bo‘linma qiymat
deyiladi. Ko‘pincha,universal o‘lchash asboblarining shkalasidagi bir bo‘linmaning
qiymati, odatda, 1mm ga teng bo‘ladi.
O‘lchash
asbobining
aniqligi,
uning
qanchalik
to‘g‘ri
ko‘rsatish
darajasinibildiradi.
Asbobning aniqligi detalni o‘lchash vaqtida yuz berish ehtimoli bo‘lgan eng katta
xatoni ko‘rsatuvchi son bilan ta’riflanadi. Masalan, shtangensirkullar sanoatda 0,02;
0,05 va 0,1mm gacha aniqlik bilan o‘lchaydigan qilib ishlabchiqariladi.
16
Detalni o‘lchash natijasida olingan o‘lcham bilan uning haqiqiy o‘lchami
orasidagi ayirma
o‘lchash xatoligi
deyiladi.
O‘lchash asbobining shkalasida detalni o‘lchash natijasida aniqlangan son
o‘lchash aniqligi deb ataladi. Bu esa o‘lchovchining asbob shkalasidan, ayniqsa,
bo‘linma qiymatining o‘nlik va yuzlik hissalarini to‘g‘ri aniqlay bilishiga bog‘liq.
O‘lchash vositalarining turiga qarab , o‘lchash usuli asosan ikki xil bo‘ladi.
1.
Absolyut o‘lchash usuli
. Bu usulda o‘lchangan miqdorning qiymati
bevosita o‘lchash asbobining shkalasidan aniqlanadi. Bunga detalni masshtabli
chizg‘ich,shtangensirkul, mikrometr va burchak o‘lchagich bilan o‘lchash misol bo‘ladi.
2.
Nisbiy o‘lchash usuli
. Bu usulda miqdor algebraik hisoblash yo‘li bilan
oldindan belgilangan o‘lchamdan qanchalik chetga chiqqanligi aniqlanadi. Har xil
indikatorlar, optimetrlar,juda sezgir va aniq asboblar nisbiy o‘lchash asboblariga kiradi.
O‘LCHASH ASBOBLARI
Masshtabli chizg‘ich
.Detallarni to‘g‘ri chiziqli o‘lchamlarini, ikki teshik orasidagi
masofa va boshqa uzunliklarni o‘lchash uchun ishlatiladi. (1-shakl) Masshtabli
chizg‘ich chiziqlar bilan millimetrlarga bo‘lingan bo‘ladi. Masshtabli chizg‘ich bilan
0,5 mm gacha aniqlik bilan o‘lchash mumkin. Sanoatda bu chizg‘ichning uzunligi 150,
300, 500 va 1000mm qilib ishlab chiqariladi. Masshtabli chizg‘ichlar po‘latdan
tayyorlanadi. SHuning uchun po‘lat chizg‘ich deb ham ataladi.
1-shakl
Kronsirkul va nutromerlar.
Bu o‘lchash asboblari detallarning to‘g‘ri chiziqli
o‘lchamlari , tashqi va ichki diametri va boshqa o‘lchamlarini olish uchun ishlatiladi.
Kronsirkul (2-shakl, a va b) bilan detallarning tashqi o‘lchamlari , nutromer
(2shakl,b) bilan esa ichki o‘lchamlari o‘lchanadi. Kronsirkul va nutromer bitta o‘qqa
biriktirilgan ikkita oyoqchadan iborat bo‘lib, po‘latdan yasaladi. Detal yasalgandan
17
keyin uning o‘lchamini hisoblash uchun kronsirkul yoki nutromerning bir oyog‘i
masshtab chizg‘ichinig chetiga tiralib qo‘yiladi (2-shakl, g). Kronsirkul va nutromer
bilan 0,5 mm gacha aniqlikda o‘chash mumkin.
Ruletka
. Ruletka to‘g‘ri chiziqli katta o‘lchamlarni va aylana uzunligini o‘lchash
uchun ishlatiladi. Ruletkalar uzunligi 1, 2, 5, 10, 15, 20 metrli qilib ishlab
chiqariladi.Uzunligi 10 metrgacha bo‘lgan ruletkalarning tasmasi millimetrlarga,
uzunligi 10 metrdan 25 metrgacha bo‘lgan ruletkalar esa santimetrlarga bo‘lingan
bo‘ladi. Sanoatda ruletkalarning har xil konstruksiyalari ishlab chiqariladi. 3-shaklda
uzunligi 1 metr bo‘lgan ruletka ko‘rsatilgan.Ruletkalar bilan 0,5 mm gacha aniqlik bilan
o‘lchash mumkin.
2-shakl
SHtangensirkul.
SHtangensirkul detallarning tashqi va ichki to‘g‘ri chiziqli
o‘lchamlarini, diametrlarini va chuqurliklarini o‘lchash uchun ishlatiladi. Sanoatda
shtangensirkullar 0,1; 0,05 va 0,02 mm gacha aniqlikda ishlab chiqariladi. 4-shaklda
0,1 mm gacha aniqlik bilan o‘lchash mumkin bo‘lgan shtangensirkul ko‘rsatilgan. Bu
shtangensirkulda bo‘linmalarga bo‘lingan shtanga 3 ramka 1ning ichiga joylashtirilgan.
Ramka shtangada erkin yurishi mumkin va xohlagan vaziyatda mahkamlovchi vint 2
bilan mahkamlab qo‘yiladi. SHtanganing orqa tomonidan ariqcha bilan ichiga
detallarning chuqurligini o‘lchaydigan chuqurlik o‘lchash chizg‘ich4 (5) joylashtirilgan.
SHtanga bilan ramkaning chap tomonida ikkitadan yuqorigi va pastki jag‘lar qilingan:
yuqorigi jag‘lar detalning ichki o‘lchamlari, pastki jag‘lar bilan tashqi o‘lchamlarini
o‘lchashga mo‘ljallangan.
18
3-shakl
SHtangensirkul bilan olingan o‘lchamning butun sonlari shtanga bo‘linmalariga
qarab hisoblanadi. O‘lchamdagi millimetr hissalarini hisoblash uchun nonius 4 xizmat
qiladi.Nonius ramkada joylashgan bo‘lib, teng qismlarga bo‘lingan shkaladan
iborat.SHtangensirkullarda o‘lchash aniqligi asosan noniusga bog‘liq va shkala o‘lchov
birligining noniusi bo‘linishsoniga nisbatan 1:n bilan aniqlanadi. SHtanga shkalasining
o‘lchov birligi shtangensirkullarning hamma konstruksiyalarida 1 mm ga
teng,noniusdagi bo‘linmalar qiymati esa turlicha bo‘ladi. Masalan, 4-shakldagi
shtangensirkulning noniusida 10bo‘linma bor. Demak, o‘lchash aniqligi 1 : 10, ya’ni 0,1
mm bo‘ladi.
4-shakl
Noniusning (5-shakl) uzunligi 19 mm ga teng bo‘lib, 10 ta teng qismga bo‘lingan.
Demak, noniusning har bir bo‘limi 1,90 mm ga teng, ya’ni shtanganing ikki millimetrli
bo‘linmasidan 0,1mm ga kichik. SHtangensirkul jag‘lari bir-biriga zich tegibturganda
noniusning nol bo‘linmasi bilan shtanganing 0 bo‘linmasi, noniusning oxirgi bo‘linmasi
bilan shtanganing 19-bo‘linmasi bir-biriga to‘g‘ri keladi(5-shakl) va noniusning qolgan
bo‘linmalari bu vaqtda hech bir bo‘linmasiga to‘g‘ri kelmaydi.
19
5-shakl
SHtangatsirkulda o‘lchamlar quyidagicha aniqlanadi. YUqorida aytilganidek,
detaldan olingan o‘lchamdagi butun sonlar shtanga shkalasidan qarab hisoblanadi. Agar
noniusning nol bo‘linmasi bilan shkalaning biror bo‘linmasi to‘g‘ri kelsa, u holda
shtanganing to‘g‘ri kelgan bo‘linmasi detalning o‘lchamibo‘ladi.Agar noniusning
nolbo‘linmasi shtanganing bo‘linmasiga to‘g‘ri kelmasa, shtangadan noniusning nol
bo‘linmasigacha bo‘lgan butun son olinadiva noniusbilan shtanganing qaysi
bo‘linmalari bir-biriga to‘g‘ri kelgani topiladi (6-shakl). Noniusning to‘g‘ri kelgan
bo‘linmasi millimetrning o‘ndan bir qiymatini ko‘rsatadi.
Masalan,noniusning 4 soni shtanganing biror bo‘linmasiga to‘g‘ri kelsa- “o‘ndan
4 mm” deb o‘qiladi.
20
6-shakl
Do'stlaringiz bilan baham: |