470
ФИО автора:
Surxondaryo viloyati Jarqo’rg’on tumanidagi 35-sonli umumta’lim
maktabining I-toifali boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Djiyanova Guzal Maxamadiyevna
Название публикации:
«BOSHLANG’ICH MATEMATIKA DARSLARIDA
SHE’RIY TOPISHMOQLARDAN FOYDALANISH»
Annotatsiya:
Ushbu maqolada interfaol metodlar-ta’lim jarayonida o’quvchilar
hamda o’qituvchilar o’rtasidagi faollikni oshirish orqali o’quvchilarning bilimlarni
o’zlashtirishini faollashtirish haqida, matematika fanida she’riy topishmoqlardan
foydalanish orqali o’quvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatlarini oshirish haqida,
interfaol metodlarni qo’llash dars samaradorligini oshirishga yordam berishi haqida
so’z boradi.
Kalit so’zlar:
interfaol metodlar, o’qituvchi, o’quvchi, faollik, samara, intilish,
kreativ fikrlash, ijodkorlik, she’riy topishmoqlar.
“Biz o’z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo qilishdek
maqsadni qo’ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn
Sinolar, Ulug’beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va
sharoitlarni yaratishimiz kerak.”
Sh.M.Mirziyoyev
Barchamizga ma’lumki, Prezidentimiz 2023-yilni “Insonga e’tibor va sifatli
ta’lim yili” deb nomladilar. Prezidentimiz tomonidan kelajak avlod tarbiyasiga
berilayotgan bunday katta e’tibor ta’lim tizimi va pedagoglar zimmasiga ulkan
vazifalarni yuklaydi. Bu vazifalarni amalga oshirish chuqur bilim va katta mahoratni
talab etadi. Ta’lim tizimiga yangiliklarni olib kirish, zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kun ta’limi oldiga qo’yilgan muhim
vazifalardir.
Darhaqiqat, zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining
unumdorligini oshiradi, o’quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi,
o’quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi.O’quvchilarning bilimlarni
mustahkam o’zlashtirish , ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko’nikma va
malakalarini shakllantiradi.
Bugungi kunda ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarning kirib
kelishi jadallashmoqda. Bu esa ta’lim jarayonini sifatli tashkil etishga juda katta ta’sir
471
ko’rsatadi. Shuning uchun ham zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim
jarayoniga joriy etish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi
kunning ehtiyojiga aylandi.
Bolaning ongi va tafakkuri endi rivojlanib , shakllanib kelayotgan boshlang’ich
sinflarda o’qituvchining mahorati , uning zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
ta’lim jarayoniga mohirlik bilan tadbiq eta olishi ,boshlang’ich sinf o’qituvchisi
ta’lim va bilim berishning yangi yo’l va usullarini izlashi, ilg’or pedagogik
tajribalardan ijodiy va unumli foydalana olishi, ijodkor bo’lishi juda muhimdir.
Bugungi kunda o’qituvchilar oldida turgan asosiy vazifa o’sib kelayotgan yosh
avlodni har tomonlama yetuk, barkamol , bilimli va dono qilib tarbiyalashdir.
Chunki, kelajak yoshlar qo’lida. Buning uchun hozirgi davr o’qituvchisi ta’lim
sohasidagi yangiliklarni o’rganib, o’z ish faoliyatida qo’llab borishi
kerak.O’quvchilarni bilim olishga undash, ularning bilim olishga bo’lgan
qiziqishlarini, intilishlarini oshirish uchun darslarni qiziqarli qilib o’tish,
o’quvchilarni izlanishga, ishlashga, erkin fikrlashga o’rgatish kerak. Darslarni
mazmunli va samarali o’tkazish uchun interfaol metodlardan, didaktik o’yinlardan
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Interfaol metod-ta’lim jarayonida o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasidagi
faollikni oshirish orqali o’quvchilarning o’zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy
sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlardan foydalanish dars
samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: dars
jarayonida bahs-munozaralar o’tkazish, o’quv materialini erkin bayon etish va
ifodalash, o’quvchilarning tashabbus ko’rsatishlariga imkoniyatlar yaratish, katta-
kichik guruhlarda , sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar
bajarish va boshqa metodlardan iborat bo’lib, ular ta’lim-tarbiyaviy ishlar
samaradorligini oshirishda o’ziga xos ahamiyatga ega.
Ma’lumki, matematika moddiy dunyoning obyektlarini o’rganadi. Matematika
so’zining ma’nosi- fanlarni bilish demakdir. Matematika o’sib kelayotgan yosh
avlodni kamol toptirishda o’quv fani sifatida keng imkoniyatlarga ega. U o’quvchi
tafakkurini rivojlantirib, tartibga soladi, ularda maqsadga yo’nalganlik, mantiqiy,
kreativ fikrlash, topqirlik, zukkolik sifatlarini shakllantiradi.
Matematika darslarida she’riy topishmoqlardan foydalanish o’quvchilarning
erkin fikr yuritishi, mantiqiy, kreativ fikrlashini oshiradi. Buning uchun berilayotgan
she’riy topishmoqlar sodda, lo’nda va tushunarli bo’lishi talab etiladi. She’riy
topishmoqlar o’quvchilarni o’ziga jalb etadigan quvnoq, bolalarga mos sodda
so’zlardan tashkil topishi o’quvchini yanada faol bo’lishga undaydi. She’riy
472
topishmoqlar har bir mavzuga mos tuzilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Masalan, 3-
sinf matematika darsida “Kasrlar” mavzusini o’quvchilarga tushuntirish jarayonida
ulushlarga oid she’riy topishmoqlardan foydalanish mumkin.Masalan:
Ikki yuzta jo’jani
Yechilishi:
Sobir fermer boqibdi.
200:8=25
Yaxshilab semirtirib,
25*4=100
Hammaga tarqatibdi.
200-100=100
Sakkizdan to’rt qismini
100:4=25
Beribdi bog’chalarga.
25+25=50
Qolganining choragin
100-50=50
Beribdi o’rtog’iga.
Javob: Sobirda 50 ta jo’ja qolgan.
Sarvi chorak qismini
Olib uyda boqibdi.
Toping, qani, Sobirda
Nechta jo’ja qolibdi?
Bunday she’riy topishmoqlar o’quvchilarni mantiqiy, erkin fikrlashga undaydi.
O’quvchi Sobir fermerning tovuq boqishga qiziqishini biladi. Qanchadir qismini
bog’chalarga , qanchadir qismini o’rtog’iga va Sarviga berganini topadilar. Masala
oxirida o’zida qancha jo’ja qolganini aniqlaydilar. Topshiriq davomida
o’quvchilarda jonivorlarga g’amxo’rlik, kasb-hunarga qiziqish, do’stlarga mehribon
bo’lish kabi xislatlar shakllanadi.
Jasminda bor qirq yong’oq,
Yechilishi:
Barisi to’q, xush yong’oq.
40:8=5
Sakkizdan ikki qismin,
5*2=10
Berdi do’stiga Jasmin.
5*3=15
Sakkizdan uch qismini,
10+15=25
Sovg’a qilib Karimga.
40-25=15
Qolgan yong’oqni topgan,
Javob: Jasminda 15 ta yong’oq qolgan.
473
G’olib bo’lar o’yinda.
Boshlang’ich matematika darslarida “Vaqt birliklari” mavzusini o’tish
davomida vaqtni topishga oid topshiriqlar berish orqali o’quvchilarda vaqtni
qadrlash, har bir daqiqadan unumli foydalanish kerakligi uqtiriladi. Bunday she’riy
topishmoqlar orqali bolalar vaqtni qadrlashni o’rganadilar.
Kunni oltiga bo’lib,
Jadval tuzdi Hamida.
Bir qismida maktab borib,
Darsin qildi Hamida.
Uy ishlarin qilishdi u
Jadvalning bir qismida.
Yechilishi:
Bir qismida o’yin o’ynab,
24:6=4 Demak, bir qism 4 soatdan iborat.
Dars qildi bir qismida.
6-1-1-1-1=2
Qolgan vaqtda dam olib,
2*4=8
Necha soat uxlar Hamida?
Javob: Hamida 8 soat uxlagan.
Boshlang’ich sinflarda har bir darsni integratsiyalashgan dars shaklida o’tilsa,
dars yanada qiziqarli bo’ladi. Matematikani tabiiy fan bilan bog’lagan holda tashkil
etish juda yaxshi samara beradi. Tabiiy fanda “Quyosh sistemasi” mavzusini o’tish
jarayonida sayyoralarning Quyosh atrofida aylanishi, sayyoralarning doimiy
yo’ldoshlari haqida bilim beriladi. Tabiiy fanni matematika bilan bog’lash orqali
o’quvchilarda tabiatga muhabbat uyg’otadi, osmon jismlari haqidagi bilimlarini
mustahkamlashadi.
Sayyoralar kichigi
Yechilishi:
Merkuriydir bolalar.
88*5=440
Sakson sakkiz kunda u
Javob: 440 kun
Quyoshni bir aylanar.
U besh marta aylandi,
Quyoshbobo atrofin.
474
Hisoblagin, ey, o’rtoq
Qancha bo’lar hisobin?
Matematika darslarida geometrik shakllarni o’rganishda, shakllarning
perimetrini, yuzini topishda ham she’riy topishmoqlardan foydalanish juda yaxshi
samara beradi. Bunday topshiriq davomida o’quvchilar qiziqish bilan berilgan
shakllarni chizib, ularning perimetrini topishga harakat qiladilar.
Teng tomon uchburchakning,
Biri besh santimetr.
Hisoblagin Asilbek,
Qancha bu perimetr?
Kvadratning tomoni
Yechilishi:
Bo’lar to’rt santimetr.
5+5+5=15 uchburchakning perimetri
Toping, qani kattadir,
4+4+4+4=16 kvadratning perimetri
Qay birin perimetri?
15<16
Javob: kvadratning perimetri katta.
She’riy topishmoqlar sodda, tushunarli, quvnoq so’zlardan iborat bo’lsa,
o’quvchilarda berilayotgan masalada katta qiziqish uyg’otadi. Javobni topish uchun
o’quvchilar jamoa, guruh bo’lib harakat qiladilar.
Guruh bo’lib bolalar
Musobaqa o’ynashdi.
Har bir bola samimiy
Yechilishi:
Do’stona bellashishdi.
100:2=50
Eng kichik uch xonali
50*5=250
Sonni ikkiga bo’lib.
250*4=1000
Natijani besh marta
Javob: 1000 ga teng
Yaxshilab ko’paytirib.
Ko’paytmani to’rt marta
475
Oshirdi shoshilmasdan.
Topgan ,g’olib sanalar,
Hech e’tiroz bo’lmasdan.
Boshlang’ich matematika darslarida bunday she’riy topishmoqlardan
foydalanish o’quvchilarning kreativ , mantiqiy fikrlashini rivojlantiradi.
Topishmoqlar mavzuga mos, bir-biriga bog’liqlikda, izchillikda tuzilsa, juda yaxshi
samara beradi.
O’quvchilar uchun yangi bo’lgan, hali tushunilmagan material , topshiriqlar
ularda hayratlanish hissini uyg’otadi. Hayratlanish esa o’quv materialini bilishga
qiziqish uyg’otadigan eng muhim omil. She’riy topishmoqlar o’quvchilarda hayrat
uyg’otadi. Bu esa yangi o’rganilayotgan mavzu, materialni tez va oson tushunishga
yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.2-sinf matematika darsligi.L.O'rinboyeva, Sh.Ismailov, N.Ruzikulova,
U.Raxmonov, M.Jumayev, N.Ismailova, N.Usmanova. Respublika ta'lim markazi.
Toshkent-2021.
2.3-sinf matematika darsligi.L.O'rinboyeva, Sh.Ismailov, X.Yusupov, N.Ruzikulova,
U.Raxmonov, Sh. Haqberdiyeva, N. Yusupova, A. Baymanova. Respublika ta'lim
markazi. Toshkent-2022.
3.Boshlang’ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar. Tal’at
G’afforova.”Tafakkur” nashriyoti. Toshkent-2011
4.Matematikadan qo’shimcha masala, mashq va misollar.
O.P.Boboyev,G.F.Shamsiyeva. Toshkent. “Turon-Iqbol” 2019.
5.M.Jumayev. Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi. Toshkent.
“Bayoz” nashriyoti. 2022.
16> Do'stlaringiz bilan baham: |