“Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi”
bakalavriat ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan milliy g‘oya va
ma’naviyat asoslari turkumiga kiruvchi fanlar.
Milliy g‘oya va ma’naviyat turkumiga kiruvchi fanlar ma’naviy
hayotni yuksalishiga to‘siq bo‘luvchi turli illatlarning oldini olishda
katta ahamiyatga egadir. Milliy g‘oyaning jamiyat hayotini
yuksaltirishga xizmat qiladigan barkamol avlodni tarbiyalab
berishdagi o‘rni ham benihoya kattadir. Shuning uchun ham milliy
g‘oyaning asosiy vazifalaridan biri komil insonni tarbiyalashdir.
Bugungi kunda jamiyat a’zolarini ayniqsa O‘zbekistonning
kelajagi bo‘lgan yoshlarni ongi va qalbini zaharlashga intilayotgan,
jamiyatimizning ma’naviy hayotini parokandalik holatiga tushirishga
harakat qilayotgan ma’naviy tahdidlar mavjuddir. Mana shunday
ma’naviy tahdidlarning oldini olishda milliy g‘oya katta rol o‘ynaydi.
Bugungi kunda dunyoning ayrim hududlarida ana shunday harakatlar
natijasida katta ma’naviy yo‘qotishlar yuz berayotgani, millatning
asriy qadriyatlari, milliy tafakkuri va turmush tarzi izdan
chiqayotgani, axloq-odob, oila va jamiyat hayoti, ongli yashash tarzi
jiddiy xavf ostida qolayotganini kuzatish mumkin.
Milliy g‘oya va ma’naviyat faqatgina nazariy tafakkur natijasi
emas, ular har bir shaxsning ma’naviy e’tiqodida, amaliy faoliyatida
namoyon bo‘lishi bilan birga ma’naviy hayotni yuksaltiruvchi omil
hamdir. Milliy g‘oya ta’limi milliy tarbiya an’analariga katta e’tibor
bergan
holda
yoshlar
ma’naviyatini yuksaltirib, ulardagi
vatanparvarlik, milliy iftixor tuyg‘usini qadriyat darajasiga ko‘tarib
beradi.
Milliy g`oya, ma’naviyat turkumiga kiruvchi fanlarda milliy ong,
milliy o‘zlikni anglash va milliy mentalitet yetakchi o‘rin egallaydi.
Milliy ong bo‘lmasa, u rivojlanmasa, millat o‘zligini anglamasa, u
kim, qayerdan kelib chiqqan, ildizlari nimalar bilan bog`liqligi kabi
tuyg`ularga ega bo‘lmasa va nimalarga qodirligini bilishga intilmasa,
milliy g`oya ham sayozlashib boraveradi. Millat o‘zining turmush va
hayot kechirish jarayonida o‘z millatiga xos bo‘lgan udumlar, urf-
odatlar, an`analar va qadriyatlarni o‘zlashtirishga intilsa hamda unga
amal qilsagina milliy g`oyalar uyg`onib, rivojlanib, takomillashib
10
boraveradi. Chunki, milliy ong va milliy o‘zlikni anglash milliy
g`oyaga turtki beradi, uni shakllantiradi va milliy taraqqiyotga ruhiyat
bag`ishlab uni harakatga keltiradi. Shuning bilan birga milliy ong va
o‘zlikni anglashning rivojlanishi milliy g`oya imkoniyatlarini
kengaytirib turadi.
Milliy g`oyaning ta`sir doirasi nihoyatda keng bo‘lib, u
millatning o‘ziga xosligini saqlab turish, millat manfaatlari yo‘lida
millat
vakillarini
birlashtirish,
uyushtirish
va
taraqqiyot
yo‘nalishlarini belgilash kabilarga o‘zining ta’sirini o‘tkazadi.
Milliy g`oya milliy o‘ziga xoslikni saqlab turish va milliy
manfaatlarni amalga oshirish, milliy istiqbolni belgilash uchun muhim
ahamiyatga egadir. Chunki u, millat vakili bo‘lgan har bir shaxsning
dunyoqarashi, kundalik faoliyatida o‘z ifodasini topadi. Millat
vakillarining aksariyat ko‘pchilik qismini milliy g`oyasi mustahkam
bo‘lgan insonlar tashkil qilgan sharoitdagina milliy manfaatlar uchun
umummilliy harakat vujudga keladi. Xuddi mana shu umummilliy
harakatni vujudga keltirish-milliy g`oyaning muhim vazifalaridan biri;
ikkinchidan, uning millat vakillarida vatanparvarlik, ona
zaminning muqaddasligi tuyg`usini uyg`otish, uni ko‘z qorachig`iday
himoya qilish kerakligini tushunib etishga ta`sirini o‘tkazish; milliy
g`oya har bir millat vakilida uning avlod-ajdodlari ana shu zaminda
dunyoga kelgan, uning huzur-halovatidan bahramand bo‘lgan, undan
ilhom, zavq-shavq olgan va qo‘nim topganligidan xabar berib turadi.
Bu
o‘z
navbatida
o‘z
ona
zaminiga
mehr-muhabbatini
mustahkamlaydi;
uchinchidan, milliy g`oya tarixiy xotirani mustahkamlaydi va
uning takrorlanmas imkoniyatlaridan manba sifatida ilhom olib turadi.
Biz umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligi va umumbashariyatni
birlashtiruvchanligi haqida gapirmaylik, baribir uning ildizlari,
zaminlari millatning tarixiy xotirasi, merosi va asrlar davomida
to‘plagan hayotiy tajribalari bilan bog`liq ekanligini nazarda
tutishimiz lozim bo‘ladi. Xuddi mana shu jarayonda milliy g`oyaning
o‘rni, salohiyati, imkoniyati va yuksakligi namoyon bo‘lib turadi.
“Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” bakalavriat
yo‘nalishining tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsad ham yoshlarni
ana shunday ezgu g‘oyalar bilan tarbiyalab voyaga yetkazishdir.
Ushbu yo‘nalishda “Umumiy psixologiya”, “Umumiy pedagogika”,
“Milliy g‘oya, ma’naviyatning pedagogik asoslari” fani bilan bir
11
qatorda, “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi”, “Etnomadaniyat”,
“Globallashuv asoslari”, “Geosiyosat asoslari”, “Ma’naviyatshu-
noslik”, “Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari”, “Dunyo dinlari
tarixi”, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi”, “Milliy
g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi fanlarini o‘qitish meto-
dikasi”, “Ijtimoiy falsafa”, “Davlat va huquq tarixi va nazariyasi”,
“Huquq sohalari”, “Jahon siyosiy ta’limotlar tarixi”, “Ekstremizm,
tarixi va mohiyati”, “Umumta’lim fanlarini kasbga yo‘naltirib o‘qitish
metodikasi”, “Huquqiy tarbiya nazariyasi va amaliyoti”, “Milliy
g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi fanlarini o‘qitishda
innovatsion pedagogik texnologiyalar”, “Hayot faoliyati va
xavfsizligi” kabi umumkasbiy va ixtisoslik fanlari o‘qitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |