309
ovoz berishi lozim bo'ladi. Ovozlar soni bo'yicha ikkinchi o'rinda Yaponiya (8%)
turadi, shuningdek Germaniya (4, 6%), Buyuk Britaniya va Fransiya (4, 4% dan)
mamlakatlari sezilarli ovozlar soniga ega.
XTTBning boshqaruv organi Boshqarav kengashi va Direktor (ijrochi organ)
dan iborat bo'lib, Boshqaruv kengashi tarkibi unga a'zo mamlakatlar moliya vaziri
yoki markaziy banki boshliqlaridan tashkil topadi. Boshqaruv kengashi har yili bir
marta yig'ilib tegishli qarorlarni Xalqaro valyuta jamg'armasi bilan kelishgan holda
qabul qiladi. Bank siyosiy o'yinlardan
holi emas, u tashkil topgandan buyon
amerika fuqarosi bo'lgan shaxslar tomonidan boshqarib kelinmoqda.
XTTB tashkil topganda unga 38 mamlakat a'zo bo'lgan bo'lsa, 2004 yil iyun
oyida ularning soni 184 taga yetgan. XTTBning asosiy faoliyati investitsion
loyihalarni kreditlashga qaratilgan.
XTTBning 1950-60 yillarga qadar asosiy maqsadi a'zo-mamlakatlarning
xalq xo'jaligini tiklashga qaratilgan bo'lib, 1960 yillardan so'ng ijtimoiy loyihalarni
kreditlash masalasi birinchi darajaga ko'tarildi. Buning asosiy sababi ko'pchilik
mamlakatlarda iqtisodiy o'sish sura'tlari barqaror ko'rsatikichga ega bo'lsada, boy
va kambag'allar o'rtasida farq oshib borish tendentsiyasi mavjud bo'lib, bu esa o'z
navbatida turli ijtimoiy ziddiyatlarni kelib chiqishiga sabab bo'lar edi. Shu bois,
XTTB o'z kreditining asosiy qismini aynan shu
muammolarni hal qilishga
yo'naltira boshladi.
XTTB dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy integratsiyalashuv, shuningdek turli
iqtisodiy inqirozlar natijasida kreditlash tamoyillarini va siyosatini doimiy ravishda
takomillashtirib o'zgartirib borishga majbur edi. Masalan, 1990 yillardan keyin yuz
bergan moliyaviy-iqtisodiy inqirozlarni bo'lishida XFJ va XTTB jiddiy tanqid
ostiga olindi.
Quyidagi rasmda XTTBning kreditlarini tarmoqlar kesimidagi tarkibi
keltirilgan. Rasmdan 1998 yilda bank tomonidan berilgan kreditlarning deyarli 30
foizi moliya sohasiga berilganligi, 2008 yilda kreditlarning
asosiy qismi davlat
boshqaruvi hissasiga to'g'ri kelganligini ko'rish mumkin. Bu XTTBning kredit
310
siyosatini unga a'zo-mamlakatlarda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar
natijasida o'zgarib borayotganligini anglatadi.
Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi
(XRA) 1960 yilda tashkil etilgan bo'lib,
XTTB va XRA boshqaruv tartibi bir xil va ular bitta
bank prezidenti tomonidan
boshqariladi. XTTBning moliyaviy resurslari muomalaga chiqarilgan qimmatli
qog'ozlar bo'lsa, XRAning resurs manbasi a'zo-mamlakatlarning badallari va
XTTBning foydasi hisoblanadi. XRA 20, 25 va 40 yil muddatga, 10 yillik imtiyoz
davri bilan kreditlar beradi. Berilgan kreditlar bo'yicha foizlar hisoblanmaydi,
biroq juda yuqori bo'lmagan 0, 75 foiz miqdorida komission toiovlar undiriladi.
Aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yillik daromad 875 AQSh dollaridan kam
bo'Igan mamlakatlar XRAning kreditiga da'vogarlik qilishi mumkin.
Dunyo
bo'yicha bunday mamlakatlar soni taxminan 81 tani (2008 yil) tashkil etib, ushbu
mamlakatlarda 2, 5 mlrddan ortiq aholi yashaydi. XRAning kreditlari asosan
ta'lim, sog'liqni saqlash va qishloq xo'jaligini rivojlantirishga yo'naltirladi. Unga
XTTBga a'zo-mamlakatlar kirishga haqli bo'lib, lekin ko'pchilik
mamlakatlar bu
imkoniyatdan foydalanmaydi, shuning uchun XTTBga a'zo bo'Igan 184 ta
mamlakatdan faqat 164 tasi uning a'zosi hisoblandi.
Do'stlaringiz bilan baham: