Elektron ta’lim resurslari
I .www. tdpu. uz,
2 .www. pedagog. uz
3. www. ziyonet. Uz
4.w w w .lex.uz;
5.w w w .bilim .uz:
6 .w w w .gov.uz:
Tayanch so`z va iboralar: O’zbekiston tarixining fan sifatida yoritish va o’quvchi diqqatini
uzoq o’tmishga qaratish bilan biga talabalarning dunyoqarashlarini, ilmiy nazariy tafakkurlarini
takomillashtirish, o’tmish va hozirgi zamondagi voqea va hodisalarga ilmiy xolislik va tarixiy ob’ektivlik
tamoyillariga amal qilgan holda tarixiy voqealikka munosabat bildiradigan hamda umuminsoniy
qadriyatlar asosida yondashadigan erkin fikrli komil insonni tarbiyalash, talabalarda xalqimizning
madaniy, ma’naviy merosiga, ilg’or an’analari, milliy qadriyatlari, ahloqiy fazilatlariga hurmat,
vatanparvarlik tuyg’ularini, ajdodlarimizning jahon madaniyatiga qo’shgan xissalaridan faxrlanish va
ularning munosib davomchilari bo’lishni tushuntirish. O’zbekiston tarixini o’rganishdagi yordamchi
manbalar.
1. O`zbekiston tarixining predmeti.
Tarix – arabcha so`z bo`lib, o`tmish «o`tgan voqealar haqida aniq hikoya qilish»,
ma`nolarini anglatadi. Tarix butun insoniyatning uzoq o`tmishdan to hozirgi kunlargacha bosib
o`tgan hayotiy yo`lini, avloddan avlodga meros qoluvchi, doimo rivojlanib, boyib boruvchi,
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy-ma`rifiy, madaniy, davlat qurilishi sohalaridagi
tajribalarini, xalqlarni etaklagan tarixiy shaxslar faoliyatini tartibga solingan holda o`rganuvchi,
tasvirlovchi fandir.
«Tarix millatlarning o`tmishi, taraqqiyoti hamda tanazzulining sabablarini
o`rganaturg`on ilmdir».
Abdurauf Fitrat
Tarixni o`rganish, bilish – bu kishilik jamiyatining rivojlanish qonuniyatlarining
taraqqiyotning mavjud bosqichidan yangi bosqichiga o`tish jarayonini, insonlarning inqirozli,
turg`unlik holatiga tushish sabablari va bu holatdan chiqish yo`lidagi tajribalarini, har bir zarrasi
qimmatga tushgan o`tmish sabog`ini umumlashtirish, tushunib etish, anglab olish demakdir.
Tarix fani tarixiy jarayonning qonuniyatlari va tendentsiyalarini tushunib etishga, hozirgi
zamonni to`g`ri anglab olishga, kelajakni asosli ravishda ko`ra bilishga ko`maklashuvchi ilmdir.
Tarix ko`p qirrali, keng qamrovli fan bo`lib, uni alohida mamlakatlar va xalqlar tarixi,
mintaqalar tarixi, jahon tarixi kabilarga bo`lib o`rganish ham mumkin.
Har qaysi mamlakat, har bir xalq o`zining uzoq va betakror tarixiga ega bo`lganidek,
O`zbekistonning, o`zbek xalqining tarixi ham boy va sermazmundir. Qadim zamonlardayoq
Turon, Turkiston deb e`tirof etilgan ona Vatanimiz turli tarixiy yozma va arxeologik manbalarga
ko`ra Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatori dunyoda
mashhurdir. Vatanimiz jahon tarixining turli xalqlar, tsivilizatsiyalar tutashgan eng qaynoq
chorrahalaridan biri sifatida butun insoniyat tarixining borishiga ma`lum darajada ta`sir etib
bordi. Shu bilan birga ajdodlarimiz hayotiga boshqa xalqlar, tsivilizatsiyalarning ham ta`siri
bo`ldi. Ming yillar davomida o`zbek xalqining fors, hind, yunon, arab, rus va boshqa xalqlar
bilan ma`lum darajada arala
щ
uvi sodir bo`lgan, ularning madaniyati, fani, san`ati va umuman
turmush tarzi bir-biridan bahra olgan, mushtaraklashgan.
O`zbekiston xalqining boy va qadimiy davlatchilik tajribasi bor. Hozirgi O`zbekiston
hududida dastlabki mustaqil davlat tuzilmalari miloddan avvalgi birinchi ming yillik
boshlaridayoq paydo bo`lib, qariyb 3000 yil davomida takomillashib borgani va dunyo
davlatchiligi rivojida eng yuksak darajaga ko`tarilgani jahonga ma`lum.
Vatanimiz tarixi o`zbek xalqining jahon tarixi va madaniyati xazinasiga ulkan hissa
qo`shganligidan guvohlik beradi. Buyuk bobolarimiz – Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu
Nasr Farobiy, Ahmad al-Farg`oniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad inb
Ismoil al-Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, AmirTemur,
Mirzo Ulug`bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa yuzlab allomalarimiz
bilan nafaqat o`zbeklar, balki butun turk dunyosi, qolaversa, butun er yuzi xalqlari faxrlanadilar.
Ajdodlarimiz barpo etgan Samarqand, Buxoro, Xiva kabi ko`hna shaharlar bugungi
kunda jahon miqyosidagi ziyoratgohga aylangan. O`zbekistonga tashrif buyurayotgan xorijiy
davlat va jamoat arboblari, ziyoratchilar bu shaharlarni, ulardagi ajoyib tarixiy, milliy
me`morchilik majmualari va yodgorliklarni ko`rib, ularda mujassamlashgan xalq ustalarining
iste`dodi va yuksak badiiy mahoratiga qoyil qolib, ularga tahsinlar o`qimoqdalar. Muqaddas
erimiz orqali o`tgan Buyuk ipak yo`li Osiyo va evropadagi xalqlar va mamlakatlarni bir-biriga
bog`lab turgan, xalqaro hamkorlikka xizmat qilgan.
O`zbekiston tarixi fanining predmeti xalqimizning eng qadimgi zamonlardan to hozirgi
kunlargacha bosib o`tgan uzoq va murakkab tarixiy yo`lini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy
va ma`naviy hayotini holisona o`rganishdan, tushuntirishdan iboratdir.
O`zbekiston tarixi fani ajdodlarimiz hayoti bilan bog`liq holda sodir bo`lgan voqealar
rivojining ichki mantiqini, sabablari va oqibatlarini, asrlar davomida to`plangan amaliy tajriba va
saboqlarni o`rgatadi.
Vatanimiz tarixi o`zbeklarning xalq, millat bo`lib shakllanish jarayonini, ajdodlarimiz
qoldirgan boy ma`naviy merosni, davlatlarning tashkil topishi va ularning ichki va tashqi
siyosatini o`rgatadi.
O`zbekiston tarixi fani xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo`liga kirishi, mustaqillik
yillarida milliy huquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik fuqarolik jamiyatni shakllantirish,
erkin bozor iqtisodiyotini yaratish, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashish jabhalaridagi
faoliyatini o`rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |