Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №37 (том 4)



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/207
Sana13.05.2023
Hajmi8,66 Mb.
#938155
TuriСборник
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   207
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2023. Том 4

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


269 
ФИО автора: 
Xovos tumani 13-maktab psixologi 
O’rinboyeva Muxlisa Erkin qizi

Название публикации:
«KICHIK MAKTAB YOSHI O’QUVCHILARIGA 
MEHNAT AN’ANALARIDAN FOYDALANIB TARBIYA BERISH» 
Annotatsiya: 
Mamlakatimiz hayotining ijtimoiy, iqtisodiy madaniy, ma’naviy, siyosiy 
sohalarida demokratiya va insonparvarlikka erishayotgan, milliy o’z-o’zini anglash 
mustahkamlanayotgan, milliy madaniyatning o’ziga xosligi vujudga kelayotgan 
sharoitda ta’lim konsepsiyasi ishlab chiqildi. U milliy, tarixiy va madaniy an’analarga, 
xalqning ma’naviy, axloqiy tajribasiga asoslangan. Bularning hammasi yosh avlodni 
milliy madaniyatga, ilg’or milliy tarbiya an’analariga, umuminsoniy qadriyatlar 
yutuqlariga bog’lab o’qitish, tarbiyalash va kamol toptirishni amalga oshirishni taqozo 
qiladi.
Kalit so’zlar: 
maktab, urf-odatlar, udumlar,an’analar, milliylik, didaktika, mehnat, 
salohiyat, avlod, ilg’orlar. 
Mazkur ishlarni amalga oshirishda boshlang’ich sinf o’quvchilarining mehnat 
tarbiyalash konsepsiyasini yaratishda ilg’or mehnat an’analari, urf-odatlari, udumlari 
va marosimlarining ro’li katta. Chunki ularda xalqning ko’p asrlik tarbiyaviy tajribasi 
to’plangan, tarbiyaviy ta’sir etishning yashirin katta imkoniyatlari jamlangan. Mehnat 
tarbiyasiga oid xalq an’analari asrlar mobaynida barqarorligi, tarbiyalanuvchilarga 
yaqinligi, voqelikka bog’liqligi, tushunarliligi, ko’rsatmaliligi bilan ajralib turadi. O’z 
navbatida bu xususiyatlar mazkur an’analarning puxta o’zlashtirilishini ta’minlaydi 
hamda yosh avlodga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
 
Yuqoridagilarni hisobga olib, boshlang’ich sinf o’quvchilarining mehnat 
tarbiyasida mehnat an’analaridan foydalanishning nazariy modelini loyihalashda 
mehnat tarbiyasining asosiy talablariga rioya qilindi. Mazkur talablarni amalga 
oshirish mehnat tarbiyasining, shaxsni kamol toptirishning maqsadini ta’minlaydi. Bu 
maqsad nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarning miqdoriy ko’rsatkichlari 
bilan emas, balki o’quvchilarning aqliy va jismoniy o’sishi, mehnatning ma’naviy 


270 
salohiyatini anglashi hamda mehnatga to’g’ri munosabatlarni shakllantirish uchun 
yaratilgan imkoniyatlar bilan tavsiflanadi. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilari mehnat tarbiyasining maqsadi – ularni aqliy va 
axloqiy jihatdan o’stirish; ularning bilish va amaliy talab hamda ehtiyojlarini 
qondirish; ularni muvaffaqiyatli mehnat faoliyatiga va umuminsoniy axloqiy 
munosabatlar tizimiga jalb etish. Mehnat tarbiyasi jarayoni boshlang’ich sinf 
o’quvchisi, o’qitish, tarbiyalash va kamol toptirish mazmuni hamda tashkiliy 
komponentlarini qayta qurish maqsadga bo’ysundirilishi lozim.
Bu yaqinlashtirishni amalga oshirish uchun mehnat tarbiyasining falsafiy, 
psixologik va didaktik jihatlarini qayta ko’rib chiqish zarur. 
Psixologik jihatdan boshlang’ich sinf o’quvchisi shaxsining asosiy ehtiyojini 
ifodalash, ya’nitanlash mazmunini tanlash orqali unda faollikni, o’quv-tarbiya 
ishlariga qiziqishni, ijodiy munosabatni, ulrni anglashga intilishni tarkib toptirish 
zarur. Pirovardda, boshlang’ich sinf o’quvchisida o’quv-bilish mehnat faoliyatida 
erishgan natijalardan qanoatlanish hosil bo’ladi. Boshlang’ich sinf o’quvchisida o’quv 
ishlari ijtimoiy foydali va unumli mehnat bilan mustaqil tarbiya shug’ullanishga 
intilish uyg’onadi.
Didaktik jihatdan mehnat an’analariga doir material mazmunini va unga mos 
shakllar, uslublar hamda vositalarni, tarbiyaviy jihatdan faollashtirish yo’llarini 
tanlashdan boshlab, o’zlashtirilgan nazariy bilimi, mehnat ko’nikma va malakalarining 
e’tiqod hamda kasbiy mustahkamlangan usullarga aylanishigacha namoyon bo’ladi. 
Bularning hammasi aniq natijalarga olib boradigan mehnat faoliyatida aks etadi. 
O’quvchi mazkur natijalarni o’zining moddiy va ma’naviy boyliklar yaratishda faol 
qatnishishi uchun ijtimoiy qimmatli qo’llanma sifatida anglaydi. 
Yuqorida aytilgan falsafiy, psixologik, didaktik komponentlar majmui mehnat 
tarbiyasining konseptual asosi o’z ichiga mehnat an’analarini qamrab oladi va 
quyidagilarni ta’minlaydi: 


271 
-
o’quvchilarning ta’lim-tarbiya ishlari faollashuvini; 
-
boshlang’ich sinf o’quvchilarining bilish darajasi ortirishni; 
-
dastur materialining ongli o’zlashtirilishin; 
-
boshlang’ich sinf o’quvchilariga mehnat ta’limini o’qitish, ularni tarbiyalash 
va kamol toptirish jarayonining tarbiyaviy imkoniyati oshishini. 
Binobarin, boshlang’ich sinf o’quvchisining o’quv faoliyati mazmunan 
o’zlashtiriladigan amaliy ko’nikma va malakalar bo’yicha o’ziga xos hamda tushunarli 
bevosita faoliyat bilan bog’lanadi. 
Umumta’limning boshlang’ich sinflaridagi mehnat ta’limi deyilganda 
o’quvchilar va pedagoglarning o’zaro hamkorligi tushuniladi. Mazkur hamkorlikda 
fikrlar va hissiyotlarda aks etadigan mehnat munosabatlari asosida o’quvchining ichki 
ma’naviy dunyosi rivojlanadi. 
Boshlang’ich sinf o’quvchisi yosh toifasiga va ijtimoiy mavqyega ko’ra huquq 
va majburiyatlarning majmuiga ega bo’ladi. Boshlang’ich sinf o’quvchisining mehnat 
faoliyati tavsifini, o’zini-o’zi anglashini hamda intilishlari darajasini belgilaydi. 
Mazkur hamda boshlang’ich sinf o’quvchilari kamol topishining uzviyligini, 
shuningdek, maktabgacha va boshlang’ich sinf o’quvchilari mehnat ta’limi hamda 
tarbiyasining mazmunini va tashkiliy shakllarini belgilashni ta’minlaydigan vorislik va 
tadrijiylik tamoyillari asosini tashkil etadi. 

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish