Zargarlik sanoati - yuksak badiiy ishlov berish yoʻli
bilan nodir metallar va qimmatbaho toshlardan,
shuningdek,
boshqa metallardan buyumlar,
taqinchoqlar ishlab chiqaradigan sanoat tarmogʻi.
Zargarlik sanoatida xom ashyo sifatida qimmatbaho
va rangli metallar (platina, oltin, kumush va
boshqalar), ularning qotishmalari, qimmatbaqo va
yarim qimmatbaho toshlar (feruza, fionit, olmos,
aqiq, zumrad, yoqut),
tabiiy toshlar, plastmassa,
suyak, emal, shisha va boshqalar ishlatiladi.
Oʻzbekistonda Zargarlik sanoati korxonalari
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar
qoʻmitasi huzuridagi "Fonon" ilmiy ishlab chiqarish
birlashmasi tarkibida. Ularning yiriklari: "1-Toshkent
zargarlik korxonasi", "2-sonli zargarlik zavodi",
"Hyp" davlat badiiy zargarlik markazi, "3-sonli
zargarlik zavodi", "Kumush" Oʻzbekiston-AQSH
qoʻshma korxonasi, "EyshnReyz" Oʻzbekiston-AQSH
qoʻshma korxonasi (Toshkent sh.), Shaxrisabz
zargarlik korxonasi (Shahrisabz sh.), Burchmulla
zargarlik zdi (Burchmulla qishlogʻi). 1992-yilda
ishga
tushgan Zarafshon shahridagi Navoiy zargarlik zdi
(avvalgi "Zarispark" Oʻzbekiston-AQSH qoʻshma
korxonasi) respublikadagi yetakchi zargarlik
korxonasi hisoblanadi. Bu korxonalar 585 va 750
asillik darajali (probali) tilla qotishmasi, 925 asillik
darajali kumush qotishmasidan turli xildagi zargarlik
buyumlari (sirgʻa, uzuk, zargarlik zanjirlari,
sovgʻabop mahsulotlar, kumushdan yasalgan
oshxona anjomlari, yuqori badiiy sifatga ega boʻlgan
zargarlik
buyumlari, yakka buyurtmalar, yangi
zargarlik buyumlarining modellari)ni ishlab
chiqaradi. Shaxrisabz va Burchmulla zargarlik
korxonalarida zargarlik buyumlarini i.ch. bilan birga
qimmatbaho va qimmatbaho boʻlmagan toshlarga
qirrali ishlov beriladi. "Fonon" IIB
ilmiytexnika
labolatoriyalarida zargarlik sohasida ishlatiladigan
turli rangdagi sunʼiy kristallar oʻstiriladi. Zargarlik
sanoati korxonalari bilan bir qatorda
Respublikada
buyurtmachining ashyosidan zargarlik buyumlari
tayyorlash va ularni taʼmirlash bilan shugʻullanuvchi
zargarlik ustaxonalari va yakka tartibda ishlovchi
zargarlar ham faoliyat koʻrsatmoqda). Respublikada
ishlab chiqariladigan va chetdan keltiriladigan
Zargarlik sanoati mahsulotlari sifati va asillik
darajasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
1994-yil 8-fevraldagi farmoni bilan tashkil qilingan
Davlat asillik darajasini
belgilash palatasi nazorat
qiladi. 2001-yil 7-dekabrda "Qimmatbaho
metallardan yasalgan buyumlarning asillik darajasi
va tamgʻalanishi toʻgʻrisida" Oʻzbekiston
Respublikasining qonuni qabul qilindi. 1999- yilning
4-iyunida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat asillik
darajasini belgilash palatasi Asillik darajasi
palatalarining Yevropa uyushmasiga toʻla huquqli
aʼzo boʻldi. Davlat asillik darajasini belgilash palatasi
qimmatbaho metallardan yasalgan buyumlarning
sofligini tekshirish va tamgʻalash Xalqaro
konvensiyasiga kirish masalalari bilan 1996-yildan
shugʻullanib keladi va kuzatuvchi mamlakat
maqomida uning barcha kengashlarida qatnashadi.
Oʻzbekiston zargarlik sanoatida
xom ashyo sifatida
ishlatiladigan rangli metallar, qimmatbaho va yarim
qimmatbaho toshlar respublikaning oʻzidagi sanoat
korxonalarida ishlab chiqariladi va konlardan qazib
olinadi. Xorijda zargarlik sanoati rivojlangan
mamlakatlar
qatoriga AQSH, Italiya, Buyuk
Britaniya, Germaniya, Fransiya, Rossiya, Ukraina,
Hindiston, Xitoy va boshqa mamlakatlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: