Buxoro davlat universiteti samadova sarvinoz samad qizi



Download 1,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/84
Sana20.04.2023
Hajmi1,57 Mb.
#930777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Bog'liq
12820 2 CF7F938B2489A1158EC83A2505D1D54E54EA5999

G‘oya – 
inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga 
ega bo‘lgan, ruhiyatga ta’sir o‘tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga 
chorlaydigan, maqsad-muddao sari etaklaydigan kuchli, teran fikr. 
Inson ongining mahsuli sifatida g‘oyalar tushuncha va fikrlar 
yordamida ifoda etiladi. Ammo har qanday fikr va qarash ham g‘oya 
bo‘la olmaydi. G`oyalar garchi tafakkurda paydo bo‘lsada, inson va 
jamiyat ruhiyatiga, hatto, g‘ayri shuuriy qatlamlarga ham singib 
boradi. 
G‘oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki, ular garchi 
tafakkurda paydo bo‘lsada, inson ruhiyatiga, hatto tub qatlamlariga 
ham singib boradi. G‘oya shunday quvvatga egaki, u odamning ichki 



dunyosigacha kirib borib, uni xarakatga keltiruvchi, maqsad sari 
yetaklovchi ruhiy – aqliy kuchga aylanadi. 
G‘oyaning eng muhim xususiyati – insonni va jamiyatni maqsad 
sari etaklaydigan, ularni harakatga keltiradigan, safarbar etadigan 
kuch ekanidadir. 
Har qanday g‘oya ijtimoiy harakterga ega.
 
Muayyan g‘oyalar 
odatda alohida olingan shaxs ongida shakllanadi. Ma’lum bir 
muddatdan keyin esa jamiyatning turli qatlamlariga tarqaladi, turli 
elatlar va millatlar orasida yoyiladi. 
Mafkura
esa muayyan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, millat, 
davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad-muddaolari, 
manfaatlari, orzu intilishlari hamda ularni amalga oshirish 
tamoyillarini o‘zida mujassam etadigan
 
g‘oyalar tizimidir.
Mafkura tushunchasini ta’riflashda falsafiy adabiyotlar va 
lug‘atlarda bir qancha fikrlar beriladi. Mafkura tushunchasiga turli 
davrlarda faylasuf olimlar tomonidan berilgan ta’riflar shakl va 
mazmun jihatidan har xil. Mafkuraga jamiyatdagi muayyan siyosiy, 
huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va 
g‘oyalar majmuidir, - deb ta’rif beriladi. 
Har qanday nazariya yoki ta’limot bir tizimga solingan g‘oyalar 
majmuidan iborat bo‘ladi. Shu sababli dunyoqarashning negizini va 
muayyan ishonch e’tiqodning asosini ham g‘oyalar tashkil etadi. 
Xalqimizning eng oliy maqsadlarini, ularning orzu-istaklarini aks 
ettirishda, ularga erishish yo‘lida jamiyat a’zolarini birlashtiradigan, 
ularni kuch-g‘ayratlarini ana shu maqsadlarini safarbar etishda milliy 
g‘oyaning va milliy mafkuraning o‘rni benihoya kattadir. Zero, milliy 
g‘oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o‘tib, asrlar davomida e’zozlab 
kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning 
qalbida chuqur ildiz otib, uning ma’naviy ehtiyoji va hayot talabiga 
aylanib ketgan, ta’bir joiz bo‘lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu – 
intilish va umid – maqsadlarini o‘zimizga tasavvur qiladigan bo‘lsak, 
o‘ylaymanki, bunday keng ma’noli tushunchaning mazmun – 
mohiyatini ifoda qilgan bo‘lamiz
1

Mafkuraning hayotiyligi odamlarning, millatning, jamiyatning 
milliy manfaatini, orzu-intilishlarini qay darajada aks ettira oladigan 
bosh va asosiy g‘oyalar, bu g‘oyalar ularning turmush tarzi, 
1
Karimov I.A. “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”. Т.: “Ma`naviyat” , 2008yil. – 71-bet. 



dunyoqarashi, tabiatiga qanchalik mos bo‘lishi bilan belgilanadi. 
Hayot sinovlariga bardosh beradigan, odamlarning ezgu maqsad-
muddaolarini ifodalaydigan, ularga ma’naviy-ruhiy quvvat beradigan 
mafkurani ko‘pchilik qabul qiladi. Faqat shunday holdagina u kuchli 
ruhiy qudratga ega bo‘ladi. Shu sababli ham mafkura barcha davrlarda 
jamiyatni yuksak va bunyodkor maqsadlar yo‘lida birlashtirib, jamiyat 
ahli o‘rtasida sog‘lom munosabatlarni shakllantirgan, hamda ezgu
orzular, maqsad-muddaolariga erishishda ma’naviy-ruhiy kuch-qudrat 
beradigan omil vazifasini bajarib kelgan. Shuning uchun ham g‘oya 
va mafkura barcha insonlar, xalqlar, jamiyat va davlat oldida turgan 
muhim vazifalarni amalga oshirishda yordam beradigan, turli sohada 
faoliyat yuritadigan jamiyat ahlini birlashtirib, ularni umumiy maqsad 
sari safarbar etadigan buyuk kuchdir. 
Milliy g‘oyasiz va yuksak ma’naviyatsiz odamlar, jamiyat va 
davlat yo‘lini yo‘qotadi. Milliy g‘oya jamiyatni yuksaltirish va 
ma’naviy yetuklikka erishish yo‘lidagi, jamiyat a’zolarini oliy 
maqsadlar sari yetaklab boruvchi bayroq misolidir. Milliy g‘oya 
xalqni, millatni birlashtiradi. Jamiyatning har bir a’zosini ma’naviy 
kamolotga erishishini ta’minlab beradi. Milliy g‘oya ma’naviy hayotni 
yuksaltirish yo‘lidagi olijanob vazifalarni bajarish bilan birga 
jamiyatning har bir a’zosida ertangi farovon hayotimizga ishonchni 
shakllantirib beradi. Yuksak ma’naviyatni shakllantirish yo‘lida, 
mamlakatimiz kuch-qudratini oshirish yo‘lida xizmat qiladigan milliy 
g‘oya haqida gapirib Islom Karimov shunday deydilar: “… u 
Vatanimizning shonli o‘tmishi va buyuk kelajagini uzviy bog‘lab 
turishga, o‘zimizni ulug‘ ajdodlarimiz boqiy merosining munosib 
vorislari deb his qilish, shu bilan birga, jahon va zamonning 
umumbashariy yutuqlariga erishmoqqa yo‘l ochib beradigan va shu 
maqsadlarga muttasil da’vat qiladigan g‘oya bo‘lishi kerak”
1

Milliy g‘oya ma’naviy hayotni yuksaltirishga xizmat qiladigan 
fazilatlarni shakllantirib berish bilan birga turli ijtimoiy guruhlar
tabaqalar 
o‘rtasidagi hamkorlikni, millatlararo totuvlikni va 
umumtaraqqiyot yo‘lidagi jipslashuvni ta’minlab beradi. Milliy g‘oya 
O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha xalqlarning tilidan, 
e’tiqodidan, jinsidan qat’iy nazar barcha O‘zbekistonliklarning 
1
Karimov.I.A.“Biz kelajagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz”. 7-tom, Т., “O`zbekiston” 
nashriyoti, 1999 yil. 



manfaatlarini ifodalay bilishi kerak. Milliy g‘oya har bir shaxsning 
o‘zligini erkin namoyon etishga, ma’naviy kamolotga erishish yo‘lida 
shart-sharoit bo‘lib xizmat qilishi lozim. 

Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish