Diametrlarni o‘lchash
.Detallardagi ichki va tashqi diametrlarning o‘lchamlari
masshtabli chizg‘ich, kronsirkul va nutromerlar yordami bilan o‘lchanadi.
Teshik markazlari orasidagi masofani aniqlash
. Detallardagi teshiklarning
joylanish xarakteriga qarab, ularning markazlari orasidagi masofa turlicha usul bilan
aniqlanadi.
28
14-shakl.
1
.
Diametrlari teng bo‘lgan ikki teshik markazlari orasidagi masofani aniqlash
. Bu
masofani aniqlash uchun masshtabli chizg‘ich, kronsirkul yoki nutromerdan
foydalaniladi.
Masshtabli chizg‘ich bilan bu masofa aniqlanganda detalga masshtabli chizg‘ich
14-shaklda ko‘rsatilganidek qilib qo‘yiladi va teshik chekkalari orasidagi masofa
o‘lchab olinadi. Bu masofa izlangan markazlar orasidagi masofaga teng ekanligi
shakldan ko‘rinib turibdi.SHuningdek, maxsus nutromer bilan 15- shaklda
ko‘rsatilganidek, ikki teshik chekkalari o‘lchab olinadi va masshtabli chizg‘ichda bu
masofa o‘lchami aniqlanadi.
15- shakl.
Bu masofani kronsirkul va nutromerlar bilan bilan ham aniqlash mumkin. 16-
shaklda kronsirkul va nutromer bilan detaldan l
1
val
2
masofalar, shuningdek , diametr d
o‘lchab olinadi. So‘ngra ikki teshik markazlari orasidagi masofa L quyidagicha
aniqlanadi:
29
L=l
1
+d yoki L=l
2
-d
Flanetsda joylashgan juft sonli teshiklar markazidan o‘tuvchi aylana diametri D
ham shu usullar bilan aniqlanadi.
16-shakl
2.Diametrlari teng bo‘lmagan ikki teshik markazlari orasidagi masofani aniqlash.
Bu masofani masshtabli chizg‘ich va nutromer yordami bilan aniqlash mumkin.
Masshtabli chizg‘ich bilan 17-shaklda ko‘rsatilganl
1
masofa, shuningdek, detaldagi
d
1
va d
2
diametrlar o‘lchab olinadi.
30
17 - shakl
Markazlar orasidagi lmasofa quydagicha aniqlanadi:
Bu masofani nutromer bilan ham aniqlash mumkin. Buning uchun 17-shaklda
ko‘rsatilgan l
1,
l
2
yoki l
3
masofalarning biri o‘lchab olinadi va quydagicha aniqlanadi:
1)
agar l
1
masofa o‘lchab olinsa
2)
agar l
2
masofa o‘lchab olinsa
3)
agar l
3
masofa o‘lchab olinsa
bo‘ladi.
Flanetsda toq sonli teshiklar markazidan o‘tuvchi aylana diametri ham shu usullar
bilan aniqlanadi.18-shakldan ko‘rinib turibdiki, yuqoridaaniqlangan l masofa flanetsda
toq sonli teshiklar markazidan o‘tuvchi aylananing radiusiga teng: bundan 2l=D degan
xulosaga kelamiz.
31
18-shakl
YUzadan teshik markazigacha bo‘lgan masofani aniqlash.
Bu masofani masshtabli
chizg‘ich va kronsirkul yordami bilan aniqlash mumkin.
Buning uchun masshtabli chizg‘ich bilan 15-shaklda ko‘rsatilgan a va b masofalar
o‘lchab olinadi.So‘ngra flanets diametri D masshtabli chizg‘ich yoki kronsirkul bilan
o‘lchab olinadi. YUzadan teshik markazigacha bo‘lgan masofa h quyidagicha
aniqlanadi.
yoki
Troynikdagi l masofani ham shu usul bilan aniqlash mumkin. Buning uchun
troynikning bo‘rtib chiqib turgan qismi stolga yotqizilishi kerak.
YUmaloqlash radiuslarini aniqlash.
Detallarning do‘ng va botiq qismlarini
yumaloqlash radiuslarini aniqlash uchun radiusli shablonlar ishlatiladi. (19-shakl)
Radiusli shablonlar turli radiusli plastinkalar to‘plamidan iborat bo‘lib, metall
korpusga joylashtirilgan. Korpusning bir tomonidan detallarga do‘ng yumaloqlash
radiuslarini, ikkinchi tomonida esa botiq yumaloqlash radiuslarini aniqlash uchun turli
radiusdagi plastinkalar joylashtirilgan. Har bir plastinkaga o‘lchash radiusi
yozibqo‘yilgan.
Detalning yumaloqlash radiusini aniqlash uchun plastinkalardan to‘g‘ri kelgani
tanlab olinadi va plastinkada yozilgan yozuv bo‘yicha uning radiusi aniqlanadi. Radiusli
shablonlar 1 mm dan 25 mm gacha bo‘lgan yumaloqlash radiuslarini o‘lchash imkonini
beradigan qilib ishlab chiqariladi.
32
19-shakl
Do'stlaringiz bilan baham: |