3. Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish chora
tadbirlari to`g`risida Prezident qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori
2018-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi
zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida Qayd etib o‘tilsinki, ushbu yilda
respublikada qabul qilingan kompleks chora-
tadbirlar va bir qator normativ-huquqiy hujjatlar
natijasida mahalliy zargarlik buyumlari ishlab
chiqaruvchilari uchun qimmatbaho metallarni sotish
va hisob-kitoblarni amalga oshirish mexanizmlari
belgilandi va muayyan tartib joriy etildi, zargarlik
buyumlarini sotishda chakana savdo tarmog‘i
hamda ishlab chiqaruvchilar uchun soliq imtiyozlari
taqdim etildi. Zargarlik san’atining ko‘p asrlik
an’analarini tiklash va yanada rivojlantirish, mahalliy
zargarlik buyumlari ishlab chiqarilishini
rivojlantirish, zargarlik mahsulotlari ishlab
chiqaruvchi korxonalar faoliyati samaradorligini
oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ichki
va tashqi bozorlarda mahsulotlarning
raqobatdoshligini ta’minlash, shuningdek, aholining
yuqori sifatli mahalliy zargarlik buyumlariga bo‘lgan
talabini qondirish maqsadida: 1. O‘zbekiston
Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi,
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
O‘zbekiston zargarlik sanoati uyushmasini (keyingi
o‘rinlarda — “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi)
tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. 2.
Quyidagilar “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasining
asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin: birinchi,
O‘zbekistonning turli hududlarida zargarlik
san’atining ko‘p asrlik an’analarini saqlash va
rivojlantirish; ikkinchi, zargarlik tarmog‘ini
rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturiy
choratadbirlarni amalga oshirishni
muvofiqlashtirish, ilmiy-texnikaviy, texnologik,
investitsiyaviy va eksport siyosatini izchil olib borish;
uchinchi, tayyor zargarlik mahsulotlari ishlab
chiqarish hajmlarini oshirish va sifatini yaxshilash
bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish, uning
dizaynida talab etilayotgan yo‘nalishlar va
texnologiyalarni ko‘proq o‘zlashtirish, xalqaro
talablarga muvofiq zargarlik mahsulotlarini
sertifikatlashtirish va standartlashni ta’minlash, sifat
menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy
etish; to‘rtinchi, mahsulotlarni sotish bozorlarini
kengaytirish bo‘yicha marketing tadqiqotlari
o‘tkazish, ichki va tashqi bozorlarda zargarlik
buyumlariga bo‘lgan narxlarni monitoring qilish,
zargarlik mahsulotlari eksporti hajmlarini oshirish,
zargarlik mahsulotlariga bo‘lgan narxlarni
shakllantirishga oid maqbul mexanizmni ishlab
chiqish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar berish;
beshinchi, dunyo bozorlarida raqobatbardosh
bo‘lgan, yuqori likvidli zargarlik mahsulotlari va
qimmatbaho metallar va toshlardan yasalgan san’at
mahsulotlari ishlab chiqarilishini tashkil etish,
to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalarini hamda
zamonaviy texnologik uskunalar va innovatsiyaviy
izlanishlarni tatbiq etish tajribasiga ega xorijiy
investorlarni jalb etish; oltinchi,
“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi tarkibiga kiruvchi
tashkilotlarga normativhuquqiy bazani
takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish
orqali davlatdan yordam olishida ko‘maklashish,
imtiyoz va preferensiyalar taqdim etish, xalqaro
moliya institutlari mablag‘larini hisobga olgan holda,
xorijiy investitsiyalarni jalb etish; yettinchi, zargarlik
sanoati uchun tizimli professional kadrlar
tayyorlashni tashkil etish va yangi ish o‘rinlari
yaratish. 3. “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasining
tashkiliy tuzilmasi va markaziy apparatining
boshqaruv xodimlari cheklangan soni 16 nafardan
iborat tuzilmasi 1- va 2-ilovalarga muvofiq
ma’qullansin. “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi
raisiga, zarur hollarda “O‘zbekzargarsanoati”
uyushmasi markaziy apparatining tuzilmasiga
boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy
cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish
huquqi berilsin. 4. Belgilab qo‘yilsinki:
“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va
bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va
kichik biznesni rivojlantirish masalalari kompleksi
tarkibiga kiradi; xususiy tadbirkorlar erkin ravishda
yagona tashkilotga birlashish yo‘li orqali
“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasida qatnashishlari
mumkin; “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasining raisi
va uning o‘rinbosarlari muassislar umumiy
yig‘ilishining qarori bilan saylanadi, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
lavozimiga tasdiqlanadi hamda maqomiga ko‘ra
tegishli ravishda vazirning birinchi o‘rinbosari va
vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi ijro etuvchi
apparatining joriy ta’minoti va faoliyatini
moliyalashtirish uning tarkibiga shartnoma asosida
kiruvchi zargarlik sohasi tashkilotlarining ajratmalari
hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa
manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 5.
Quyidagilarni o‘z ichiga olgan 2018 — 2020- yillarda
zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha
chora-tadbirlar Dasturi: 2018 — 2020-yillarda asosiy
turdagi zargarlik buyumlari ishlab chiqarishning
maqsadli parametrlari 3-ilovaga muvofiq; zargarlik
sanoatini shakllantirish, rivojlantirish va davlat
tomonidan qo‘llab quvvatlash bo‘yicha kompleks
tadbirlar (“yo‘l xaritasi”) 4-ilovaga muvofiq
tasdiqlansin. 6. “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasini
tashkil etish va zargarlik tarmog‘ini rivojlantirish
bilan bog‘liq tashkiliy chora-tadbirlarni amalga
oshirishni muvofiqlashtirish va amaliy yordam
ko‘rsatish Ishchi guruhi 5-ilovaga muvofiq tuzilsin.
“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasini tashkil etish va
zargarlik tarmog‘ini rivojlantirish bilan bog‘liq
tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirishda
qatnashayotgan Ishchi guruh rahbari O‘zbekiston
Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A.
Qo‘chqorov, iqtisodiyot vaziri G.K. Saidova, moliya
vaziri B.A. Xodjayev, O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki raisi M.B. Nurmurodov, vazirliklar,
idoralar va tashkilotlar rahbarlari zimmasiga mazkur
qarorning 3- va 4-ilovalarida nazarda tutilgan
tadbirlarni sifatli va to‘liq hajmda bajarish yuzasidan
shaxsiy javobgarlik yuklansin. 7.
“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi O‘zbekiston
Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston
Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi
uch oy muddatda 2018 — 2020- yillarda zargarlik
mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud
quvvatlarni modernizatsiya qilish va yangi
quvvatlarni tashkil etish bo‘yicha loyihalarni amalga
oshirishga oid manzilli dasturni tasdiqlash uchun
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
kiritsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya
va mineral resurslar qo‘mitasi mineral-xomashyo
bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish bo‘yicha har
yillik davlat dasturlari doirasida zargarlik va badiiy
buyumlarga yaroqlilik darajasini hisobga olgan
holda, zargarlik sanoati ehtiyoji uchun qimmatbaho
va yarim qimmatbaho toshlar konlarini qidirish va
sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirishni ta’minlasin. 9.
“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
bilan birgalikda ikki oy muddatda zargarlik tarmog‘i
uchun malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish,
ilg‘or oliy va o‘rta maxsus, kasbhunar ta’limi
muassasalarida, shu jumladan xorijiy muassasalar
negizida ularning malakasini oshirish bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
taklif kiritsin. 10. 2021-yilning 1-yanvarigacha
“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga kiradigan
zargarlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari
tomonidan olib kelinadigan, O‘zbekiston
Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, uskunalar,
xomashyo, materiallar va butlovchi qismlar
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar
bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan (bojxona
rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin;
11. “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga davlat
bojini to‘lamagan holda Uyushma a’zolarining
manfaatlarini ko‘zlagan ko‘rinishdagi da’vo arizalari
berish, davlat organlari qarorlari, ushbu organlar
mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi)
ustidan sudga shikoyat qilish huquqlari berilsin. 12.
“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi Toshkent shahri,
Chilonzor tumani, 9-kvartal, S. Yusupov ko‘chasi, 50-
uyda joylashgan “Fonon” davlat ilmiy-ishlab
chiqarish korxonasi binosiga bepul foydalanish
huquqi bilan joylashtirilsin. 13. O‘zbekiston
Respublikasi Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasini belgilangan
tartibda telekommunikatsiya tarmoqlariga,
jumladan, hukumat aloqasiga ulanishini ta’minlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir
qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 12-
iyundagi PQ3051-sonli qarorining 10-ilovasidagi
“Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari va boshqa
tashkilotlar” bo‘limi quyidagi mazmundagi 151
bandi bilan to‘ldirilsin: “151 . “O‘zbekzargarsanoati”
uyushmasi”. 15. O‘zbekiston Respublikasi
Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zbekzargarsanoati”
uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan
birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga
ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va
qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar. 16.
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston
Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A.
Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot
vaziri G.K. Saidova zimmasiga yuklansin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh., 2017-yil 15-noyabr, PQ-3388-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-
noyabrdagi PQ-3388-son qaroriga 1-ILOVA
“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasining TAShKILIY
TUZILMASI.
Xulosa
Xulosa o‘rnida shuni qayd etish joizki,
respublikamizda bu borada mavjud boy mineralxom
ashyo bazasidan samarali foydalangan holda
zargarlik sanoatini istiqbolda Markaziy Osiyoda eng
yetakchi ishlab chiqaruvchi sohalardan biriga
aylantirishimiz lozim bo‘ladi. O‘zbekistonning turli
hududlarida zargarlik san’atining ko‘p asrlik
an’analarini saqlash va rivojlantirish; ikkinchi,
zargarlik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha qabul
qilingan dasturiy choratadbirlarni amalga oshirishni
muvofiqlashtirish, ilmiy-texnikaviy, texnologik,
investitsiyaviy va eksport siyosatini izchil olib borish;
uchinchi, tayyor zargarlik mahsulotlari ishlab
chiqarish hajmlarini oshirish va sifatini yaxshilash
bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish, uning
dizaynida talab etilayotgan yo‘nalishlar va
texnologiyalarni ko‘proq o‘zlashtirish, xalqaro
talablarga muvofiq zargarlik mahsulotlarini
sertifikatlashtirish va standartlashni ta’minlash, sifat
menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy
etish; to‘rtinchi, mahsulotlarni sotish bozorlarini
kengaytirish bo‘yicha marketing tadqiqotlari
o‘tkazish.
Mavzu:Sanoatda mehnat salohiyatidan foydalanish
ko’rsatkichlarini yaxshilash.
Reja:
Kirish
1.Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va
ahamiyati, tarkibi va tuzilishi
2.Asosiy fondlarni baholash usullari
3.Asosiy fondlarning eskirishi va amortizatsiyas
Foydalanilgan adabiyot
Xulosa
Do'stlaringiz bilan baham: |