To`maris o`rtasidagi munosabatlar, ularning o`zaro urushi, uning yakunlariga oid Gerodot
ma`lumotlari alohida e`tiborga loyiqdir.
200 minglik katta jangovar qo`shin tuzib To`maris yurtiga kelgan Kir II harbiy mahoratda
mislsiz bo`lgan massaget qabilalarini ochiq jangda engish qiyinligini his etib, avvalda turli hiyla-
nayranglar ishlatishga urinib ko`radi. Shu maqsadda To`maris huzuriga elchilar yuborib, go`yo
o`zini malikaga jazman ekanligini va shu bois unga uylanmoqchiligini bildiradi. Bu nayrang
natijasiz chiqadi. Kir II shundan so`ng yana hiyla ishlatib, To`marisning mard, jasur o`g`li
Sparganisni asirga oladi va oqibatda u o`zini halok etadi. Yagona farzandidan judo bo`lib
o`rtangan onaning dushmanga bo`lgan o`tli nafrati o`n chandon ortadi. Buning ustiga elu-yurt
erki, ozodligini har narsadan a`lo bilgan To`maris Kir qo`shiniga qarshi hayot-mamot jangiga
hozirlik ko`radi.
Butun vujudlari ila g`animlarga qarshi nafrat olovi bilan yongan massaget qo`shinlari
bosqinchilarga qarshi jangga tashlanishadi. Nihoyat, massagetlar g`alaba qozonadilar. Fors
qo`shinlarining katta qismi, jumladan Kir ham jang maydonida xalok bo`ladi. Bu miloddan
avvalgi 530 yilga to`g`ri keladi.
Ahomaniylar shohi Kambis II (530-522) va Doro I (522-486) davrida O`rta Osiyo
hududlari bosib olinadi.
Tarixiy ma`lumotlarga qaraganda, Doro I 519-518 yillardagi harbiy yurishlari davomida
sak qabilalarini engib, itoatga keltirishga musharraf bo`ladi. Lekin bunga osonlikcha erishgan
emaslar. Loaqal bu yurtning oddiy cho`poni Shiroq singari mard shunqorlarining ajnabiy
bosqinchilar bilan jon berib, jon olishib, mardona kurashganligi buning yorqin isboti bo`la oladi.
Eron ahomaniylariga qarshi O`rta Osiyoning Parfiya, Marg`iyona hududlarida, Saklar
o`lkasida ko`plab xalq qo`zg`olonlari yuz berib turgan. Jumladan, Eron hududidan topilgan
Bihistun yozuvlarida aytilishicha, mil. av. 522 yilda Marg`iyonada ko`tarilgan kuchli xalq
qo`zg`oloniga Frada degan shaxs etakchilik qilgan. Doro I qo`shini qo`zg`olonchilardan qonli
o`ch oladi. 55 ming qo`zg`olonchilar qatl etiladi, 7 mingga yaqin kishi asir olinadi. Frada ham
qo`lga olinib qiynab o`ldiriladi. Bularning hammasi mahalliy xalqlarning ajnabiy bosqinchilar
zulmiga bo`yin egmay, o`z erki, ozodligi yo`lida tinimsiz kurash olib borganligini ko`rsatadi.
Mil.av. VI-IV asrlarda ham O`rta Osiyoning Baqtriya, Sug`diyona, Marg`iyona va
Xorazm vohasi hududlarida sun`iy sug`orishga asoslangan dehqonchilik madaniyati to`xtovsiz
rivojlanishda davom etgan.
O`lkaning o`sha davrdagi asosiy qon tomirlari hisoblangan Samarqand (Afrosiyob),
Marv, Baqtra, erqo`rg`on, Qiziltepa, Ko`zaliqir singari shaharlari hunarmandchilik va savdo-
sotiq markazlari sifatida qadimgi ajdodlarimiz hayotida muhim ahamiyat kasb etgan. Bu davrda
zarb etilib, muomalaga chiqarilgan dastlabki tanga pullar ham shaharlar hayotining
o`sganligidan guvohlik beradi.
O`rta Osiyo xalqlarining yurt ozodligi va mustaqilligi yo`lida olib borgan kurashlari pirovard
oqibatda o`z samarasini bermay qolmadi. Mil. av. to`rtinchi asrga kelib Eron ahomaniylari
xokimiyati kuchsizlanib, zaiflashib qoladi. Bunday sharoitda birinchi bo`lib Xorazm o`z
mustaqilligini tiklashga muvaffaq bo`ladi. Usta diplomat, mohir siyosatchi Farasman Xorazm
mustaqilligini qo`lga kiritib, uni mustahkamlay bordi. O`lkaning boshqa hududlarida ham
mahalliy xalqlarning Eron ahomaniylaridan yurtni ozod qilish borasidagi qat`iy kurash
harakatlari avj olib bordi. Biroq, afsuski, o`lkamiz xalqlarini bu davrda tarixning yana og`ir
sinovlari kutmoqda edi.
Miloddan avvalgi VI asr o‘rtalarida Eron xududida eroniy sulola Axmon boshchiligida kuchli
davlat shakllandi va qisqa davr ichida o‘z Atrofidagi bir qator davlatlarni, xususan, Assuriya,
Urartu, Midiya, Bobil va Boshqalarni o‘z tarkibiga birlashtirib yirik saltanatga asos soladi. Bu
Qudratli davlat asoschisi Kir II Turon (O‘rtaOsiyo) erlariga yurish qilishga Maxsus tayyorgarlik
ko‘radi. Kirning sharqiy xududlarga, jumladan, Turon zaminga xarbiy yurishlarini ikkibosqichga
bo‘lish mumkin. Birinchi bosqich
mil. Avv. 545-539 yillarga to‘g`ri keladi. Bubosqichdagi daxshatli janglarning birida maxalliy
qabilaning yo‘lboshchisi Sparetra ismli ayol 200 ming erkak va 200 ming xotin-qizlardan tashkil
topgan qo‘shin bilan Kir II qo‘shinini mag`lubiyatga uchratadi.
Kir II ning Turonzamin xududlariga ikkinchi yurishi mil. Avv. 539-530 yillarni o‘zichiga oladi.
O‘rta Osiyoning tabiatan erksevar, rtparvar xalqlari Axmoniylarga bo‘ysunmaslik uchun o‘z ona
zamini, diyorini ximoya qilib, Mardonavor kurash olib borganlar. A x moniylar podshosining
yurishiga doir bir qator ishonchli ma’lumotlar yunon mualliflaridan Xirodot, YUstin,
Strabonlarning yozuvlarida ko‘p uchraydi. Kirning massagetlar yurtiga bostirib borishi, Eron
shoxi bilan massagetlar malikasi, mard va jasur ayol Tumaris o‘rtasidagi munosabatlar, ularning
o‘zaro urushi, uning yakunlariga oid e’tiborga loyiq ma’lumotlar yunon muarrixi Xirodot
asarlarida berilgan.
Shu ma’lumotlarga qaraganda mil. Avv. 530 yilda massagetlar yo‘lboshchisi Malika Tumaris Kir
II ustidan yorqin g`alaba qozonadi. Axmoniylar shoxi Kir II ning tanadan judo etilgan boshini
odamlar qoni bilan to‘ldirilgan mesh-qopga solar ekan, Tumaris shunday deydi: «Ey, Kir! Umr
bo‘yi jang qilib, odam qoniga to‘ymading, mana, endi to‘yganingcha ich!».
Mil. Avv. 522 yilda Axmoniylarning yangi podisosi Doro I boshchiligida O‘rta Osiyoga
yangi bosqinchilik yurishi boshlandi. Tarixiy manbalarga qaraganda, o‘sha yili Marg`iyonada
Doro I ga qarshi Frada boshchiligida xalq qo‘zg`oloni ko‘tarildi. Ammo qo‘zg`olon
shafqatsizlarcha bostirildi. Shunday bo‘lsa-da maxalliy axoli ajnabiy bosqinchilarga qarshi
o‘zlarining mardonovor kurashlarini davom etdirdilar. Bosqinchilarga qarshi jiddiy qarshilik
ko‘rsatilganligini va bunda sak qabilasiga mansub oddiy cho‘pon Shiroqning mardlik-mangulik
jasoratini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Yunon tarixchisi Polienning «Xarbiy xiylalar»
asaridagi Shiroq to‘g`risidagi afsonaviy jasorat yuzasidan bergan ma’lumoti diqqatga sazovordir.
Manbada xikoya
qilinishicha, yilqiboqar Shiroq o‘z vataniga bostirib kelgan dushmanlarni xiyla ishlatib,
chalg`itib, Qizilqumning xalokati jazirama dashtlariga boshlab boradi va o‘z jonini qurbon qilib,
vatani va xalqini yovuz dushmandan asrab qoladi, bu bilan o‘z elu-yurti, vatani, qabiladoshlari
oldidagi xaqiqiy farzandlik burchini ado etadi. Shu bois xam uning yorqin siymosi yurtparvar
avlodlar xotirasida mangu muxrlanib qoldi. Eron axmoniylari bosib olgan mamlakatlarni, shu
jumladan O‘rta Osiyoni, itotali xolda ushlab turmoq uchun satrap (viloyat) larga bo‘lgan.
Xususan, O‘rta Osiyo xududi 4 ta satraplikka (viloyat boshqaruviga) bo‘lingan. o‘sha davrdagi
o‘lka xududida mavjud bo‘lgan Samarqand (Afrosiyob), Marv, Baqtra, Erqo‘rg`on, Qiziltepa,
Ko‘zaliqir singari shaxarlari xunarmandchilik va savdo-sotiq markazlari xisoblangan. Bu davrda
zarb etilib, muomalaga chiqarilgan dastlabki tanga pullar xam shaxarlar xayotining o‘sganlgini
ko‘rsatadi.
O‘rta Osiyo xalqlarining yurt ozodligi va mustaqilligi yo‘lida olib Borgan kurashlari
pirovard oqibatda o‘z samarasini bermay qolmadi. Mil. Avv. IV asrga kelib Eron axmoniylari
xokimiyati. Kuchsizlandi va zaiflashdi. Bunday sharoitda birinchi bo‘lib Xorazm o‘z
mustaqilligini tikladi. O‘lkaning boshqa xududlarida xam maxalliy xalqlarning Eron
axmoniylaridan o‘ z yurtini ozod qilish uchun kurash tinmadi. Biroq, afsuski, o‘lkamiz xalqlarini
bu davrda tarixning yana birog` irsinvoi kutmoqda edi. Bu makedoniyalik Iskandarning O‘rta
Osiyoga uyushtirgan mislsiz qonli istilosidir.
Nazorat uchun savollar:
1.
Axamoniylar davlatining qachon tashkil topdi?
2.
Eron axamoniylari hukmdorining Vatanimiz xududlariga bosqinchilik yurishlari haqida gapirib
bering.
3.
To’maris va uning o’g’li Sparangiz boshchiligidagi kurash haqida nimalar bilasiz?
4.
Frada qo’zg’oloni qachon ro`y berdi?
5.
Axamoniyla hukmronligi davrida boshqaruv va soliq tizimi qanday bo`lgan?
6.
Xorazmning mustaqillikka erishishining tarixiy ahamiyatini gapirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |