284
ФИО автора:
Radjabova Manzura Xurramovna
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universitetining
Falsafa yo’nalishi 2-bosqich magistranti
Название
публикации:
«YANGI
O’ZBEKISTONDA
MA’NAVIY
YANGILANISHIDA MILLIYLIK VA UMUMINSONIYLIK DIALEKTIKASI»
Annotatsiya:
Ushbu maqolamizda bugungi kuning dolzarb masalalaridan biri
bo’lmish yangilanayotgan O’zbekistonning ma’naviy yangilanishi bo’lmish uchinchi
renesans davrida milliy va umuminsoniy ma’anaviyatning dealiktikasi ochib berishga
harakat tilinadi. Xususan bunda yurtimizda amalga oshirilayotgan milliy va
umuminsoniy ma’anaviyatning naqadar uyg’unligi uning chambarchasligi tahlil
qilinadi.
Kalit soz’lar:
milliy, umuminsoniy, ma’naviyat, bunyodkorlik, uchunchi
renesans, harakatlar strategiyasi, san’at, madaniyat, axloq, siyosat, mafkura, imunitet,
A.Anttonen va J.Sirila, Ibodulla Ergashev, Shavkat Mirziyoyev,
O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishganidan so’ng, milliy o’zlikni anglash,
mazmun mohiyatiga ko’ra, ma’naviy yangilanishlar tizimida milliy va umuminsoniy
qadriyatlar uyg’unligiga ustuvor vazifa sifatida e’tibor qaratila boshlandi. Mustaqillik
o’zbek millatining milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamohangligida yashashga keng
imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Turli madaniyatlarning o’zaro aloqadorligi, ularning
bir-biridan bahramand bo’lishi imkoniyatlarini yuzaga keltirdi. O’tgan yillar
mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy strategik islohotlar jarayonida ma’naviy
qiyofa yangilanib, harakatlantiruvchi kuch vazifasini o’tadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek, “Mustaqillik tufayli biz
dunyo hamjamiyatining teng huquqli a’zosi bo’lib, yorug’ kelajagimizni o’z qo’limiz
bilan bunyod etmoqdamiz. Istiqlol yillarida erishgan yutuqlarimizga tayanib, milliy
tiklanishdan - milliy yuksalish sari dadil qadam qo’ymoqdamiz. Mamlakatimiz
taraqqiyotini yanada yuksak bosqichga ko’tarish maqsadida Harakatlar strategiyasini
285
qabul qildik. Bu noyob hujjatda belgilangan ulug’vor vazifalarni ro’yobga chiqarishga
qat’iy kirishganimiz biz uchun yangi ufq va imkoniyatlar ochib bermoqda”
29
.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, mazkur islohotlar negizida ma’naviy
yangilanishlarimizda milliy va umuminsoniy jihatlar o’zaro uyg’un holda
takomillashib, rivojlanib boryarti. Bu o’zaro aloqadorlik ma’naviy yangilanishlar
jarayonidagi milliy va umuminsoniy jihatlar dialektikasi sifatida izohlanadi.
Milliylik va umuminsoniylikning dialektik aloqadorligi umumiylik orqali narsa
va hodisalarning umumiy jihatlari o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalanishida, alohidalik
orqali esa, uning o’z ko’rinishini aniqlanishida namoyon bo’ladi. Butun borliq, tabiat
va jamiyat umumiylik va xususiylikning o’zaro ta’siri oqibatida bir vaqtda umumiy va
uzluksiz hodisa sifatida namoyon bo’lib, milliylik va umuminsoniylikning ham bir-biri
bilan uzviy bog’lanishiga, bir-birini to’ldirib, bir-birini aks ettirishiga sabab
bo’lmoqda.
Insoniyatning axloq, san’at, madaniyat va din kabi ijtimoiy voqeliklarida ham
milliy, ham umuminsoniy jihatlari mavjud bo’lib, ularning o’zaro bog’liqligi milliylik
hamda umuminsoniylik mutanosibligini ko’rsatadi. Shu sababli ma’naviy
yangilanishlardagi milliylik va umuminsoniylik nisbati uning ajralmas qismlari, axloq,
san’at, siyosat, mafkura kabi hodisalarda shu jihatlarning qanchalik darajadagi o’zaro
uyg’unligiga bog’liq.
Har bir kishining hatti-harakati ma’lum manfaatni amalga oshirishga
yo’naltirilgan. “Fransuzlar – Fransiyada, inglizlar – Angliyada, o’zbeklar –
O’zbekistonda o’z davlatchiligi, tili, ma’naviyati, tarixi, istiqboli, milliy davlatining
gullab-yashnashidan manfaatdor”
30
.
Agar o’zbek xalqi ma’naviyati tarixiga nazar tashlasak, uning jahon madaniyati
bilan uzviy bog’liqlikda rivojlanganining guvohi bo’lamiz. Bu ma’naviy taraqqiyot
yo’li umuminsoniy ma’naviyatdan chetda yuzaga kelgan va rivojlanmaganligining
guvohi bo’lamiz. Zotan, har qanday xalqning milliy ma’naviyati o’z mamlakati
29
Миpзиёев Ш.М. Нияти улуғ хaлқнинг иши ҳaм улуғ, ҳaёти ёpуғ вa келaжaги фapoвoн бўлaди. – Тoшкент:
Ўзбекистoн, 2019. – Б. 87-88.
30
Қуpoнoв М. Ўзбек хapaктеpи вa миллий ғoя. – Тoшкент: Мaънaвият, 2005. – Б. 8.
286
doirasida, tor milliy biqiqlikda emas, balki jahon xalqlari ma’naviyati bilan
bog’liqlikda, dialektik aloqadorlikda, determenistik asosda rivojlanib boradi. Milliy va
umuminsoniy ma’naviyat o’rtasidagi dialektik aloqadorlik masalasi mazkur jarayonni
yanada teranroq anglashga yordam beradi. Bu jarayon alohidalik va umumiylikka xos
jihatlar ifodalanishining alohida bir sohasidir. Umumiylik narsa-hodisalarning eng
muhim, mushtarak aloqalarini aks ettiradi va u faqat ayrimlik orqali namoyon bo’ladi,
xususiylik shakliga kiradi. Boshqa tomondan, har qanday ayrimlik ma’lum ma’noda
umumiylikdir, binobarin, alohidalikning tomoni yoki mohiyatidir
31
.
Bundan kelib
chiqib, alohidalikni ayrimlik tushunchasi orqali berilishini bir oz bahsli deb
hisoblaymiz. Ayrimlik deb emas alohidalik tushunchasining ishlatilishi umume’tirof
etilgan holat ekanligini hisobga olish kerak.
BMTning Ijtimoiy rivojlanish ilmiy-tadqiqot instituti professorlari A.Anttonen
va J.Sirila olib borgan tadqiqotlarida umuminsoniylikni - polisemik, kontekstli va ko’p
o’lchovli ekanligini aytib, o’zida butunlik, birlik, umumiylik va yaxlitlik g’oyalarini
o’zida mujassam etadi deb ta’kidlanadi
32
.
Shunday ekan, milliy va umuminsoniy ma’naviyatda ham aynan bu jihatlar
uyg’un va hamohang bo’ladi. Milliy ma’naviyat muayyan millat va xalqga aloqador
bo’lar ekan, uning o’ziga xos bo’lgan, uning milliy mentaliteti, yashash tarzi, tarixiy
qadriyatlari va fikrlash qobiliyatlarini o’zida aks etadigan ma’naviyati mavjud bo’ladi.
Demokratik tamoyillar bashariyat merosi deb ta’riflash mumkin bo’lgan
umuminsoniy qadriyatlarning asosiy manbai hisoblanadi. Ushbu qadriyatlarsiz
demokratiya ham, barqaror rivojlanish ham bo’lmaydi. “Ammo umuminsoniy
qadriyatlarning tan olinishi daholarni har bir jamiyat va har bir davlat uchun xos
bo’lgan o’ziga xos tarixiy, diniy va madaniy xususiyatlarga parda yorish kerak degani
emas”
33
.
Ma’naviy yangilanishlar negizida milliylik va umuminsoniylik an’analari
jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boshqa sohalarda yuz berayotgan
31
Умapoв Э., Aбдуллaев М. Мaънaвият aсoслapи. – Тoшкент: Шapқ, 2005. – Б. 40.
32
Anneli Anttonen and Jorma Sipila. Varieties of Universalism. – Geneva, Switzerland: United Nations Research Institute
for Social Development, 2014. – P. 4.
33
Boutros Boutros–Ghali. The Interaction between Democracy and Development. – France: Unesco, 2003. – P. 8.
287
o’zgarishlar ta’siri ostida rivojlanib, yangilanib, yuksalib boradi. Natijada, muayyan
bir davrda sun’iy va majburiy ravishda xalqimiz hayotiga kiritilgan ayrim qadriyatlar
asta-sekin ahamiyatini yo’qotib, barham torib boradi. Bunda xalqimizning ming yillar
mobaynida qadrlanib kelingan, ammo g’ayriinsoniy mafkura tufayli unutilib ketilgan
bayramlari, urf-odat va an’alarni qayta tiklanishi misolida kuzatishimiz mumkin.
Milliy ma’naviy yangilanishlarimiz ham faqat milliy asosdagina emas, shu bilan
birga umuminsoniy ma’naviy qadriyatlar ta’sirida shakllanadi va o’sib boradi. Bunda
stivilizastiya beshigi hisoblanadigan Sharq madaniyati va jahondagi boshqa
madaniyatlar o’zining ijobiy jihatlari bilan ta’sir etgan. O’z navbatida, o’zbek xalqi
ham jahon tamaddunining yuksalib borishida, umumjahon ma’naviy yangilanish
jarayoniga sezilarli ta’sir ko’rsatgan. O’zbeklar axloqidagi oriyat, diyonat, kattalarga
hurmat, mehmondo’stlik, mehnatsevarlik singari fazilatlarga ularning ruhiyatidagi
samimiylik, halollik, bag’rikenglik, saxovatpeshalik jihatlari, milliy adabiyot va san’ati
uyg’unlashib, milliy ma’naviyatining o’ziga xos fazilatlarini shakllantirgan.
Milliy ma’naviyatimizning namoyondalari al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy,
Ibn Sino, al-Xorazmiy, Imom al Buxoriy, Iso Termiziy, Mirzo Ulug’bek, Alisher
Navoiy singari mutafakkirlarning durdona asarlari jahon ma’naviyatining ajralmas
qismiga aylanganligi buning yorqin misolidir.
Shunisi diqqatga sazovorki, ma’naviy hayotning dialektik rivojlanish yo’li
ma’lum siyosat va mafkura ta’siri ostida turlicha kechadi. Agar ma’naviy
yangilanishlar tarixiga nazar tashlasak, renessans davrida ham yoki undan keyin ham
ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’siri ostida milliy va umuminsoniy ma’naviy hayot
uyg’unligi bir-biridan uzoqlashtirilganligini ham ko’rishimiz mumkin. Ma’naviy
yangilanishlar tizimida milliy va umuminsoniylikning o’zaro uyg’unlikda ba’zan juda
ulkan rivojlanish yo’lidan borganligi, gohida esa ular o’rtasidagi uzoqlashish erishilgan
yutuqlardan chekinish, ba’zi sohalardagi regressiya, taraqqiyot yo’lidan sekinlashib
mamlakat hayotida turg’unlik holatiga uchrab qolish sabablari ham bo’lganligining
guvohi bo’lamiz.
Ibodulla Ergashev ta’kidlaganidek, bizning milliy ma’naviyatimiz - turli xalqlar
va millatlar ma’naviy dunyosi, ularni bir-biri bilan bog’lab, rivojlanishining vorisiyligi,
288
uzluksizligini ta’minlab turuvchi milliy va umuminsoniy qadriyatlar tizimidir. Jamiyat
- xalqlarning milliy va umuminsoniy ma’naviy negizlariga tayansa, yuksaklik sari yuz
tutadi. Madaniyat va ma’naviyat o’zaro uyg’unlikda fozillashadi
34
.
Shu ma’noda, yuksak milliy ma’naviyat jahon xalqlarini bir-biriga
yaqinlashtiruvchi asosiy mezon bo’lib kelgan va bugungi kunda ham shunday bo’lib
davom etib kelmoqda. “Bir haqiqatni hech qachon unutmaylik, -deydi Shavkat
Mirziyoev, - biz buyuk tarix, buyuk davlat, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz. Biz –
hech qachon mehnatdan qochmaydigan, qiyinchilikdan qo’rqmaydigan, adolatni
qadrlaydigan, azmu shijoatli, buyuk xalqmiz. Barchamiz bir tanu bir jon bo’lib, yakdil
va ahil bo’lib harakat qilsak, halol-pok bo’lib, yaxshi niyat bilan mehnat qilsak, har
qanday marralarni egallashga, boshqacha aytganda, tariximizning yangi sahifasini
yaratishga qodir xalqmiz”
35
.
Xulosa qilib aytganda, ma’naviy yangilanishlar jarayonida milliylik va
umuminsoniylik bir-biri bilan dialektik bog’lanib ketgan. Shuning uchun ham milliylik
va umuminsoniylik strategik rivojlanish jarayonida bir-birini taqozo etadi, ularni bir-
biridan ayro holda ham, birini ikkinchisiga teskari qo’yish ham mumkin emas. Bu
madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat sohasidagi katta yo’qotishlarga sabab bo’lishi
mumkin. Shunday ekan, jamiyatdagi ma’naviy yangilanishlar uchun, umuminsoniylik
va milliylikning dialektik aloqadorligi muhim omildir. Ma’naviy yangilanishda
milliylik va umuminsoniylik dialektikasiga tayanish demokratik rivojlanish va
ma’naviy yangilanishlar strategiyasida belgilovchi ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |