Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №37 (том 4)


ЖЕНСКОЕ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВО - ЯВЛЯЕТСЯ ФАКТОРОМ



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/207
Sana13.05.2023
Hajmi8,66 Mb.
#938155
TuriСборник
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   207
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2023. Том 4

ЖЕНСКОЕ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВО - ЯВЛЯЕТСЯ ФАКТОРОМ 
ПОВЫШЕНИЯ ЭКОНОМИЧЕСКОГО БЛАГОПОЛУЧИЯ И 
СОЦИАЛЬНОГО РАЗВИТИЯ НАШЕЙ СТРАНЫ

Хакимова Гулрух Абдунабиевна 
Преподаватель юридического техникума 
Бухарской области 
Аннотация:
В данной статье описаны условия, созданные для женского 
предпринимательства в Узбекистане и их правовая основа. Также была описана 
деятельность Ассоциации деловых женщин Узбекистана «Предприниматель» в 
данной сфере и проводимые на постоянной основе тренинги для их поддержки. 
Ключевые слова: 
Ассоциация деловых женщин Узбекистана «Деловая 
женщина», эксперт, бизнес-тренер, гендерное равенство 


508 
«
Tadbirkor ayol» O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi o‘zining 30 yillik 
faoliyati davomida yuzlab biznes ta’lim dasturlarini amalga oshirdi. Ayollar 
tadbirkorligini rivojlantirishda katta tajriba maktabi yaratildi: jamiyatimiz xususiyatlari 
hisobga olingan holda kattalar uchun biznes ta’lim metodikasi ishlab chiqildi, malakali 
mahalliy biznes trenerlar tayyorlandi, ustozlar, ekspertlar guruhlari shakllandi. 
Natijada taqdim qilingan o‘quv dasturlaridan katta ko‘rsatgichli foydalilik 
koeffitsiyentiga erishilgan: 43 ming nafar biznesga o‘qitilgan xotin qizlarning 75 foizi 
o‘zlarining biznes faoliyatlarini boshlagan. Assotsiatsiya o‘quv dasturlaridagi 
ishtirokchilar tomonidan 130 mingta yangi ish o‘rinlari barpo etilgan. 
«Tadbirkor ayol» O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi xotin-qizlar 
uchun biznes asoslari bo‘yicha kompleks o‘quv-informatsion dasturini amalga oshirish 
taklifi bilan hukumatga murojaat etgan edi. Ushbu loyihaning nomi «2018-2020-
yillarda xotin-qizlar biznes ta’lim tizimini mukammallashtirish» dasturi deb nomlandi.
Loyiha dasturi to‘rt ta o‘quv modullarini qamrab oldi: 
Birinchisi — «Biznesni rejalashtirish va moliyaviy savodxonlik». 
Ikkinchisi — «Biznesni samarali boshqarish». 
Uchinchisi — «Raqobatbardoshlik va maxsulotni bozorga munosib taqdim etish» 
To‘rttinchisi — «Tadbirkorlik faoliyatini yuritish: ayol, oila, biznes, urf-odat va 
zamonaviylik». 
O‘zbekistonda 2021 yil 15-noyabr kuni “Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasi tomonidan 
tadbirkorlik g‘oyalarini amalga oshirish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga
yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida keng ko‘lamli ma’rifiy aksiya boshlandi. 
Mazkur aksiya doirasida Assotsiatsiya BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi 
vakolatxonasi ko‘magida 2021-yil 19-noyabrda “Xotin-qizlarning iqtisodiy 
imkoniyatlarini kengaytirishda muvaffaqiyatli yondashuvlar: O‘zbekiston va jahon 
hamjamiyatining tajribasi” xalqaro konferensiyasi tashkil etildi
74

Tadbir aloqalarni o‘rnatish, bilim va tajriba almashish, shuningdek, O‘zbekiston va 
xorijdagi ishbilarmon ayollarni birlashtirish uchun maydon bo‘ldi. Anjumanda 170 dan 
74
https:// Kun.uz 


509 
ortiq ishtirokchi, jumladan, tajribali ishbilarmon ayollar va o‘z biznesini ochishni 
rejalashtirayotgan yosh qizlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, xorijiy biznes 
ekspertlari, moliya institutlari, sug‘urta kompaniyalari va rivojlanish tashkilotlari 
vakillari ishtirok etdi.
Bugungi kunda mamlakatimizda uyushmaning 68 hududiy bo‘linmasi faoliyat 
ko‘rsatayapti, 200 dan ortiq mutaxassislar xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga 
salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda . O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi 
tomonidan bir necha yillardan buyon 19-noyabr–Ayollar tadbirkorligi kuni keng 
nishonlanib kelinadi . 
Eslatib o‘tamiz, gender tengligiga erishish va ayollar huquqlarini kengaytirish 2015 
yilda jahon yetakchilari tomonidan qabul qilingan 17 Barqaror rivojlanish 
maqsadlarining (BRM) ajralmas qismidir. Ayollar va qizlarning barcha maqsadlarda 
huquqlarini ta'minlash orqaligina biz adolat va inklyuzivlikka, hamma uchun 
ishlaydigan iqtisodiyotga, hozirgi va kelajak avlodlar uchun umumiy muhitimizni 
saqlashga erisha olamiz 
BMTTD ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish va gender tengligini 
ta’minlashda savdoning ahamiyatini e’tirof etadi. Savdo, ayniqsa, xotin-qizlar hayotini 
yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish, iste’molchilarning tanlovini kengaytirish va 
jamiyatda ayollarning savdolashish qobiliyatini oshirish imkonini beradi. Shu 
munosabat bilan BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan ayollar 
tadbirkorligini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha aniq chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, BMTTDning “O‘zbekistonda savdoni 
rivojlantirishga ko’maklashish” loyihasi doirasida O‘zbekistonda ayollar 
tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish tizimi tahlili o‘tkazilib, uning 
asosida 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan tegishli “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. 
Bundan tashqari, loyiha doirasida Assotsiatsiya va uning aʼzolarining eksportni 
rivojlantirish, tashqi bozorlarga chiqish va ayollar tadbirkorligi uchun maslahat 
dasturlari boʻyicha salohiyatini oshirish davom etmoqda


510 
“Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasi tashkil etilganiga 30 yil to‘ldi. O‘tgan davr ichida 
xotin-qizlarning ijtimoiy nufuzini oshirishga qaratilgan 100 dan ortiq loyihalar aynan 
mana shu assotsiatsiya tomonidan amalga oshirildi. 
Assotsiatsiya tadbirkor ayollarga avvalo bilim berdi. Tadbirkorlikni endi 
boshlayotgan ayollarga o‘zini erkin his qiladigan hamjamiyatni va o‘ziga bo‘lgan 
ishonchni berdi. Yurtimiz istiqboli bilan bog‘liq holda ayollar tadbirkorligi bosqichma-
bosqich rivojlanib borayotganini ko‘rish mumkin. Tadbirkor ayol bo‘lishning o‘ziga 
yarasha og‘ir-yengilliklari haqida ayollarimizda yetarli darajada tushuncha yo‘q edi. 
Har doim ham tadbirkor ayollarning ijobiy imiji yaratilmadi. Shunday davrlarni 
boshdan kechirish uchun ayollarga yordam beradigan tashkilotlar yo‘q edi. Ushbu 
assotsiatsiya esa ana shunday tashkilotga aylandi. 
Chunki ayollarimiz biror ishga qo‘l urganda qayerga murojaat qilishni bilishmaydi. 
Assotsiatsiya shunday vaqtda ularga yordam berib, to‘g‘ri yo‘l tutishga imkon 
yaratdi
75

A'zolar orasida o‘z tadbirkorligini eng quyi pog‘onadan boshlab bugungi kunda yirik 
ishbilarmonga aylangan ayollar juda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Sirdaryolik bir ayol
oliy ma'lumotli, iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lgan ayol taqdir taqozosi bilan bir necha 
yil jazoni o‘tash muassasalarida bo‘lgan. “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlar bilan olib 
boriladigan dasturlarda o‘qib chiqib, o‘zining oldingi bilimlariga tayanib tadbirkorlikni 
boshladi. Hozirgi vaqtga kelib shu ayol 100 kishini ish bilan ta'minlashga erisha oldi 
va har yili o‘tkaziladigan “Anor” milliy tanlovida ishtirok etib faxrli o’rinlarni qo’lga 
kiritdi. 

Tadbirkor ayollar uchun davlat idoralari va tashkilotlar bilan ishlashda qanday 


muammolar mavjud degan savol tug’ilishi mumkin.
 
Davlat tashkilotlari bilan ishlashda 
muammo yo‘q desak xato bo‘ladi. Avvalo tegishli idoralarda javobgarlik hissi yo‘qligi, 
tadbirkorlar oldida tenglik yo‘qligi, shartnomaviy majburiyatlarning bajarilmasligi 
75
D.A.Shodibekova. “Tadbirkorlik va kichik biznes asoslari”, -T; 2013 y


511 
tadbirkorlarga qiyinchilik tug‘diradi. Sud-ijro tizimining o‘z vaqtida amalga 
oshirilmasligi ham muammolardan biri hisoblanadi.
 
“Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasi – jamoat tashkiloti. Shuning uchun ham 
assotsiatsiyada ayollar huquqlarini himoya qilish vakolati yo‘q bo‘lsa-da, jamoa 
sifatida tavsiya berish, ishtirok etish, o‘z nazoratini o‘rnatish orqali ayollar huquqlarini 
himoya qilishga harakat qilib kelinmoqda. 
Qishloq xo‘jaligida ayollarning o‘rni katta. Ularga juda ko‘p imtiyozlar berilgan: kam 
foizli kredit olishda, yer va mulk soliqlaridan ozod etilishi, mahsulotlarini eksport 
qilishda yengilliklar yaratilishi shular jumlasidan. Bundan tashqari, tuxum, go‘sht, 
guruch ishlab chiqarishda davlat subsidiyalaridan foydalanishlari mumkin. 
Lekin shunday imkoniyatlarga qaramay respublikada qishloq xo‘jaligi sohasida 
faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollar salmog‘i juda kam. Respublikamizda 84787 ta 
fermer bo‘lsa, shundan 6 foizi, ya'ni 5527 tasini ayollar tashkil etadi. Bu judayam 
kichkina ulush. Fermer ayollarga yordam berishni istagan tashkilotlar turli dasturlarni 
amalga oshiryapti. Assotsiatsiyada ham bu yo‘nalishda alohida dasturlar bor. Har yili 
fermer ayollar forumi o‘tkaziladi va ularga yangi zamonaviy texnologiyalar bilan 
tanishishga imkon beruvchi platforma yaratilgan. 
Jahon banki bilan hamkorlikda intensiv bog‘larni yaratish bo‘yicha 2 yillik kurslar 
tashkil qilinib, tadbirkor ayollarga bilim berildi. Butun respublikada 32 ta mahalliy 
trenerlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan
76
.
 
Juda kuchli intilishi bo‘lgan ayol uchun tadbirkor bo‘lish oson. Lekin tadbirkorlikni 
boshlagandan keyin haqiqiy ishbilarmon ayol bo‘lib qolish qiyin. Faoliyat 
boshlagandan keyin juda ko‘p to‘siqlar bo‘lishi mumkin. Katta energiya, kuch talab 
qiladi. Bularning bariga bardosh berolmagan tadbirkor o‘z biznesini rivojlantira 
olmaydi. 
76
https:// xs.uz 


512 
Undan muntazam ravishda o‘z ustida ishlash talab qilinadi. Doimiy tarzda yangi, 
nou-xau texnologiyalarni o‘zlashtirmasa, globallashuv masshtabiga kira olmasa 
biznesni rivojlantirishga imkon yaratilmaydi. Mana shu bosqichlarni bosib o‘tish oson 
bo‘lmaydi. 
Hammasi mablag‘ga bog‘liq emas, mablag‘i bo‘lgan taqdirda ham o‘z-o‘zidan 
tadbirkor bo‘lib qolmaydi. Unda motivatsiya, kuchli xohish, intilish va albatta bilim 
bo‘lishi kerak. 
Bizning ayollarimiz judayam irodali. Ular hayotda qanchalik qiyinchilik ko‘rishsa, 
mehnatdagi mashaqqatlarini ham ikkilanmasdan bosib o‘tishga tayyor bo‘lishadi. 
Biznesda muvaffaqiyatga erishgan ayollarning ko‘pchiligini yolg‘iz ayollar tashkil 
kiladi. Ko‘pchiligi hayotda qiynalgan, mashaqqatlarni yengish maqsadida 
tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygan ayollardir. Chunki tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishning 
ham turlicha sabablari bor. Kimlardir o‘zini namoyon qilish uchun tadbirkor bo‘lsa, 
kimlardir ehtiyoj tufayli tadbirkorlikni boshlaydi. Lekin assotsiatsiya eshigi hamma 
uchun barobar ochiq. Shuning uchun ham assotsiatsiya 30 yil ichida juda katta tizimga, 
minglab ayollarni birlashtiruvchi tashkilotga aylandi. Chunki ” assotsiatsiyaga a'zo 
bo‘lish oson va qulay. Assotsiatsiyaga a'zo bo‘lgan ayol tajribasi yoki mablag‘iga 
qarab ajratilmaydi, barchaga birday qaraladi.. 
“Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasi atigi 4 jamoatchi ayolning harakati bilan boshlangan. 
Bugungi kunda esa respublikaning 69 ta tumanida bo‘limlari mavjud. Mamlakatimiz 
bo‘ylab biznes trenerlarning katta bazasi yaratildi: 200 dan ortiq biznes trenerlar 
ayollarga tadbirkorlik sirlarini o‘rgatishadi.
Tadbirkor ayollarning mamlakatimizda ko’payishi nafaqat soha rivojiga rivoj, 
shuningdek jamiyat iqtisodiyotiga va ijtimoiy muhitiga sezilarli darajada ta’sir 
ko’rsatadi.

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish