Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qarori hamda Xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalar doirasida yetkazib berilgan o‘quv-laboratoriya uskunalaridan samarali foydalanish holatini o‘rganish bo‘yicha
MA’LUMOT
№
|
O‘rganish savolnomasi
|
Bajarilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot
|
1.
|
OTMning laboratoriya to‘plamlari bilan jihozlanganligi bo‘yicha umumiy ma’lumot
(jami nechta laboratoriya to‘plamlari o‘quv jarayonlariga zarur, OTMda jami nechta laboratoriya to‘plamlari mavjud, ehtiyojning necha foizi qoplangan)
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qaroriga muvofiq Filialga 13 nomdagi, xususan, “Umumiy kimyo va noorganik kimyo”, “Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar”, “Biokimyo asoslari”, “Mikrobiologiya”, “Fizik kimyo”, “Oziq-ovqat kimyosi va tahlil”, “Oziq-ovqat sifatini baholash” o‘quv-laboratoriyalarga laboratoriya asbob-uskunalari keltirilgan. Biroq, “Inson xavfsizligi va toksikologiyasi”, “Mahsulotlar sifati va gigiyenasi”, “Mahsulot ishlab chiqarish va sifat”, “Avtomatlashtirishning nazorat-o`lchov asboblari” “Tovarlar kimyosi va sifati”, “Kimyo” o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari xanuzgacha keltirilmagan.
2022-2023- o‘quv yilida yetkazib berilishi rejalashtirilayotgan “Oziq-ovqat kimyosi va tahlil” nomli laboratoriya jihozlari to‘plamini o‘rnatish Filialning 1-bino 316-xanaga maljallangan.
|
2.
|
Xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalar doirasida OTMga yetkazib berilgan o‘quv-laboratoriya to‘plamlari to‘g‘risidagi umumiy ma’lumot
(nomi, soni, joylashtirilgan bino va inshoot manzili)
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qaroriga muvofiq 17,36 mlrd. so‘mlik 76 turdagi 183 dona laboratoriya jihozlari hamda 125,16 mln. so‘mlik yordamchi kompyuter jihozlar olib kelingan va ular Shahrisabz Shahar Shahrisabz ko’cha 20-uyda joylashgan Filialning 1-binodagi labortoriya xonalariga o‘rnatilib, ishta tushurilgan.
Shuningdek, Xalqaro moliya institutlari tomonidan 2 turdagi 10 dona kompyuterlar va 1 dona elektron doska “Biotexnologiya” (316-xona), Erasmus+xalqaro Buznet loyihasi doirasida 80 ming yevrolik 6 turdagi 11 dona “Biokimyo asoslari”, laboratoriya jihozlari to‘plami “Mikrobiologiya” (316-xona),
|
3.
|
O‘quv-laboratoriya uskunalarining o‘rnatilganligi, ro‘yxatga olinganligi, o‘quv-laboratoriya maydonlarining belgilangan me’yor talablariga mosligi, atrof muhit muhofazasi hamda texnika xavfsizlik qoidalari asosida foydalanish holati
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi
PQ-2909-sonli qarori, hamda Xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalar doirasida olib kelingan laboratoriya asbob-uskunalari Filial tomonidan UzASBO tizimiga kiritilgan.
O‘quv-laboratoriyalarda uskunalar o‘rnatilib, ro‘yxatga olingan va maydonlari belgilangan me’yor talablariga mos, atrof muhit muhofazasi hamda texnika xavfsizligi qoidalariga to’liq amal qilingan.
|
4.
|
O‘quv-laboratoriya uskunalaridan to‘liq foydalanish uchun zarur bo‘lgan infratuzilmaning (elektr, gaz, suv ta’minoti, shamollatish tizimi, oquva suv tizimi va boshqalar) mavjudligi
|
O‘quv-laboratoriya uskunalaridan to‘liq foydalanish uchun zarur bo‘lgan infratuzilma mavjud.
|
5.
|
O‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jahozlangan va jihozlanishi rejalashtirilgan OTMda qurilish-ta’mirlash ishlari yakunlanganligi
|
“Umumiy kimyo va noorganik kimyo”, “Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar”, “Biokimyo asoslari”, “Mikrobiologiya”, “Fizik kimyo”, “Oziq-ovqat kimyosi va tahlil”, “Oziq-ovqat sifatini baholash” o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari Shahrisabz shahar Shahrisabz ko’cha 20-uy 1-binoga joylashtirilgan va ushbu binoda qurilish-ta’mirlash ishlari yakunlangan.
|
6.
|
O‘quv-laboratoriya uskunalarining ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining o‘quv rejasi va fan dasturlarida keltirilgan laboratoriya ishlarini qamrab olish darajasi
|
“Umumiy kimyo va noorganik kimyo”, “Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar”, “Biokimyo asoslari”, “Mikrobiologiya”, “Fizik kimyo”, “Oziq-ovqat kimyosi va tahlil”, “Oziq-ovqat sifatini baholash” o‘quv-laboratoriya asbоb-uskunalari o‘quv reja va o‘quv dasturini qamrab olish darajasi 65-70 % tashkil etadi.
|
7.
|
Mavjud laboratoriyalarning yordamchi materiallar (reaktivlar, reagenlar) hamda laboratoriya ishlarining uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanganligi
|
Yuqorida qayd etilgan laboratoriya asbob-uskunalardan foydalanish jarayonida har bir jihoz uchun kafedralar tomonidan yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan va pasportlariga ega (o‘zbek, rus va ingliz tili). Biroq,
“Biotexnologiya o‘quv laboratoriyasi kompleksi” va “Oziq-ovqat texnologiyasi” laboratoriyalarida: Xromatograf uskunasi ishlatish uchun zarur bo‘lgan eng asosiy reaktivlar metanol va asetonitril; “PZR amplifikator Prime/PremeG” – Ishlatilishi uchun zarur reaktivlar – agaroza, TЕ bufer, Ethidium bromide solution, PCR 100 bp Low Ladder, GeneRuler 50 bp DNA Ladder, DreamTaq Hot Start Greyen PCR Master Mix (2x), Platinum GS Enhancer, B305 SE-Buffer Taq-polimeraza, DNK ekstraksiyasi uchun reagentlar to‘plami (GMOlarni aniqlash uchun), Amplifikatsiyani kuchaytirish uchun reaktiv to‘plamlari, promotor uchun praymerlar, nos geni terminatori uchun praymerlar, O‘simliklarda kasallik chaqiradigan bakteriyalarning DNK sini aniqlash PCR reaktivlar;
“Mikrobiologiya” o‘quv-laboratoriyasida o‘quv dasturi talablari to‘liq bajarilishini ta’minlash maqsadida 200 ga yaqin kimyoviy reaktivlar, reagentlar, oziqa muhitlar, diagnostik to‘plamlar, 2 ta sovutgich, 2 ta avtoklav (portable), 30 ta Goryayev kamerasi, 6 ta dozator bir kanalli, 6 ta dozator ko‘pkanalli, nakanechniklar to‘plami, 1 ta differentiation hematology analyzer BC-5000 Vet-1., 1 ta Automatic biochemistry analyzer Chemray 120 Vet-1 xarid qilinishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi
PQ-187-son qaroriga muvofiq Filialdagi laboratoriyalarni to‘laqonli ishlashi uchun yetishmaydigan reaktiv va reagentlarni xarid qilishga alohida buyurtma berilgan va mablag‘ ajratilgan.
|
8.
|
OTMda amalda to‘liq bajarilmayotgan laboratoriya ishlarining mavjudligi, uning asosiy sabablari
|
O‘quv dasturi bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan laboratoriya mashg‘ulotlarining 80 % Filial tasarrufidagi o‘quv-laboratoriyalarida 20 % esa viloyat hududida tashkil etilgan kafedra filiallarida bajarilishi ta’minlanmoqda.
|
9.
|
OTM imkoniyatidan kelib chiqib, o‘quv muassasasi hududidan tashqarida (ishlab chiqarish korxonasi, tashkilotlar, o‘quv tajriba xo‘jaligi va shu kabilarda) bajarilayotgan laboratoriya ishlarining ulushi, bu borada hamkorlikda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar
|
Filialda umumiy laboratoriya mashg‘ulotlari soati – 4764 soatni tashkil etadi. 7 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari mutaxassisliklaridagi ayrim laboratoriya mashg‘ulotlari Shahrisabz Don xalq rizqi AJ, Shahrisabz SES, “EAST AGRO INTERNATIONAL” MCHJ, Shahrisabz vino-aroq AJ, korxonalari bilan hamkorlik shartnomasi tuzilgan bo‘lib, o‘quv reja va fan dasturlarida keltirilgan 20 % laboratoriya mashg‘ulotlari qamrab olinishiga shart-sharoitlar yaratilgan.
|
10.
|
Virtual tarzda va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan holda amalga oshirilayotgan laboratoriya mashg‘ulotlarining ulushi
|
Virtual va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar xarid qilinmagan.
|
11.
|
O‘quv-laboratoriya uskunalarining kafedralar, fakultetlar hamda turdosh oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida foydalanish darajasi
|
“Umumiy kimyo va noorganik kimyo”, “Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar”, “Biokimyo asoslari”, “Mikrobiologiya”, “Fizik kimyo”, “Oziq-ovqat kimyosi va tahlil”, “Oziq-ovqat sifatini baholash” o‘quv-laboratoriyalari, hamda Erasmus+xalqaro Buznet loyihasi doirasidagi asbob-uskunalari Qashqadaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarining (QarMII,) turdosh fakultetlari, hamda Filialning fakultetlararo o‘quv jarayonlarida foydalanish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatilgan.
|
12.
|
O‘quv-laboratoriya uskunalarini ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishda qo‘llanilish holati. Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, xo‘jalik shartnomalari va ilmiy loyihalarni bajarishda mazkur uskunalardan foydalanilishi darajasi
|
“Umumiy kimyo va noorganik kimyo”, “Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar”, “Biokimyo asoslari”, “Mikrobiologiya”, “Fizik kimyo”, “Oziq-ovqat kimyosi va tahlil”, “Oziq-ovqat sifatini baholash” o‘quv-laboratoriyalari, hamda Erasmus+xalqaro Buznet loyihasi doirasidagi asbob-uskunalari Filialning biologiya, kimyo hamda qishloq xo‘jaligi ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilishida qo‘llanilmoqda.
Shu bilan bir qatorda, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan 4,7 mlrd. so‘mlik ilmiy loyihalar bajarilishida mazkur laboratoriya asbob-uskunalaridan foydalanilmoqda va 2022-yilning 3-choragida 1,2 mlrd. so‘mlik ilmiy loyihalar bajariladi.
|
13.
|
O‘quv-laboratoriya uskunalaridan to‘liq foydalanishdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar (chora-tadbirlar rejasi).
|
“Oziq-ovqat texnologiyasi” laboratoriyasida tayyor sut mahsulotlarini saqlash uchun mo‘ljalangan sovutgichlar mavjud emas.
“Oziq-ovqat kimyosi va tahlil” laboratoriyasida uskunalaridan 20% foydalanish jarayonida reaktiv va jihozlar yetishmaydi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |