohida o‘rin tutadi. Ikkinchi Jahon urushi yillarida «Vahshiyning 
yo‘li», «Ozod qilingan yerlarda», «Partizan ayol» asarlarini yaratish bilan birga jonajon 
o‘lka manzaralarini gavdalantiruvchi «Qoplonbekda kuz», «Tungi sug‘orish», 15 
polotnodan iborat «Urush yillarida» kabi asarlar turkumlarini ham yaratdi.
Keyinchalik rassom ijodida manzara yetakchi o‘rinni egalladi. «Peshin. Ovqat 
payti», «G‘o‘za sug‘orish», «O‘zbekistonda bahor» kabi asarlari shular jumlasidandir. 


479 
Uning «Yangi yerda», «Tog‘da kuz», «O‘zbekistonda mart», «Kattaqo‘rg‘on suv 
ombori» «Bo‘stonliqda bahor» «Tog‘dagi yaylov» kabi asarlari ham tasviriy 
san’atning yangi yutug‘i sifatida kutib olingan bo‘lsa, «Chorvoq qurilishida», 
«Mirzacho‘l kanali» va boshqa bir qator kartinalari uni mohir rassom, tabiat kuychisi 
sifatida elga tanitdi. Tansiqboyevning mukammal rivojlanish yo‘lida uning o‘sha yillar 
qilgan ijod namunalari, 1951 yil - “Ona yer” va “Issiq ko‘l oqshomi” kabilar 
tasdiqlaydi.
“Toxiatosh” va “Sirdaryo” kabi manzaralari diqqatga sazovor. O‘rol 
Tansiqboyev o‘z ijodining yangi bo‘sag‘asida turib, o‘zbek manzarashunoslik tasviriy 
san’atiga butunlay o‘zgartirish olib kirgan rassomlardan biri deyish mumkin.
Eng 
yaxshi manzaralari, ayniqsa “Qayraqum GESida tong”da umuminsoniy izlanishlar 
namoyon bo‘ladi. O`tgan asarning 60-70 yillarda rassom monumental birikkan, jadal 
ranglar uyg‘unligiga ega erkinroq uslubdagi tasvir talqinini yaratishga muvaffaq 
bo‘ladi, unda go‘yoki, 30-yillar ruhiy izlanishlari gavdalanganday. “Angren-Qo‘qon 
tog‘ yo‘li”, “Pomirdagi Qoraqo‘l”, “Belesda. Qirg‘iziston”, “Oloy vodiysi”, 
“Oqshomda Panj” polotnolarida tabiat orqali hissiyotlar o‘zlashtiriladi, xuddi 
erkinlikka qaytadan yuborilgan keng maktub kabi. O‘rol Tansiqboyevning mahorat 
tajribasi u yashagan va ijod qilgan davrning badiiy mohiyatida tushuniladi. O‘sha 
yillarda zamonaviy o‘zbek tasviriy san’ati shakllanish bo‘sag‘asida turgan va u ilk 
qaldirg‘och bo‘lgan. Ushbu jarayonlarda P. Benkov, A. Volkov, M. Kurzin, N. 
Kashina, A. Nikolayev kabi rassomlar alohida o‘ringa ega, zotan, ular o‘z ijodi orqali 
milliy maktabning yuqori darajasini aniqlab berishgan. 
O`rol Tansiqboyevdan boy va rang-barang meros qoldi. Uning asarlari nafaqat 
yurtimizning balki jahondagi mashhur yirik muzeylari — Tretyakov galereyasi, Sharq 
madaniyati Davlat muzeyi, Olmaota shahridagi galeriyalarda munosib o’rin egallagan.
Rassom xotirasini abadiylashtirish maqsadida u yashab ijod qilgan uyi 
muzeylashtirilib, hozirgi kunda uy muzeyi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Mazkur 
xotira uy-muzeyi 1981 yilda ochilgan bo‘lib, ustaxona, mehmonxona, yotoqxona, 
ishxona, ayvon hamda turfa xil gullar va o‘simliklar ko‘rinib turgan peshayvonni o‘z 
ichiga olgan. Bugungi kunda muzey ekspozitsiyasida rassom qalamiga mansub 400 
dan ortiq asarlar mavjud. Mazkur uyda buyuk rassom yashab o‘tgani xotirasiga 1976 


480 
yilda xotira-ustaxonasi ochilgan. Unda rassom ijod namunalari ekspozitsiyasi, rassom 
hayoti va ijodiga oid hujjatli materiallar, molbert, bo‘yoqlar uchun stolchalar
fotoxujjatlar va musavvirning chet el muzeylarida saqlanayotgan asarlaridan nusxalar 
bor. 
San'at inson hissiyotlari bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat hisoblanib, aynan his-
tuyg‘ular orqali uning paydo bo‘lishida ijodkorning o‘rni beqiyosdir. Shu sababli ham 
san'at olami keng va qirrali. Aynan ranglar, bo‘yoqlar va chizgilar orqali g‘oyani va 
his-tuyg‘uni bera olish tasviriy san'atning rangtasvir tamoyilarida ancha 
muvafaqqiyatli va ta'sirli ifodalandi. Shu bois ham ijodkor tomonidan yaratilgan asarda 
uning yashash davrini, muhitini va hayot tarzini anglashimiz mumkin. Buyuk 
rassomlar va ularning yaratgan asarlari meros sifatida san'at tarixidan o‘rin oladi. 
O‘zbekiston san'ati asrlar davomida o‘z o‘rnini va an'analarini egallab kelgan holda 
rivoj topgan mamlakatlardan biri.
Asrlar, yillar va o‘zga an'analar omuxtasi natijasida rassomlik san'ati yillar 
davomida goh ko‘tarilish goh pasayish onlariga duch keldi. Ammo aynan XX asrdan 
boshlab O‘zbekiston san'ati tarixida o‘zgacha uslub va mahalliy yo‘nalish birlashgan 
holda o‘z qalami o‘tkir ijodkorlarini san'at olamida yuzaga keltira boshladi. Aynan XX 
asning birinchi yoki ikkinchi yarmidan boshlab rassomlar ijodida va badiiy 
jarayonlarda tub burilish yasaldi. Betakror yurtimiz tasvirini muhrlaydigan rassomlar 
ijodi qizg‘in ravishda alanga oldi. Xuddi shunday ijodkorlardan biri 
O`.Tansiqboyevdir. Rassom ijodi va u yaratgan asarlar o‘z taraqqiyot pillasiga ko‘tarila 
oldi. Uning yaratgan asarlari goh portret, goh manzara janrida bo‘lmasin muxlislari 
tomonidan iliq kutib olindi. Negaki unda reallik mavjud edi. Rassom chizgilarida hayot 
qiyinchiliklarini yengib o‘tgan, kuchli shaxsni ko‘rish mumkin. Shu sababli ham 
bugungi kunda yosh avlodga, ijodga qadam qo`yayotgan bo`lajak rassomlarga 
Tansiqboyevning ijodi haqida to`liq ma`lumot berilishi, uning yaratgan har bir 
asarining yaratilish tarixini, ranglardan foydalanish usullarini o`rgatish lozim. Rassom 
ayniqsa ko`k rangning bir necha turlaridan foydalangan bo`lib, aynan 80-yillarda
yaratilgan asarlarga xos belgi shu bo`lib qolgan. 

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish