Bobga oid savollar
302
1.
Xalqaro valyuta tizimining mohiyati.
2.
Mahalliy valyuta tizimining elementlari
3.
Xalqaro valyuta tizimining elementlari
4.
Xalqaro valyuta tizimini tashkil etish va faoliyat yuritishidan ko'zlangan bosh
maqsad nima?
5.
Oltin standard tizimini joriy etilishi va uni afzalliklari
6.
Oltindeviz standartini joriy etilishi va uning salbiy oqibatlari
7.
Bretton-Vuds konferentsiyasiga asosan tashkil etilgan valyuta tizimining
qoidalari va inqirozga uchrashining sabablari nimalardan iborat?
8.
Yamayka valyuta tizimini tashkil etilishi va uning asosiy tamoyllari
nimalardan iborat?
9.
Xalqaro munosabatlarining vujudga kelishi va rivojlanishiga qanday omillar
ta'sir qilgan.
10.
Valyuta kursining turlari.
11.
Xalqaro hisob-kitoblarning mohiyati va turlari.
12.
"Loro" va "nostro" hisob raqamlarning mohiyati.
13.
Xalqaro hisob-kitoblarning shakllari.
14.
Valyuta riski va valyuta kelishuvi.
MAVZU: XALQARO MOLIYA INSTITUTLARI, ULARNING MAQSADI
VA FUNKSIYALARI
REJA:
1.
Xalqaro moliya institutlari va ularning vujudga kelishi
2.
Osiyo taraqqiyot banki, uning maqsadi va funksiyalari
3.
Evropa tiklanish va taraqqiyot banki
Xalqaro moliyaviy institutlarining umumiy xarakteristikasi
Xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlarining institutesional tuzihshi
tuzilishi o’ z ichiga ko'plab halqaro moliyaviy tashkilotlarni oladi. Ularning
ayrimlari yirik moliyaviy resurs va katta vakolatlarga ega bo'lib, dunyo iqtisodiyoti
303
va moliya-kredit jarayonlarida bevosita va bilvosita ishtirok etadi. Boshqalari
hukumatlararo moliyaviy masalalarm muhokama etish, moliya — kredit siyosati
bo'yicha tavsiyalar va maslahatlar berish hamda moliyaviy yordam ko'rsatish bilan
shug'ullanadi. Yana boshqalari axborot yig'ish, muhim valyuta-kredit va moliya
muammolari va umuman, iqtisodiyotda statistik va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga
oshiradi.
Bu institutlarning asosiy maqsadi-xalqaro va mahalliy ijtimoiy-iqtisodiy
doirada yuz berayotgan murakkabliklarga va qarama-qarshiliklarni bartaraf etish,
yumshatish hamda ularning o'zaro ham-korligini ta'minlashga qaratilgandir.
Dunyoda global ahamiyatga ega bo'lgan xalqaro moliyaviy institutlar
tarkibiga BMTning xayrxohligida tashkil etilgan, ixtisoslashtirilgan Xalqaro
valyuta jamg'armasi (XVJ), Jahon banki guruhi, Butunjahon savdo tashkiloti
kiradi. Bu ixtisoslashtirilgan xalqaro moliyaviy institutlar. Birlashgan millatlar
tashkiloti (BMT) ning faoliyati bilan bog'liq xalqaro moliyaviy va iqtisodiy
masalalarai hal etishda bevosita ishtirok etadi.
BMTning ixtisoslashtirilgan muassasasi-iqtisodiy kengash-Yevropa, Afrika,
Osiyo va Lotin Amerikasi uchun 4 mintaqaviy komissiya tuzgan. Osiyo va Lotin
Amerikasi komissiyalari Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Amerikalararo
taraqqiyot banki (ATB) ni tashkil etilishiga vositachilik qilgan. Maxsus
jamg'armalar bu tashkilotlarni to'ldirib turadi.
«Marshall rejasi»ning amalga oshirilishi munosabati bilan 1948 yilda
tuzilgan Yevropa iqtisodiy hamkorligi tashkiloti, keyinchalik Yevropa to'lov
ittifoqining tashkil etilishiga yo'naltirilgan (1950-1958 yillar), 1960 yilda esa
iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga (IXTR
99
, Parij) almashtirilgan.
Hozirda bu tashkilot o'z ichiga 32 mamlakatni oladi, uning vazifalariga-tashkilotga
a'zo mamlakatarda iqtisodiy o'sishga ko'maklashish, moliyaviy barqaror-likka
qaratilgan siyosatni ishlab chiqish, xalqaro savdoni rivojlantirish, diskriminatsion
qarama-qarshiliklarni cheklash, rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam ko'rsatish
kabilar kiradi DCRT ramkasida 100 ga yaqin qo'mita faoliyat kursatadi.
304
Ularning
tarkibiga
Noqonuniy
yo'l
bilan
topilgan
daromadlarni
legallashtirishga qarshi kurash gruppasi (FATF) ham kiradi. Bu tashkilot 1989
yilda tashkil etilgan va EXRTga a'zo mamlakatlar bilan hamkorlikda noqonuniy
daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash ishlarini amalga oshiradi.
IXRTning maqsadi-erkin savdoga, yosh davlatlarning rivoj-lanishiga, a'zo
mamlakatlarni iqtisodiy rivojlantirishga va moliyaviy barqarorlashtirishga
ko'maklashashishdir. DCRT-o'ziga xos klub bo'lib, yiliga 2 marta sanoati
rivojlangan mamlakatlar uchun fikrlar almashish va iqtisodiy siyosatni
muvofiqlashtirish, valyuta-kredit va moliya siyosatni samaradorligini oshirish,
ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, jahon iqtisodiyotining ekonometrik andozalari
asosida halqaro qiyoslash va bashoratlarni ishlab chiqish borasida yig'ilib turadi.
Kreditor mamlakatlaming Parij klubi-rivojlangan mamlakatlaming norasmiy
tashkilotidir. Bu yerda mamlakatlaming davlat qarzlari bo'yicha to'lov muddatlarini
boshqarish muammolari muhokama qilinadi. Bir tomonlama moratoriyadan(to'lovni
uzaytirish) qochish maqsadida kreditorlar tashqi qarzlarni qayta ko'rib chiqish
shartlari haqida qarzdorlar bilan «yuzma-yuz» bitimlar olib boradi. Klub faoliyati
1956 yilda tashkil etilgan bo'lib, Argentina kreditorlari Parijga qarzdorlar bilan
muzokaraga taklif qilingan paytga to'g'ri keladi.
Parij klubining majlislarida XVJ, Jahon banki va boshqa yirik moliyaviy
institutlardan kuzatuvchilar ishtirok etishadi va ko'pincha tashqi qarzlarning joriy
yilda to'lanishi lozim bo'lgan qismi ko'rib chiqiladi.
Xususiy bank-kreditorlarning norasmiy London klubi 1976 yildan faoliyatini
boshlagan boiib, qarzdor mamlakatlaming xususiy tashqi qarzlarini tartibga solish
muammolarini muhokama qiladi. London klubi XVJ va Parij klubi bilan iqtisodiy
hamkorlik olib boradi.
1970-yillardan boshlab davlatlaro moliyaviy-iqtisodiy muam-molar dastlab
"yettilik", keyinchalik Rossiya Federtsiyasi qo'shil-gandan so'ng "sakkizlik",
Belgiya, Niderlandiya, Shvetsariya va Shvetsiya qo'shilgandan keyin "o'nlik"
davlat va hukumat rahbarlari darajasida hal etilishi yo'lga qo'yildi. "O'nlik"
mamlakatlar rahbarlari yig'ilishida asosiy e'tibor xalqaro valyuta-kredit
305
masalalariga qara-tiladi va "har kim o'zi uchun", ya'ni markazga intilish
tendentsiya-lariga qarama-qarshi bo'lgan halqaro hamkorlik va liberalizm ta-
moyillari asosida ish ko'rishga intiladi.
Halqaro moliya institutlari, Halqaro xisob — kitoblar (HHKB, 1930 yil)
bankidan tashqari, asosan ikkinchi jahon urushidan keyin paydo bo'lgan.
Bu davlatlararo institutlar mamlakatlarga kreditlar berish, jahon valyuta
tizimining amal qilish tamoyillarini ishlab chiqish, halqaro valyuta-kredit va
moliya munosabatlarini davlatlararo tartibga solish bilan shug'ullansada, ulami
tashkil etilishining tub sabablaridan biri rivojlanayotgan mamlakatlarda siyosiy
mustaqillikni joriy etish, ularning xalqaro doiradagi ishtirokini faollashtirish, milliy
iqtisodiyotda vujudga kelayotgan muammolami mintaqa va xalqaro darajada
yechish masalalariga qaratilgan.
Shu bilan birga, zamonaviy xalqaro moliya institutlarining vujudga kelishiga
quyidagi omillarni keltirish mumkin:
1.Xalqaro iqtisodiyotda moliyaviy barqarorlikni ta'minlash borasida kuchlarni
umumlashtirgan holda hamkorlikda faoliyat yuri-tish.
2.
Davlatlararo valyuta va moliya-kredit siyosatini tartibga solish
yuzasidan xalqaro andozalami yaratish va amaliyotga joriy etish.
3.
Hamkorlikda jahon valyuta va moliya-kredit siyosati yuzasidan
strategik taktikani ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |