224
nutqiy faoliyat uchun ularning ahamiyati benihoya katta. Mazkur
mavzuni o‘rganishda berilgan gaplar yoki matnda ajratilgan so‘zlarni
(masalan, uchun, orqali) kelishik qo‘shimchalari bilan almashtirish
(masalan,
Bu ertaklar to‘plamini singlim uchun oldim. – Bu ertaklar
to‘plamini singlimga oldim. Mehribon telefon orqali men bilan
so‘zlashdi. — Mehribon telefonda men bilan so‘zlashdi
va h.k.), bu
so‘zlar va kelishiklar orasidagi o‘xshashlik, farqlarni sharhlash,
«ot +
ga ko‘ra (qarshi, tomon, qarab, qaramasdan, qaramay)», «ot + dan
so‘ng (boshqa, keyin, tashqari, bo‘lak)»
singari hosilalar ustida
ishlash, bosh kelishikdagi so‘zlar bilan qo‘llaniladigan ko‘makchilar
(masalan, bilan, uchun, sayin, sari, sababli, orqali, tufayli, bo‘ylab,
chamasi, haqida), jo‘nalish kelishigidagi so‘zlar bilan qo‘llaniladigan
ko‘makchilar (masalan,
tomon, qadar, ko‘ra, qarab, qaraganda,
qarata
), chiqish kelishigidagi so‘zlar bilan qo‘llaniladigan ko‘mak-
chilar (masalan,
so‘ng, keyin, boshqa, tashqari
)ni alohida-alohida
ro‘yxat qilish, ma’lum bir ko‘makchini uning sinonimi bilan
almashtirish, gaplarda
bilan
so‘zini
va
bog‘lovchisi bilan almashtirish,
bu so‘zlarning qaysi holatda bog‘lovchi bo‘lib kelishini aniqlash kabi
amaliy ishlardan foydalansa bo‘ladi.
Yordamchi so‘zlarning yana bir muhim qismini
bog‘lovchilar
tashkil etadi. Bu so‘zlarni o‘quvchilarning nutqiy faoliyatiga olib
kirish uchun sodda gap juftlarini o‘zaro biriktirib, bitga gapga
aylantirish, ularning o‘zaro bog‘lanish vositalarini aniqlash,
juft va
yakka bog‘lovchilarni alohida-alohida guruhlarga ajratish, teng
bog‘lovchilar va ergashtiruvchi bog‘lovchilar ro‘yxatini tuzish, ular
yordamida gaplar qurish, matn yaratish kabi amaliy ishlardan
foydalansa bo‘ladi. Mazkur mavzuni o‘rganishda ohang va
bog‘lovchilarning o‘zaro vazifadoshligi ustida ishlashni ham
unutmaslik lozim.
Yuklamalarni o‘rganish jarayonida berilgan gaplarni o‘zaro
qiyoslab, ma’no farqlarini, bu farq nima bilan
berilayotganligini
aniqlash (masalan,
Gullarga suv berdim—Gullarga suv berdim-ku
),
berilgan yuklamalarni (masalan,
-mi, -chi, -a, -ya, -ku, - u, -yu, -da, -
oq, -yoq, xuddi, faqat
) ifodalab kelayotgan ma’nosiga ko‘ra: a) so‘roq
225
va taajjub yuklamalari; b) kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari; v) ayiruv
va chegaralov yuklamalari; g) inkor yuklamalariga ajratish, ular
yordamida gaplar qurish va har bir yuklamaning ma’no
nozikligini
sharqlash, so‘zsimon va qo‘shimchasimon yuklamalar ro‘yxatini
tuzish, ularning imlosi va tinish belgilari ustida ishlash kabi
topshiriqlardan unumli foydalansa bo‘ladi. Ayniqsa, yuklamalardan
foydalanib, matnlar yaratish, tasviriy, rivoya va muhokama insholar
yozish kabi amaliy ishlar nutqiy taraqqiyot uchun o‘ta muhimdir,
Do'stlaringiz bilan baham: