Nodirabegim nomidagi axborot-kutubxona markazi “Shahrizoda” qizlar klubida 2021 yil 22 aprel kuni o`tkazilgan “Ayol aziz, ayol muqaddas” mavzusidagi davra suhbat a x b o r o t i
Nodirabegim nomidagi axborot-kutubxona markazi “Shahrizoda” qizlar klubida 2021 yil 22 aprel kuni 10-00 “Ayol aziz, ayol muqaddas” mavzusidagi davra suhbati bo`lib o`tdi.
Davra suhbatida Namangan Davlat Universiteti O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi dosenti filologiya fanlari nomzodi Abdurahmonov Shavkatjon Ashurovich hamda filologiya yo`nalishi 4-kurs 401-guruh talaba qizlari ishtirok etdilar.
Davra suhbatini Namangan Davlat Universiteti O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi dosenti filologiya fanlari nomzodi Shavkatjon Ashurovich ochib berdi .U ayollarimizga quyidagicha ta`rif berdi. Muqaddas ona, ayol zoti – chinakam mehr bulog‘i, mehr quyoshi, desak, har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi. Shu quyosh bor ekan, mehr-oqibat, ezgulik va adolat, vafo va sadoqat kabi buyuk qadriyatlar necha asrlardan buyon bezavol yashab kelmoqda.Yer yuzida so‘z va soz san’ati, shoiru hofiz, rassom va haykaltarosh paydo bo‘libdiki, ona va ayol zoti yuksak pardalarda tarannum etib kelinadi. Ulug‘ shoirimiz Erkin Vohidov aytganlaridek, “Olamda ayol madhiga doston tugamaydi”. Ularning sog‘-salomat bo‘lib, baxtli bo‘lib yashashi amalga oshirayotgan barcha-barcha islohotlarning asosiy maqsadi va mezoni ekanligi haqida to`xtalib o`tdi. Tadbirda Namangan Davlat Universiteti talabalaridan Solijanova M, Ergasheva D, Muhriddinova G, Isroilova S lar ham 8-mart bayrami arafasi kunlarida “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni qabul qilinganligi haqida o`z fikrlarini bildirdilar .
Bu qarorda ayollarning mehnat va pensiya sohasidagi huquqlari, gender tengligini ta’minlash bo‘yicha mutlaqo yangi kafolatlar belgilab berilganligi, ayollarga o‘z biznesini tashkil etish, biznes g‘oyalarini tayyorlashda yordam berish, uzoq vaqt davomida bola tarbiyasi bilan band bo‘lgan, og‘ir iqtisodiy ahvolga tushib qolgan ayollarni talab katta bo‘lgan kasbga tayyorlash va ishga joylashish uchun ularga ko‘maklashish maqsadida Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari tashkil etilganligi, ayollarga tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun 100 milliard so‘m ajratilishi hamda bu mablag‘ ularga imtiyozli kredit sifatida berilishi, mazkur mablag‘larning kamida 50 foizi qishloq joylarda yashayotgan xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yo‘naltirilganligi alohida ahamiyatga ega ekanligiga to`xtalib o`tdilar.
Tadbirda “Ayollarning jamiyatda tutgan o`rni” mavzusida kitob ko`rgazmasi tashkil etildi. Ko`rgazmaga 27 ortiq manbaa qo`yidi. Ko`rgazmaga qo`yilgan adabiyotlardan 13 nafardan ortiq kitobxonlar foydalandi.
Tadbirni Mamatvaliyeva Shohista tashkillashtirdi va o`tkazdi.Tadbirda 20 nafardan ziyod talaba qizlar sitirok etdi.Tadbir qiziqarli va maroqli o`tdi..
Axborot yozuvchi: Eraliyeva O.
Do'stlaringiz bilan baham: |