Afshoriylar va Kojariylar hukmronligi davrida Eron
Eron xalq ommasi juda faol ravishda afg'on bosqinchilariga qarshi
kurash olib bordilar. Uning markazi Mozandaron viloyati bo'lib, kurashga
Eronning turkiy qabilasi bo'lmish afshorlardan chiqqan Nodirxon rahbarlik qildi.
U Safaviylar sulolasining so'ngi shohi Taxmats II (1722-1732)ning xizmatiga
kirgan. Nodirxon harbiy qo'mondon sifatida eronliklarning afg'on bosqinchiligi
qarshi kurashiga bosh bo'ldi. 1729 yil 29 sentabrda Nodirxon qo'mondonligidagi
Eron qo'shini Damg’on ostonasida afg'onlar uslidan hal qiluvchi g’alabani qo’lga
kiritdilar va 1730 yilda mamlakat afg'onlardan to'liq ozod qilindi. Shu davrda
Nodirxon Eron hukmdori bo'lib qoldi. 1730-1735 yillarda Nodirxon turk
qo'shinlariga qarshimuaffaqiyatli urush olib borib. Eron hududini turk
bosqinchilardan tozaladi. Afg'on va turk bosqinchilariga qarshi kurashdagi
muvaffaqiyatlardan foydalangan Nodirxon 1736 yilda quriltoy chaqirib o
:
zini
Eron shohi, deb elon qildi.Nodirxonning ichki siyosati asosan mamlakat
boshqaruvini markazlashtirishga qaratildi.U shia ruhoniylari va Safaviylar
aslzodalardan tortib olingan yerlar sohibiga aylanib davlatning feodal
mulkchiligini kengaytirishga erishdi. Dehqonlar va shaharning mehnatkash
aholisidan olinadigan soliq va to'lovlarni ko'paytirdi.Davlat hududini kengaytirish
va xazinani talonchilik bilan to’ldurish maqsadida Nodirshox uzluksiz ravishda
bosqinchilik urushlari olib bordi. 1736- 1739 yillarda u Sind, Buxoro va Xorazmga
ham talonchilik yurushlari amalga oshirdi. 1732-1738 va 1741-1743 yillarda
Nodirshox Omanga harbiy ekspedisiyalar uyushtirdi. 1743-1745 yillarda u
Mesopotamiya uchun Turkiyaga qarshi muvaffaqiyatsiz urush olib bordi.Uning
bosqinchilik yurushlari natijasida yurik bir davlat - imperiya vujudga keldi. Unga
shimoliy Hindiston, Afgoniston, Balujiston, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya,
Dog’iston, Xiva va Buxoro xonliklari kirgan. Doimiy urushlar olib borish oxibatida
mamlakat ishlab chiqarish kuchlariga putur etdi, soliq zulmi dexqonlar va shahar
mehnatkashlarini xonavayron qildi. Mamlakat hududida shox hokimiyatiga, uning
noib va gubernatorlariga qarshi xalq qo'zg'olonlari avj oldi. Nodirshoxning
qo'zg'olonlarini boshtirishdagi shafqatsizliklari xalq orasidagi nufuzini tushirib
yubordi. 1747 yil iyunida Xurosonda uyushtirilgan suyuqasdda Nodirshox halok
bo'ldi.Nodirshoxning o’limidan keyin yagona iqtisodiy va siyosiy asosga ega
bo’lmagan uning ulkan davlati mustaqil feodal mulklarga parchalanib ketdi.
Afgonistonda Ahmadshox Durroniy boshchiligida mustaqil afgon davlati tashkil
topdi. Xuroson, Astrabod, Mozandaron, Ozarbayjon, G’ilon, Isfaxonda ham
mahalliy feodal hukmdorlari o'zlarining hukmronligini o’rnatib, hokimiyat uchun
o'zaro kurash olib bordi. 1760 yil janubiy Erondagi zend qabilasidan Karimxon
Xurosondan tashqari butun Eron hududini birlashtirib, poytaxti Sheroz shahri
bo'lgan yangi bir davlatga asos soldi. 1779 yilda Karimxonning vafotidan
so’ng yana hokimiyat uchun urushlar boshlanib keldi. Bu kurashda kojar
qabilasidan bo'lgan O’ga Muhammad g’olib chiqib 1769 yilda o'zini Eron shohi
deb e’lon qildi. Eronda markaz Tehron bo'lgan yangi sulola kojarlarning
hukumronligi o’rnatildi.
147
Do'stlaringiz bilan baham: |